To'marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi



Download 13 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi13 Kb.
#401106
Bog'liq
TO\'MARIS-Shiroq-Spitamen-Temur Malik WPS Office


TO'MARIS

To'maris- (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda.  Qad. yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" (mil. av. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To'maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To'maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To'marisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar xiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. To'maris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrug'i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan".

To'marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi.

Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida To'marisfaoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan.

Yozuvchi Mirkarim Osim "To'maris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi.

Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan.

Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.

Qayd etilgan

Turonii  10 Iyun 2017, 16:07:27

SHIROQ


Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro | bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Shiroqning hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat „Harbiy xiylalar“ („Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan. Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I lashkariga qarshi turgan.Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qoʻshinini saklar (shaklar) qabilasi turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Eron qoʻshini „yoʻlboshlovchi“ning maslahati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi. Jazirama issiqda choʻlni kechib oʻtayotgan dushman qoʻshini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat, muhlatning 7 kunida dushman qoʻshini aldanganini payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan: „Men yolgʻiz oʻzim Doro qoʻshinini yengdim. Sizlarni aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!“. Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqqa yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilishini aytgach, Doro 1 ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli aʼyonlari yomgʻir yogʻishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirgʻogʻigacha yetib kelishgan.

Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar oʻrtasida jangnoma va rivoyatlar yaratildi. Bu rivoyatlar „Shiroq“ nomi bilan mashhur. Buxoro choʻponlari oʻrtasida bu rivoyatlar hozir ham aytiladi. U turkiy xalqlarga qoʻshni boshqa hududlardagi xalq ogʻzaki ijodiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bu tarixiy voqeani oradan 800 yil oʻtgach, Poliyen oʻz asarida yuqoridagicha keltirib oʻtgan.

Yozuvchi Mirkarim Osim „Shiroq“ qissasi va shoir Usmon Qoʻchqor „Shiroq“ dostonida Sh. jasoratini ulugʻlashgan. Toshkentda Shiroq nomli koʻcha mavjud. Shiroq milliy qahramon sifatida Oʻzbekiston tarixiga oid turli kitoblardan oʻz munosib oʻrnini egallagan.

Qayd etilgan

Turonii  12 Iyun 2017, 15:27:21

TEMUR MALIK

Temur malik (12-a. oxiri 13-a.ning 1-yarmi) — xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qahramoni.

1219-yilning dekabrida 3 kunlik jangdan keyin Banokatni egallagan Uloq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo oʻrtasidagi orolda, suv 2 shoxga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam qalʼa qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurol-aslaha jihatdan ustun boʻlgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, Temur Malik1000 kishilik otryadi bilan 1220-yilning aprelida orolga koʻchib oʻtadi va tezlikda qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman halqa qilib oʻrab oladi. Manjaniqdan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻg'ullar xoʻjandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan xashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. Taxminan 50 ming hasharchi tevarak'atrofdan tosh, shoh-shabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi. Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, oʻq otish uchun darchalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayiqda Sirdaryoning quyi oqimi boʻylab suzib ketadi. Barchinligʻkent (Qiziloʻrdadan taxminan 50 km jan.da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. Temur Malik qirgʻoqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi Qizilqum choʻli orqali 1220-yilning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toʻplab Joʻjixon qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) shahrini moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. Temur Malik 1222—32 yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. 9 yillik Vatangadolikdan soʻng Temur Malik qo'shin yig'ib, Xo'jand atrofiga qaytadi va shaharga xujum qilisjidan bir kun oldin moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi.

Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin "Temur Malik" romani (1986)ni yozgan.

Ashrafiy "Temur Malik" nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatrida uning "Temur Malik" baleti (1970) qoʻyilgan.

Toshkent shahridagi shoh koʻchalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.

Qayd etilgan

Turonii  12 Iyun 2017, 23:32:57

SPITAMEN


Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi370-328-yillar), sug'dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329–328-yillarda Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari.Spitamen(yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sug'diyonada Vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (Spitamen qoʻzg'oloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanning yozishicha, Spitamenning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro III ning , soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng , yunon-makedon istilochilariga qarshi 3 yil davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arrianning yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget qabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning qizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.

Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan.Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayxonlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qo‘shinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan ko‘pi o‘lgan, yarador bo‘lgan.Makedon qo‘shini ko‘p talafot bergach, to‘rtburchak bo‘lib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi o‘rtasida joylashgan oroldagi to‘qayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qo‘ymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshlig‘idan beruxsat daryoni kechib o‘ta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan o‘tganlarni o‘ldirib, o‘tishga harakat qilayotganlarni esa kamondan o‘qqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi bo‘lgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qo‘ygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari betma-bet jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik mag‘lubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi o‘zi otlanadi, Spitamen atayin cho‘lga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga o‘t qo‘yib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi.Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning ko‘chmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor bo‘lgach, ularga qarshi qo‘shin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan to‘satdan Baqtriyada paydo bo‘lib, Aleksandr qo‘shiniga hujum qilgan. Biroq jangda mag‘lub bo‘lgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan cho‘lga yashirinadi. Aleksandrning o‘ch olishidan qo‘rqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qo‘zg‘olon rahbari halok bo‘lishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan.
Download 13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish