TILSHUNOSLIKDA MODALLIKNI IFODALOVCHI
VOSITALAR
Z.R.Mamatova - 2-kurs magistrant
Andijon davlat universiteti
Modallik gapning asosiy birligi, gap semantikasining eng muhim
komponentidir. Tilshunoslikda modallik deganda, odatda, gap mazmunining ob’ektiv borliqqa munosabati va so‘zlovchining gap mazmuniga bo‘lgan
munosabati tushuniladi [1.145]. Modallik kategoriyasiga gap modalligini
ta’minlashga xizmat qiladigan xilma-xil vositalar kiritiladi. V.Z.Panfilov
ta’kidlaganidek, juda ko‘p mualliflar tomonidan modallik kategoriyasi sostaviga
o‘z mohiyati jihatidan FUNKSIONAL vazifasi, til tuzilishiga mansubligi jihatidan,
xilma-xil bo‘lgan ma’nolar kiritiladiki, natijada bu kategoriya ma’lum aniqlikdan
mahrum bo‘ladi [2.3]. Bu esa xatto modallikning alohida til kategoriyasi sifatida
mavjudligini ham shubha ostiga qo‘ydi. Jumladan, I.P.Raspapov modallik haqida
fikr yuritib, sof grammatik ma’nodagi kategoriya sifatida hech qanday modallik
kategoriyasi mavjud emas, deydi. Uning fikricha, modallik kategoriyasi haqida
emas, balki gapning modal sifati haqida gapirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
[3.10]. T.P.Lomtev ham bu kategoriyaga nisbatan xuddi shunga o‘xshash fikr
bildiradi. Uning fikricha, modal xarakteridagi grammatik kategoriya “bir
grammatik kategoriyani emas”, balki bir sistemani tashkil etadi [4.91]. Modallik
haqidagi bunday fikrlar tasodifiy emas, albatta. Modallikning an’anaviy tadqiqiga
ko‘ra, darhaqiqat, uni ta’riflash juda qiyin. Modallik ma’nosi til sistemasining turli
sathlarida kuzatiladi. Modallikni ifodalovchi vositalar ham rang-barangdir.
Tilshunoslikda bu vositalarni aniqlashning yagona metodikasi bo‘lmaganligi
tufayli, modallikni ifodalovchi vositalar turli tillar materiallari asosida turlicha
ajratilmoqda. Jumladan, N.Yu.Shvedovaning fikricha, modallik vositalariga mayl,
gapning alohida konstruksiyalari, intonatsiya, so‘z tarkibi, takror, yuklama, undov,
kirish (modal) so‘zlar va gaplar mansubdir.
Turkiy tillar materiallari asosida, asosan, quyidagi modallik vositalari
ko‘rsatiladi: mayl, zamon va shaxs-son qo‘shimchalari gapning alohida
qurilmalari, yuklamalar, so‘z tartibi, intonatsiya, yuklama vazifasidagi so‘roq
olmoshlari, undalmalar, kirish so‘z va gaplar. Ko‘rinib turibdiki, bu kategoriya
ostida xilma-xil vositalar: morfologik (mayl, zamon, shaxs affikslari), leksik
(so‘zlarning turli guruhlari), sintaktik (alohida gap qurilmalari, so‘z tartibi, takror
va fonetik vositalar, ya’ni intonatsiyalar) kiritiladi. Bir kategoriya ostida
Do'stlaringiz bilan baham: |