Ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa



Download 7,21 Kb.
Sana17.12.2019
Hajmi7,21 Kb.
#30706
Bog'liq
yerga egalik qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga fuqarolarning turar joyiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab 5 mingdan ziyod, deputatlar, senatorlar, mahalliy ijro hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda – 3 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

Loyihaga muvofiq, fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarda qurilgan yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqini ushbu ob’ektga o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs quyidagi shartlar asosida oladi:

ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa;

o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmasa, shuningdek uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa.

Qayd etilishicha, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorda bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ortiqcha qismi zaxira yerlariga olib qo‘yilgan holda beriladi.

Sudlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo‘yicha da’vo kiritish to‘xtatib turiladi, sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi bajarilmagan qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuziladi.



Bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari keyinchalik o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga yo‘l qo‘yganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi
Download 7,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish