Toshkent kimyo texnologiyalari inistituti Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti B21-01uKT5 Nurimov Rasulning Analitik Kimyo fanidan Mustaqil ishi MAVZU: KISLOTA ASOSLI TITRLASH USULI. INDIKATOR XATOSI. REJA: - Kislota asosli titrlash metodi mohiyati.
- Kislota va asoslarni aniqlashda ishlatiluvchi indikatorlar va ularning xossalari.
- Atsidimetriya.
- Alkalimetrik titrlash.
Neytrallash reaksiyasi H+ + OH- H2O asosida bajariladigan aniqlashlarning hammasi kislota-asosli titrlash (neytrallash) metodlariga kiradi.
Bu metod bilan barcha kislotalar (organic va anorganik), asoslar va ular bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalar ( HCl, NaOH, NaSO3, Na2B4O7) ning miqdorini hamda kuchsiz kislota anioni bilan yomon eriydigan birikmalar hosil qiluvchi kationlar (PbCrO4, CaC2O4, Ag2CrO4)ni aniqlash mumkin.
Metodning mohiyati. Kislota va asoslarni aniqlash
Yaxshi eriydigan kuchli va o’rta kuchli kislotalarning hammasi ishqor ishqor bilan titrlab bevosita metod bilan, kuchsiz kislotalarni esa K>10-12(10-10, 10-11) bilvosita metod bilan aniqlanadi.
Kislotalarni aniqlash
Kuchli asos (NaOH) kuchli kislotalar (HCl) bilan titrlanadi. Masalan, HCN (K=10-10) ni bevosita titrlash mumkin emas. Unga mol miqdorda ishqor qo’shib, ortiqcha ishqor titrlanadi. Yomon eriydigan kuchsiz kislotalarni organic moddalarda (dioksan, spirt, DMSO) eritib aniqlash mumkin. Barcha aniqlashlardan reaksiyaning ekvivalent nuqtasini indikatorlar yordamida aniqlanadi.
Asoslarni aniqlash
Indikatorlar kuchsiz organik kislota yoki kuchsiz organik asoslardan iborat. Ular eritmada pH ning o’zgarishi natijasida o’z rangini o’zgartiradi. Ekvivalent nuqtada indikatorlar rangining o’zgarishida ikki nazariya bilan tushuniladi.
Indikatorlar nazariyasi
Ostvaldning fikricha, indikatorlar kuchsiz organik kislota yoki kuchsiz organik asos bo’lib, ular molekulyar holda bir ranga, ion holda esa ikkinchi ranga ega bo’ladi(1894).
Hind H+ + Ind- (1) (organik kislotalar)
IndOHInd+ + OH- (2) (organik asos)
Ostvald pH indikatorlarning eritmalardagi holatini o’rganish uchun 300ga yaqin organik moddalarni tekshirgan.
Indikatorlar bir rangli va ikki rangli bo’lishi mumkin. Fenolftalin kislotali muhitda rangsiz, ishqoriy muhitda qizil, metiloranj kislotali sharoitda qizil, ishqoriy sharoitda sariq ranga ega.
a) Indikatorlarning ion nazariyasi
Organik birikmalarda tarkibida qo’shbog’ tutgan gruppalar – xoromofor gruppalar bo’lib, reaksiya muhiti o’zgarganda ularning molekulalarida ichki o’zgarishlar ro’y berib, tautomer holatlarining biridan ikkinchisiga o’tishi rangining o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Xromoforlarga
=NO, -N=N-, =C=C=, =C=S guruhlar kiradi.
-Masalan O=N gruppa NO-N ga
-N=N- gruppa =N-NH- ga o’tadi.
Organik birikmalarning rangigaularning molekulalarida yana bir – auksoxrom deb nomlangan gruppalarning bo’lishi ta’sir qiladi.
Auksoxrom gruppalar (-NH2, -NH-, -OH, -OCH3, -N(CH3)2, -N(C2H5)2) ning o’zi rang hosil qilmaydi, xromoforlar bilan birgalikda rangni chuqurlashtiradi.
Indikator rangining o’zgarishi ularning tautomer holatlariga bog’liqligini uzoq vaqt o’rganilib, har ikki nazariya birlashtirillib, bu nazariya ion-xromofor nazariyasi deb nom oldi.
b) Indikatorlarning xromofor nazariyasi
Indikatorlarning rang o’zgartirish sohasi
Indikatorlar kuchsiz organik kislota bo’lganligi uchun massalar ta’siri qonuniga bo’ysinadi:
bunda pK=-lgK bo’lib, indikator ko’rsatgich deyiladi.
Titrlash vaqtida indicator rangining keskin o’zgargan nuqtasi, ya’ni titrlashing oxirgi nuqtasidagi pH ning qiymati titrlash ko’rsatkichi deyiladi va pT bilan belgilanadi. Ko’pchilik indikatorlar uchun pT=pKHInd±0.3 ga to’g’ri keladi.
Ko’p ishlatiladigan indikatorlarning pT qiymatlari:
Metiloranj …. 4.0
Metil qizili …. 5.5
Lakmus …. 7.0
Fenolftolin …. 9.0
Titrlash ko’rsatkichi
Aniqlanayotgan modda eritmasiga sekin-asta titrant qo’shbog’I etirmada pH ning o’zgarib borishining grafik ifodasi titrlash egrishi deyiladi. Titrlash egrisi indikatorni to’g’ri tanlash uchun hisoblab chiqiladi.
Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash
Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |