University of World Economy and Diplomacy



Download 23,38 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi23,38 Kb.
#380872
Bog'liq
Javohir Davurov






Qilindi: Javohir Davurov

0-3a-20 guruhi talabasi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

" Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakulteti

" Xalqaro munosabatlar nazariyasi"

fani


Mavzu nomi:

Sind daryosi bo'yidagi jang ”


SIND DARYOSI BOʻYIDAGI JANG — Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qoʻshinlari oʻrtasidagi jangdir. Parvon jangida magʻlub boʻlgan moʻgʻullar Chingizxon boshchiligida ulkan lashkar toʻplab Jaloliddinga qarshi otlangan. Son jihatdan moʻgʻullar bir necha barobar ziyod boʻlgan, shu tufayli xorazmliklar Sind (Hind) daryosi tomon chekinishgan. Jaloliddin Parvonda avval uni tark etgan Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar malik kabi amirlar bilan birlashib, Chingizxonga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Ammo, oʻylangan rejaning amalga oshishiga yov imkon bermaydi. Ildam yetib kelgan Chingizxon Jaloliddinning Oʻrxon boshliq ugʻruqiga hujum qilib, uni yakson etadi. Dushmanning lashkari bilan Sind daryosi orasida qolgan Jaloliddinning jangga kirishdan uzga chorasi qolmaydi. Sind daryosi boʻyidagi jang 1221-yilning 24 noyabr kunida erta saharda boshlanadi va 3 kun davom etadi. Dastlabki kun Jaloliddin xos askarlari bilan yovning Chingizxon joylashgan markaziga shiddatli hujum uyushtiradi va uni 2 boʻlakka ajratib yuboradi. Ammo, 10 ming kishilik moʻgʻullar pistirmasi uning yoʻlini toʻsadi. Bu pistirma Jaloliddinning qaynotasi Amin ulMulk qoʻmondonligidagi oʻng qanotni tormor etadi, qolgan qutganlarini esa Jaloliddin zoʻr shijoat bilan jang olib borayotgan markazgacha quvib boradi. Xorazmliklarning soʻl qanoti moʻgʻullarga bardosh berolmay yengiladi. Ogʻir ahvolda qolgan Jaloliddin 700 ga yaqin otliq askarlari bilan mardlarcha qarshilik koʻrsatadi. Chingizxon uni tiriklayin qoʻlga olishni buyuradi. Dushman sultonni qurshovga oladi, ular oʻz niyatlariga yetay deb turganda Jaloliddinning togʻavachchasi va xos amirlaridan boʻlgan Axos malik uni xalqa ichidan olib chiqishga erishadi. Jang vaqtida sultonning goʻdak oʻgʻli yov qoʻliga asir tushadi. Chingizxon uni qatl etishga hukm qiladi. Janggoxdan chiqqan Jaloliddin qarindoshurugʻlari bilan vidolashadi va ularni Sindga gʻarq qilishga ijozat beradi, soʻngra qayta hujumga tashlanadi, noiloj ahvolda qolgach, 10 gaz balandlikdan oti bilan daryoga sakraydi. Daryoning narigi qirgʻogʻiga sogʻsalomat oʻtib olgan sultonning bu qahramonligini koʻrgan Chingizxon Jaloliddinni taʼqib etishni man qiladi va oʻz ayonlari hamda farzandlariga qarata shunday deydi: «Otaga shunday oʻgʻil zarurki, u ikki girdob — olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi!». Jaloliddin Sinddan suzib oʻtishga muvaffaq boʻlgan 4 mingga yaqin askarlari bilan birlashadi va Hindistonning shimoliy hududlari tomon yoʻl oladi.

1221-yil bahor-yoz oylarida Jaloliddin moʻgʻullarga qarshi ayovsiz kurashga bel bogʻlab, ularga bir necha marta qaqshatqich zarba berganidan keyin, Gʻazna (hozirgi Afgʻonistonning sharqida, Pokistonga yaqin joy) yaqinida, Qobul daryosi boʻyidagi Parvon dashtida Chingizxonning mohir sarkardalaridan biri – Shixi Qutuxu noʻyon boshchiligidagi 45 minglik moʻgʻul qoʻshinlari ustidan gʻalabaga erishdi.

Manbalarga koʻra, bu jangda Jaloliddin qoʻshinining soni 60 ming atrofida boʻlgan hamda sultonning jangda qoʻllagan harbiy taktikasi “yengilmas moʻgʻullar” haqidagi afsonani yoʻqqa chiqargan. Lekin bu gʻalabaning oʻzi Jaloliddin uchun halokatli boʻldi. Jang natijasida qoʻlga kiritilgan katta miqdordagi oʻlja taqsimlanishi jarayonida Jaloliddin lashkarboshilari – qangʻlilardan (Turkon xotun ham shu urugʻdan edi) Amin al-Malik turkmanlar yoʻlboshchisi Sayfiddin Igʻroq bilan bir qimmatbaho arabi ot ustida talashib qolishadi (oʻljalar orasida eng noyob ulush ot hisoblangan. Otlar zotiga va chiroyiga qarab bir necha ming tilloga baholangan). Tortishish paytida qizishib ketgan Amin al-Malik Sayfiddin Igʻroqning boshiga qamchi bilan uradi. Jaloliddin esa Amin al-Malikni bu ishi uchun jazolamaydi (Amin al-Malik Jaloliddinning qaynotasi edi, balki Amin al-Malikning jazolanmaganiga shu ham sabab boʻlishi, ehtimol). Bu nomusga chiday olmagan va qattiq ranjigan Sayfiddin Igʻroq oʻz yaqinlari boʻlgan lashkarboshilar – Aʼzam Malik va Muzaffar Maliklarni olib, Jaloliddin qoʻshinini tark etadi. Buning natijasida xorazmshoh qoʻshini yarmiga qisqaradi. Xufiyalari orqali Jaloliddinning ichki muammolaridan boxabar boʻlgan Chingizxon Sulton qoʻshinlarini qayta birlashishi yoki ularning qochishiga yoʻl qoʻymaslik uchun bir haftalik yoʻlni ikki kunda bosib oʻtadigan darajada tezlik bilan taʼqib qila boshlaydi. Vaziyatni toʻgʻri baholagan Jaloliddin esa zudlik bilan Hindistonga oʻtib ketish va u yerdan oʻzini tiklagan holda Chingizxonga qarshi hujumni tashkil etish uchun Sind (Hind) daryosi tomon oshiqadi. 1221-yilning 24-noyabrida Jaloliddin Sind daryosiga yaqin kelganida Chingizxon unga yetib oladi va oʻrtada, taʼbir joiz boʻlsa, XIII asrning eng mashhur jangi roʻy beradi. Jangda musulmonlar qoʻshinining markaziga rahbarlik qilgan Jaloliddin qoʻshini oʻzidan bir necha barobar koʻp boʻlgan moʻgʻullar qismini yanchib tashlaydi. Lekin Chingizxonning pistirmada turgan 10 ming zaxira qoʻshini jangga kirishi bilan jang tashabbusi moʻgʻullar tomoniga oʻzgaradi (Chingizxonning zaxira qoʻshini “keshik” deb nomlanib, ular tajribali qoʻmondonlardan tuzilgan. Chingizxon juda zarur hollardagina ularni jangga tashlagan). Qurshab olingan Jaloliddin yarim kun mobaynida moʻgʻullar bilan olishadi. Uning 2 ta oti ishdan chiqqach, rikobdorlar (hukmdor otini yetaklab yuruvchi, hukmdor uzangisi sohibi) zaxiradagi otni keltirishadi. Ushbu otga oʻtirgan Jaloliddin oʻrab oluvchilarning nisbatan zaif koʻringan daryo tomoniga ot solib, u yerni yorib chiqadi, ahli haramini ham Chingizxon qoʻliga tushmasligi uchun daryoga yoʻnaltiradi. Oʻzi esa sadoqatli oti bilan birgalikda 18–20 metrlik jarlikdan daryoga sakraydi. Chingizxon esa Jaloliddinning ortidan kamondan oʻq uzmoqchi boʻlganlarni toʻxtatib, uning jasoratiga lol boʻlib qoladi. Shu vaqtga qadar Chingizxon bunday raqibga duch kelmagan edi.



Xullas, oʻljalar orasidagi bir qimmatbaho ot sarkardalar oʻrtasidagi ziddiyatni keltirib, umumdavlat, umumxalq taqdiri hal boʻladigan pallada Jaloliddin imkoniyatlarini kamaytirib, uning kuchlarini zaiflashtirdi. Kuchlarning teng emasligi Jaloliddinning Chingizxon qurshovida maʼlum muddat qolishiga sabab boʻldi. Ikkinchi ot esa uni dushman qoʻlidan qutqarib, daryoning narigi sohiliga olib oʻtdi. Manbalarning guvohlik berishicha, shu vaqtdan boshlab Jaloliddin mazkur otni eʼzozlab, minmasdan yana 5 yil, yaʼni 1226-yil ot oʻz ajali bilan oʻlguniga qadar oʻzi bilan olib yurdi (Hozirgi Gruziya poytaxti Tbilisi egallanishi jarayonida ot oʻlgan edi). Shuning uchun ham qadimgi va oʻrta asr buyuk sarkardalarining yarim bahodirligini ularning otlari bilan bogʻlash joizdir.

Parvonadagi mo‘g‘ularning mag‘lubiyatidan so‘ng boshqa kuchlar boshida Chingizxonning o‘zi Jaloliddinga qarshi yurish qiladi. Uni Sind daryosi qirg‘og‘ida 1221 yilning 9 dekabr kuni ushlaydi. Xorazmshoh qo‘shinini yarim oy shaklida tizib, daryoni ikki tarafdan to‘sib qo‘yadi. Mo‘g‘ullar to‘siqqa yopishadi va tez orada halok bo‘lishadi. Markaziy qismi to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi, ammo ko‘plab askarlar nobud bo‘ladi. Jaloliddin o‘zining haromini butunlay suvga cho‘ktirishni buyuradi, so‘ngra, asir tushmaslik uchun tulpori bilan o‘zini Sind daryosining katta qoyasiga tashlaydi. 6 ming chavandozlik xorazmshoh Sind daryosining boshqa qirg‘og‘idan o‘tib, hatto, mo‘g‘ullarni quroli bilan qo‘rqitishga ham ulguradi. Jangda Jaloliddinning oilasi asir olinadi va o‘ldiralid, o‘zi esa Sindga ketadi. Afsonaga ko‘ra, Chingizxon yosh sultonning jasoratiga tan berib, o‘zining ko‘plab o‘g‘illariga: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan ekan. Chingizxonni ta’qib etish uchun Balo noyon va Burbon ismli tuman begilar boshchiligidagi lashkarni yuboradi. Biroq, Multan shahrigacha yetib borgach, mo‘g‘ullar sulton izini yo‘qotishadi. Jud tog‘ida joylashgan Shatra ma’muriyatining mahalliy sind ranasi o‘z hududida Jaloliddinni qolgan askarlari bilan paydo bo‘lganini bilib, 5 ming kishilik piyoda askarini va ming kishilik chavandoz askarni to‘plab, unga qarshi yurish qiladi. Kutilmaganda Jaloliddinning o‘zi unga qarshi hujum uyushtiradi. U o‘zi shaxsan ranaga o‘q uzib o‘ldiradi, lashkarlari esa qisqa jangdan so‘ng tarqalib ketadi. 1224 yilning boshigacha Jaloliddin Hindistonda yashaydi, Eron va Mesopotamiyaga yurishga kirishadi. To‘rt yil davomida Jaloliddin Hindistonda mo‘g‘ullar bilan jang olib boradi. U turkmanlardan iborat yangi qo‘shin to‘playdi va G‘arbiy Eronga - Kavkazga yo‘l oladi. 1225 yil Jaloliddin janubdan shimoliy Eronga bostirib kiradi. Jiddiy qarshiliksiz Marag‘ani egallab, sulton Tabrizga yo‘l oladi va shaharni zabt etadi. Otabek O‘zbek Ganzakka qochadi, u yerdan mustahkam Alinjo qal’asiga ketib, o‘sha yerda vafot etadi. Qisqa vaqt ichida Jaloliddin hukmronligini Ganj, Barda, Shamkir va Arranning boshqa shaharlari tan oladi. 1225 yil Jaloliddin qo‘shini Gruziya va Armanistonni qisman egallaydi. 1225 yil 8 avgustda Sharqiy Armanistonning Dvin shahri yaqinida gruzin-armanlar va Jaloliddin qo‘shini o‘rtasida tarixga Garni Jangi deb kirgan jang bo‘lib o‘tadi. Unda xorazmshoh g‘alaba qozonadi. Tinchlik sulhini tuzish va mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi yurish taklifi bilan o‘z elchilarini gruzinlarga yuboradi, lekin malika Rusudandan rad javobini oladi. 1226 yil Gruziyani egallab, uning poytaxti Tbilisini vayron etadi, u yerdagi barcha cherkovlarni buzdirib tashlaydi. Tbilisida islom dinini qabul qilganlargina tirik qoladi. Jiloliddin sharqiy Kavkaz ortini zabt etishi jarayonida Ildegizidlar davlati qulaydi. Shervarshohlar ham o‘zlarini Jaloliddinga tobeligini qabul qiladi. 1227 yil Rey yaqinida Jaloliddin mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etadi. Shu yilning o‘zida Isfaxon aholisi tomonidan yordamga chaqirilgan xorazmshoh Isfaxon shahri yaqinida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi. Jaloliddin bir varakayiga ikki jangovar harakatni tutadi: G‘arbiy Eronda mo‘g‘ullarga qarshi hamda Kavkaz ortida arman va gruzinlarga qarshi. Ammo 1228 yil kilik-arman podshosi Getum I va misrlik sulton Ashraf bilan birlashgan rum sultoni Alouddin xorazmshohga qarshi jang boshlaydi. Xorazmshoh qo‘shini ushbu hujumga bardosh bera olmay, mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qipchoq xonlariga mo‘g‘ul istilochilariga qarshi birlashish taklifi bilan maktub yo‘llaydi va 1220 yil Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji tomonidan qo‘lga olingan va bir nafar farzandi bor singlisidan javob xatini oladi. Maktabda u Jaloliddinni mo‘g‘ullar bilan ittifoqdosh bo‘lishga ko‘ndiradi va unga Amudaryo yaqinidagi yerlarni taklif qiladi. Ammo mazkur xatga Jaloliddin javob yozmaydi.

1221 yilning boshida Jaloliddinning xorazmlik jangchilar va qo’shni halqlar askarlaridan iborat qo’shini mo’g’ullar ustidan qozongan beqiyos g’alabalar dushmanni behad sarosimaga solganligi tarixiy asarlarda aniq ravshan ifoda etilgan. Mo’g’ullar istilosiga qarshi juda ko’p sarkardalar va davlat arboblari kurashishgan. Ularning nomlari ham o’z davrining fidokorlari sifatida tarixdan joy olgan. Ammo, ko’xna tarix bu borada birinchi navbatda Jaloliddin Manguberdini o’z xotirasida avaylab asraydi. U faqat bosqinchilarga qarshi fidoiy kurashchigina emas, balki turli halqlar ustiga mo’ru malaxday yoprilgan baloyu qazolarga o’zini tutib, mo’g’ullarning dodini bera olgan yagona lashkarboshi hamda davlat rahnamosi sifatida mangulik mulkidan o’rin egallagan. U dushman ustidan uzil-kesil g’alabaga erishib, davlatni qayta tiklash orzusi ushalishiga juda yaqin keldi. Ammo, bunga g’animning kuch-qudrati emas, o’zining itifoqchilari hamda yaqinlari sanalgan ko’plab hukmdor va lashkarboshchilarning munofiqliklari va xiyonatkorliklari yo’l qo’ymadi. Eng qaltis vaziyatlarda ular o’zlarining arzimas manfaatlarini ko’zlab, qo’shinlari bilan xorazmshohni tark etdilar. U esa yonib kulga aylangan va kuldan qayta tug’ilib, olov tarata boshlagan Qaqnus kabi o’zini ko’rsataverdi. Jaloliddin Manguberdi charxi kajraftorning ters amallarini puchga chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Ya’ni Chingizxonning bor shonu-shavkati, qudrati asrlar o’tib uning tillarda, dillarda doston bo’lgan dovrug’i soyasiga aylandi. Ulug’ muarrixlar tarix haqiqatlarini bitishda har qanday tarafkashlik hamda milliy ehtiros singari to’g’ri yo’ldan ozdiruvchi hato va qusurlardan holi bo’lishgan. Shu sababli ularning asarlari ishtibohga o’rin qoldirmaydi. Ammo ayrim taniqli olimlar, ham ularning tarixni o’rganishdagi katta xizmatlariga tan bergan holda, aytish mumkinki o’zlariga yaqin mintaqalar bilan bog’liq voqealar tafsilotlarini bayon etishda va sharhlashda noholislikkacha borib etishgan. Ular bitgan asarlarning bir qator joylarida Jaloliddin Manguberdining harakatlariga nisbatan muallifning norozilik alomatlari yaqqol sezilib turadi. Bu esa xorazmshohning boshqa hududlardagi jasorati va himmati haqidagi o’zlari maroq bilan bitgan voqealar haqidagi hikoyalarga bog’lanmay qoladi. Bu haqda «Anushtagin - xorazmshohlar davlati(1097-1231)» asarini o’zbekchaga tarjima qilgan taniqli olimlarimiz Ashraf Ahmedov hamda Mahkam Maxmudovlar juda o’rinli va maqsadga muvofiq munosabat bildirishgan.
Download 23,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish