Test 11-sinf Adabiyot va Ona tili A. Chexovning pyesasi berilgan qatorni toping



Download 26,71 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi26,71 Kb.
#851371
Bog'liq
11 test ona t adabiyot


Test 11-sinf Adabiyot va Ona tili
1. A.Chexovning pyesasi berilgan qatorni toping.
A) "Uch opa-singil" B) "Uch og'a-ini botirlar"
C) "Temir xotin" D) "Garov"
2. Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda...
Men million bo'yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.
Misralar muallifi kim?
A) Usmon Azim B) Oydin Xojiyeva C) Xurshid Davron D) Mahmud Toir
3. Oshiqlikning qudratini, Momo yerim, o'zing berding, deya kuylagan shoir kim?
A) Sirojiddin Sayyid B) Iqbol Mirzo C) Mahmud Toir D) Xurshid Davron
4. Rashod Nuri Gunteginning dastlabki romani berilgan qatorni toping?
A) "Xazonrezgi" B) "Tamg'a" C) "Yashil tun" D) "Sirli qo'l"
5. "Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o'qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g'oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida, asosan, o'z tabiatini, ruhini tasvirlaydi". Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Abdulla Qahhor B) Abdulla Qodiriy
C) Said Ahmad D) Odol Yoqubov
6. Qaysi shoir bir she'rida: "Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun sevgan farzand bo'lsa, kechirma aslo!" deb xitob qiladi?
A) E.Vohidov B) U.Nosir C) A.Oripov D) Rauf Parfi
7. "Jahannam elchisi - atom" deya ta'kidlagan shor kim?
A) Xurshid Davron B) Oydin Hojiyeva
C) Usmon Azim D) Jamol Kamol
8. Shimolga qarab yoyilgan zilol suvli ko'l xoriqulodda fayzli va go'zal edi. "Xoriqulod" so'zining ma'nosi? ("Ulug' saltanat" asaridan)
A) favqulodda, kutilmaganda B) juda, g'oyat C) mo'jizaviy
9. Muhammad Alining "Ulug' saltanat" asarida kim Amir Temur uzugining ko'zida "Kuch - adolatda" so'zi yozilganligini aytadi?
A) Muhammad Churog'a dodxoh B) Muhammad Sulton
C) Pir Muhammad D) Jahongir Mirzo
10. Erkin A'zamning "Tanho qayiq" dramasida kim hushtakchi Genjamurodga "Hushtak chalish - shaytonni chaqirish bilan barobar"ligini aytadi?
A) Orol bobo B) Jumaboy C) Tilovbergan D) Amet
11. Chexovning "Garov" asarida ushbu fikrlar egasi kim: " Ertaga choshgohda u ozodlikka chiqadi. Shartga ko'ra, kamina unga ikki million to'lashim lozim. Agar garovda yutqazib qo'ysam, rasvoyi jahon bo'laman"
A) bank sohibi B) huquqshunos C) hukumat egasi D) maxbus
12. Rashod Nuri Gunteginning "Choliqushi" romanini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan?
A) G'afur G'ulom B) Hamid Olimjon
C) Mirzakalon Ismoiliy D) Uyg'un
13. Orol qulligimiz qurboni bo'ldi,
Olam bu shikvaning hayroni bo'ldi...
Shikva so'zining ma'nosi?
A) shikoyat B) arz qilish
C) biror narsadan norozilik D) barcha javoblar to'g'ri
14. Boylik, hasad, hirs-u havas barchangizning ko'zingizni ko'r, shuuringizni shafaq qilib qo'ygan. Sizlar yolg'onni haqiqat, hamoqatni nafosat deyishga o'rganib qolgansiz. Mabodo falakning gardishi bilan daraxtlarda, olma, po'rtaxol va nok o'rniga qurbaqa, kaltakesak va ilonlar osilib tursa ... Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi" B) Chexov "Garov"
C) Erkin A'zam "Tanho qayiq" D) Muhammad Ali "Sohibqiron o'ylari"
15. Nuh to'fonini qismat shamoli deb atagan shoir kim?
A) Xurshid Davron B) Mahmud Toir
C) Sirojiddin Sayyid D) Iqbol Mirzo
16. "Choliqushi" asari qahramonlari kimlar?
17. Rashod Nuri Guntegin romanlari nomini yozing.
18. Sen o'tgan yo'l - yuragim yo'li,
Iztirob yoshlari cho'kkan yo'l.
Bobolarim jasoratiga
Guvoh - alvon qonga cho'mgan yo'l,
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Misralar muallifi kim?
19. Chexovning qaysi hikoyasi mazmunida bankir va huquqshunosning qilmishlariga sharqona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o'rtaga qalqib chiqadi?
20. Rashod Nuri Guntegin dunyo adabiyotida qaysi asari bilan shuhrat qozongan?

21. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning soni yer yuzida qanchani tashkil etadi?


A) 35 mln dan ortiq B) 32 mln dan ortiq C) 33 mln dan ortiq D) 30 mln dan ortiq
22. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning qanchasi O’zbekistonda yashaydi?
A) 23 mln dan ortiq B) 24 mln dan ortiq C) 25 mln dan ortiq D) 26 mln dan ortiq
23. Adabiy til nima?
A) Milliy tilning ko’rinishi. B) Kishilarning nutqidagi hududiy tildir.
C) O’zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo’ladi.
D) Rivojlangan, boyigan, takomillashgan va me’yorlashgan oily shakli.
24. Milliy til nima?
A) Ma’lum millat vakillari uchun umumiy bo’lgan til.
B) Xalq shevalari, oddiy so’zlashuv unsurlari, jargonlarni o’z ichiga oladi.
C) Milliy madaniyatning ko’zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
25. Grammatika nimani o’rgatadi?
A) Nutq uslublariga daxldor til xususiyatlari. B) To’g’ri gapirish va yozish.
C) Nutq uslublarini o’rganadi. D) Gaplarning bog’lanishini o’rganadi.
26. Uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
A) Nutq uslublarini o’rganadi. B) Til munosabatlarini o’rganadi.
C) Nutq munosabatlarini o’rganadi D) Til va so’zlarning me’yorlarini o’rganadi.
27. O’qituvchi dars mashg’ulotida qanday uslubdan foydalanadi?
A) So’zlashuv. B) Ilmiy. C) Badiiy D) Rasmiy
28. Qaysi uslub bir jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi?
A) Ilmiy uslub B) Publitsistik uslub C) So’zlashuv uslub D) Badiiy uslub
29. Murshid so’zining ma’nosi nima?
A) Saboq beruvchi pir, shayx, ustoz B) Dushman, g’anim
C) Islo dini tarqalgan mamalakatlarda bilimdon kishilarga berilgan nom.
D) So’fiylik yo’liga kirgan shaxs
30. Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub?
A) Publitsistik B) Badiiy C) Ilmiy D) Barcha javoblar
31. Badiiy uslubga xos so’zni toping.
A) Ovqat B) Taom C) Ne’mat D) Xo’rak
32. Nutqni to’g’ri va ta’sirli tuzishda qaysi uslub yetakchilik qiladi?
A) So’zlashuv B) Badiiy C) Publitsistik D) Rasmiy

33. Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega so’zlarni toping.


Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi.
A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy. C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B
34. Menejment so’zining ma’nosi nima?
A) Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish.
B) Korxona va kompaniya egasi bo’lmagan boshqaruvchi.
C) Mahsulot ishlab chiqarish va sotish D) Bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli
35. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang.
A) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
B) Yuz, bet - biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
C) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq - badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
Chehra, jamol – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
D) Yuz, bet - badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. bet, aft, bashara, turq - so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan
36. Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi?
37. Kolorit so’zining ma’nosi nima?
38. Kim haqida: “………………… naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas…” qaysi mutafakkir shoir o’z fikrlarini bayon etgan?
39. Qaysi shoir aruz ilmiga bag’ishlab qaysi asarni yaratdi?
40. Qaysi mutafakkir shoir tilshunoslikka bag’ishlab yozilgan asarini belgilang.
Insho mavzulari
1.Mahmud Koshg’ariy qomusiy olim
2.Cho’lponning ,,Kecha va kunduz “asarida milliylik.
3.XX asr bunyodkorlik va yaratuvchanlik asri.
Download 26,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish