Toshkent viloyati Zangiota tumani xtbga qarashli 20-sonli maktabning biologiya fani o’qituvchisi Aytekova Mohiraning “Tabiiy fanlar oyligi” ochilish kechasiga tayyorlagan 45-daqiqalik dastur senariysi



Download 21,4 Kb.
Sana18.07.2021
Hajmi21,4 Kb.
#122514
Bog'liq
Tabiiy fanlar oyligi ochilish kechasi uchun senariy


Toshkent viloyati Zangiota tumani XTBga qarashli 20-sonli maktabning biologiya fani o’qituvchisi Aytekova Mohiraning “Tabiiy fanlar oyligi” ochilish kechasiga tayyorlagan 45-daqiqalik dastur senariysi

“Tabiiy fanlar oyligi” ochilish kechasi 3-chorakning ilk o’qish kuni, ya’ni 11-yanvarda tashkil qilinadi.



  1. Davlatimiz madhiyasi yangraydi.

  2. Boshlovchi sahnaga chiqadi: Assalomu alaykum ustozlar , mehrigiyolar,

Yuragi quyoshu, qalbi daryolar.

Sizga ham aziz maktabdoshlar dildan ehtirom,

Qo’lim ko’ksimdadir, deyman salom-assalom!

Maktabimizning fidoyi jonkuyarlari, aziz va hurmatli ustozlar hamda qadrdon maktabdoshlarim! Sizlarni bugungi “Tabiiy fanlar oyligi” ning ochilish kechasida ko’rib turganimizdan nihoyatda xursandmiz! Bu oy biologiya, kimyo va fizika fanlari oyligi bo’lib, bunda har bir o’quvchini faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Bugungi dasturni ochib berish uchun maktabimiz direktori G. Elboyevani so’zga taklif qilamiz.



  1. Boshlovchi dasturni ochib berish uchun maktab direktori G. Elboyevani sahnaga taklif qiladi.

  2. Boshlovchi: Endi esa maktabimiz fidoyi va jonkuyar geografiya hamda biologiya fani o’qituvchisi G. G’ulomovani so’zga taklif qilamiz.

  3. Maktab geografiya va biologiya fanlari o’qituvchisi G. G’ulomova so’zga chiqadi.

  4. Biologiya faniga hissa qo’shgan ajdodlarimiz haqida 5-“B” sinf o’quvchilari tomonidan qisqacha ma’lumotlar beriladi.

1-o’quvchi: Ajdodimiz jahonga mashhur Abu Ali ibn Sino haqida. Abu Ali ibn Sino 980-yil 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Buyuk ajdodimiz tabiatshunoslik va tibbiyot fanlariga katta hissa qo’shgan. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari 5 ta katta kitobdan iborat bo’lib, har bir kitobi biz uchun noyob qo’llanma bo’la oladi. Ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meroslari bizning yo’limizni yoritguvchi shamchiroqdir!

Uchta o’quvchi barobar: “Biz buyuklar avlodimiz!”

2-o’quvchi: O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon al-Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ilgan. Beruniy o’zining “Saydana” asarida juda ko’plab dorivor o’simliklar, hayvonlar va minerallar haqida ma’lumot berib o’tadi. Biz yosh avlod ajdodlarimiz merosidan unumli foydalangan holda buyuk insonlar bo’lib yetishamiz!

Uchta o’quvchi barobar: “Biz buyuklar avlodimiz!”

3-o’quvchi: Shoir, tarixchi, davlat arbobi temuriy shahzoda Zahriddin Muhammad Bobur 1483-yilda tavallud topgan. Boburning dunyoga mashhur “Boburnoma” asarida juda ko’plab o’simliklar, hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Aziz tengdoshlarim mana shunday buyuk bobolarimizga munosib farzandlar bo’laylik!

Uchta o’quvchi barobar: “Biz buyuklar avlodimiz!”



  1. 5-“B” sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan she’rlar tinglanadi.

1-o’quvchi: Olam ichra olam, mikro olam bor emish,

Hujayrani to’ldirgan sitoplazma oqarmish.

Sitoplazmadir tiniq, rangsiz hamda shilimshiq

Unda ozuqa va havo aylanadi tinimsiz.

2-o’quvchi: Olam ichra olam, mikro olam bor emish,

Hujayraning to’ridan yadro joy olganmish,

Bakteriya va suvo’tlar unga doim zor emish,

Ko’payishga u doim tayyorlanib shay emish.

3-o’quvchi: Yadro tuzilishini bilsang gar oddiy,

O’qib-o’rgansang sen qa’tiy.

O’rgangin qilib zaxmat,

Robert Braunga deysan rahmat.

4-o’quvchi: Olam ichra olam, mikro olam bor emish,

Hujayrada ribosoma bo’lmaganda xor emish.

Ribosomaning o’zi ishlab chiqarar oqsil,

Ribosoma susaysa oqsil bo’ladi taqchil.

5-o’quvchi: Mitoxondriya ham bor, qolib ketmaydi aslo,

ATFda energiyani to’plar ekan u tanho.

Toparsan muskulning har bir hujayrasidan,

Mitoxondriya aslida ko’payadi o’z-o’zidan.



  1. Biologiya fan o’qituvchisi Aytekova Mohira tomonidan o’quvchilar aqlini charxlash va biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida qiziqarli topishmoqlar beriladi va o’quvchilardan javoblar qabul qilinadi.

  • Boshi bor-u, sochi yo’q,

Ko’zi bor-u qoshi yo’q.

(Baliq)


  • Qanoti bor, pati yo’q,

Suti bor, tuyog’i yo’q.

(Ko’rshapalak)



  • O’zi yo’qdek ovozi o’qdek.

(Chivin)

  • Ko’kka qarab tolmaydi, ko’kdan ko’zin olmaydi.

(Kungaboqar)

  • Ko’k ko’ylakli xotin sariq bola ko’targan.

(Jo’xori)

  • Is biladi, it emas,

O’zi kichik, bit emas.

Odamni xo’p talaydi,

Qon ichib, hech to’ymaydi.

(Burga)


  • Bir otim bor ajabgina

Dumlari bor gajakkina.

(Chayon)


  1. Biologiya fani o’qituvchisi Aytekova Mohira tominidan mantiqiy savollar taqdim qilinadi va to’g’ri javobni topgan o’quvchilar taqdirlanadi.

Aytekova Mohira:

  • Qaysi egulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?

(Qaynatilgan tuxum)

  • Zoologlar fikricha, u hasharotning erkagi gulning nektari bilan kun kechirib ketaveradi. Ammo urg’ochilariga tuxum qo’yishi uchun ko’p miqdorda protein kerak bo’ladi. Bu proteinni esa ular ko’proq odamlardan olishadi. Savol: bu qaysi hasharot?

(Pashshalar)

  • Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekanligini atishgan. Bu borada tuzning qanday foydasi bor deb o’ylaysiz va buni biologiya bilan bog’lang?

(Tuz yegan sigirlar ko’p chanqashadi va ko’p suv ichadi. Ko’p suv ichsa ko’p sut beradi. Biologiyadan esa plazmoliz va deplozmoliz hodisasini eslashning o’zi kifoya)

  1. Boshlovchi: “Tabiiy fanlar oyligi” doirasida tashkil qilinayotgan tanlovlarda faol ishtirok etishingizni so’raymiz. 5-6-sinflar o’rtasida “Rassom-biolog” ko’rik tanlovi, 7-8-sinflar o’rtasida “Eng yaxshi krossvordlar” tanlovi, 9-10-11-sinflar o’rtasida “Eng yaxshi referatlar” tanlovilari o’tkaziladi. Bu tanlovlarda faol qatnashgan va o’zlarining ijodiy namunalarini taqdim qilgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan fan oyligining yopilish kechasida munosib taqdirlanadi.

  2. “Tabiiy fanlar oyligi” ochilish kechasining yakuniy qismi.

Boshlovchi: Biologiya, kimyo va fizika fanlarini hayotimizning har bir sohasida uchratishimiz mumkin. Shunday ekan bizga berilgan vaqtdan unumli foydalangan holda dars mashg’ulotlarida o’z faolligimizni namoyon qilaylik qadrdon tengdoshlar! Biologiya, kimyo va fizika fanlaridan fan oyligi doirasida tashkil qilinadigan tanlovlarda faol ishtirok etishlaringiz so’rab qolamiz. Shu bilan bugungi “Tabiiy fanlar oyligi” ochilish kechasiga bag’ishlangan dasturimiz o’z nihoyasiga etdi. Barcha ustozlarga va o’quvchilarga yangi yilda va yangi boshlangan chorakda omadlar va zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz!
Download 21,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish