O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ SVILIZATSIYASI VA TARIXI FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: BMI yozish asoslari, metodlari, uni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi.
Kurs ishi himoyasiga ruxsat berdi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va
etnologiyasi kafedrasi mudirasi,
t.f.n, dots., Alimova. R.R.______
Bajaruvchi: “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”
Yo`nalishi kechki 2-kurs talabasi
Ismoilova Zilola______
Qabul qildi:
PhD Odilov B______
Toshkent- 2021
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………..………………………...3
I BOB. BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI BAJARISHNING UMUMIY TALABLARI ………..……………………………………………………………4
Oliy o`quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishni bajarishni tashkil etish va nazorat qilish.................................................................................4
1.2. Bitiruv malakaviy ishni yozishga tayyorgarlik.............................................6
1.3. Materiallarni yoritib berishga qo`yilgan talablar…………………….13
II. BOB. MALAKAVIY ISHNI HIMOYA QILISH……………..……...…….18
2.1. Davlat attestatsiya komissiyalarining tuzilishi…………...……………….18
2.2. Bitiruv malakaviy ishi himoyasida inobatga olinadigan jihatlar.………..23
III. XULOSA…………………………………………………………..…………29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..………..31
KIRISH
Dastavval, Bitiruv malakaviy ishi nimaligiga to’xtalib o’tsak. U quyidagi
uch belgini o’zida mujassamlashtiradi.
Keling Bitiruv Malakaviy Ishi nima ekanligini oddiy referat yoki mustaqil
ish bilan solishtirish orqali o’rganamiz. Bitiruv Malakaviy Ishi (bundan keyin
BMI) hali yechimini topmagan muammoni o’z ichiga olishi zaruriy shartdir.
Referat yoki mustaqil ish ham yechilmagan muammoni o’z ichiga olishi mumkin. Lekin, uning bo’lishi zaruriy shart hisoblanmaydi va ularga nisbatan talaba tomonidan taklif yoki tavsiya berilishi talab qilinmaydi.
Shuningdek, BMI ko’pchilik yoki jamiyat uchun muhim bo’lgan va uning yechimi ko’pchilik tomonidan umid qilinayotgan masala bo’lishi kerak. Masalan:
Sizning sevgan qizingiz bor lekin uning ota-onasi qarshi bo’lganligi uchun siz u bilan turmush qura olmayapsiz. Albatta bu siz uchun juda katta muammo, biroq bu qolganlarning ham muammosi deb ayta olmaysiz. Aksincha yoshlar orasida nikohning yoki ajralishlarning ko’payib borayotgani esa jamiyat muammosi bo’lib, hamma uchun birdek muhimdir.
Shuning sababli, barcha uchun muhim va qiziq mavzuda BMI yozish
maqsadga muvofiqdir. Lekin, bu degani hozirgi kunda dolzarb deb o’ylayotgan
masalalarnigina yozish kerak degani ham emas. Chunki, ko’pchilik tomonidan
e’tibor berilmayotgan ammo dolzarb bo’lgan masalalar ham mavjud.
BMIda ko’tarilgan muammolar yuzasidan taklif yoki tavsiyalarning
mavjud ekanligi muhim shartlardan biridir. Albatta muammo yuzasidan
beriladigan taklif yoki tavsiya barcha muammolarni qamrab olishi shart emas va ular muammolar yechimi uchun asos sifatida xizmat qiluvchi tavsiyalar bo’lishi ham mumkin. Lekin talabalar bir narsani unutmasliklari lozimki, hech qanday taklif yoki tavsiyasiz BMI yozish va uni ko’pchilik oldida himoya qilishdan
umuman ma’no ham yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |