Tumani maktab,,yosh kimyogar’ to`garagining ish rejasi. 2020-2021 o`quv yili



Download 101,54 Kb.
Sana15.07.2021
Hajmi101,54 Kb.
#120053
Bog'liq
KIMYO TO'GARAGI KANSPEKTI


_____________tumani _____ maktab,,YOSH KIMYOGAR’ to`garagining ish rejasi. 2020-2021 o`quv yili.



Mavzular.

Soat

Sana

1.

Nisbiy va absolut massa.

1




2.

Kimyoviy formula. Mol. Modda miqdori

1




3.

Kimyoviy formula. Mol. Modda miqdori Masala yechish.

1




4.

Kimyoviy formulalar keltirib chiqarish

1




5.

Avagadro qonuni. Molar hajm. Gazning zichligi va nisbiy zichligi.

1




6.

Avagadro qonuni. Molar hajm. Gazning zichligi va nisbiy zichligi.

1




7.

Kimyoviy ekvivalent

1




8.

Kimyoviy tenglamalar asosida hisoblash

1




9.

Kimyoviy raeksiyalarda energetik hodisalar

1




10.

Kislorod

1




11.

Vodorod.

1




12.

Suv.

1




13.

Eritmaning prosent konsentratsiyasini topish .

1




14.

Eritmaning prosent konsentratsiyasini topish.

1




15.

Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari .Oksidlar

1




16.

Asoslar

1




17.

. Tuzla Tuzlar.

1




18.

Test..

1




19.

Anorganik moddalarning eng muhim sinflariorasida genetik bog‘lanish

1




20.

Davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi. Atom yadrosi

1




21.

Atomlar elektron qavatlarining tuzilish

1




22.

Galogеnlar.

1




23.

Oltingugurt

1




24.

Elementlarning nisbiy elektromanfiylig

1




25.

Oksidlanish darajasi

1




26.

Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari

1




27.

. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi va kimyoviy muvozanat

1




28.

Aralashma tayorlash.

1




29.

Elektroliz.

1




30.

Azot.

1




31.

Fosfor .

1




32.

Uglеrod

1




33.

Metallar

1




34.

Masala yechish metallar mavzusi bo`yicha..

1




35.

Masala yechish metallar mavzusi bo`yicha..

1




36.

Qiziqarli tajrubalar.

1





To`garak rahbari: Begmaliyeva G.N.

Sana:8.09.16. 1-dars

Sinf 7-8-9-sinf

Fan : Kimyo.

Mavzu : 1-Absalut va nisbiy massa.



Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa


Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
-§. Atomning o‘lchami. Nisbiy va absolut massasi

 Kimyoviy hodisalarda moddaning bo‘linmaydigan eng kichik zarrasi atomlardir.



  • «Atom» so‘zi qadimgi yunon tilida bo‘linmas degan ma’noni anglatadi.

  • Kimyoviy element – atomlarning muayyan turidir. Masalan, kislorod atomlari kislorod elementini bildiradi.

  • Kimyoviy elementlar hozirgi kunda 109 ta.

  • Har bir kimyoviy elementning lotincha nomini bosh harfi, zarurat bo‘lsa, bosh harf bilan keyingi harflardan birini qo‘shib yozish kimyoviy elementning belgisini ifodalaydi. Masalan, H (ash) - vodorodning kimyoviy belgisi, lotincha Hydrogenium (suv hosil qiluvchi) nomining bosh harfi.

  • Atomlar juda kichik zarrachalar bo‘lib, ma’lum massaga ega. Masalan, vodorod atomining absolut massasi 0,00000000000000000000001674 g yoki 1,67410-24 g. Uglerod atomining absolut massasi – 19,99310–24.

  • Atomning nisbiy massasi - 12C izotopi atomining massasini 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiradigan sondir.

  • 12C izotopi atomining 1/12 qismini massasi 1,6605710-24 g.

  • 1,6605710-24 g=1 m.a.b.

  • Nisbiy atom massa A(r) bilan ifodalanadi. Indeksdagi «r» nisbiy (relative) degan ma’noni anglatadi. Masalan, kislorodning nisbiy atom massasini topish uchun kislorod atomining haqiqiy massasini m.a.b ga bo‘linadi:



  • Elementning nisbiy atom massasiga son jihatdan teng qilib grammlar bilan ifodalangan qiymat g-atom deyiladi (yoki mol deyiladi).

  • Bir mol har qanday modda 6,021023 ta zarracha (atom, molekula, ion) tutadi.

  • 6,021023 soni Avogadro doimiysi deyiladi va NA belgisi bilan ifodalanadi.

1-jadval

Kimyoviy element nomi

Belgisi

Haqiqiy massasi (gr)

Nisbiy atom massa A(r)

1 molidagi atomlar soni

Vodorod

H

1,67410-24

1,008

6,021023

Kislorod

O

26,66710-24

15,9994

6,021023

Uglerod

C

19,99310-24

12,011

6,021023

1-misol. 0,25 mol mis (II)-oksidda nechta molekula bo‘ladi?

Yechish. 1) 1 mol har qanday modda tarkibida 6,021023 ta molekula bo‘lishligini bilgan holda, 0,25 mol mis (II)-oksiddagi molekulalarni topamiz.

0,25 mol mis (II)-oksiddagi molekulalar sonini “n” deb olsak:

n=6,021023  0,25=1,5051023 ta.

2) Berilgan masalani quyidagicha proporsiya tuzib ham yechish mumkin:

Javob: 1,5051023 ta.

2-misol. Kislorodning nisbiy atom massasi 15,999 ga teng. Kislorod atomining haqiqiy massasini toping.

Yechish. Atomlarning haqiqiy massasini quyidagicha topish mumkin:

m=A(r)1m.a.b=15,9991,6605710-24=26,66710-24 g



Javob: 26,66710-24 g.

Mustaqil yechish uchun masalalar

  1. Argon atomining nisbiy atom massasi 39,948 ga teng ekanligini bilgan holda, uning haqiqiy (absolut) massasini hisoblang.

  2. Temir atomining haqiqiy (absolut) massasi 93,13·10-27 kg ga teng bo‘lsa, uning nisbiy atom massasi qanday bo‘ladi?

  3. Atomning nisbiy massasini absolut massaga , absolut massasini nisbiy massaga aylantirish uchun qanday amallarni bajarish kerak?

4. 3 g uglerodda qancha atom bo‘ladi?

5. 0,602 ·1023 ta vodorod atomi necha grammni tashkil qiladi?



  1. “A” elementning bitta atomining massasi 410-26 kg ga teng. Bu elementning nisbiy atom massasini hisoblang. Bu elementning nomini aniqlang?


Sana: 15.09.16 22.09.16 2- 3-dars

Sinf 7-8-9- sinf

Fan : Kimyo. 2 soat

Mavzu : 2-§. Kimyoviy formula. Mol. Modda miqdori.



Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

 Kimyoviy formula – modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa)

indekslar yordamida ifodalanishidir.


  • Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin.

Masalan: H2SO4 – sulfat kislota.

H2SO4 – sulfat kislotaning bitta molekulasi, molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini bildiradi.

Shuningdek molekulani haqiqiy va nisbiy massasini ham topish mumkin.

Haqiqiy massasini topish uchun 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlarining haqiqiy massalari qo‘sxiladi. Bunday kichik sonlar ustida amallarni bajarish qiyincxiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun molekulaning nisbiy massasi (Mr) va mol miqdori hisoblab topiladi.

Mr/H2SO4/=12+32+164=98


  • Bir mol – moddaning nisbiy molekular massasiga son jihatidan teng va gramm bilan ifodalangan qiymatdir.

  • Bir mol - 12C uglerod izotopining 12 gramida nechta atom bo‘lsa o‘shancha struktura birligi (molekula, atom, ion, elektron) tutgan moddaning miqdoridir.

  • 12 gramm uglerodda 6,021023 ta atom bo‘ladi.

  • Modda miqdori – η harifi bilan belgilanadi va u mollar bilan ifodalanadi.

  • Moddaning molar massasi – M harfi bilan belgilanadi.

2-jadval

Modda

Kimyoviy formulasi

Molar massasi

Modda miqdori

Molekulalar soni

Suv

H2O

18 g

1 mol

6,021023

Karbonat angidrid

CO2

44 g

1 mol

6,021023

Sulfat kislota

H2SO4

98 g

1 mol

6,021023

1. Moddaning massasi aniq bo‘lganda, undagi modda miqdorini yoki modda miqdori berilganda uning massasini aniqlash

1-misol. 49 g sulfat kislotadagi modda miqdorini hisoblab toping.

Yechish. 1)M(H2SO4)=98.

2) Modda miqdori η ni hisoblash. m – massa, M – molar massa.



Javob: 49 g sulfat kislota 0,5 mol.

2-misol. 5 mol Mis (II)-oksid necha gramm?

Yechish. 1) M(CuO)=64+16=80.

2) Modda massasini hisoblash.





Javob: 5 mol CuO 400 g.

3-misol. Kalsiy nitratning molar massasini va uning 8,2 gramidagi kalsiy nitratdagi modda miqdori hamda molekulalar sonini hisoblang.

Yechish. 1) Kalsiy nitrat Ca(NO3)2 ni molar massasini hisoblash.

Mr(Ca(NO3)2)=40+2(14+163)=164 gramm

2) 8,2 gramm Ca(NO3)2 dagi modda miqdori.

3) 8,2 gramm Ca(NO3)2 dagi molekulalar soni:

8,2 gramm Ca(NO3)2 0,05 mol

1 mol Ca(NO3)2 da –––––– 6,021023 ta molekula bo‘ladi.

0,05 moldagi molekulalar soni –––––– x mol.

6,021023  0,05 = 0,3011023 ta yoki 3,011022 ta

Javob: 164 gramm, 0,05 mol, 0,3011023 ta

4-misol. 19,6 kg fosfat kislotadagi molekulalar va kislorod atomlari sonini

hisoblang.

Yechish. 1) 19,6 kg H3PO4 dagi modda miqdorini topish (19,61000=19600 gramm M(H3PO4)=98)

2) 200 mol H3PO4 dagi molekulalar soni:

2006,021023 = 12041023 = 12,041025 ta

3) 200 mol H3PO4 dagi kislorod atomlari soni:

200 mol H3PO4 da 12,041025 ta H3PO4 molekulasi bo‘lib, har bir molekulada 4 ta kislorod atomi bo‘ladi. Demak, kislorod atomlari soni: 12,0410254=48,161025 ta.



Javob: 12,041025 ta; 48,161025 ta.

I. Kimyoviy formula

  1. Bеrilgаn kimyoviy fоrmulаlаrdаn shu mоddа tаrkibigа kirgаn elеmеntlаrning vаlеntligini tоpish

 Elеmеnt аtоmlаrining bоshqа elеmеntning muаyyan sоndаgi аtоmlаrini biriktirib оlish xususiyati shu elеmеntning vаlеntligi dеyilаdi.

 Vаlеntlikni o‘lchоv birligi qilib vоdоrоdning vаlеntligi qаbul qilingаn.

 Vоdоrоd аtоmining vаlеntligi 1 (bir)gа tеng.

 Кislоrоd аtоmi dоimо ikki vаlеntli.

Vаlеntligi nоmа’lum bo‘lgаn elеmеntning vаlеntligi, vоdоrоdli yoki kislorоdli, shuningdеk vаlеntligi mа’lum bo‘lgаn bоshqа bir elеmеnt bilаn hоsil qilgаn birikmаlаridаn аniqlаnаdi.Mаsаlаn: Quyidаgi birikmаlаrning fоrmulаlаrini dаftаringizgа ko‘chirib yozing vа elеmеntlаrning vаlеntligini аniqlаng. As2O5 , Cu2O, TeO3, H2Se, Cl2O7, KH.

1) As2O5 - kislоrоdning vаlеntligi ikki. Кislоrоd аtоmlаri bеshtа, hаr birining vаlеntligi 2, kislоrоd аtоmlаrining umumiy vаlеntligi (2·5=10) 10 gа tеng. Мishyakning hаm vаlеntliklаri 10 bo‘lishi kеrаk. Birikmаdа 2 tа mishyak аtоmi 10:2=5. Dеmаk: hаr bir mishyak аtоmigа 5 tа birlik mоs kеlаdi. Birikmаdа mishyakning vаlеntligi 5 gа tеng

2) Cu2O 2·1=2; 2:2= 1. Мis bir vаlеntlik

3) TeO3 2·3=6; 6:1= 6. Теllur оlti vаlеntlik

4) H2Se 1·2=2; 2:1=2. Sеlеn ikki vаlеntlik

5) Cl2O7 2·7=14; 14:2=7. Хlоr yеtti vаlеntlik

6) KH 1·1=1; 1:1=1. Kаliy bir vаlеntlik.

Elеmеntlаrning vаlеntliklаri mа’lum bo‘lsа, ikkitа tаshkil tоpgаn mоddаning fоrmulаsini tuzish

Маsаlаn: Xrom uch, kislоrоd ikki vаlеntlik ekаnligidаn fоydаlаnib xrom (III)-оksidining fоrmulаsini yozing.




  1. Xrom vа kislоrоdning bеlgilаrini yozish: CrO

  2. Elеmеntlаrning vаlеntliklаrini rim rаqаmi bilаn elеmеntning ustigа yozish: CrIIIOII

  3. Vаlеntliklаrni ifоdаlоvchi sоnlаrni yani uch vа ikkini eng kichik umumiy bo‘linuvchisini tоpish, bu oltigа tеng

  4. Fоrmulаdаgi elеmеnt аtоmlаr sоnini tоpish uchun umumiy bo‘linuvchini shu elеmеntning vаlеntligigа bo‘lаmiz.

Xrom: 6:3=2; Kislоrоd: 6:2=3

Dеmаk birikmаdа xrom 2 tа, kislоrоd 3 tа аtоmni tаshkil qilаr ekаn.



  1. Кimyoviy bеlgilаr оstigа tоpilgаn sоnlаrni indеks qilib yozib qo‘yamiz: Cr2O3


3. Кislоtа, аsоs vа tuzlаrning fоrmulаlаrini tuzish
Кislоtаlаr. Меtаllаrgа o‘rnini bеrаdigаn vоdоrоd аtоmlаri vа kislоtа qоldiqlаridаn ibоrаt murаkkаb mоddаlаrdir.

Vоdоrоd аtоmi bir vаlеntlik, kislоtа qоldig‘i esа shu kislоtаdаgi vоdоrоd аtоmlаri sоni bаrоbаridа vаlеntlikkа egа.






Кislоtа nоmi

Fоrmulаsi

Кislоtа qоldig‘ining

fоrmulаsi

vаlеntligi

1

Nitrаt kislоtа

HNO3

NO3

1

2

Хlоrid kislоtа

HCl

Cl

1

3

Sulfаt kislоtа

H2SO4

SO4

2

4

Fоsfаt kislоtа

H3PO4

PO4

3


Аsоslаr. Меtаll аtоmlаrigа birikkаn gidrоksid guruhlаri (OH) dan iborat murаkkаb moddalardir.

Gidrоksid guruhlаri bir vаlеntlik. Mеtаll аtоmlаrini vаlеntliklаri nеchаgа tеng bo‘lsа o‘shаnchа gidrоksil guruhlаrini biriktirib оlаdi.

Me(OH)n---- KOH, Mg(OH)2, Al(OH)3

Тuzlаr Меtаll аtоmlаri bilаn kislоtа qоldiqlаridаn tаshkil tоpgаn mоddаlаrdir. Тuzlаrning fоrmulаlаrini tuzish uchun mеtаllning vаlеntligini vа kislоtа qоldig‘ining nеgizligini hаmdа nеchtа vоdоrоd аtоmini o‘rnini mеtаll аtоmi аlmаshgаnligini bilish kеrаk.

Маsаlаn: Аluminiy sulfаtning fоrmulаsini tuzishdа аluminiyning uch vаlеntliligini, kislоtа qоldig‘i (SO4) ikki vаlеntli ekаnligini bilish zаrur.

AlSO4 Al(SO4) Al III(SO4)II Al2(SO4)3




Тuzning nоmi

Таrkibidаgi

Тuzning fоrmulаsi

metаllning vаlеntligi

kislоtа qоldig‘i vаlеntligi

1

Каlsiy nitrаt

2

1

Ca(NO3)2

2

Bаriy kаrbоnаt

2

2

BaCO3

3

Маgniy fоsfаt

2

3

Mg3(PO4)2

4

Хrоm(III)-sulfаt

3

2

Cr2(SO4)3




  1. Мurаkkаb mоddаlаrning fоrmulаlаrigа qаrаb elеmеntlаrning valentligini аniqlаsh

Bir necha elеmеntdаn tаshkil tоpgаn murakkab mоddаlаrdаgi elеmеntning vаlеntligini tоpish birоz murаkkаbrоqdir. Buning uchun vаlеntligi nоmа’lum elеmеntdаn bоshqа elеmеntlаrni vаlеntligini bilish vа elеmеntlаr vаlеntligi ishоrаsi jihаtdаn hаm bir – biridаn fаrq qilishini bilish kеrаk. Birikmаlаrdа vоdоrоd аsоsаn +1 vаlеntlikni (оksidlаnish dаrаjаsini) nаmоyon qilаdi. Elеmеntning ishоrаsi bilаn ko‘rsаtilgаn vаlеntligi (оksidlаnish dаrаjаsi) elеmеnt bеlgisini o‘ng tоmоnigа tеgishli rаqаm bilаn ko‘rsаtilаdi. Маsаlаn: N ­­+1, О-2 , Fe +2, Fe +3, Zn +2, N +5 vа hоkazо.

Elementlarning valentligi va oksidlanish darajasi haqidagi tushuncha bilan keyinroq batafsil ma’lumotlarni bilib olasiz.

Birikmаdа mаnfiy ishоrаli elеmеnt fоrmulаning eng оxirigа yozilаdi.

Fоrmulаdа bаrchа elеmеntlаr oksidlanish darajalarining yig‘indisi nоlgа tеng, shuning uchun hаm kimyoviy birikmаlаr elеktrоnеytrаldir.



Мisоl. Каliy pеrmаngаnаtdаgi mаrgаnеsning vаlеntligini аniqlаng.

Yechish: Birikmаdаgi kаliyning oksidlanish darajasi +1, kislоrоdning oksidlanish darajasi - 2, mаrgаnеsniki Х.

KMnO41(+1)+1(X)+4(-2)=0

1+X-8=0

X=8-1=7 dеmаk, mаrgаnеsning oksidlanish darajasi +7




  1. Moddaning formulasi asosida tarkibidagi elementlarning massa nisbatlarini hisoblab topish


Misol. Oltingugurt (VI)- oksid SO3 dagi oltingugurt va kislorod massalarining nisbatlarini toping.

Yechish: M|S| : M |30|= 32:316=32:48=1:1,5.

Javobi: Oltingugurt bilan kislorodning massa nisbatlari 1:1,5.

6.Moddaning formulasi asosida tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini va foiz miqdorini hisoblab topish
1-misol: Oltingugurt (VI)-oksid tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini hisoblab toping.

Yechish: 1) SO3 ning Mr ni hisoblab topamiz:

Mr (SO3) =32+316=80

2) S ning massa ulushini hisoblab topamiz:



3) O ni massa ulushini hisoblab topamiz.







Javobi: Oltingugurtning massa ulushi 0,4 yoki 40%,

kislorodni massa ulushi 0,6 yoki 60%

2-misol: Temirning massa ulushi quyidagi birikmalarning qaysi birida ko‘p:

1) FeO; 2) Fe2O3; 3) FeSO4.

Yechish: 1) FeO dagi temirning massa ulushini hisoblash.


  1. m(FeO)=56+16=72



2) Fe2O3 dagi temirning massa ulushini hisoblash:

a) Mr(Fe2O3)=562+163=160

b)

3) FeSO4 dagi temirning massa ulushini hisoblash.

a) Mr(FeSO4)=56+32+164=152

b)

Javob: Temirning massa ulushi FeO da ko‘p.
Мustаqil yеchish uchun mаsаlа vа mаshqlаr.


  1. Quyidаgi vоdоrоdli birikmаlаrdаgi elеmеntlаrning vаlеntligini аniqlаng.

PbH , CaH2, NH3, SiH4, BH3, H2S, KH.

  1. Quyidаgi elеmеntlаr kislоrоdli birikmаlаrining fоrmulаlаrini yozing:

Cl(VII), Se(VI), P(V), Pb(IV), B(III), Cd(II), Ag(I).

  1. Хrоm ikki, uch vа оlti vаlеntli kislоrоdli birikmаlаrini hоsil qilаdi. Хrоmning аnа shu оksidlаri fоrmulаlаrini yozing.

  2. 0,7 g azotdagi modda miqdorini va molekulalar sonini hisoblang.

  3. 5 mol suvdagi molekulalar sonini hisoblang.

  4. 2,5 mol sulfat kislotadagi molekulalar hamda vodorod, kislorod va oltingugurt atomlari sonini hisoblang.

  5. Vodorod atomlarining valentligi 1 ekanligini bilgan holda formulalari NH3, PH3, HJ, SiH4, H2Se, H2Te bo‘lgan birikmalardagi ikkinchi elementlarning valentligini aniqlang.

  6. Xlorning valentligi bir, kislorodning valentligi ikki ekanligini bilgan holda formulalari FeCl2, AlCl3, LiCl, K2O, MgO, Cr2O3, CrO3, CrO, Mn2O7, MnO2 bo‘lgan birikmalardagi ikkinchi elementlarning valentligini aniqlang.

  7. Quyidagi elementlarning vodorodli birikmalari formulalarini yozing: a) brom (I); b) kalsiy c) fosfor (III) d) uglerod (IV)

  8. Quyidagi elementlarning kislorodli birikmalari formulalarini yozing: Ag(I), Be(II), B(III), Mn(IV), P(V), S(VI), Mn(VII), Os(VIII).

  9. Ksenon - Xe ftor bilan hosil qilgan birikmalarida 2, 4, 6 valentli bo‘ladi. Shu birikmalarning formulalarini yozing. (Ftor doimo bir valentli bo‘ladi).

  10. Aluminiy nitrat, sul’fat, fosfat tuzlarining formulasini yozing.

  11. Tarkibi Na2B4O7 tarkibli birikmadagi borning valentligini aniqlang.

  12. FeSO4 va temir kuporosi FeSO47H2O ni nisbiy molekular massalarini hisoblang.

  13. Is gazi va karbonat angidridning nisbiy molekular massalarini hisoblang.

 


Sana:23.09.16 4-dars

Sinf 7-8-9- sinf

Fan : Kimyo.

Mavzu : II. Kimyoviy formulalar keltirib chiqarish



Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa


1. Modda tarkibining massa ulushlari yoki foiz tarkibi

berilganda uning formulasini aniqlash.
1-Misol. Natriy karbonatning tarkibi quyidagicha: Na=43.4 %,S=11.3%,

O=45.6%. Uning formulasini aniqlang.


Yechish: 1) modda tarkibidagi elementlarning atom nisbatlarini toping


Ma’lumki molekulada atomlar faqat butun sonlar nisbatda bo‘ladi. Shuning uchun har birini eng kichik nisbatga bo‘lamiz:



Javob: Natriy karbonatning formulasi:Na2CO3

2-misol: Azotning kislorodli birikmalaridan birining tarkibida 69,56% kislorod

bo‘ladi. Ushbu oksidning formulasini aniqlang.



Yechish: 1) Azotning kislorodli birikmasi tarkibida 69,56% kislorod bo‘lsa,

uning tarkibida 100 - 69,56 = 30,44% azot bo‘ladi.

2) Azot va kislorod atomlarining nisbatlari (2,17:4,34) ni butun

sonlarga aylantirib olamiz.

Demak, oksid tarkibida azot atomi bitta, kislorod atomi 2 ta bo‘ladi: NO2.Javob: NO2.
2. Moddaning miqdoriy analizi natijalariga ko‘ra

formulasini aniqlash
3-Misol. 2,22 gramm malahit parchalanganda 1,60 gramm mis (II) oksid, 0,18 gramm suv va 0,44 gramm karbonat angidrid hosil bo‘lgan malahitning formulasini aniqlang.

Yechish: 1) Malahitning sifat tarkibini aniqlaymiz:

Malahit CuO+H2O+CO2



Demak: Malahitning tarkibida mis, vodorod, uglerod va kislorod atomlari bo‘lishi kerak.

2) Misning massasini aniqlaymiz:

Mr(CuO)=80





3) Vodorodning massasini aniqlaymiz.

Mr(H2O)=18





4) Uglerodni massasini aniqlaymiz.

Mr(CO2)=44





5) Kislorod massasini aniqlaymiz.

Kislorodning massasi: Mis(II)- oksid,suv va korbanat angidiriddagi kislorod massalarining yig‘indisiga teng.

A) 1,60 g CuO dagi O ning m=1,60-1,28=0,32 g.

B) 0,18 g H2O dagi O ning m=0,18-0,02=0,16 g.

V) 0,44 g CO2 dagi O ning m=1,44-0,12=0,32 g.

0,32+0,16+0,32=0,8 g



6) Demak, malahitning sifat va massa nisbatlari quyidagicha:

Cu:H:C:O=1,28:0,02:0,12:0,8



7) Modda tarkibidagi elementlarning atom nisbatlarini topish uchun:



Javob: Cu2H2CO5 malahitni formulasi (CuOH)2CO3.


  1. Gazsimon moddalar tarkibidagi elementlarning massa ulushlari, zichligi va nisbiy zichligi berilganda haqiqiy formulasini topish


4-misol. Gazsimon moddaning tarkibi analiz qilinganda uglerodning massa ulushi 0,8571 (yoki 85,71%) va vodorodning massa ulushi 0,1429 (yoki 14,29%) ekanligi aniqlandi. Moddaning vodorodga nisbatan zichligi 14 ekanligi ma’lum bo‘lsa, uning haqiqiy formulasini aniqlang.

Yechish: 1) Modda tarkibidagi elementlarning atom nisbatlarini topamiz:

Moddaning oddiy formulasi: CH2.

2) Moddaning molar massasini aniqlaymiz. M=142=28.

Oddiy formulaga ko‘ra moddaning molekular massasi: M(CH2)=12+21=14

3) Moddaning haqiqiy formulasini topish uchun:



Javob: Gazsimon moddaning haqiqiy formulasi: C2H4.

Mustaqil yechish uchun masalalar


  1. Quyidagi moddalarning nisbiy molekular massalarini hisoblang.

A) Ohaktosh, marmar, bor – CaCO3

B) qand, shakar - C12H22O11

C) malahit- (CuOH)2CO3

D) temir kuporosi- FeSO4·7H2O



  1. 12,6 g nitrat kislotadagi modda miqdorini hisoblang.

  2. 2,5 mol shakar necha gramm? Bu miqdor shakarda nechta molekula, nechta uglerod atomi bo‘ladi?

  3. 19,6 g fosfat kislotada nechta kislorod atomi bo‘ladi?

  4. 1 mol sulfat kislotadagi kislorod atomlarining soni necha mol suvdagi kislorod atomlari soniga teng bo‘ladi?


2020-2021 o’quv yiliga 7-8-9 sinflar uchun Kimyo fanidan 34-soatlik to’garak ish reja va konspektini to’liq shaklda olish uchun biz bilan bog’laning

Telegram

+998902869494

To’lov uchun

Uzkard 8600042332624641

Humo 9860030355671931
Download 101,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish