Toa liniyalarini zichlashtirish usullari



Download 24.03 Kb.
bet1/3
Sana22.10.2020
Hajmi24.03 Kb.
  1   2   3

TOA liniyalarini zichlashtirish usullari


Tolali optik aloqa liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va spektr bo‘yicha.

Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOA liniya traktining tuzilish sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan

1-rasm. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOA ning liniya trakti

A va V kirishdan tushayotgan elektrik signallarning ikki qism impulslari (N manba bo‘lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ) yordamida vaqt buyicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatgich OUz da optik tashuvchini modulyasiyalaydi. Optik nurlanish OT bo‘ylab tarqaladi va optik qabul qilgich OQq da qaytatdan elektr signaliga o‘zgartiriladi. So‘ng bu signal ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A1 va V1 chiqishlariga beriladigan impulslarga ajratiladi.

Optik va raqamli oqimlarni birlashtirish sxemasi 2–rasmda ko‘rsatilgan [4].


2-rasm. Optik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOAning liniya trakti

N manbadan elektrik raqamli oqimlar N optik uzatgich OUz ga tushadi. OUz da elektr signallar optik signallarga o‘zgartiriladi. Optik signallarni birlashtirishdan oldin ularni Δt;2Δt;3Δt;...( N -1) Δt ga kechikishi ro‘y beradi. Bunday kechikishdan keyin optik siljitgich (OS) chiqishida optik impulslar ketma-ketligiga ega bo‘lamiz. Qabyl qilishda bunga teskari jarayon amalga oshiriladi.

Vaqt bo‘yicha zichlashtirishda qisqa (10-9S va undan kichik) yorug‘lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli impulslarni uzatish TOA uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining optoelektron qurilmalarining oxirgi imkoniyatiga yaqin bo‘lgan tezkorligiga juda yuqori talablar qo‘yadi. Bundan tashqari optik tolaning dispersiya xususiyatlari tufayli uzatish tezligi, o‘tkazish oralig‘i ham chegaralangan.

Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsientining ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.




Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat