Toshkent viloyati parkent shahri 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyot davrida kengashov o’tkir ilxom o’G’lining yozgan hisoboti



Download 1,62 Mb.
Sana12.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#783427
Bog'liq
KENGASHOV O\'TKIRBEK MO\'M 19 2 hisobot




TOSHKENT VILOYATI PARKENT SHAHRI
20-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA
AMALIYOT DAVRIDA
KENGASHOV O’TKIR ILXOM O’G’LINING
YOZGAN HISOBOTI
(2021-2022)

TOSHKENT-2022
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Matematika va Informatika fakulteti Matematika o'qitish metodikasi 19/2-guruhi talabasi Sunnatullayeva Shoiraning Toshkent viloyati Parkent shahri 40-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo’yicha yozgan
HISOBOTI
2022-yil 22-fevral kuni pedagogik amaliyot boshlanishiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. M.Esonturdiyev, I.G'aniyev pedagogik amaliyotning maqsad vazifalarini tushuntirib berishdi. Pedagogik amaliyot hujjatlaridan namunalar ko’rsatildi. Yig’ilishda pedagogik amaliyotga biriktirilgan bir qator o’qituvchilar ham ma’lum ko’rsatmalar berishdi. Amaliyot jarayonida o’quvchilar bilan birgalikda olib boriladigan ma’naviy –ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Amaliyot rahbarimiz M.Esonturdiyev amaliyot davrining dasturi bilan tanishtirib chiqdi. Topshiriqlar bajarish tartibi, o’quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish mazm uni tushuntirildi, talabalar qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Pedagogik amaliyotning birinchi kuni biriktirilgan maktabga bordim. Meni maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Asomov Jamoliddin va matematika fani o’qituvchisi S.Mirzakarimova kutib oldi. Biz uchun matematika o’quv xona biriktirildi. Shu sinfda amaliyotlarni o’tgazdik. O’quv yili amalidagi dars jadvallari tushuntirildi. Sinflar taqsimlab berildi. Men pedagogik amaliyot davomida 7-sinflarga sinf rahbarligiga biriktirildim.


21.02.2022 dan 10.05.2022 gacha passiv kuzatuvda bo’ldik. Bu davrda biz maktabning matematika fan o’qituvchisining dars o’tish metodikasini va o’qituvchilik mahoratini o’rgandik. Maktabning ilg’or o’qituvchilaridan bo’lgan S.Mirzakarimovaning o’tkazgan darslarini kuzatib tahlil qilgan holda dars o’tish metodlarini, o’quvchilar bilan til topishish yo’llari, o’qituvchilik mahoratini va ish tajribalarini kuzatib o’rganib bordim.

Darslarni 22.03.2022 kundan o’tishni boshladik. Maktabda matematika o’qituvchisi B.Bektemirov darslarni boshlashga va o’tishga yaqindan yordam berdi.

Dars o’tishdan oldin bir yillik ish rejasi kunlik konspekt daftar hamda tarbiyaviy soat daftarlar yuritishni boshladik. Har bir kelgan kunimiz uchun dars tahlilini yozib va kundalik daftarlarimizga qayd etib bordik.
Darsni kuzatish uchun bizga biriktirilgan institut o’qituvchilari kelishdi va dars mobaynida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Menga B.Bektemirov har kunlik darslarni bo’lib berdilar. Men yuqori sinflardan 8-“A” sinfiga algebra fanidan “Tanlash yo'li bilan ishlanadigan kombinatorika masalalari” mavzusini o’tdim. Keyingi




darslarda 8-sinf o’quvchilariga “Kombinatorikaning asosiy qoidasi”, “Ko’pburchak yuzi”, “Uchburchak yuzi”, “Romb va trapetsiya yuzi”, “To’g’ri tortburchak va parallelogram yuzi”;
Sinfim o’quvchilari bilan har bir dars uchun ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorladik. Dars o’tish jarayonida ulardan foydalandik.
Maktab metod birlashmasini o’rganib chiqdim. O’qituvchilarning ish tajribalarini kuzatib o’rganib bordim.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, maktab menga 3 yil davomida olgan bilimlarimni amaliy mustahkamlashga yordam berdi. O’qituvchilik kasbi naqadar mashaqqatli va shu o’rinda sharafli kasb ekanligini yana bir bora amin bo’ldim. Men ushbu amaliyot davomida menga biriktirilgan o’qituvchimdan quyidagilarni o’rgandim:

  • Darsda o’qituvchi o’zini qanday tutishi;

  • Gapirish ohangi;

  • O’qituvchining kiyinish ma’daniyati;

  • O’quvchilar diqqatini darsga jalb qila olish;

  • Darsda ko’rgazmali qurollardan to’g’ri foydalanish;

  • Darsda barcha o’quvchilar bilan birdek ishlash va birdek e’tibor qaratish;

  • O’quvchilarning oilaviy sharoiti bilan tanishish;

  • O’qituvchi yuritadigan barcha hujjatlar bilan tanishish va ular bilan ishlashni o’rganish;

  • O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’rtasidagi muomala va shu kabilar.

Pedagogik amaliyot davomida menga yetarli sharoit bilan ta’minlagan 40-maktab ma’muriyatiga rahmat aytaman. Bundan tashqari barcha fan o’qituvchilarga va amaliyot rahbarim S.Mirzakarimovaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.



Kafedra mudiri: Erkin Maxkamov
Maktabdan biriktirilgan
amaliyot rahbari: Bekzod Bektemirov
Amaliyotchi talaba: Kengashov O’tkir

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish