Termokimyo kimyoviy termodinamikaning bir boʻlimi



Download 8,74 Kb.
Sana19.11.2022
Hajmi8,74 Kb.
#868616
Bog'liq
Termokimyo — ki-WPS Office


Termokimyo — kimyoviy termodinamikaning bir boʻlimi. Kimyoviy reaksiyalar jarayonida issiklik effektini oʻlchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati oʻzgarishi bilan bogʻliq fizikkimyoviy jarayonlar, suyulish, erish, suyultirish va boshqalarni tadqiq qiladi. T. fizikkimyoviy sistemalarning issiklik sigʻimini va ularning haroratga bogʻliqligini ham miqdoriy jihatdan oʻrganadi.T..da issiqlik sigʻimi, yonish issiqligi, entalpiya, entropiya, izobari zotermik potensial kabi kattaliklar qoʻllanadi. Ulardan kimyotexnologiya jarayonlarining issiklik muvozanatini hisoblashda foydalaniladi. T.ning amaliy usuli — kalorimetriya. Reaksiyalarning tezligini aniqlashda moddalarning energetik xususiyatlarini bilish, shuningdek, birikmalarning tuzilishini hisobga olish muhim. Reaksiyalarning issiklik effekti yoki issiklik sigʻimini oʻlchashda kalorimetriyadan foydalaniladi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiklik miqdori ifodalangan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. T.da gomogen (bir jinsli) va geterogen (har xil jinsli) sistemalar maʼlum boʻlib, bular bitta yoki bir necha fazalardan tashkil topadi. Gomogen sistemata azot bilan kislorod gazlari aralashmasi, geterogen sistemata. esa suv bilan muzning aralashmasi yoki havo (atmosfera)dagi kumir va oltingugurt zarralarining aralashmasi misol boʻla oladi. Soʻnggi sistema 3 fazadan — 2 ta qattiq va 1 ta gaz fazasidan iborat.

T. ga G. I. Gess asos solgan. U 1840-yil termokimyoviy hisoblarga asoslangan prinsipni eʼlon qiladi, keyinroq mazkur prinsip Gess konuni nomini oladi. Baʼzi reaksiyalarning issiklik effektini toʻgʻridantoʻgʻri oʻlchash imkoni yoʻqligi yoki qiyinligi tufayli ularni Gess qonuni yordamida aniklanadi.

T. 20-asrning 2yarmida kvant kimyosi, zanjir va yadro reaksiyalari tasavvurlari bilan boyidi, reaksiyalar issiklik effekti mutlaq nolga yaqin haroratlardan bir necha ming darajaga boʻlgan oraliqlarda oʻlchanilishiga erishildi. Biologik jarayonlar radiokimyoviy hodisalar, kosmik va yulduzlararo masofalardagi reaksiyalardan olingan maʼlumotlar T.ning rivojlanishiga olib keldi. T. krnuniyatlari texnologik jarayonlarning issiklik muvozanatini hisoblashda qullanib, kimyo sanoatida maqbul sharoitlarni aniqlashga yordam beradi.

Adabiyot
Dikerson R., Grey G., Xeyt Dj., Osnovnie zakonoʻ ximii, t. 1 i 2, M., 1982; Karapetyans M. X., Drakin S. I., Obhaya i neorganicheskaya ximiya, M., 2000.


Qydpat Axmerov.
Download 8,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish