Toshkent viloyati o’rta chirchiq tumani 67-umumiy o’rta ta’lim maktabida



Download 392,88 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi392,88 Kb.
#728728
Bog'liq
Rahimova Muqaddam hisoboti


TOSHKENT VILOYATI O’RTA CHIRCHIQ TUMANI
67-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA
AMALIYOT DAVRIDA RAHIMOVA MUQADDAMNING YOZGAN HISOBOTI
(2021-2022)



TOSHKENT-2022
Toshent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti Matematika va Informatika fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi 20/1-guruh talabasi Rahimova Muqaddamning Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani 67-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyot bo’yicha yozgan
HISOBOTI
2022-yil 18-fevralda kuni pedagogik amaliyot boshlanishiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. A.Ismoilov, N.Toshboyeva pedagogik amaliyotning vazifalarini tushunturib berishdi.Pedagogik amaliyot hujjatlaridan namunalar kursatildi. Yig’ilishda pedagogik amaliyotga biriktirilgan bir qator o’qituvchilar ham ma’lum ko’rsatmalar berishdi. Amaliyot jarayonida o’quvchilar bilan birgalikda olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Amaliyot rahbarimiz N.Toshboyeva amaliyot davrining dasturi bilan tanishtirib chiqdi. Topshiriqlar bajarish tartibi, guruh bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish mazmunini tushuntirdi.
Pedagogik amaliyotning birinchi kuni biriktirilgan maktabga keldik. Bizni maktab derektori Raxmatov.B va matematika fani o’qituvchisi R.Koneyev kutib oldi. Biz uchun matematika xonasi biriktirildi. Shu sinfda amaliyotni o’tqazdik. O’quv yili amalidagi dars jadvallari tushunturildi. Amaliyot davomida 5-A sinf rahbariga biriktirildim.
18.02.2022 dan 23.04.2022 gacha passiv kuzatuvda bo’ldik. Bu davrda biz maktabning matematika fan o’qituvchisining dars o’tish metodikasi va o’qituvchilik mahoratini o’rgandik. Maktabning ilg’or o’qituvchilari R.Keanev o’tkazgan o’tkazgan darslarni kuzatib tahlil qilgan holda dars o’tish metodlari, o’quvchilar bilan til topish yo’llari, o’qituvchilik mahoratini va ish tajribalarini kuzatib o’rganib bordik.
Darslarni 12.03.2022 kunidan o’tishni boshladik. Maktabda informatika o’qituvchisi R.Koneyev darslarni boshlashga va o’tishga yaqindan yordam berdi.

Dars o’tishdan oldin bir yillik ish rejasi kunlik konspekt daftar hamda tarbiyaviy soat daftarlar yuritishini boshladik. Har bir kelgan kunimiz uchun dars tahlil yozib va kundalik daftarimizga qayd etdik.
Darsni kuzatish uchun bizga biriktirilgan institut o’qituvchilari kelishdi va dars mobaynida o’z fikr va mulohazalarini bildirib utishdi.

Bizga S.Sultonov har kunlik darslarni bo’lib berdilar. Men yuqori siniflardan 5-A sinfga birinchi “O’nli kasrlarni natural songa ko’paytirish” mavzusini o’tdim. Menga biriktirilgan 6-A sinf bilan va sinf rahbari R.Koneyev bilan yaqindan tanishib sinf haqidagi barcha ma’lumotlarni olib, sinf bilan tanishib chiqish uchun 12-mart kuni sinf soati darsini o’tdik. Sinfimizda jami 30 nafar o’quvchi bo’lib, o’zbek sinf hisoblanadi. Sinfda ahillik bilan fanlarni yaxshi o’zlashtirish bilan birgalikda maktab tadbirlari va obodonlashtirish ishlari faol ishtrok etdilar. R.Koneyev bilan birgalikda sinf soati haqidagi barcha ma’lumot bilan tanishib oldim.


Dars o’tish jarayonida sinfdagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini bilib oldim. 2.04.2022 3 soat o’tilgan mavzularni takrorlash qilib, ularda avval o’tilgan mavzularni takrorlash qilib oldik va masalalar yechdik. Orada “Sherigini top” metodidan foydalanib mavzu yuzasidan savollar berib mavzuni mustahkamlab bordik. Dars so’ngida tahlilga kirgan R.Koneyev o’qituvchimiz yutuq va kamchilikimizni baholab berdilar.

Darslar davomida III va IV choraklar uchun o’quvchilardan nazorat ishilarini ham oldim. Darsdan tashqari o’zim qo’shimcha baholash maqsadida misollar berib baholab bordim. Chorak baholarini o’quvchilarni konspekt daftarlarini, og’zaki javob berishlarini, misollar yechishlarini, dars davomida faoliklariga qarab, kuzatib baholash mezoni asosida R.Koneyev bilan baholab chiqdik.


Amaliyot davomida maktab doirasida o’tkazilgan ma’navi ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtrok etdim. Jumladan 6-a sinfi bilan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida suhbatlashdik.
Sinif o’quvchilari bilan har bir dars uchun ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorladik. O’zim sinflarga dars o’tish bilan birga amaliyotchi talabani darslarini kuzatib tahlil qilib bordim. Ular bilan fikr tajriba lar almashib o’zaro bir-birlarimizga yordam bergan holatda ish olib bordik.
Maktab metod birlashmasini o’rganib chiqdim. Oq’ituvchilarning ish tajribasini kuzatib o’rganib bordim.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki maktab menga 2 yil davomida olgan bilimlarimni amaliy mustahkamlashga yordam berdi. O’qituvchilik kasbi naqadar mashaqqatli va shu o’rinda sharafli kasb ekanligini yana bir bora amin bo’ldim.
Pedagogik amaliyot davomida menga yetarli shart sharoit bilan ta’minlagan 67-maktab ma’muriyatiga rahmat aytaman. Bundan tashqari hamma fan o'qituvchilarga va metodist rahbarimiz N.Toshboyeva, R.Koneyev ga o’z minadorchiligimni bildiraman.
Kanfedra mudiri: Mahkamov.E
Metodist: Toshboyeva.N.Y.
Amaliyotchi talaba: Rahimova.M.I
Download 392,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish