Toliqish, horish organizmga haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida



Download 18,56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.05.2023
Hajmi18,56 Kb.
#941297
Bog'liq
Charchash - Vikipediya



Charchash
Charchash, toliqish, horish — organizmga
haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida
mehnat qobiliyatining pasayishi bilan
kechadigan fiziologik holat. Aqliy Ch.
intellektual mehnat mahsuldorligining
kamayishi, eʼtiborning buzilishi,
fikrlashning susayishi va boshqalar bilan
belgilanadi. Jismoniy Ch. muskullar kuchi
va bir tekisda harakatlanishi kabi
funksiyalarning buzilishi bilan kechadi.


Oʻta va surunkali Ch. farq qilinadi. Oʻta
Ch. zoʻr berib jismoniy mehnat qilish
natijasida roʻy beradi. Surunkali Ch. turli
funksional sistemalar va butun
organizmdagi oʻzgarishlarning oylar va
yillar davomida toʻliq tiklanmasligi bilan
bogʻliq.
CH.ning tezligi mehnatning xususiyati
bilan belgilanadi: bir tarzda turib
muskullarga zoʻr keladigan ish
bajarilganda kishi ancha tez, bir
maromdagi ish bajarilganda birmuncha
kam toliqadi. Ch.ning yuzaga kelishida
odamning bajarilayotgan ishga nisbatan
munosabati ham muhim rol oʻynaydi.
Koʻpchilik odamlarda emotsional


qoʻzgʻalish davrida uzoq vaqtgacha Ch.
belgilari paydo boʻlmaydi.
Yetarli dam olmaslik yoki uzok, vaqt
haddan tashqari zoʻriqib ishlash Ch.ga
yoki mador qurishiga olib keladi. Aqliy va
ruhiy toliqish farq qilinadi. Yosh va nerv
sistemasi maʼlum bir tuzilishga ega
boʻlgan kishilarda jadal aqliy mehnat
nevrozlargya olib keladi. Ruhiy toliqish
"yurak hissiyotiga" toʻlibtoshgan va turli
majburiyatlari boʻlgan shaxslarda
kuzatiladi.
Miriqib uxlash va faol dam olish ish
qobiliyatini tez tiklaydi.


Ogʻir kasalliklarni boshdan kechirgan
kishilarda Ch. tez yuz beradi. Arzimagan
va uncha uzoq davom etmaydigan
zoʻriqish ham ularda bosh ogʻrigʻi,
harsillash, tez yurak urishi, terlash va
quvvatsizlikka sabab boʻladi. Bunday
kishilar mehnat rejimiga va iloji boricha
uzoqroq dam olishga qatʼiy amal
qilishlari zarur.
Bolalar organizmining anatomofiziologik
xususiyatlariga koʻra hatto unchalik
urinmaganida ham (mac, goʻdak uyqudan
qolganida, maktabda partada uzoq
oʻtirganida) tez charchab qolishi mumkin.
Kun tartibining notoʻgʻriligi, bir turdagi


mashgʻulot, ortiqcha oʻyinkulgi ham tez
Ch.ga olib keladi.
Bolalarda Ch. belgilari koʻpincha
xattiharakatning buzilishida koʻrinadi:
ular toqatsiz, eʼtiborsiz, dars vaqtida
gaplashadigan, yaʼni intizomsiz boʻlib
qoladilar. Baʼzi hollarda, ayniqsa,
kasalliklarni boshidan kechirgan bolalar
boʻshang, sustkash, xorgʻin, kuchsiz
boʻlib, fikrlaganda bosh ogʻrigʻi sezadi.
CH. baʼzan boshdan kechirilgan
kasallikning oqibati emas, balki uning
boshlangʻich belgisi boʻlishi ham
mumkin. Bolada boshdan kechirilgan
kasallikka yoki aqliy va jismoniy
zoʻriqishga bogʻliq boʻlmagan tez


charchab qolish hollari yuz berganida,
albatta, vrachga murojaat etish lozim.
Ish qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab
qolishning taʼsirli vositalaridan biri —
mehnat faoliyatining aniq maromda
boʻlishidir. Tez Ch.ni oldini olishda
mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlga
qoʻyish, ish kuni davomida qisqa
muddatli tanaffuslar tashkil qilish,
shuningdek, ish joyini tartibga solish, va
oʻzini sal horigan his qilganda,
charchogʻini yozadigan mashqlar
bajarishga muhim eʼtibor berish zarur.
Bolalarda tez charchab qolishning oldini
olish uchun ularning kun tartibi
maromining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik


(toʻyib uxlashiga, ish ogʻirlik qilmasligiga,
ish bilan mashgʻulotni toʻgʻri
navbatlashtirishga, ularning ochiq
havoda uzoqroq boʻlishiga imkoniyat
tugʻdirish) kerak.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz
uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/ind
ex.php?title=Charchash&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Charchash&oldid=2531534" 
dan olindi 


Bu sahifa oxirgi marta 9-May 2022, 15:56 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 18,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish