Sistema bloki 1.Ona plata a.Mikroprotsessor b.Tezkor xotira c.Audio, Video kartalar 2.Ta’minot bloki 3.Qattiq disk 4.Diskovod
Sichqoncha...
Sichqoncha kompyuterda ishlashni osonlashtiruvchi qurilma xisoblanadi. Ular ham turli xillari mavjud. Misol uchun kompyuterga ulanishiga qarab ikki xil bo’ladi: 1)Portativ va 2) USB orqali ulanadigan sichqonchalar mavjud. Turiga qarab ham ular ikki turga ajratiladi: 1)Blutsli va 2) Kabelli turlarga bo’linadi
1. Portativ 2. USB
Klaviatura...
Klaviatura kiritish qurilmasi hisoblanadi. Uning vazifasi kompyuterga ma’lumotlar kiritish, u orqali kompyuterni bemalol boshqarish mumkin, lekin sichqonchada ishlash qulay va oson. Klaviaturaning turli xillari mavjud. Misol uchun kompyuterga ulanishiga qarab ikki xil bo’ladi: 1)Portativ va 2) USB orqali ulanadigan Klaviaturalar mavjud. Turiga qarab ham ular ikki turga ajratiladi: 1)Blutsli va 2) Kabelli turlarga bo’linadi
1. Portativ 2. USB
Sistema bloki kompyuterning eng asosiy qismi hisoblanadi. Unga kompyuterning barcha qurilmalari ulanadi. U ham bir nechta qismlarga bo’linadi. Ularning asosiylari 1. ona plata 2. taminot bloki 3. qattiq disk 4. diskovod
Sistema bloki kompyuterning eng asosiy qismi hisoblanadi. Unga kompyuterning barcha qurilmalari ulanadi. U ham bir nechta qismlarga bo’linadi. Ularning asosiylari 1. ona plata 2. taminot bloki 3. qattiq disk 4. diskovod
Ona plata – barcha qurilmalarni o’zida birlashtiradi va eng asosiy qismlar ona platada joylashadi. Bular mikroprotsessor, tezkor xotira va qo’shimcha qo’yiladigan har xil turdagi kartalar(videokarta, audiokarta va h.k)ni o’zida biriktiradi
Ta’minot bloki – kompyuter qurilmalarini elektr manbai bilan taminlaydi.
Sistema bloki
Mikroprotsessorlar
Mikroprotsessorlar – bu kompyuterning miyyasi xisoblanadi, ya’ni kompyuterning ishini boshqaradi. Mikroprotsessor ko’pincha ko’cha tilida “tosh” deb aytiladi. Mikroprotsessor ishlab chiqaradiga ikkita katta kompaniyalar mavjud:
Intel Inside
2. AMD
“Intel Inside” mikroprotsessorlarining turlari
Celeron
Pentyum
Dual Core
Atom
Core i3
Core i5
Core i7
Core i9
“Intel Inside” mikroprotsessorlarining turlari
Intel kompaniyasi serverlar uchun ham maxsus protsessorlar ishlab chiqaradi. Ushbu XEON protsessorlarning hozirgi kunda eng ko`p tarqalgan turi XEON E5 mikroprotsessoridir. Bu mikroprotsessorlar barchasi 8 yadrolik va chastotasi ham 2 GHz dan yuqori bo`ladi.
Tezkor xotira(оперативка)
Tezkor xotira – kompyuter yonayotganda operatsion tizim vaqtinchalik fayllarini tezkor xotiraga yuklaydi shuning operatsion tizim tez ishlaydi. Tezkor xotira xajmi qancha katta bo’lsa kompyuterning ish tezligi ham yuqori bo’ladi. Kompyuterda tezkor xotira ishdan chiqsa kompyuter ishga tushadi, lekin monitorda xech qanday yozuv ko’rinmaydi va klaviaturada indicator chiroqlar ham yonib o’chmaydi.
Audio, Video, USB va boshqa turdagi barcha kartalarning vazifasi kompyuterning ish faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Bu turdagi kartalardan foydalanilishining asosiy maqsadi shundan iboratki, ishlayotgan sohadan kelib chiqib kerakli kartalar kompyuetrga o’rnatiladi. Misol uchun o’yin o’ynash uchun kompyuterga videokarta qo’yiladi, ovoz bilan ishlaydigan studiyalardagilar esa audio karta qo’yadi, xullas hamma ish turiga qarab kompyuteriga kartalar qo’yadi.
Ta’minot bloki(блок питания)
Ta’minot bloke kompyuterni elektr manbai bilan ta’minlab beradi. Ushbu qurilmaning ish skurukturasi juda ham murakkab. Bu qurilma tashqi elektr tarmog’ida sodir bo’lgan har qanday muammoni ichki tomonga o’tkazmaydi hattoki o’zi kuyib ketsa ham. Ushbu qurilma kompyuterni 3 V, 5 V, va 12 V elektr kuchlanishi bilan ta’minlab beradi. Blok pitaniyani ham har xil quvvatli turlari mavjud, qancha quvvati yuqori bo’lsa shuncha uning ishlashi yaxshi va uzoq muddat ish berishi kafolatlanadi, shuning uchun blok pitaniya olayotganda iloji boricha quvvati yuqori bo’lganini olish kerak.
HDD va SSD
HDD(hard disk drive) – komyuterning qattiq diski. Uning vazifasi operatsion tizim va bizning shaxsiy fayllarimizni o’zida saqlashdan iboratdir. Ushbu qurilmaning ishlash tezligi 3 Gb/s ga tengdir.
SSD(solid state drive) – ushbu qurilmaning vazifasi qattiq diskniki bilan bir xil, lekin ushbu qurilmaning ish tezligi HDD ga qaraganda ikki marta yuqori, yani ushbu qurila 6 Gb/s tezlikda ishlaydi. Shu sababli kompyuter tez ishlaydi.
Diskovod
Diskovodning asosiy vazifasi lazerli disklardagi ma’lumotlarni o’qishdan va lazerli disklarga ma’lumot yozishdan iboratdir. Diskovoddan yana foydalanishimizning asosiy sabablaridan biri bu operatsion tizimlarning barchasi disklarda ishlab chiqarilayotganligi hamda disklarda sotilayotganligidir
Uyga vazifa
Barcha o’tilganlarni takrorlash
Qo’shimcha berilgan materiallarni barchasini o’qib chiqish
Kompyuter va uning qurilmalari haqida qo’shimcha materiallardan o’qib kelish