Toshkent Farmaseftika instituti
“Farmaseftika” fakulteti 202-B
guruh talabasi Rahmatova E’tiborning
“Mutaxasislikka kirish” fanidan
tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu:Farmaseftik faoliyat asoslari,turlari haqida tushuncha.
Reja:
1. Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha.
2. Farmatsevtika faoliyat turlari.
3. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va o‘zgartirishlar.
Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha.
Farmatsevtika faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi.
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya besh yil muddatga beriladi. Lisenziya muddatini uzaytirish uchun farmatsevtika tashkilotining rahbaridan malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikat talab etiladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarning tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik vositalarining yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik-tadqiqotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Farmatsevtika faoliyat turlari
O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish “Dori vositalar va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko‘ra farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
- dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
- dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji savdo qilish.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va o‘zgartirishlar.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy hizmatlarga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qadoqdash tamg‘alash hamda joylash-o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish faqat dorixonalar hamda ularni filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini chakana savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi reseptlar bo‘yicha tasdiqlangan reseptsiz beriladigan dori vositalarini ro‘yxatiga ko‘ra reseptsiz amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishga ruxsat beriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana savdo qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
Dorixonalar sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma'danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarini savdo qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Dorixona mudiri oliy farmatsevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak. Dorixona filialining mudiri farmatsevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, savdo qilish qoidalariga va ularning sifatini ta'minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak.
Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash ta'qiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida dorixonalar dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ulaming sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga moMjallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, 23 shifobaxsh oziq-ovqatlami,ma’danli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlami xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir. Dorixona muassasalari tarkibiga dorixonalar va ulaming shahobchalari, davolash hamda kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. Dorixona shahobchalari, qishloq shifokorlik punktlari qoshidagi dorixonalar, shuningdek shifoxonalararo dorixonalar ham shu dorixona muassasalari tarkibiga kiradi. Ayrim holatlarda dorixonalar maxsuslashtirilgan bo‘ladi, chunki maxsuslashtirilgan dorixonalar, aholini va DPM lami yuqori sifatli faoliyatni ta’minlash xizmatiga ega bo‘ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi: — tayyor dori vositalarining oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar; — ta’minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulguiji savdo va shifoxonalararo dorixonalar; — alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriartrik dorixonalar; — sotilayotgan dorilarning maxsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor o'simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar, va maxsus kasallami davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar. Shuningdek o ‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksionerlik dorixonalar esa o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar va qishloq hududida joylashib, aholiga dori vositalari hamda boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi. Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog'lov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadi. Maxsus bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar, asosan, katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun 24 zarur dori xomashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi boMishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan, ta’mi, rangi va tashqi ko'rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi. Geriatrik dorixonalar asosan yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun m axsuslashtirilgan bo'lib, ushbu dorixonalar qariyalami yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini e’tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dorilami saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalari qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi. Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholini dori vositasi bilan ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shulami dorixonada uzluksiz ravishda bo‘lishini ta’minlaydi. Dorivor o‘simliklar dorixonasi, odatda, yirik shahariar va viloyat markazlarida aholini dorivor o ‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari: damlama, qaynatma holida shifokorlar retsepti bilan va retseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun foydali va nisbatan bezarar boMgan dori vositalari bilan ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Bu dorixonalar retsepturasi o'ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud chunki, ayrim yig‘malaming tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xomashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malami tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va mahorat talab etadi. Dorivor o'simliklardan dori vositalarga boMgan aholining ehtiyojini qondirish ayrim hollarda farmatsevtlar va shifokorlar hamkorligida dori vositasi choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonaning alohida boMimlar va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin. Hozirgi kunda esa Respublika SSV qoshidagi litsenziya hay’ati tomonidan bunday dorixona yoki boMimlar ochishga ruxsatnoma berilib bormoqda, chunki bunday dorixonalarni boMishi aholi uchun foydali va iqtisodiy tomondan esa arzon dori shakli boMib, 25 aholining ehtiyojini bunday dori vositalariga qondirishda muhim rol o‘ynaydi. G om eopatik vositalar m uom alasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham maxsuslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ham m a’lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik retseptlar asosida tayyorlangan dori vositalari bilan ta’minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalami iloji boricha, geriatrik bemorlami davolash uchun tashkil qilingan maxsus davolash va davolash-profilaktika muassasalari yaqinida boMishi maqsadga muvofiqdir. Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari, asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yoMga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega boMgan gomeopatik dorixonalar Respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin m a’lum dorixonalarda alohida gomeopatiya boMimi sifatida tashkil qilingan. Ta’kidlash lozimki, Toshkent farmatsevtika institutining dori turlari texnologiyasi kafedralarida ko‘plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi ayniqsa Respublikamizda mavjud boMgan xomashyolardan asos sifatida foydalanib, amaliyotda qoMlash uchun tayyorlab qo‘yilgan texnologik jarayonlar yaratilgan. 0 ‘quv ishlab chiqarish dorixonalari asosan, yosh mutaxassislarni yoki yuqori kurs talabalarini ishlab chiqarish yoki magistratura amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazish yoki farmatsevt - lami malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga aholini va DPM larini dori vositalari va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta’minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi. Ushbu dorixonalarda o ‘quv va am aliy m ashg'ulotlarni o'tkazish uchun qo‘shimcha xonalar boMib, bu xonalar esa o ‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur boMgan asbob, uskuna va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. 0 ‘quv-kompyuter xonalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid masofali o ‘qitishga moMjallangan texnika vositalari, o‘quv adabiyotlar va tegishli me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq. 0 ‘quv ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ilmiy izlanishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga ham moMjallangan holda qurilib tashkil etiladi. 26 Shuningdek, talabalarva magistrantlarning malakaviy bitiruv (diplom) ishlarini bajarish uchun ham baza bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |