Tovarlarni bojxona bahosi va rasmiylashtiruvi



Download 87,35 Kb.
bet1/7
Sana14.06.2022
Hajmi87,35 Kb.
#668642
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xalqaro biznes


TOVARLARNI BOJXONA BAHOSI VA RASMIYLASHTIRUVI
Mundarija
Kirish………………………………………………………….. 2
1.Bojxona organlarining maqsadi va vazifasi…………..……... 5
2.Bojxona organlari funksiyasi va huquqiy yo’nalishi…...…… 12
3.Bojxonada tarif siyosatining asosiy yo’nlishlari..……..….… 19
4.Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazish.…..…….. 28
5.Tovarlarda bojxona bahosi…………………………..…….. 30
Xulosa.……………………………………………………..… 39
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………… 45

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan holda ko‘paytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish, xorijiy davlatlardan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Xorijiy xomashyo va materiallarni bojxonada rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish maqsadida 2021-yil 1-avgustdan boshlab: bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berilsin; tadbirkorlik subyektiga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona to‘lovlari to‘lamagan holda qayta ishlagandan so‘ng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish bo‘yicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritilsin; mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat berilsin; olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan o‘zaro bog‘liq holda monitoring qilish tartibi joriy qilinsin; olib kirish kontrakti bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati ushbu kontraktlar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi belgilab qo‘yilsin; olib chiqish kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi lozimligi belgilab qo‘yilsin; sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan mablag‘larni qaytarish yoki sotish kontrakti bo‘yicha 1mablag‘larning kelib tushishi sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi nazarda tutilsin. Bunda sotish kontrakti bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning miqdori sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan mablag‘lar miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirildi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Umurzakov zimmasiga yuklangan.
Markaziy Osiyoda Soʻgʻdiyona va Baqtriya-Tohariston savdo yoʻllari qadim-qadimdan Buyuk ipak yoʻlining eng gavjum tarmoqlaridan hisoblangan. Soʻgʻdiy savdogarlar uzoq Sharq va Vyetnamgacha borganliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar saqlanib qolgan boʻlsa, Baqtriya-Toharistonning ushbu hududlarda buddaviy va monexiylik dinlari yoyilishidagi oʻrni ham kattadir. Mazkur oʻlkalarni bevosita bogʻlab turgan janubiy Hisor togʻlaridagi savdo yoʻllarining asosiy yoʻnalishi va mavsumiy tarmoqlari esa, arxeologik va yozma maʼlumotlarga qaraganda Buyuk ipak yoʻli shakllanishidan ming yillar avval amalda boʻlib, uch yoʻnalishga ajralgan: gʻarbiy-dasht yoʻnalishi, hozirgi Surxondaryo viloyati bilan Turkmanistonni bogʻlab turuvchi temir yoʻl shoxobchasiga deyarli mos keladi.
Temirdarvoza orqali oʻtadigan markaziy yoʻnalish eng qulay, yaqin va tabiiyki, doimiy yoʻl hisoblangan. Soʻngra asosiy yoʻl Temirdarvoza, Zogʻxona dovoni (hozirgi Sayrob qishlogʻi) va Sherobod daryosi boʻylab Sherobod shahri, Amudaryoning Shoʻrob kechuvi orqali Balxga borgan.
Shuni ham aytib oʻtish joizki, Hisor savdo yoʻllari koʻplab tosh devorlar va nazorat qoʻrgʻonlari vositasida muhofaza qilib turilgan. Bu esa savdo yoʻllariga boʻlgan yuksak eʼtibordan yaqqol dalolatdir.
Sherobod dahanasida, daryoning chap sohilidagi qoya ustida joylashgan Tavka qalʼasida olib borilgan izlanishlar Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishda oʻziga xos kashfiyot boʻldi.
Tavka devoriy suratlarining tahlili va boshqa arxeologik topilmalar asosida bu qalʼani milodning VI-VII asrlari bilan bogʻlash mumkin. Maʼlumki, oʻsha davrda Tohariston Oʻrta Osiyoning koʻplab hududlari singari Gʻarbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Bu hoqonlik bilan Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining Buyuk ipak yoʻlidagi oʻzaro raqobati ularning yoʻlga boʻlgan munosabatlaridan, yaʼni yoʻlning ular iqtisodiyotiga ahamiyatidan kelib chiqqan.
Keyingi yillarda ochilgan qator arxeologik yodgorliklar Sherobod dahanalari, joʻgʻrofiy sharoitga koʻra, togʻ hududidan tekislikka chiqish yoʻli boʻlganligini tasdiqlamoqda. Dahana tosh devorlari shu davrlarda ham amalda boʻlgan. Yuqorida qayd qilingan asosiy va mavsumiy tarmoqlarda joylashgan yodgorliklar ichida Tavka qoʻrgʻonining alohida oʻrni boʻlgan. U soʻzsiz Buyuk ipak yoʻlining janubiy Hisor togʻlari boʻylab oʻtgan qismidagi muhim manzilgohlardan biridir. Oʻzaro hamohang yagona meʼmoriy majmuani tashkil qiluvchi qoʻrgʻon va tosh devor, izlanishlarning dastlabki natijalaridayoq, “Bojxona” deb talqin qilingan. Avvalo, qoʻrgʻonning bevosita shimoli-gʻarbiy Tohariston togʻ va tekislik vohalari chegarasida yoxud bu hududdan oʻtgan savdo yoʻlining asosiy yoʻnalishi boʻyida, yaʼni tarixiy-madaniy chegara (Temir darvoza) yaqinida joylashganligi uni “Davlat Bojxonasi” deb atalishiga asos boʻladi. Chunki Dahana togʻ va tekislik vohalari uchun ham darvoza vazifasini bajarib kelgan boʻlib, bu yerda bojxonaning joylashganligi tabiiydir. Yodgorlikning ixcham va ayni bir paytda mahobatli koʻrinishi, hashamatli bezatilganligi, qishki, yozgi qabulxonalari, savdo karvonlaridan tushgan bojlarni vaqtincha saqlashga moʻljallangan xonalari, karvonlar yetib kelgunlariga qadar ularni kuzatish imkoniyati bu chindan ham Davlat bojxonasi boʻlganligini isbotlaydi.

Download 87,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish