Topshiriqlar:
1.O‘qitishning asosiy didaktik tamoyillarini o‘rganing va ular haqida ma’lumot yozing.
Ilmiylik. Ilmiylik o‘rganilayotgan masalalarni yuzaki qarash yoki unga oid ma’lumotlar soni bilan emas, balki masalaning mohiyatiga chuqur kirib borish bilan belgilanadi. o‘quvchilarga etkazilayotgan barcha bilimlar, ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib, zamonaviy fan nazariyasiga muvofiq kelishi lozim.
Sistemali va izchil bayon qilishdir. Sistemali va izchil bayon qilish Mavzuni ilmiy bayon qilish masalasi bilan uzviy bog‘liqlikda turgan masala – bu mavzuni sistemali va izchil bayon qilishdir. Informatika o‘quv predmeti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan faktlar va ta’riflar yig‘indisidan emas, balki o‘quvchilar oldida aniq ketma-ketlikda ochib beriladigan bilimlar majmuasidan iborat bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyil amaliyotda quyidagi asosiy qoidalar yordamida amalga oshiriladi:
Kursning turli mavzularining o‘zaro aloqalarini ko‘rsatuvchi sxemalar, planlar, klasterlardan foydalanish.
Oldin o‘zlashtirilganlarni takrorlash va takomillashtirish.
Oldingi o‘tilgan materialni shu darajada esga olish lozimki, u yangi materialni tushuntirish uchun yetarli bo‘lsin.
Yangi materialni tushuntirishda u bilan yengil, sodda va tabiiy aloqada bo‘ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarnigina qo‘shish lozim.
o‘quvchilarning o‘z fikrini bayon qilish usul va shakllarini doimo kuzatib borish.
har bir bo‘lim so‘ngida umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchi darslarni o‘tkazish.
Tushunarlilik.Tushunarlilik tamoyili ko‘p yillik o‘qitish amaliyoti tomonidan ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqadi. har xil ilmiy materialni bayon qilishda o‘quvchining yoshi, rivojlanishi va mavjud vaqt byudjeti qat’iy hisobga olinishi lozim. o‘quvchiga ta’limning har bir bosqichda shunday va shunga o‘xshagan material berilishi kerakki, u o‘zining rivojlanishi darajasiga ko‘ra ushbu materialni qamrab olishi va o‘zlashtirishi mumkin bo‘lsin. har bir bosqichdagi savollar doirasi qat’iy chegaralangan bo‘lishi shart.
Ko‘rgazmalilik.Ko‘rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o‘qitishdagi kabi, informatikani o‘qitish jarayonida ham asosiy va muhim hisoblanadi. Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinayotgan mashhur o‘qitish tamoyillaridan biridir.
Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishi; faollik. bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish Ilmiylik o‘rganilayotgan masalalarni.Mavzuning bayoni doskadagi va o‘quvchilar daftaridagi yozuvlar bilan birgalikda olib boriladi. Doskada yozuv va rasmlarni o‘qituvchi tushuntirayotgan paytda, o‘quvchilar esa doska oldida javob berayotganda bajariladi. Doskadan foydalanish o‘qitishdagi muhim zvenodir.
Masala yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, hullas, barcha hollarda to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Doskadagi rasmlar bilan bir qatorda o‘qitishda ko‘rgazmalilik jadvallar, diapozativlar, kinofilmlar, kodoskoplar, proeksion apparatlar va boshqalar bilan namoyish etiladi. Jadvalning roli ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan, jadvaldan o‘qituvchi dars jarayonida, sinf oldida mavzuni tushuntirish paytida foydalanishi mumkin. Bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Agar epidiaskop bo‘lsa, ekranga shaffof bo‘lmagan tasvirlarni ham proeksiyalash mumkin. Bunda kitob va jurnallardagi rasmlardan ham foydalansa bo‘ladi. hozirgi kunda zamonaviy multimediaviy videoproektorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular tasvirni bevosita komp’yuterdan katta ekranga proeksiyalashga imkon yaratadi.
2.O‘qitishda Sistemali va izchil bayon qilish tomoyillar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqing.
Sistemali va izchil bayon qilish Mavzuni ilmiy bayon qilish masalasi bilan uzviy bog‘liqlikda turgan masala – bu mavzuni sistemali va izchil bayon qilishdir. Informatika o‘quv predmeti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan faktlar va ta’riflar yig‘indisidan emas, balki o‘quvchilar oldida aniq ketma-ketlikda ochib beriladigan bilimlar majmuasidan iborat bo‘lishi lozim. Ushbu tamoyil amaliyotda quyidagi asosiy qoidalar yordamida amalga oshiriladi:
Kursning turli mavzularining o‘zaro aloqalarini ko‘rsatuvchi sxemalar, planlar, klasterlardan foydalanish.
Oldin o‘zlashtirilganlarni takrorlash va takomillashtirish.
Oldingi o‘tilgan materialni shu darajada esga olish lozimki, u yangi materialni tushuntirish uchun yetarli bo‘lsin.
Yangi materialni tushuntirishda u bilan yengil, sodda va tabiiy aloqada bo‘ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarnigina qo‘shish lozim.
o‘quvchilarning o‘z fikrini bayon qilish usul va shakllarini doimo kuzatib borish.
har bir bo‘lim so‘ngida umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchi darslarni o‘tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |