TUSHUNCHALAR TAHLIL
|
1
|
tashbih
|
(ar. – o‘xshatish) – ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’ati. Tashbih tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani aniqroq va yorqinroq ochib berishga xizmat qiladi.
|
2
|
talmih
|
Talmeh ( nazar solmoq, ishora qilmoq) – she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilish usuli.
|
3
|
tamsil
|
Tamsil “misol keltirish” ma’nosini bildirib, she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy hodisani misol keltirishga asoslangan san’atdir. Birinchi misradagi fikr bilan keltirilgan misol o’rtasidagi munosabat – mantiqiy aloqa ko’pincha qiyosiy yo’nalishda bo’lib, ijodkor diqqati ham badiiy tafakkur bilan hayotiy voqelik orasidagi o’xshashlikka qaratilgan bo’ladi. Boshqacha aytganda, birinchi misrada bayon qilingan fikr hayotiy hodisaga o’xshatiladi, shoir ifodalayotgan obrazlar hayotiy misoldagi narsa yoki tushunchalarga mos bo’lib tushadi.
|
4
|
husni ta’lil
|
arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko’rsatish san’ati shu nom bilan ataladi.
|
5
|
irsoli masal
|
sheʻrda maqol, matal, hikmatli soʻzlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
|
6
|
laff va nashr
|
(“yig’ish va yoyish”) san’ati she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Bundan maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo’rtttirib, kuchaytirib tasvirlashdir.
|
7
|
mubolag‘a
|
arab tilida “kattalashtirish”, “kuchraytirish” ma’nosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo’ladi, o’quvchi ko’zi oldida yorqinroq gavdalanadi.
|
8
|
iyhom
|
Shubhaga solish, adashtirish – she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.
|
9
|
tashxis
|
“jonlantirish” hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatini ko’chirish san’atidir.
|
10
|
tanosub
|
baytda bir-biriga aloqador, o’zaro daxldor bo’lgan so’zlar ishtiroki
|
11
|
ruju’
|
qaytish – tasvir ob’yektining dastlabki obrazli ifodasi (go’yo bu ifodaga ko’ngil to’lmagandek)dan qaytib, undan ma’noliroq, ta’sirliroq, kuchliroq, obrazli ifodaga o’tish usuli.
|
12
|
tajohuli orif
|
bilib – bilmaslikka olish san’ati. Bunda shoir barcha narsani bilib turadiyu, ammo o’zini bilmagandek ko’rsatadi
|
13
|
kalomi jomi’
|
ar. – jamlovchi, umumlashtiruvchi so‘z – she'rda yoki baytda pand-nasihat, o‘git, axloq-odobga oid, zamona va zamondoshlardan shikoyat bilan
bog‘liq fikrlarni keltirishga asoslangan she'riy san'at.
|
14
|
tazod
|
qarshilantirish – zid tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarni (ma’lum maqsadda) bir-biriga bog’lab ishlatish usuli.
|
15
|
tajnis
|
Turli ma’noli so’zlar shakldoshligi va hamrohligi. Aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari har xil bo’lgan ikki yoki uch jinsdosh so’zlarga tajnis deyiladi.
|
16
|
ishtiqoq
|
bir o’zakdan hosil bo’lgan ma’nodosh so’zlarni muayyan g’oyaviy-badiiy maqsadda ishlatish san’atidir. Ishtiqoqni qo’llashning sharti so’zlar bir o’zakdan bo’lishi shart
|
17
|
iqtibos
|
she'r yoki nasrda qur'oni karim yoki xadisdan parcha keltirish.
|
18
|
aqd
|
mushtarak (ham lafzga, ham ma’noga daxldor) san’atlar jumlasidan. Nasrni nazmga aylantirish san’ati aqd deyiladi. “Aqd lug’atta tugun bog’lamoqdur. Nazmda kalomning nasrda bo’lmagan tugunligi bor bo’lgani uchun sochma kalomni tizma qilmoqni aqd deb ataganlar” (Atoulloh). Shoirlar ko’pincha maqolning mazmunini muayyan maqsad (fikrni dalillash, o’xshatish va h.k.) bilan she’rga olib kiradilar. Maqolning mazmuni sezilib tursa-da, uning shakli she’riy vazn talablariga moslashgan holda yangicha qiyofa kasb etadi, aniqrog’I u she’rga aylanadi.
|
19
|
tazmin
|
ar. – bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo‘ymoq ) – she'rda o‘zga bir shoir she'ridan bir misra yoki bir bayt kiritish san'ati.
|
20
|
tatabbu’
|
ar. – biror narsaning izidan borish; kuzatish) – o‘zga bir Shoir she'ridan ta'sirlanib, undagi vazn, qofiya va radifni saqlagan holda asar yaratish.
|
21
|
baroati istihlol
|
ar. baroat - bir sohada ustunlik, istehlol - yangi oyni ko'rish talabi) - asarning qaysi mavzuga bag'ishlanganiga ishora qilishga asoslangan san’at. Bunda muallifning asar debochasi, masnaviy, qasida
yoki marsiya awali, kitobning bob va fasllari boshida keltirgan so'z va fikrlaridan o'quvchi asar va uning muayyan bobining mavzu va mundarijnil,
asosiy mazmunini bilib oladi.
|