Terakzor xushbichim, bog’larda hamma yoq jim



Download 42 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi42 Kb.
#269633
Bog'liq
Optima-1


Sinov


1) Terakzor xushbichim , bog’larda hamma yoq jim. Berilgan gapda nechta so’z turkumiga oid yasama so’z qo’llangan? A) 4 B) 1 S) 2 D) 5

2) Respublikamiz maktablari o’quvchi hamda o’qituvchilarini darsliklar va o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlashni ko’ngildagidek yo’lga qo’yaylik. Ushbu gapda ikkita munosabat shakliga ega bo’lgan so’zlar qaysi gap bo’laklari vazifasida kelgan ?

A) 2 ta o’rinda qaratqich aniqlovchi, 2 ta o’rinda vositasiz to’ldiruvchi.

B) 2 ta o’rinda vositasiz to’ldiruvchi. S) 1 o’rinda qaratqich aniqlovchi , 2 o’rinda vositasiz to;ldiruvchi. D) 2 o’rinda vositasiz to’ldiruvchi , 1 o’rinda kesim.

3) Qaysi gapda asosi shakldoshlik xususiyatiga ega ko’makchi fe’l qatnashgan?

A) Bunisi boshqalariga ish o’rgatib turdi. B) Do’mbirachi qadimgi qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. S) Do’stim bizni bayram tadbiriga taklif qildi.

D) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.

4) Hamisha, so’ngi, ochiqdan ochiq , birma-bir, g’olibona, naridan beri , oldinma-ketin ,har gal Berigan so’zlardan nechtasi yasama ravishlar hisoblanadi ? A) 5 ta B) 7 ta S) 6 ta D) 3 ta

5) Qaysi javobda asliy sifat ishtirok etmagan ? A) Uying tor bo’lsa ham , ko’ngling keng bo’lsin . B) Achchiq savol berib , shirin javob kutma . S) Xonaga beqasam to’n kiygan do’ppili kishi kirib keldi. D) Afting qiyshiq bo’lsa , oynadan o’pkalama.

6) Sinekdoxa usulida ma’nosi ko’chgan so’z qatnashgan gapni aniqlang.

A) Siz litseyimizning aldirg’ochlarisiz . B) Omon bir laganni paqqos tushirdi.

S) “Bor-e!” degim keladi-yu , shu ikki qorako’zni ko’zim qiymaydi.

D) Bedil o’qir edim , chiqdi oftob.

7) Qaysi javobda berilgan so’zlar bir xil so’z turkumiga mansub?

A) Qirildi, chirindi B) Qirindi , chirindi S) Chirindi , sog’ildi D) chirindi , bilindi

8) Berilgan gapda nechta yasama ot ishtirok etgan ? Asarning tup mohiyatida markazlashgan davlat barpo qilish ,mustahkamlash , turli xon va beklarni birlikka chaqirish , adolatli va oqilona siyosatni amalgam oshirish , umrning o’tkinchiligi , ma’naviyat ,yashash bilan bog’liq g’oyalar badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surilgan. A) 3 ta B) 1 ta S) 2 ta D) 4 ta

9) Qaysi gapda to’pdan ajratilgan shaxs ma’nosini bildirgan olmosh ega vazifasini bajargan ?

A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. B) Har bir inson o’z baxti uchun kurashadi. S) Kela berdilar bari kattakon chinor sari. D) Har birimiz shu jannatmakon yurt tuprog’iga sodiq bo’lmog’imiz kerak.

10) 1. Qizcha erkalanib opasining bo’ynidan mahkam quchdi. 2.O’ynab gapirsang ham o’ylab gapir. 3.Bolaning ko’ngli o’ksimasin deb yumshoq o’rindiqqa o’tqazdi. 4.So’roq qilingan kishining ayblarini sanab berdik. 5.Og’zaki nutq qisqa va ifodali bo’lishi kerak. 6.Mussavirning bo’yoqlarida hayot chiziqlari aniq ifodalangan. Berilgan gaplarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha ta’sirida yuqori tor unlilar tushib qolgan? A) 2,4,5 B) 1,3,5 S)3,6 D)2,5

11) Atamashunoslik so’zi tarkibidagi birinchi ko’makchi morfema qaysi so’z turkumini yasashga xizmat qilgan ? A) ot B) fe’l S) ravish D) sifat

12) 1.Yaxshiyam oshxona yaqinda. 2.Yaqinda imtihonlar boshlanadi. 3. Ammam kamnamo edilar , biznikiga onda-sonda kelardilar. 4. Onda-sonda o’sgan daraxtlar ko’zga tashlanadi.

A1,4-payt; 2,3 –o’rin B)1,3-payt; 2,4-o’rin S) 1,2,3-o’rin; 4-payt D) 1,4-o’rin; 2,3-payt

13) Berilgan so’zlardan qaysilarining turlangan shakllari ham o’zaro omonim bo’la oladi ?

1.soch, 2.shox, 3.sir, 4.tovon, 5.es, 6.bot. A) 1,2,3,6 B) 4,5,6 S)1,3,4,5 D) 2,3,4

14) Quydagilar orasida so’z yasovchi va shakl yasovchi sifatida o’zaro omonim bo’la oladigan qo’shimchalarni ko’rsating. 1-siz , 2-ona , 3-lab , 4-larcha , 5-xon , 6-be

A) 1,2,3,5 B) 1,2,5 S) 1,2,3,4,5,6 D) 1,3,4,5

15) Berilgan gapda bir tovushdan iborat qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan ?

Ana shunday tarixiy vaziyatda mazkur xalqlar xohlagan vaqtda tikib yashab , xohlagan paytda yig’ib , ko’chiga ortib ketishiga qulay bo’lgan ko’chma uylardan foydalanganlar.

A) 6 ta B) 4 ta S) 5 ta D) 3 ta

16) Berilgan so’zlardan nechtasi yasama ravishlar hisoblanadi ? birin-ketin, saharlab , olg’a , har gal , vaqtincha , ertalabki , tiriklayin , bir mahal.

A) 7 tasi B) 4 tasi S) 6 tasi D) 5 tasi

17) Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik har giz … Ushbu misrada unlilar , hosil bo’lish usuliga ko’ra bir umumiy guruhga mansub bo’lgan undoshlardangina tarkib topgan so’z necha o’rinda qatnashgan ? A) 2 B) 3 S) 1 D) 4

18) Sharob ichishni odat qilmaki , u behushlik va g’ofillikka olib boradi , bu odatdan qutulishga harakat qil. Ushbu gapdagi kompozitsiya usuli bilan hosil qilingan so’zlar sonini aniqlang.

A) 3 B) 5 S) 4 D) 2

19) Qaysi javobda hosil bo’lish usuliga ko’ra farqlanuvchi tovushlar orqali paronim juftlik hosil qila oladigan so’zlar ko’rsatilgan ? 1-afzal , 2-adib , 3-hiyla , 4-qayt , 5-darz , 6-tanbur.

A) 1 B) 2,3,4,5,6 S) 1,6 D) 2,3,4,5

20) Qaysi javobda turkiy tillarning qipchoq guruhiga kirmaydigan tillar qatori berilgan .

A) tatar , turkman , qozoq B) qirg’iz , yoqut , qo’miq S) qoraqalpoq , boshqird , tojik

D) o’zbek , uyg’ur , ozarbayjon

2 1) Qaysi gapda ravishning faqat bir ma’no turiga oid so’zlar ishtirok etgan ?

A) Ular u yerni ham , bu yerni ham kovlab kirolmabdilar , bir zumda allaqachon yerni o’yib yuboribdilar. B) Shu payt uydan -yotog’imizdan bolalar ham birin-ketin ko’zlarini uqalab , har yoqqa qarab tushib kela boshladi. S) Keyin u yoqqa olamiz, - deb o’ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. D) Bular piyoda asta-sekin O’rdaga bordilar.

22) Qaysi gap juftligida o’z va ko’chma ma’noli so’z qo’llangan ?

A) Gorizont tekisligini shayton yordami bilan bilish mumkin. Odammisan , hayvon ? Ajinamisan , shayton ? B) Sen gapirganda hamma jim o’tirgan edi , kimdir luqma tashladi . Javob berishi lozimligini bilgan Usmon og’zidagi luqmani tez-tez yutib oldi.

S) Yukning og’irligidanmi aravalar g’irchillab , o’z musiqasi o’zi bilan jadal bormoqda.

Botirali og’irlik bilan onasiga qaradi. D) Tog’ning ko’rki –tosh bilan , odamning ko’rki -bosh bilan. Yarim toshdan mo’lroq yo’l yurildi hamki , bekat ko’rinmaydi.

23) Issiq uyda , yumshoq to’shakda yotgan to’q bir odamni : och-yalang’och , to’shaksiz sovuqda qotgan kambag’alning holi nima kechdi ekan , deb o’ylantirib, uni u yonidan bu yoniga ag’anatadigan , uyqusini qochirib , jonini achitadigan ham menman. Ushbu parchada so’z yasovchi qo’shimchalar necha o’rinda qo’llanganini aniqlang ?

A) 3 ta B) 5 ta S) 7 ta D) 9 ta

24) Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat ishtirok etgan ?

A) Sergaplik odamlar ichida qadringni tushiradi . B) Tinchlik oily ne’mat ekanligini unutmang . S) Kutilmagan quvonchli xabardan boshi aylanib ketdi . D) Menga o’xshagan esli- hushli bolaga zoriqib o’tirgan ekan.



25) Ona zamin qish uyqusidan uyg’ondi. Ushbu gapda ma’no ko’chish usulini aniqlang . A) vazifadoshlik B) sinekdoxa

S) metafora D) metonimiya
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish