Termiz Davlat Universiteti Ijtimoiy Fanlar fakulteti (maktabgacha ta’lim yo’nalishi) 202-guruh talabasi XOLMAMATOVA MASHHURANING MUSTAQIL ISHI REJA: - REJA:
- 1.Antuan Ekzyuper hayoti va ijodi
- 2.”Kichkina shahzoda” haqida
- 3.Bolalar adabiyoti
MAVZU:Jahon bolalar adabiyoti vakillaridan birining
hayoti va ijodi haqida ma’lumot to’plash
Hayotida ikki qo‘rquv – so‘zga mas’uliyat va uchuvchilik bilan yonma-yon yashagan, biroq jamiki shon-sharaf, shuhratni adabiyotdan topgan Antuan de Sent-Ekzyuperi so‘z maydonida aytarini ayta olgan yozuvchilardandir. …Umri dolg‘ali zamonlarga to‘g‘ri kelib, qon kechib, urush girdobida yashaganiga qaramay, asarlarida yorug‘lik – hayotga muhabbat, zulmga nafrat, voqelikka donishmand ko‘zi bilan qarash bo‘rtib turgani uchunam uni ko‘pchilik o‘qiydi. 1900-yilning 29-iyunida Fransiyaning Lion shahrida dvoryanlar oilasida tug‘ilgan bolakayning kun kelib “allaqanday” kasb – uchuvchilikni egallashi, kamiga yozuvchi bo‘lishini ko‘pchilik aqliga sig‘dirolmasdi. Negaki, oqsuyak, zodagonlarga bunday kasb “yarashmas”, har kim ko‘rpasiga qarab oyoq uzatishi talab etilardi. Antoine de Saint-Exupéry (1900-2004)
Ammo taqdir yozug‘i odam tuzgan rejaga qararmidi – Antuan ham bolalikdan yerdan ko‘ra osmonda kezishni xushlaydigan xayolparast, dunyoni tabiat rangi bilan ko‘rib, farqlaydiganlardan edi. O‘sha paytlari jamiyat tutumiga xos uzundan uzun ismlar qo‘yilishi urf bo‘lgani uchun Ekzyuperiga ham Antuan Mari Jan-Batist Roje de Sent-Ekzyuperi sharifi beriladi. Lekin shuncha ismni aytib tugatish malolligidan oila a’zolari shunchaki “Toni” deb chaqirib qo‘ya qolishadi.
To‘rt yasharligida otasi to‘satdan miyaga qon quyilishidan vafot etadi-yu, oilaning to‘kin-sochin kunlari andak barham topadi.
Kengliklardagi zavq Liondagi nasroniylar maktabida boshlang‘ich diniy ta’limni o‘qigach, Shveysariyadagi katolik pansionatida ham tahsilni davom ettiradi. Ammo diniy yo‘nalishini qo‘yib, 1917-yili Parijdagi Nafis san’atlar maktabida me’morlik fakultetiga hujjat topshiradi, bakalavr diplomini oladi. Keyin nafis san’atni ham bir chetga yig‘ishtirib, harbiy-dengizchilar litseyiga ketmoqchi, toleyini harbiylikda sinamoqchi bo‘ladi. Omadi chopmay, saralash konkursidan o‘tolmaydi. 1917-yilning yozida qadrdon maslahatgo‘yi, jondan aziz akasi Fransua revmokarditdan vafot etgach, Antuan uzoq vaqtgacha o‘ziga kelolmay, damdo‘z, ichimdan top yigitga aylanadi. - Liondagi nasroniylar maktabida boshlang‘ich diniy ta’limni o‘qigach, Shveysariyadagi katolik pansionatida ham tahsilni davom ettiradi. Ammo diniy yo‘nalishini qo‘yib, 1917-yili Parijdagi Nafis san’atlar maktabida me’morlik fakultetiga hujjat topshiradi, bakalavr diplomini oladi. Keyin nafis san’atni ham bir chetga yig‘ishtirib, harbiy-dengizchilar litseyiga ketmoqchi, toleyini harbiylikda sinamoqchi bo‘ladi. Omadi chopmay, saralash konkursidan o‘tolmaydi. 1917-yilning yozida qadrdon maslahatgo‘yi, jondan aziz akasi Fransua revmokarditdan vafot etgach, Antuan uzoq vaqtgacha o‘ziga kelolmay, damdo‘z, ichimdan top yigitga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |