Traktor va avtomobillarning elektr jixozlari tizimi rivojlanishini asosiy yo’nalishlari. Mikroprotsessorlarning qo’llanilish istiqbollari



Download 80,5 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2023
Hajmi80,5 Kb.
#906414
  1   2
Bog'liq
Traktor va avtomobillarning elektr jixozlari tizimi rivojlanishini asosiy yo’nalishlari. Mikroprotsessorlarning qo’llanilish istiqbollari


Traktor va avtomobillarning elektr jixozlari tizimi rivojlanishini asosiy yo’nalishlari. Mikroprotsessorlarning qo’llanilish istiqbollari.
Avtomobilsozlikni rivojlanish istikbollari avtomobillarda elektr va elektron jixozlarni keng kulamda ishlatilishi bilan bevosita boglikdir. Xozirgi zamon avtomobillarining elektr jixozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, xarakat xavfsizligini va xaydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta’minlovchi murakkab tizim bulib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi kup jixatdan aynan elektr jixozlarning ishonchliligiga boglik buladi.
Elektr energiya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilgi ara­lashmasini ut oldirish uchun ishlatilgan. Yonilgi aralashmasini yukori kuchlanishli elektr uchkuni yordamida ut oldirilishi, ut oldirish dakikasini anik rostlash va bu uz navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) kuvvatini va tejamliligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilgini elektr uchkun vositasida ut oldirish boshka usullarni sikib chikardi va xozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona sistema xisoblanadi.
Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli xil asboblarni tok bilan ta’minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish va yoritish tizimlarini vujudga keltirdi.
Elektr ta’minot tizimi akkumulyator batareyasi, generator va rele-rost­lagichlar-dan iborat. Kariyb 50 yil davomida avtomobillarda asosan uzgarmas tok generator-lari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu soxada erishilgan muvaffakiyatlar avtomobillarda yarim utkazgichli tugrilagichlarga ega bulgan uzga-ruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. Uzgaruvchan tok generator-lari uzgarmas tok generatorlariga nisbatan bir kator afzalliklarga ega bulib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yukori, ulchamlari nisbatan kichik bulgan xolda katta kuvvatga ega, tannarxi ancha past va xokazo.
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulyator batareyasi, starter, kommutatsiya jixozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi mosla-malardan tashkil topgan. Akkumulyator batareyasi avtomobil elektr jixozlarining zarur kismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari kullani-lishi ishga tushirish tizimining kuvvati ancha oshirilishini talab kildi. Bu, uz navbatida, sigimi 200-250 Asoat bulgan, takomillashgan akkumulyator batareyalarni, kuvvati 10-15 kVt gacha bulgan starterlarni ishlab chikishga olib keldi.
Xozirgi zamon avtomobil dvigatellarida sikish darajasi, aylanishlar chastota-si usishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chikindi gazlarni zaxarliligini kamaytirish masalalariga bulgan talabning kuchayishi ut oldirish sistemalaridagi yukori kuchlanish kiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tugdirdi. Klassik yoki kontaktli ut oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni xal kilish uchun ut oldirishning yangi sistemalari ishlab chikildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprotsessorli ut oldirish sistemalari shular jumlasidandir.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan xarakat xavfsizligini ta’minlashda katta axamiyatga ega bulsa, ikkinchi tomondan xaydovchi va yulovchilarga ma’lum kulaylik yaratish vazifasini xam bajaradi. Avtomobil transporti vositalarining soni ortib borishi va ularning xarakati tobora tigizlashishi yul-transport xodisalari keskin kupayishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati tuplagan ma’lumotlarga kura bu noxush xodisalarning 60% dan ortikrogi kurinish yaxshi bulmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir buladi. Bu, avtomobillarda turt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi sistemalar, tumanga karshi faralar, galogen lampalar, kizil linzali lampalar joriy kilinishiga olib keldi. Yakin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim utkazgichli yoruglik chikaruvchi elementlar, suyuk kristallar va boshka turdagi yangi yoruglik jixozlarning ishlatish muljallanmokda.
Avtomobil va uning asosiy kismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat-ulchov asboblari aloxida axamiyatga ega. Nazorat-ulchov asboblari avtomobilning eng kimmatbaxo va mas’uliyatli agregat va kismlari ( dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish sistemalari va xokazo) xolatini va meyorida ishlashini nazorat kilib turish imkoniyatini beradi. Xozirgi vaktda, xarakat xavfsizligini ta’minlash va xaydovchining dikkatini bulmaslik maksa-dida nazorat-ulchov asboblarning kursatuvchi turlarini kamaytirib, kuprok darak beruvchi turlarini urnatish maksadga muvofik deb xisoblanmokda.
Avtomobillarda elektr va elektron jixozlari rivojlanishining keyingi boskichlari elektron texnikasining tarakkiyoti bilan bevosita boglik bulib, u asosan avtomobillarning xarakat xavsizligini yanada tularok ta’minlashga, dvigateldagi ishchi jarayonlarni samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yunaltirilmokda. Masalan, xaydovchi xolatini uzluksiz kuzatib, zaru-rat buyicha avtomatik ravishda xarakat xavfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga oshiruvchi diagnostika asbobini yaratish borasida izchil ish olib borilmokda.
Elektronika va mikroprotsessor texnikasining kullanishi dvigatel va trans-missiya ishini avtomatik boshkarish sistemalarini ishlab chikish imkonini berdi. Xususan, xozirgi zamon avtomobillarida urnatilgan elektron antiblokirovkali tormoz sistemalari, dvigatelga yonilgi mikdori anik meyorda uzatilishini ta’min-lovchi elektron tizimi shular jumlasidandir.
Shunday kilib, xozirgi zamon avtomobillarining elektr jixozlari, malakali xizmat kursatilishini talab kiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab sistemaga aylandi. Avtomobillar meyorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi kup jixatdan elektr jixozlar shayligiga boglik. Xozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jixozlarining narxi ancha baland bulib, avtomobil tula kiymatini 25-30% ni tashkil kiladi. Elektr jixozlarni ta’mirlash va ularga xizmat kursatishga ketadigan mablag xam taxminan shu kursatkich doirasida buladi. Demak, avtomobillar tugri va daromadli ishlatilishini ta’minlash uchun ularning elektr va elektron jixozlari tuzilishini, ishlash prinsipini, tavsifnomalarini, ishlatilishining uziga xos tomonlarini xar tomonlama va chukur urganish juda muximdir.
Avtomobillarning elektr jixozlarini kuyidagi asosiy funksional sistemalarga bulish mumkin:
1. Elektr ta’minot tizimi (generator, kuchlanish relesi, akkumulyator batareyasi).
2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (starter, akkumulyator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar).
3. Ut oldirish tizimi (tok manbai,ut oldirish galtagi, uzgich-taksimlagich, tranzistor kommutatori, ut oldirish shamlari);
4. Nazorat-ulchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va kursatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshka).
5. Yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va tuxtashini kursatuvchi chiroklar, oldingi va orkadagi fara osti chiroklar va xokazo).
6. Kulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich elektrdvigatellari, konditsionerlar, oyna kutargichlar va xokazo).
7. Dvigatel va transmissiyani avtomatik boshkarish tizimi.
8. Utkazgichlar va kommutatsiya jixozlari.

Generator, starter, ut oldirish apparatlari va nazorat-ulchov asboblarning sezgichlari bevosita dvigatelga, kolgan jixozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga urnatiladi. 1-rasmda avtomobil elektr jixozlarining umumiy sxemasi keltirilgan.


Generator 4 va akkumulyator batareyasi 2 bir-biri bilan paralel ulangan. Avtomobil xarakatlanayotganda iste’molchilar tokni generatordan, tuxtaganda yoki dvigatelni aylanishlar chastotasi belgilangan kiymatdan kam bulganda esa, akkumulyator batareyasidan oladilar. Iste’molchilarni bir tok manbaidan ikkinchisiga almashlab ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada rostlab turish vazifasini kuchlanish relesi 5 bajaradi.
Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab kuyiladigan (yoritish, ut oldirish, nazorat-ulchov asboblari va xokazo) yoki kiska, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni kursatuvchi yoruglik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar.Dvigatelni ishga tushirish vaktida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol kiladigan starter, kesimi ancha katta bulgan utkazgich bilan bevosita akkumulyator batareyasiga ulanadi. Kiska vakt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok iste’mol kiladigan va kulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (tovushli darakchi, sigaret tutatkich, radiopriyemnik, soat va xokazo) istisno tarikasida tugridan-tugri akkumulyator batareyasiga ulanadi.

1- rasm. Avtomobil elektr jixozlarining umumiy sxemasi.
1-starter; 2-akkumulyator batareyasi; 3- ampermetr; 4 - generator; 5 - rele-rostlagich; 6 - ut oldirish shamlari; 7 - taksimlagich; 8 - uzgich; 9 - ut oldirish galtagi; 10 - nazorat-ulchov asboblari(a-kursatkich; b-sezgich);11-bosh yoritish faralari; 12 - faralarni almashlab ulagich; 13 - yoritish tizimining markaziy almashlab ulagichi; 14 - yoritish va darak berish asboblari.

Avtomobil elektr jixozlariga kuyiladigan asosiy texnik talablar:


1.
Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish