Test 7 sinf umumiy
1. Mexanika so’zining ma’nosi nima.
A) Tabiat haqidagi ta’limot B) Dinamika haqidagi ta’limot C) Mashina haqidagi ta’limot D) TJY
2. Muayyan sharoitda shakli va o’lchamlari hisobga olinmasa bo’ladigan jismga nima deyiladi
A) trayektoriya B) moddiy nuqta C) Ko’chish D) Yo’l
3. Jism harakatidagi boshlang’ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo’nalishli kesmaga nima deyiladi. A) traektoriya B) moddiy nuqta C) Ko’chish D) Yo’l
4. Harakat davomida jismning hamma nuqtalari bir xilda ko’chsa bunday harakatga nima deyiladi. A) aylanma harakat B) ilgarilanma harakat C) tebranma harakat D)TJY
5. Agar jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig’ida bir xil yo’lni bosib o’tsa uning bunday harakati nima deb ataladi
A) to’gri chiziqli harakat B) tekis harakat C) notekis harakat D) egri chiziqli harakat
6. 144 km/h necha m/s ga teng. A) 30 B) 35 C) 40 D) 45
7. 60 m/s necha km/h ga teng. A) 100 B) 116 C) 200 D) 216
8. Tekis harakat qilayotgan avtomobil 30 minutda 40 km masofani bosib o’tdi. Avtomobil tezligini toping. A) 60 km/h B) 70km/h C) 80km/h D) 90km/h
9. Vaqt birligida jism tezligining o’zgarishiga son jihatdan teng keladigan kattalikka nima deyiladi. A) tezlik B) tezlanish C) burchak tezlik D) burchak tezlanish
10. Tekis tezlanuvchan harakat uchun tezlik formulasi toping.
A) ϑ= ϑ0+at B) ϑ=S/t C) ϑ=a/t D) ϑ=0
11. Tekis o’zgaruvchan harakatda jismni bosib o’tgan yo’l formulasini toping.
A) S= ϑ·t B) S= ϑ0t+at2/2 C) S= ϑ/t D) S=0
12. Erkin tushish tezlanishi nechaga teng. A) 8.81 m/s2 B) 9.81 m/s2 C) 10.81 m/s2 D) 11.81 m/s2 13. Erkin tushayotgan jismning t vaqtdagi tezligi formulasini toping
A) ϑ= ϑ0+at B) ϑ= ϑ0+gt C) ϑ=S/t D) ϑ=at
14. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi va balandligi formulasini toping.
A) ) ϑ= ϑ0-gt ; h= ϑ0t-gt2/2 B) ϑ= ϑ0+gt h= ϑ0t+gt2/2 C) ϑ=at; h=at2/2 D) TJY
15. Poyezd harakatlana boshlagandan keyin 10 s o’tganda 36 km/h ga erishdi, shunday tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan poyezdning tezligi qancha vaqt o’tgach 72 km/h ga yetadi.
A) 10 s B) 20 s C) 30 s D) 40 s
16. Avtomobil tinch holatidan 5 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshlab 4 s davomida qancha yo’lni bosib o’tadi? Shu vaqtda u qanday tezlikka erishadi.
A) 20 m , 20 m/s B) 20 m , 40 m/s C) 40 m, 20 m/s D) 40 m, 40 m/s
17. Jism ma’lum balandlikdan 5 m/s tezlik bilan pastga tik otildi, 5 sekundan keyin jism qanday tezlikka erishadi. A) 40 m/s B) 45 m/s B) 50 m/s D) 55 m/s
18. Agar moddiy nuqta aylana bo’ylab ixtiyoriy teng vaqtlar orasida teng uzunlikdagi yoylarni bosib o’tsa, bunday harakatga nima deyiladi.
A) tekis aylanma harakat B) to’g’ri chiziqli harakat C) tebranma harakat D) ilgarilanma harakat
19. Burilish burchadi formulasini toping. A) ϑ=ΔS/Δt B) Δφ=ΔS/R C) ω = Δφ /Δt D) S= ϑ·t
20. Aylana bo’ylab harakatda aylana radiusi burilish burchagining shu burilish uchun ketgan vaqtga nisbati nima deyiladi.
A) chiziqli tezlik B) burilish burchagi C) burchak tezlik D) burchak tezlanish
21. Jismning vaqt birligidagi aylanishlar soni nima deyiladi.
A) aylanish chastotasi B) aylanish davri C) burchak tezlik D) chiziqli tezlik
22. Markazga intilma tezlanish formulasini toping.
A) a= ϑ- ϑ0/t B) a= ϑ2/R C) a= ϑ /t D) a=0
23. Chiziqli tezlik va burchak tezlik orasidagi munosabat
A) ϑ=S/t B) ϑ=at C) ϑ= ωR D) ϑ=2πR/T
24. Charxpalak savati 1 minutda 2 marta aylanadi. Charxpalak o’qidan 1m uzoqlikka o’rnatilgan savatning chiziqli tezligi va burchak tezligini toping.
A) 0.1 m/s ; 0.12 rad/s B) 0.21 m/s ; 0.21 rad/s C) 0.12 m/s ; 0.21 rad/s D) TJY
25. Uzunligi 25 sm bo’lgan ipga bog’langan sharcha 5 m/s chiziqli tezlik bilan aylanmoqda sharchaning markazga intilma tezlanishini toping.
A) 80 m/s2 B) 90 m/s2 C) 100 m/s2 D) 110 m/s2 26. Barabanining diametri 12 sm bo’lgan chig’ir yordamida yuk 1 m/s tezlik bilan ko’tarilmoqda. Chig’ir barabanining aylanish chastotasini toping.
A) 2.65 1/s B) 3.4 1/s C) 3.65 1/s D) 2 1/s
27. Velosipedchi tekis harakatlanib 20 minutda 6 km yo’lni bosib o’tdi. Velosipedchining tezligini toping.(m/s) A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
28. Velosipedchi 10 minut davomida 2700 m keyin qiya tekislikda 1 minutda 900 m va yana 1200 m yo’lni 4 minutda bosib o’tdi. Velosipedchining o’rtacha tezligini toping. (m/min)
A) 1600 B) 490 C) 320 D) 98
29. 1 radian taqriban necha gradusni tashkil qiladi. A) 47 B) 50 C) 55 D) 57
30. Jismning enertlik xossasini saqlaydigan fizik kattalik nima deb ataladi?
A) hajm B) massa C) kuch D) tezlanish
31. Massasi 80 t bo’lgan reaktiv samolyot dvigatellarining tortish kuchi 120 kN bo’lsa, samolyot tezlik olishda qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s2). A) 0,5 B) 1 C) 1,5 D) 2
32. Bikrligi 60 N/m bo’lgan prujinaga yuk osilganda, u 5 sm ga uzaydi. Prujinaga osilgan yuk massasini toping (g). A) 100 B) 200 C) 300 D) 400
33. Tinch holatda turgan 0,5 kg massali jism o’zgarmas kuch ta’sirida harakatlanib, 5 s da 20 m yurdi. Jismga ta’sir etayotgan kuch kattaligini toping?
A) 0,8 N B) 1,5 N C) 2 N D) 2,4 N
34. Jismning yerga tortilish kuchi nima deb ataladi? A) jism og’irligi B) kuch C) og’irlik kuchi D) TJY
35. Jism yuqoriga tik yo’nalishda a tezlanish bilan harakatlanganda, uning og’irligi ma miqdorida ortadi. Bu nima deb ataladi. A) Vaznsizlik B) og’irlik C) erkin tushish tezlanishi D) yuklama
36. Jismning faqat gravitatsion kuchlar ta’siridagi harakati nima?
A) Vaznsizlik B) og’irlik C) erkin tushish tezlanishi D) yuklama
37. Yer sirtidan uchib chiqayotgan kosmik raketaning telanishi 30 m/s2 ga teng bo’lib, undagi uchuvchining massasi 90 kg bo’lsa, kabinada uning og’irligi qancha bo’lishini toping.
A) 2 kN B) 3 kN C) 3,6 kN D) 4,2 N
38. Massasi 100 g li tosh 5 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Otilish vaqtida toshning impulsi qancha bo’lgan? A) 0,1kg·m/s B) 0,3 kg·m/s C) 0,5 kg·m/s D) 0,8 kg·m/s
39. 3 m/s tezlik bilan kelayotgan massasi 60 t li temir yo’l vagoni tinch turgan 40 t li vagonga tirkaldi. Tirkalgandan so’ng vagonlar qanday tezlik bilan harakatlangan?
A) 0,8 m/s B) 1,8 m/s C) 2,8 m/s D) 3,8 m/s
40. Ish formulasini toping? A) F=mg B) A= C) A=FS D) A=ρgh
41. Jismlarning ish bajara olish qobiliyatiga nima deyiladi?
A) quvvat B) impuls C) kuch D) energiya
42. Gapni to’ldiring avtomobilni tortishish kuchini aniqlash uchun ………….. kerak.
A) dvigatel quvvatini uning tezligiga bo’lish kerak B) dvigatel quvvatini uning tezligiga ko’paytirish kerak
C) dvigatel quvvatini uning tezligiga qo’shish kerak D) dvigatel quvvatini uning tezligidan ayirish kerak
43. 15kJ necha Joulga teng? A)150 B)1500 C)15000 D)150000
44. Qaysi turdagi energiya boshqa turdagi energiyaga oson aylanadi?
A) elektr energiyasi B) mexanik energiya C) issiqlik energiyasi D) yorug’lik energiyasi
45. Jismga ko’chish yo’nalishida 20N ko’chishga tik yo’nalishda yuqoridan 10N kuch ta’sir etmoqda. Bunda jism 10m ga siljidi. Bajarilgan ishni hisoblang
A)200J B)100N C)300N D)400N
46. Massasi 200 g bo’lgan jismning 40 m balandlikda potensial energiyasi qancha bo’ladi? g=10 m/s2 A) 60 B) 70 C) 80 D) 90
47. Binoning 9-qavatida turgan 40 kg massali bolaning yerga nisbatan potensial energiyasi qancha bo’ladi? Har bir qavat balandligini 3 m deb oling.
A) 9,6 kJ B) 10,8 kJ C) 12 kJ D) 15 kJ
48. 72 km/soat tezlik bilan ketayotgan massasi 1,2 t li avtomobilni to’xtatish uchun qancha ish bajarish kerak. A) 100 kJ B) 150 kJ C) 200 kJ D) 240 kJ
49. Agar bola 1 soatda 360 kJ ish bajargan bo’lsa, bola quvvatining foydali qismini toping.
A) 100 W B) 200W C) 300W D) 400W
50. Samolyot 900 km/soat tezlik bilan uchmoqda. Motorining foydali quvvati 1,8 MW bo’lsa, uning tortishish kuchi qancha? A) 9,6 kN B) 7,2 kN C) 12 kN D) 15 kN
51. Avtomobilga quvvati 100 kW bo’lgan dvigatel o’rnatilgan. U 1 minutda 2,4 Mj foydali ish bajardi. Avtomobilning FIK ni toping.
A) 10 % B) 20 % C) 30 % D) 40%
52. Massasi 1 kg bo’lgan jism 50 m balandlikdan 20 m balandlikka tushganda og’irlik kuchi qancha ish bajaradi. g=10m/s2 A) 200 J B) 300 J C) 400 J D) 500 J
53. Bikirligi 10000 N/m bo’lgan prujina muvozanat holatdan 8 sm masofaga cho’zildi. Shu holatda prujinaning potensial energiyasi nimaga teng.
A) 8 J B) 16 J C) 24 J D) 32 J
54. Uzunligi 3 m va massasi 40 kg bo’lgan ustun yerda yotibdi. Uni vertical qilib qo’yish uchun qancha ish bajarish kerak?
A) 800 J B) 100 J C) 600 J D) 302 J