TO’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya


Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi



Download 3.37 Mb.
bet5/5
Sana15.01.2017
Hajmi3.37 Mb.
1   2   3   4   5

Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi. Sxematik ravishda granulotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi miyeloblast promiyelotsit miyelotsitlar metamiyelotsitlar tayoqcha yadroli leykotsitlar etuk yoki segment yadroli leykotsitlar.

Miyeloblast - granulotsitopoez jarayonida morfologik jihatdan aniqlanishi mumkin bo`lgan eng yosh hujayra. Uz tuzilishni jihatidan miyeloblastlar differentsiallashmagan blastlarga o`xshab ketadi.

Miyeloblastlar eletron mikroskopda ko`rilganda ularning sitoplazmasi erkin holda yotgan ribosomalar va polisomalarga boy ekanligi, sitoplazmada kam sonli dumaloq mitoxondriyalar va dag`al endoplazmatik to`r borligi ko`zga tashlanadi.

Golji kompleksi ba’zi bir hujayralarda yaxshi rivojlangan bo`lib, yadroga yaqin yerda joylashgan. Bu zonaga yaqin qismlarda yangi hosil bo`layotgan, kattaligi taxminan 0,5-0,8 mkm keladigan donachalarni uchratish mumkin.

Promiyelotsitlar - donador leykotsitlariing takomillashi-shida miyeoblastlardan keyin keladigan hujayra bosqichidir (67-rasm). Promiyelotsitlar kattaligi 12-18 mkm bo`lgan hu-jayralar bo`lib, sitoplazmalarida morfologik jihatdan bir-biridan tubdan farq qiluvchi donadorlik paydo bo`lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, eozinofil va bazofil promiyelotsitlarga bo`linadi.

Neytrofil promiyelotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning sitoplazmasi Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda ko`k binafsha tusni oladi va turli xil donadorlik tutadi. Kattaligi har xil bo`lgan donachalarni asosan ikki gruppaga ajratish mumkin. Birinchi xil donachalar yirikroq bo`lib, o`z bo`yalish xususiyatlari bilan azurofil donachalarga o`xshaydi. Bu donachalar promiyelotsit bosqichida ko`pchilikni tashkil etib, ularning soni neytrofil hujayralarning rivojlanishi davomida kamayib boradi. Ikkinchi xil donachalar kam sonli va maydaroqdir. Elektron mikroskop ostida promiyelotsitlar sitoplazmasida ko`p sonli kengaygan endoplazmatik to`r kanalchalari, yaxshi rivojlangan Golji kompleksi borligi aniqlangan. Promiyelotsit hujayralarining sitoplazmasida sintetik protsess, ya’ni donadorlik shakllanishi amalga oshib, bu protsess endoplazmatik to`rda sintez qilingan mahsulotlarning Golji kompleksi tuzilmalarida donachalar shakliga kelishidan iborat. Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, neytrofil hujayralarida uchraydigan birlamchi yoki azurofil donachalar asosan promiyelotsit bosqichida shakllanadi.

Eozinofil promiyelotsitlar o`z sitoplazmasida eozin bilan bo`yalgan va neytrofil donachalariga nisbatan yirikroq bo`lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi. Elektron mikroskop ostida eozinofil promiyelotsitlar sitoplazmasida juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r va Golji kompleksi borligi diqqatni tortadi. Golji kompleksi tuzilmalarida xuddi neytrofil promiyelotsitlarda ko`rilganidek donachalar shakllanishi jarayonining turli bosqichlarini uchratish mumkin. Promiyelotsitlar sitoplazmasidagi eozinofil donachalar bir xil tuzilishga ega bo`lmay, ularni asosan ikki xilga ajratish mumkin. Donachalarning bir qismi yumaloq yoki ovalsimon bo`lib, kattaligi 0,8-1,2 mkm keladi. Ularning asosiy moddasi uncha zich bo`lmagan gomogen mahsulotdan iborat bo`lib, tashqi tomondan membrana bilan qoplangan. Ikkinchi xil donachalar cho`zinchoq yoki ellipssimon shaklga ega bo`lib, ularning markazida yoki sal chetroqda yuqori elektron zichlikka ega bo`lgan tuzilmalar ko`rinadi. Bu tuzilmalarning shakli turli-tuman, ya’ni trapetsiya, to`g`ri to`rtburchak, kristalloid va hokazo bo`lishi mumkin («Granulotsitlar» sarlavhasiga q.). Ikkinchi xil donachalar tipik eozinofil donalari bo`lib, ularning soni promiyelotsit bosqichida nisbatan kamroq bo`ladi va rivojlanishi davomida oshib boradi.

Bazofil promiyelotsitlar nisbatan maydaroq bo`lib, ular sitoplazmasida yirik to`q ko`k yoki qo`ng`ir rangga bo`yalgan bazofil donachalar bo`lishi bilan xarakterlanadi. Elek-tron mikroskop ostida bu hujayralarda Golji kompleksi va endoplazmatik to`rning yaxshi takomil etgani va hujayra sitoplazmasida donachalar shakllanishi ko`rinadi. Bazofil promiyelotsitlar donachalari yirikroq bo`lib (kattaligi 1,3 mkm gacha), ularning mayda zarralardan yoki lamellyar tuzilmalardan iborat ekanligi aniqlangan. Promiyelotsitlar, qaysi turga mansub ekanligidan qat’i nazar, yirik ovalsimon yoki botiqlikka ega bo`lgan yadroga egadirlar. Yadro xromatini miyeloblastlarnikiga nisbatan ancha zichroq joylashgan bo`lib, yadro membranasi ostida zichlashgan qavat hosil qiladi. Mitoxondriyalar promiyelotsitda kam sonli va dumaloq shaklga ega bo`lib, ularning matriksi donador modda bilan to`lib turadi. Promiyelotsitlardan miyelotsitlar hosil bo`ladi.





66- rasm. Normotsitlar. Odam suyak ko`migidagi normotsit. Elektron mikrofotogramma.

X 6.000.

1-bazofil normotsit; 2-polixromatofil normotsit; 3-oksifil normotsit.
Miyelotsitlar bir oz maydaroq bo`lib (10-17 mkm), ular ham xuddi promiyelotsitlar singari o`z sitoplazmasidagi donadorlikning tuzilishi va bo`yalish xususiyatlariga qarab uch tur-ga - neytrofil, eozinofil va bazofil miyelotsitlarga bo`linadi. Neytrofil miyelotsitlar sitoplazmasi promiyelotsitlarga nisbatan ancha sust bazofil bo`yalib, Romanovskiy usulida ko`k-qizg`ish tusda bo`ladi.

Elektron mikroskopik va sitoximik tekshirishlar odamning suyak ko`migidagi neytrofil miyelotsitlarda asosan ikki xil donachalar mavjudligini va bu donachalar o`zaro fermentativ xos-salari bilan farqlanishini ko`rsatadi («Neytrofillar» ga q.).



67-rasm. Odam suyak ko`migidagi neytrofil promiyelotsit. Elektron mikrofotogramma. X8.000.

1-yadro; 2-xromatin; 3-donador endoplazmatik to`r; 4-spetsifik donachalar; 5- mitoxondriya.


Neytrofil miyelotsitlarda ham promiyelotsit bosqichidagi kabi yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r va Golji kompleksi joylashgan bo`lib, bu hujayrada aktiv ravishda ikkilamchi donachalar hosil bo`lishi amalga oshayotganligidan dalolat beradi.

Eozinofil va bazofil miyelotsitlar, asosan, ularning sitoplazmasidagi donadorlikni mustasno etganda neytrofil miyelotsitlardan deyarli farq qilmaydi. Eozinofil miyelotsitlar sitoplazmasini sariq-qizg`ish donachalar to`ldirib, bu donachalarning ultrastrukturasi promiyelotsitlar bosqichida ta’riflanganidek. Faqat shuni qayd qilish kerakki, miyelotsit bosqichida o`zida kristalloid tuzilma saqlaydigan tipik eozinofil donachalarning miqdori ancha ko`paygan bo`ladi.

Bazofil miyelotsitlarning donachalari yirik bo`lib, elektron mikroskopda ularning plastinkasimon yoki donador tuzilishga ega ekanligi va tashqi tomondan qalinligi 5-6 mkm keladigan membrana bilan qoplanganligi aniqlangan.

Bazofil miyelotsitlarda endoplazmatik to`r va Golji kompleksi neytrofillarga nisbatan sustroq takomillashgandir.

Granulotsitlarning rivojlanishi davomida, ya’ni ular yosh metamiyelotsit va tayoqcha yadroli leykotsit bosqichiga o`tganida yadro va hujayra sitoplazmasida ma’lum o`zgarishlar ro`y berib, bu o`zgarishlar granulotsitlarning ko`rsatilgan uch turi uchun ham umumiydir. Metamiyelotsit bosqichida yadroning shakli o`zgaradi - unda botiqlik paydo bo`lib, bu botiqlik yadroga tatsasimon shaklni beradi. Shu bilan birga yadro xromatini zichlashadi va xromatin ipchalari yo`g`onlashib dag`allashadi.

Elektron mikroskopda ko`rilganda metamiyelotsitlarda hujayra organellalarining reduksiyaga (ya’ni teskari taraqqiyotga) yuz tutganligini ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji kompleksi kam sonli bo`lib qoladi. Bu hol metamiyelotsitlar bosqichiga kelib hujayrada donadorlik hosil bo`lish jarayonining ancha sustlashganligidan yoki butunlay to`xtaganidan darak beradi. Sitoplazmaning asosiy qismini donadorlik to`ldirib, bu donadorlikning tuzilishi neytrofil, eozinofil va bazofil metamiyelotsitlarning har birida o`ziga xosdir.

Takomillashish davomida yadrodagi botiqliklar chuqurlashib boradi va yadroni alohida bir-biri bilan ingichka qismlar orqali bog`lanadigan bo`laklarga bo`ladi va natijada yetuk yoki segment yadroli granulotsitlar hosil bo`ladi.

Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujayralar - p r o m i y e l o t s i t l a r, miyelotsitlar mitoz yo`li bilan bo`linib ko`payadi. Metamiyelotsit va tayoqcha yadroli granulotsitlar bo`linish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Uzak hujayradan yetuk granulotsit hosil bo`lishi uchun taxminan 7,5-11,5 sutka vaqt talab etiladi. Voyaga yetgan granulotsitlar darhol qonga chiqmay, suyak ko`migida 2-3 sutka ushlanib qoladi va so`ngra sinusoid kapillyarlardagi endotelial yoriqlardan qonga o`tadi.



Trombotsitopoez. Trombotsitlar yoki qon plastinkalarining hosil bo`lishi suyak ko`migida amalga oshadi. 1906 yildayoq Obraztsov va Rayt qon plastinkalari suyak ko`migidagi gigant hujayralar - megakariotsitlar sitoplazmasining bo`laklari ekanligini aytib o`tgan edilar. Obrazli qilib aytganda: suyak ko`migi gigantlari mayda qon hujayralarini yaratadi.

Sxematik ravishda trombotsitopoez mana bunday ifodalanadi: o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi megakarioblast promegakariotsit megakariotsit qon plastinkalari (trombotsitlar). Megakarioblastlar o`z morfologik xususiyatlari bilan differensiallanmagan blast hujayralarga o`xshab ketadi. Ular ancha yirik (15-25 mkm) bo`lib, dumaloq yoki ovalsimon shaklga ega. Sitoplazma Romanovskiy usuli bilan bazofil bo`yalib, to`q ko`k rangni oladi va o`zida hech qanday donadorlik saqlamaydi.

Elektron mikroskopda megakarioblastlar sitoplazmasining erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalarga boy ekanligini, mitoxondriyalar, endoplazmatik to`r kanalchalarining esa juda kam sonli bo`lishini ko`ramiz. Megakarioblastlar takomillashishi davomida promegakariotsitlar hosil bo`lib, ular megakarioblastlarga nisbatan ancha yirikroqdir. Ularning yadrosi bir necha botiqliklarga ega bo`lishi tufayli o`zining yumaloq shaklini yo`qotib, bo`g`imlarga bo`lina boshlagan bo`ladi. Shu bilan bir vaqtda yadro xromatinining zichlashishi ham qayd etiladi.

Elektron mikroskopda promegakariotsitlar sitoplazmasida ancha yaxshi taraqqiy etgan hujayra organellalari, donachalar va vakuolalar borligi ko`zga tashlanadi. Shu bilan birga hujayra sitoplazmasining markaziy qismida - endoplazmada organellalar joylashganligi va periferik qismi - ektoplazma organellalaridan xoli bo`lib, yakka-yarim vakuolalar va donachalar saqlashi diqqatni tortadi. Promegakariotsitlar yadrosi yirik bo`lib, bir necha bo`g`imlardan iboratligi tufayli noto`g`ri shaklga ega bo`ladi. Bu bo`g`imlar segment yadroli leykotsitlardagi yadro bo`laklaridan farq qilib, bir-biri bilan ingichka yadro ko`prikchalari bilan bog`lanmay, balki uzluksiz tutashib ketgandir.

Rivojlanish davomida hujayra sitoplazmasida donadorlik ko`payadi, shu bilan birga sitoplazmadagi kanalchalar ko`payib, ular sitoplazmani alohida bo`lakchalarga bo`ladi. Bu kanalchalar demarkatsion membranalar ham deb yuritilib, bo`lg`usi qon plastinkalarining ajralib chiqish chegaralarini belgilab beradi.

M e g a k a r i o t s i t l a r yirik hujayralardir, ularning o`rtacha diametrlari 60 mkm bo`lib, bu hol ularning suyak ko`migining gigant hujayralari deb atalishi uchun asos bo`lib hisoblanadi. Voyaga yetgan megakariotsitlar sitoplazmasi oksifil bo`yalib, unda juda ko`p sonli mayda azurofil donachalar ko`zga tashlanadi. Megakariotsitlar yadrosi turli xil shakllarga ega bo`lishi mumkin. Yadro 4-5, ba’zan undan ham ko`proq bo`lakdardan iborat bo`lib, ular bir-biriga tutashgan holda joylashadi va yadroning noto`g`ri shaklga ega bo`lishini belgilaydi. Elektron mikroskopda ko`rilganda megakariotsit sitoplazmasining kattaligi 0,2-0,4 mkm keladigan donachalarga boy ekanligi, ulardan tashqari sitoplazmada erkin joylashgan ribosomalar, yumaloq mitoxondriyalar va vakuolalar borligi ko`zga tashlanadi. (68-rasm). Megakariotsitlardan qon plastinkalari hosil bo`lish protsessini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Dastavval sitoplazmadagi kanalchalar soni ko`payadi va ular uzunlashib, uzluksiz yoriqlar shaklini oladi. Bu kanalchalar yoki demarkatsion membranalar kengayib, sitoplazmani mayda (kattaligi 2- 3 mkm) bo`lakchalarga bo`ladi. So`ngra har bir mayda bo`lakcha sitoplazmadan ajralib chiqib, mustaqil elementga - qon plastinkasiga aylanadi. Megakarioblastdan megakariotsit hosil bo`lish jarayoni o`rtacha 25 soat ichida sodir bo`ladi.


68-rasm. Odam suyak ko`migidagi megakariotsit. Elektron mikrofotogramma. x5.000.

1-yadrolar; 2-spetsifik donadorlik.
Megakariotsitlarning hayot muddati esa o`rtacha 10 kunga teng. Megakarioblastlar bo`linib, megakariotsitlar hosil qilishi davomida yadrodagi DNK miqdori bir necha baravar oshadi, natijada, megakariotsitlar yadrosidagi xromosomalar soni 92, ba’zida 184 ga teng bo`ladi, ya’ni megakariotsitlar yadrosi o`zida xromosomalarning poliploid sonini saqlaydi. Bir megakariotsit sitoplazmasi hisobiga taxminan 16 mingga yaqin qon plastinkasi hosil bo`lishi mumkin. Trombotsitlar hosil bo`lishi jarayonining tezligi, periferik qondagi trombotsitlar miqdorining doimiyligi nerv va endokrin mexanizmlar orqali boshqariladi.

Monotsitopoez. Monotsitlar makrofag hujayralarining ilk bosqichi bo`lib, suyak ko`migidagi o`zak hujayralardan rivojlanadi. Monotsitopoez quyidagi hujayra bosqichlarini bosib o`tadi: o`zak hujayra miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi monoblast promonotsit monotsit (qonda) to`qima monotsiti makrofaglar.

Monoblast hujayrasi o`z tuzilishi bilan miyeloblastni eslatadi, biroq undan farqlanib, yadrosida botiqlik bo`ladi va u yadroga loviyasimon shaklni beradi. Sitoplazma bazofil bo`yalib, unda kam sonli azurofil donachalar ko`rinadi. Elektron mikroskop ostida promonotsitlar sitoplazmasining endoplazmatik to`r kanalchalariga, mitoxondriyalarga va turli kattalikka ega bo`lgan vakuolalarga boy ekanligi aniqlangai. Shuningdek, sitoplazmada kattaligi 0,2-0,5 mkm keladigan elektron zich donachalar ham uchraydi. Ular yorug`lik mikroskopida ko`rinadigan azurofil donachalarga mos keladi. Monoblastlardan monotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar 7-8 marta bo`linadi. Yetuk monotsitlar qonda uch sutkagacha aylanib yuradi, so`ngra to`qimalarga o`tib, makrofaglarga aylanadi.



Limfotsitopoez. Limfotsitopoez sxema tarzida bunday ifodalanadi: o`zak hujayra limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasiT, B-limfotsitlarning boshlang`ich hujayrasiT,-B-limfoblast T-, B-prolimfotsit T,B-limfotsit.

Limfoblast tuzilishi jihatidan boshqa blast hujayralariga juda yaqin turadi. Ular yumaloq yoki oval shaklga ega bo`lib, sitoplazmasi bazofil bo`yaladi. Limfoblastlar birmuncha dag`al xromatinga ega bo`lgan yadro saqlab, yadrochalari kam sonli bo`ladi.

Prolimfotsitlar yadrosida xromatin ancha zichlashgan, dag`alroq bo`lib, elektron mikroskopda yadrodagi botiqliknp ko`rish mumkin. Prolimfotsitlar va limfoblastlar sitoplazma-sida juda ko`p sonli erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalar, sust rivojlangan Golji kompleksi va kam sonli mitoxondriyalar uchraydi. Limfoblastlardan limfotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo`linadi. Limfotsitlarning umumiy yetilish davri taxminan 2 sutka davom etadi. Bir-biridan farq qiluvchi T-limfotsitlar va B-limfotsitlar sistemasi aniqlanishi bilan limfotsitopoez protsessi ana shu nuqtai nazardan ko`rib chiqiladigan bo`ldi. Bu ma’lumotlarga ko`ra T-limfotsitlar bo`qoq bezida ishlab chiqarilib, B-limfotsitlar qushlarda fabritsiy xaltachasida, odamlarda esa suyak ko`migida ishlanadi. Har ikki limfotsitlarning o`ziga xos vazifalari bo`lib, ular birgalikda organizmda ma’lum immunologik holatni ta’minlaydi.

Miyelogramma. Meditsina amaliyotida turli xil qon kasalliklariga diagnoz qo`yish va ularni davolash jarayonida suyak ko`migini tekshirib ko`rishga murojaat qilinadi. Suyak ko`migi I. A. Kassirskiy ixtiro etgan maxsus igna yordamida punktsiya qilib to`sh suyagidan olinadi. Suyak ko`migi hujayra elementlarining protsent nisbatida ifodalanishi miyelogramma deb yuri-tiladi.

BIRIKTIRUVCHI TO`QIMA (TEXTUS CONJUNCTIVUS)

Biriktiruvchi to`qima asl biriktiruvchi to`qimadan, tog`ay va suyak to`qimasidan iborat. Biriktiruvchi to`qima eng keng tarqal-gan to`qima bo`lib, organizmda bu tuzilma bo`lmaydigan a’zo yo`q. Biriktiruvchi to`qima trofik (hujayralarning oziqlanishi-ni boshqarib turadi va qon bilan hujayra orasida modda almashinuvini ta’minlaydi), himoya (biriktiruvchi to`qima ele-mentlari fagotsitoz qilish va antitelolar ishlab chiqarish orqali organizmni turli yot jinslardan saqlaydi), p l a s t i k, «o`rin bosish» (turli a’zolar jarohatlanganda, yallig`lanish jarayonida nobud bo`lgan to`qima o`rnida chandiq hosil bo`lish bilan ifodalanadi), mexanik yoki tayanch (turli a’zolar stromasi - asosini hosil qiladi) vazifalarni bajaradi. Mexanik vazifasi ayniqsa tog`ay va suyak to`qimalariga xos bo`lib, ular skelet hosil qiladi. Biriktiruvchi to`qimada ba’zi bir kasalliklarda ekstramedullyar orolchalar hosil bo`lib, unda qon shaklli elementlari yaratilishi mumkin.






Katalog: uum2 -> uum-gistology-[azizova-fx] -> nazorat-taminot-qism -> adabiyot -> darsliklar -> Zufarov%20Gistologiya
uum2 -> «Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
uum2 -> O’zbekiston tarixi
Zufarov%20Gistologiya -> Asl biriktiruvchi to’qima (textus conjunctivus sensu stricto)
Zufarov%20Gistologiya -> Nerv to`qimasi
Zufarov%20Gistologiya -> Hujayra haqida ta’limot s itologiya
Zufarov%20Gistologiya -> Umumiy embriologiya asoslari
Zufarov%20Gistologiya -> Sitoplazma qiritmalari ( inclusiones cytoplasmaticae)
Zufarov%20Gistologiya -> Qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari
Zufarov%20Gistologiya -> Yurak va tomirlar sistemasi (systema cardio angiologae)
Zufarov%20Gistologiya -> Gistologiya o’zbekiston Sog’liqni saqlash ministrligining O’quv yurtlari bosh boshqarmasi meditsina institutlari talabalari uchun darslik sifatida ruxsat etgan Qayta ishlangan, to’ldirilgan nashri toshkent 2005 Zufarov K. A

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik