Uning erishgan yutuqlari va muaffaqiyatlari Asrandiligi muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatmagan Stiv Jobs



Download 11,6 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.04.2023
Hajmi11,6 Mb.
#928827
Bog'liq
Boshqaruv tamoyillari



Boshqaruv tamoyillari 
Sobirov og
ʻ
abek 
Mustaqil ish :
Steve jobs
Uning erishgan yutuqlari va muaffaqiyatlari
Asrandiligi muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatmagan Stiv Jobs
Stiv Jobs 1955-yil Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida dunyoga kelgan. Suriyalik Abdulfattoh 
Jandali va Joan Shiblening oilasi juftlikning
oila qurishiga qarshiligi bois hali talaba bo‘lgan 
Stivning ota-onasi uni boshqa oilaga berib yuborishga majbur bo‘lgan. Joan o‘g‘lini berib 
yuborishdan avval Stivning universitetda ta’lim olishi va uning o‘qish xarajatlari asrab olgan oila 
tomonidan qoplanishi haqida yozma rozilik olgan.
Mavzuga doir:
Fotogalereya: Dunyoga mashhur asrandi farzandlar
Boqib olgan ota-onasi Klara va Pol Jobslar go‘dakka Stiv deb ism qo‘yadi. Stiv mehr qurshovida 
katta bo‘ladi va asrab olgan ota-onasini juda ham yaxshi ko‘radi, boqib olish haqida og‘iz ochishni 
istamaydi hatto. Biologik onasi bilan oradan 31 yil o‘tgachgina ko‘rishadi. Stiven ikki yoshga 
to‘lganida Klara va Pol Petti ismli qizaloqni ham asrab oladi va to‘rtovlon San-Fransiskodan 
Mauntin-Vyuga ko‘chib o‘tadi. Klara nufuzli kompaniyalardan birida hisobchi bo‘lib, Pol esa 
xoldingda moliya sohasida faoliyat yuritgan. Ro‘zg‘ordan orttirish va Stivning onasi Joanga 
bergan va’dasiga muvofiq ta’limga pul jamlash uchun bo‘sh vaqtida Pol garajdagi eski 
avtomobillarni ta’mirlab sotgan. Bo‘lajak milliarderning elektronikaga qiziqishiga aynan Pol 
sababchi bo‘lgan, unga mashinalardagi radiopriyomniklarni ta’mirlashni o‘rgatgan.
13 yoshligidayoq nimani istashini tushunib yetgan kichik Jobs


Foto: Google Images/Stiv Jobsning bolaligi
O‘quvchilik yillarida maktabdagi rasmiyatchiliklarni, majburiyatlarni jini suymaganiga qaramay 
ustozlari uni o‘ta tirishqoq o‘quvchi deb bilgan. To‘rtinchi sinf imtihonidan o‘tib, oltinchi sinfga 
“sakragan” Stivni aslida maktab rahbari birdaniga yettinchi sinfga o‘tkazishni taklif qilgandi, lekin 
Pol va Klara bu qadar tavakkal qilishdan qo‘rqqan. Maktabdan tashqari bolakay axborot 
texnologiyalari sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Hewlett-Packard kompaniyasi 
tomonidan tashkil etilgan ilmiy to‘garakka borgan. Klubga qanday loyihalar ustida ishlash kerakligi 
haqida ma’lumot va maslahat beradigan muhandislar va professionallar tashrif buyurardi. Aynan 
o‘sha kurslardan birida Stiv ilk bor shaxsiy kompyuter bilan yaqindan tanishgan va o‘sha 
paytlardayoq unda o‘zgacha taassurot uyg‘ongan.
To‘garakda bolalar shaxsiy loyihalar ustida ishlagan vaqtda Stiv davriy signallarning chastotasini 
o‘lchashga imkon beradigan chastotometrni yig‘ishga hamda loyihasi haqida kompaniya 
rahbarining shaxsan o‘zi bilan gaplashishga muvaffaq bo‘lgan. Bill Hyulett 13 yoshlik bolakayga 
ish taklif qiladi va Jobs gazeta tarqatish bilan birga, elektronikalar sotiladigan do‘kon omborida 
ishlashni boshlaydi. 15 yoshida esa yosh Jobs o‘zining birinchi avtomashinasiga ega bo‘ladi va 
ota-onasining moliyaviy ko‘magi yordamida unga yangi dvigatel o‘rnatadi.
Odamlarga qulaylik, cho‘ntakka
esa daromad kerak


Foto: Google Images
Maktab yillarida Stiv
kompyuter bo‘yicha daho Stiven Voznyak bilan tanishadi va keyinchalik bu 
tanishuv qadrdon do‘stlikka aylanadi. 1971-yilda Voznyak dunyo bo‘yicha bepul telefonda 
gaplashish yo‘llarini o‘rganadi va Stiv ikkovi maxsus chastota ohangining ovozli simulyatsiyasi 
yordamida buni amalga oshiradi. Avvaliga Blue box deb nomlangan qurilma yordamida shunchaki 
dunyoning boshqa nuqtalariga qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan sheriklar keyinchalik ushbu ishning 
daromad olib kelishi mumkinligini tushunib yetadi. Ular biznes hazilakam faoliyat emasligini, 
noqonuniy xatti-harakatning oxiri voy bo‘lishi mumkin ekanini yaxshi anglagan holda faoliyat 
boshlashga qaror qiladi. Alal oqibat esa 100 ga yaqin asli 40 dollarlik Blue box’lar 150 dollardan 
sotiladi. Tushgan daromad esa o‘rtada teng bo‘lingan. Shunday qilib yosh biznesmenlar 
odamlarga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan quticha ortidan o‘zlari ham yaxshigina daromad qila 
boshlaydi.
12 soat emas, aql bilan ishlash kerak.
Stiv Jobs
Majburiyatlardan qochib fikriy erkinlikga intilgan Stiv Jobs




Foto: Google Images
1972-yilda Stiv uyini tark etib, Rid kollejiga o‘qishga kiradi. Biroq kollej AQShdagi eng qimmat 
kollejlardan edi. O‘sha
yillari Stiv ruhiy kamolotga erishishga harakat qiladi: vegaterian bo‘ladi, 
buddizmga qiziqadi va hatto ochlikni ham eksperiment qilib ko‘radi.
Mavzuga doir:
Fotogalereya: Dunyoning mashhur vegetarianlari
Kuch oddiylikda ekanligini isbotlagan 10 mashhur shaxs (foto)
Jobs yarim yil o‘tgach kollejni tashlaydi, dasturlarning majburiyligi uning joniga tegadi. 1975-yilda 
Stiv, Voznyak va boshqa ishtirokchilar Stivning mashhur garajida qo‘lbola kompyuterlar yasash 
klubida yig‘iladi hamda qanday qilib murakkab tuyilgan texnologiyalarni odamlar hayotiga oson 
qilib olib kirish haqida bosh qotiradi. Klub ishtirokchilarining g‘oyalaridan ilhomlangan Voznyak 
keyinchalik Apple deb nomlangan mashina ustida ishlashni boshlaydi. Oradan hech qancha vaqt 
o‘tmay, kutilgandan-da a’loroq natija kuzatiladi: klaviaturalarda terilgan simvollar ekranda aks 
etadi. 20 yashar iqtidor egalari bora-bora to‘liq kompyuterlarni yig‘ishga kirishadi. Oradan bir yil 
o‘tib, o‘zlariga chizmakash Ronald Ueynni ko‘makchi qilib oladi. Ko‘makchilikdan tashqari Ronald 
ikki sherik tortishib qolsa, uchinchi bir fikrni aytish vazifasini bajargan. Shunday qilib, uchovlon 
tomonidan 1976-yilning 1-aprelida Apple
Computer
firmasiga asos solinadi. Boshlang‘ich kapital 
uchun Stiv mikroavtobusini sotib, velosiped haydashga, Voznyak bo‘lsa dasturlashtiriladigan 
kalkulyatori bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelgan. Ish boshlashlari bilanoq, mahalliy elektronika 


kalkulyatori bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelgan. Ish boshlashlari bilanoq, mahalliy elektronika 
do‘konidan 50 ta kompyuter uchun buyurtma kelib tushgan. Buncha kompyuter uchun kerakli 
detallarni sotib olishga yetarli puli bo‘lmagan biznesmenlar kredit olishga majbur bo‘lgan. Shunga 
qaramay 10 kun ichida buyurtmalar tayyor bo‘lib, do‘kon peshtaxtasidan o‘rin olgan.
Nima uchun aynan Apple
?
Foto: Google Images
Kompaniyaning nomlanishi bilan bog‘liq, ko‘pchilikni qiziqtirgan ushbu savolga aniq javob berish 
mushkul, negaki brendga aylangan kompaniya nomlanishining sababi haqida turli taxminlar 
mavjud. Ulardan biriga qaraganda, kompaniya dizayneri Rob Yanov do‘kondan olma olib keladi va 
logo haqida bosh qotirib, olmalardan birini tishlab surat chizishga kirishadi va o‘sha payt 
kompyuter uchun tishlangan olmadan-da a’lo reklama bo‘lmasligini tushungan. Boshqalarning 
ta’kidlashicha, nom ustida ko‘p bosh qotirilmagan. Stiv boshqa nom topilmasa,
kompyuterni 
Apple deb nomlashini aytgan, tamom vassalom. Faqat shunisi aniqki, avvaliga logoda fizik olim 
Isaak Nyuton boshiga daraxtdan olma tushayotgani aks etgan. Keyinchalik olmalar turli rangda 
bo‘lgan va 1998-yildan boshlab bir rangda bo‘lgan.


Foto: Google Images
Apple I oddiy modellardan faqatgina dinamik xotirasi bilan farq qilgani bois, yangi g‘oya va 
innovatsiyalarni Apple II da aks ettirishga harakat qilingan. Platforma 1976-yilda tayyor bo‘lgan va 
u rang-barangligi, ovozliligi hamda o‘yin kontrolleri funksiyalari bilan boshqalardan ajralib turgan. 
Apple II dunyoning turli burchaklarida 5 million nusxada sotilgan va buning ortidan 25 yoshlik Stiv 
Jobs millionerga aylangan. Ikkinchi modeldan keyin uchinchisi, so‘ng Lisa undan keyin 
bo‘lsa,
Macintosh kompyuterlari taqdim qilingan va kompaniya daromadi kundan kunga ortib 
borgan.
1979-yilda yangi model ustida ishlanadi va u Stivning turmushidan avvalgi qizi Lisa nomi bilan 
ataladi. Orada Stiv kompaniyadagilar bilan kelisha olmay ishdan ketadi va yangi firma ochishga 
qaror qiladi. U yangi kompaniyani Next Inc. deb nomlaydi. Millioner kompyuter grafikasiga va 
1979-yilda animatsiyalar yaratish maqsadida tashkil qilingan Pixar kompaniyasi faoliyatiga qiziqa 
boshlaydi. Oradan 7 yil o‘tib, Stiv Pixar’ni kompaniya asoschisi Jorj Lukasdan sotib oladi. Avvaliga 
Stiven Pixar’dan kompyuter reklamasi uchun animatsion filmlar yaratishda foydalanishni o‘ylagan, 
lekin 2006-yilda Pixar’ni 7,5 millionga Disney’ga sotishni va aksioner sifatida qolishni ma’qul deb 
bilgan. Keyinchalik kinostudiya tomonidan “Nemoni izlab”, “O‘yinchoqlar tarixi” singari mashhur 
multfilmlar taqdim qilinadi.
Yiliga
bir dollar maosh olgan milliarder


Foto: Google Images
Oradan 11 yil o‘tgach Stiv Apple’ga qaytadi va keyinroq kompaniyaning general direktori bo‘ladi. 
Kompaniya, dizayni bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga jalb qilgan va Apple tarixida eng ko‘p sotilgan 
iMac kompyuterini taqdim qiladi. 2001-yilda Amerikaning ikki shahrida Apple Store ochiladi. 
Kompaniya asoschisining shaxsan o‘zi ochilish joyini tanlaydi va har bir detal dizayniga alohida 
e’tibor bergani ijobiy natija beradi: do‘konga haftasiga 5,6 ming kishi tashrif buyurgan. Ko‘p 
o‘tmay Jobs MP3-pleyer yaratishga kirishadi va 2001-yilda birinchi iPod sotuvga chiqariladi. 
Mayda detallarigacha mukammal o‘ylangan interfeys, o‘ziga xos dizayn va qulay boshqaruv 
Apple’ning yana bir yutug‘i bo‘ladi. Stiv bu bilan to‘xtab qolmaydi, kelasi yilda yangi xit taqdim 
etadi. U kompyuter, mobil telefon va MP3-pleyer vazifasini bajaradigan, sensor orqali 
boshqariladigan ilk gadjetni yaratadi. Bu, albatta,
iPhone edi. 2010-yilda esa San-Fransiskoda 
birinchi planshet taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


Foto: Google Images
Yuqorida takidlanganidek, Stiven 25 yoshidayoq 256 million dollar egasi bo‘lgan bo‘lsa, bora-
bora milliarderga aylangan. Apple’ning 5,5 millionlik, Disney’ning 138 millionlik aksiyalari egasi, 
general direktorlik lavozimi uchun yiliga bir dollar maosh olgan. Stiv o‘zidan 8 yosh kichik bo‘lgan 
turmush o‘rtog‘i Laura bilan 1989-yilda Standford biznes maktabidagi ma’ruzasi davomida 
tanishgan. Juftlik 1991-yilda turmush quradi va ular
uch farzandning ota-onasi bo‘ladi.
Hayot qonunlarini o‘zgartirolmagan milliardlar


Foto: Google Images
2003-yildan Jobsda oshqozonosti bezi saratoni aniqlangan. Stiv texnologiyada qanchalik ilgarilab 
ketgan bo‘lsa, undagi kasallik ham shu darajada rivojlanib ketgan. Tinimsiz muolajalar, 
operatsiyalar, hatto milliarderning moliyaviy ahvoli ham bu borada yordam bera olmagan. 2011-
yilning iyunida 56 yoshlik daho so‘nggi marta iOs 5 operatsion tizim va iCloud servisi taqdimotini 
o‘tkazgan. 2011-yilning 5-oktabrida soat 03
:
00 da Stiv Jobs vafot etadi. Uning o‘limiga
sakkiz yil 
davomida kurashib kelgan o‘simta sabab bo‘lgandi. Multimilliarder o‘limidan avval xat yozib 
qoldirgan bo‘lib, unda quyidagi so‘zlar 
bitilgandi
:
Men biznesda muvaffaqiyat cho‘qqisiga erishdim. Ko‘pchilik uchun mening hayotim muvaffaqiyat 
timsoli. Biroq hayotda ishdan bo‘lak meni quvontira oladigan narsalar unchalik ko‘p bo‘lmagan. 
Boylik — men ko‘nikkan hayot tarzining bir qismi bo‘lgan, xolos. Ayni damda kasalxona yotog‘ida 
butun hayotim ko‘z o‘ngimdan o‘tar ekan, men faxrlangan boylik va shon-shuhrat o‘lim oldida 
ahamiyatsiz ekanini tushunmoqdaman . Umrim davomida orttirilgan boylikni o‘zim bilan olib keta 
olmayman. Men bilan ketadigani — muhabbat bilan bog‘liq xotiralar. Mana shu ortingizda qolishi 
kerak bo‘lgan, hamrohlik qiladigan, oldinga qadam bosishga undaydigan haqiqiy boylik. Necha 
yoshda ekanligingiz va nimalarga erishganingizning ahamiyati yo‘q. Hamma uchun ham parda 
tushiriladigan kun keladi… Oilangiz, sevimli insoningiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringizga bo‘lgan 
muhabbat haqiqiy boylikdir. O‘zingizni asrang, o‘zgalar haqida g‘amxo‘rlik qiling.
2010-yilda Forbes tomonidan tuzilgan dunyoning eng nufuzli kishilari ro‘yxatida Stiv Jobs 17-
o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, Financial Times uni yil odami deb nomlagan. 2011-yilda esa 


Budapeshtda
unga atab bronzadan haykal o‘rnatilgan

Download 11,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish