"Umid" mchj korxonasining ish va xodimlari faoliyati bilan tanishuv



Download 20,45 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi20,45 Kb.
#502998
Bog'liq
Dilshoda


REJA
Kirish

  1. “Umid” MCHJ korxonasining ish va xodimlari faoliyati bilan tanishuv

  2. Jamiyatning buxgalteriya bo’limi va u yerdagi xodimlarningbajaradigan vazifalari

Xulosa

Kirish
Bugungi kunda yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mohiyatini chuqurroq ko’rib chiqish, davlatlararo standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur muhit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli farmoni va 2017 yil 27-iyuldagi “ Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 sonli Qarori hamda 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli Qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, III kurs “Korporativ moliya” bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun tayyorlangan amaliyot dasturi bo’yicha olti hafta mobaynida amaliyot o’taldi.


Tanishuv amaliyotini o’tashdan asosiy maqsad talabalarda korporativ moliya bo’yicha muayyan darajada egallangan nazariya bilimlarni hosil etish, nazariya bilan amaliyot ortasida uyg’unlikni ta’minlashdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, amaliyotchi “Umid” MCHJ korxonasida o’zining moliyaviy-iqtisodiy bilimlarini oshirdi.


  1. “Umid” MCHJ korxonasining ish va xodimlari faoliyati bilan tanishuv

Amaliyotchi, Toshkent Moliya institute “Korporativ moliya” bakalavr ta’lim yo’nalishi III kurs LKM 60 guruh talabasi Mahkamova Gulnoza, 2021 yilning 18 yanvaridan 27 fevraligacha O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida joylashgan “Umid” MCHJ korxonasida amaliyot o’tadi. Amaliyotning ilk kunida korxona rahbari L.A.Rasulov tomonidan buyruq asosida amaliyot rahbari biriktirildi. Ishlab chiqarish amaliyoti joyidagi amaliyotchi uchun biriktirilgan rahbar korxonaning bosh buxgalteri A. Qurboyev bo’lib, u ish o’rni va ichki tartib qoidalarini tushuntirdi. Tashkilotning ish vaqti buxgalterlar uchun soat 9:00 dan 18:00 gacha hamda ish kunlari dushanbadan jumagacha bo’lib, amaliyotchi ish kunlari 14:30 dan 18:00 gacha amaliyot o’tashi haqida ma’lum bo’ldi.
Amaliyotchining ish o’rni buxgalteriya bo’limi hisoblanib, u yerda bitta bosh buxgalter va ikkita buxgalter yordamchilari faoliyat olib borishardi. Amaliyotchi ham buxgalter yordamchisi sifatida ish o’rniga ega bo’ldi.
Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida amaliyot rahbari talabaga “Umid” MCHJ Ustavi va Tasis shartnomasi hujjatlari bilan tanishish va har bir bandini o’rganib chiqish topshirig’ini berdi. Amaliyotchi ilk haftasi ushbu hujjalarni o’rganishga bag’ishlandi.
Jamiyatning ustavida korxona 2002 yil tashkil etilgani, birinchi bo’lim “Umumiy qoidalar”da ko’rsatilgan bo’lib ushbu bo’limda yana 7 band mavjud. Ularda jamiyat ishtirokchilari huquqlari va majburiyatlari aks ettirilgan. Ikkinchi bo’limda jamiyatning firma nomi va joylashgan manzili, pochta va yuridik manzili to’liq aks ettirilgan. Uchinchi bo’limga binoan, jamiyatning ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs) A.A.Adhamov va O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan “DASTBAKORU-DILBAYOR” MCHJ hisoblanadi. To’rtinchi bo’limda jamiyat faoliyati va uning maqsadi aks etgan bo’lib, unga ko’ra, “Jamiyat”ning tashkil qilinishdan maqsad tashkilotlar va aholiga turli xizmatlar ko’rsatish orqali, har xil yo’nalishdagi firmalarni tashkil qilish yo’li bilan, hamda tashkilotlarni talabini qoniqtirish va foyda olish. Jamiyat quyidagi faoliyat turlari bilan shugullanadi:

  • Go’sht va tuxum maxsulotlarini aralash ishlab chiqarish;

  • Barcha turdagi xalq iste’mol mollarining ulgurji va chakana savdolarini tashkil etish hamda import va eksport operatsiyalari bilan shug’ullanish;

  • Umumqurilish, qurulish-montaj, tamirlash-qurulishni tashkil etish;

  • Uchinchi shaxs hisobiga to’lovlar undirish, uyali aloqa tizimiga xizmat ko’rsatish, ekspress kartalar, sim kartalar, aksessuarlar sotish, “Paynet” xizmatlarini ko’rsatish.

Ustavning yettinchi bo’limida ustav fondini shakillantirish haqida tartib qoidalar berilgan bo’lib, jamiyat ishtirokchilarining ustav fondidagi ulushlari ham aks ettirilgan. Unga ko’ra A.A.Adhamov 5 mln. somlik kapitalni moliyalashtirgan bo’lib, ustav fondining 0.7 % ulushiga ega. Qolgan 99.3 % ulush 741.135 mln so’mga teng bo’lib, bu kapital korxonaning bosh tasischisi yuridik shaxs “DASTBAKORU-DILBAYOR” MCHJga tegishli. Sakkizinchi bo’limda jamiyatning ta’sis hujjatlari keltirilgan bo’lib, ular Jamiyat Ustavi va Ta’sis shartnomasi hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan bo’limlardan tashqari Ustavda yana 9 bo’lim mavjud, ularda Jamiyatning boshqaruv organlari, Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining vakolatlari, Jamiyat ijroiy organlarining vakolatlari, Jamiyat faoliyatini tashkil qilish, Jamiyat hujjatlarini saqlash va ular haqida ma’lumotlar berish, Jamiyatning foyda va zararlari, huquq va majburiyatlari, Moliyaiy xo’jalik faoliyati hamda Jamiyat faoliyatini tugatish aks ettirilgan.
“Umid” MCHJ tashkilotining Ta’sis shartnomasi yuqorida ta’kidlab o’tilgan ikki ta’sischi o’rtasida tuzilgan . ushbu shartnoma yeti bo’limdan iborat bo’lib, ularda: I. Umumiy qoidalar; II. Jamiyat qatnashchilarining huquqlari; III. Boshqaruv idoralari; IV. Jamiyat huqulari; V. Kapital va fondler; VI. Jamiyat orttirgan foyda; VII. Jamiyat faoliyatini tugatish haqida shartlar aks ettirilgan.
Amaliyotchi o’z amaliy va nazariy bilimlarini mustaxkamlash maqsadida O’zbekiston respublikasining “Masuliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuni ham o’rganib chiqib, korxona Ustavi va Ta’sis shartnomasida ko’rsatilgan bandlar bilan solishtirib, MCHJ faoliyatini chuqurroq tahlil qildi.
Amaliyot davomida amaliy rahbar korxonadagi xodimlar sonini, ular o’rtadagi mehnat taqsimoti, ishchilarning vazifalari va majburiyatlari, qaysi lavozimda ish yuritayotganlari haqida ma’lumot beruvchi korxona strukturasi chizmasi bilan tanishtirildi. Ushbu hujjatda quyidagi lavozimlar aks ettirilgan:

  • Jamiyat rahbari;

  • Marketing bo’limi boshlig’i;

  • Ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i;

  • Kadrlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i;

  • Bosh buxgalter;

  • Ular bir bo’limga biriktirilgan yordamchi xodimlar.

Shulardan amaliyotchi bosh buxgalter vazifalari bilan tanishdi. Bosh buxgalter Jamiyatning ichki va tashqi foydalanuvchilarini maliyaviy-xo’jalik faoliyati va moliyaviy holati to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish uchun korhonaning buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish ishlarini amalga oshiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik muhiti, tartibi, hajmi, sohasi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqgan holda “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat qilish, Jamiyatning moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash uchun o’z vaqtida ma’lumot olishga imkon beradigan hisob siyosatini shakllantiradi. Buxgalter o’z vazifa va majburiyatlarini bajarayotganda quyidagilarni bilishi zarur: buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlari, fuqarolik huquqining asoslari, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tashkil etish, tashkilotning iqtisodiy va moliyaviy faoliyati to’g’risidagi normative va uslubiy hujjatlar, buxgalteriya xisobini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar, uni yuritish qoidalari, korporativ boshqarish uchun etika qoidalari, tashkilotning yo’nalishi, ixtisosi va tuzilishi, uning strategiyasi va rivojlanish istiqbollari, soliq, statistika va boshqaruv hisobi va hokazolar.
Amaliyotchi ish jiyida o’rganishi lozim bo’lgan buxgalter yordamchisi vazifalari ham bosh buxgalter kabi majburiyatlarni, tegishli qonun hujjatlarini bilishi hamda bosh buxgalter o’z vazifalarini bajarishida, u bergan topshiriqlarni bajarib, ko’maklashishi zarur.
Amaliyot davomida talaba yuqorida aytib o’tilgan korxona bo’limi boshlig’lari va ularga biriktirilgan yordamchi xodimlar vazifalari, ular bajaradigan topshiriq turlari nimalardan iboratligi haqida ham to’liq ma’lumotga ega bo’ldi. Ular bir bo’lim o’z ichki tartib qoidalarga ega bo’lib, masalan, ishlab chiqarish bo’limi uchun ish kunlari Dushanbadan Shanbagacha bo’lib, ba’zi mavsumlarda haftaning yeti kuni ham ishlashadi. Shu bilan bir qatorda, har bir bo’lim uchun oylik maoshi hisoblash ham, ishchi tabelini yurgazish ham turlicha amalga oshirilishi amaliyotchiga tushuntirildi.


  1. Jamiyatning buxgalteriya bo’limi va u yerdagi xodimlarningbajaradigan vazifalari

Amaliyotning keyngi haftalarida talaba buxgalteriya bo’limi, u yerda bajariladigan ishlar va vazifalarni chuqurroq o’rganishga yondashdi. Shu o’rinda amaliyot rahbari buxgalteriya sohasining asoschisini chuqurroq o’rganish zarurligini ta’kidlab, amaliyotchiga 2016 yil 13 apreldagi O’RQ 404 son Qonuni bilan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan, yangi tahrirda tasdiqlangan Qonun hujjatini o’rganish topshirig’I berildi. Talaba qonun hujjatlarini o’rganib chiqdi va amaliyot rahbari nazoratidan o’tdi.
Bulardan tashqari, korxonani buxgalteriya bo’limining ham ichki tartib qoidalari ko’rsatilgan nizomi mavjud bo’lib, ushbu nizomda buxgalteriya hisobini yuritish tartib qoidalari, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, kalkulyatsiya, buxgalteriya balansi kabi muhum ko’rsatgichlarni yuritish tartib qoidalarini yoritilgan hujjat ham mavjud bo’lib, amaliyotchi ushbu nizomni ham o’rganib chiqdi.
Buxgalter kunllik amalga shiradigan operatsiyalari juda hilma-xil bo’lib, bularning barchasi yoki asosiy qismi axborot kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) orqali amalga oshiriladi. Buxgalter eng ko’p foydalanadigan dasturlar sarasiga quyidagilar kiradi:

  • 1c buxgalteriya dasturi

  • UzASBO dasturi

  • Info-accountant 8.8 buxgalteriya dasturi

  • Soliq to’lovchisi LE dasturi

  • Didox.uz dasturi

  • my.soliq.uz dasturi

  • 1UZ dasturi

  • E-imzo dasturi

  • Microsoft office dasturi va boshqalar

“Umid” MCHJ buxgalteriya bo’limida amaliyotchi asosan Microsoft office dasturlarining, aynan Word hamda Excel dasturlaridan va qisman 1c Buxgalteriya dasturlaridan foydalanishni o’rgandi. Korxonananing buxgalter yordamchilari bajaradigan aksariyat operatsiyalar yuqoridagi dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Jamiyat alohida xizmat ko’rsatish ya’ni go’sht va tuxum mahsulotlarini ishlab chiqish va tarqatish bilan shug’ullanganligi sababli, turli buyurtmachilar bilan shartnoma tuziladi. Amaliyotchiga ham shartnoma tuzish, uning shartlari bilan tanishish va Word dasturida shartnoma yaratish kabi topshiriqlar berildi va tushuntirish ishlari olib borildibuyurtmachilar bilan tuziladi. Buyurtmachilar bilan tuziladigan shartnomaning eng yuqori qismida shartnoma nomi va raqami ko’rsatilib qaysi shahar yoki viloyat bilan tuzilayotgani va shartnoma tuzilgan sana ko’rsatiladi. Masalan:

Oldi-sotdi shartnomasi № 15

Toshkent sh. 02 fevral 2021 yil


Shundan so’ng sotuvchi va sotib oluvchining huquq va majbutiyatlari aks ettirilgan, bir nechta bo’limdan iborat shartlar, qonun-qoidalar, buyurtmaning summasi, buyurtma qilingan san va qabul qilib olinadigan sana aks etgan shartnoma tuziladi va imzolanadi.


Amaliyot davomida talaba qo’shimcha bir nechta nizomlarni o’rgandi. Ulardan biri “Tovar-moddiy boyliklarini olishga uishonchnomalar berish va ularni ishanchnomalar bo’yicha berish tartibi to’g’risida”gi nizom. Nizomda umumiy qoidalar, Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish tartibi, Tovar-moddiy boyliklarni ishonchnomalar bo’yicha berish tartibi, mazkur nizomga rioya etilishi ustidan nazorat qilish hamda ishonchnomani tegishli tartibda rasmiylashtirishni tushuntirovchi 3 ilova keltirilgan bo’lib, talaba ularni o’rganish natijasida mustaqil ishonchnomalar tuzish va uning jurnalini yurg’azishni o’rgandi.
Amaliyotning so’ngi ikki haftasini ishchi xodimlarga oylik maoshi hisoblash tartibini o’rganishga bag’ishlandi.
Jamiyatda hodimlarni oylik maoshini hisoblash uchun korxonada ishchilar tabeli yuritiladi. Ushbu tabelni tuzishni o’rganishda talaba “Micrisoft Excel” dasturlaridan foydalandi. Table kunbay hisobda tuzilgan bo’lib, unda tabel raqami, xodimlarning shartnomasi, ularning ish o’rni, stavkasi hamda kalendar kunlari aks ettiriladi. Har bir ishchi hodimning kuniga necha soat ishlagani,agar, ishga kelmasa uning sabablari(masalan, kasal bo’lib qolsa yoki ish safariga ketsa) ko’rsatiladi va kunlik qayd qilib boriladi. Shu ma’lumotlar asosida 1 oylik ishchining mehnat faoliyati, ya’ni qancha soat ishlagani yoki ishlamagani aks etgan table hosil bo’ladi. Bu oylik hisoblayotganda asosiy tashkil etuvchi muhim hujjat hisoblanadi.

gonun hujjatlarini özpanish va hujjatlar yuritiſhda koub chiqilgan barcha nixomlar amaliyotchining köplab savollari ga yechim böldi.



Shuni aytish mumkinki, «Urnid" MCh I korxonasi xodimlari a amaliyotini otash maqsadida tashrif buyur gan talabapa nazariy bilimlarini amaliyotda qay tarzda gö'llanilithi, ularning tartib-qoidalari haqida oz tajribalarini ulashishdi. Olti haftalik amaliyot davrida amaliyotchi köplab bilimlarga epa bolib, ozining amaliyotini yakunladi.
Download 20,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish