Temir Darvoza (Sug‘diyona)



Download 68,61 Kb.
Sana27.11.2022
Hajmi68,61 Kb.
#873753

Janubiy So‘g‘ddagi madaniy-iqtisodiy markazlardan biri bu Erqo‘rg‘ondir. Maydoni 34 ga, manzilgohning quyi qatlamida mil. av. VIII-VII asrlarga oid mudofaa devori o‘rni saqlangan. Mil. av. VI asrda shahar maydoni kengaytirilib, YAngi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi Ichki tomondan hashamatli ma’muriy bino barpo etiladi, hamda temirchilar mahallasi paydo bo‘ladi. Ushbu davrga oid ark izlari aniqlanmagan.
Uzunqir. So‘g‘diyonaning (Qashqadaryo, Kitob tumani) ilk temir davriga oid madaniy markazlaridan biri maydoni 70 ga. Hozirgi paytda 450 metrdan iborat mudofaa devori saqalanib qolgan. Mudofaa devorining pastki qismi guvala, yuqori qismi esa paxsa va xom g‘ishtda ko‘tarilgan. Devorning qalinligi 1,85 metr bo‘lgan. mudofaa devori tashqi tomonidan to‘g‘ri burchakli minora- burjlar bilan kuchaytirilgan. Burj va devorda jangovar va «aldamchi» shinaklar mavjud.
Mudofaa devoriga guvala va paxsadan qurilgan qismi taxminan mil. av. IX-VII asrlarda asos solingan. Asosiy devor va burjlar keyingi davrda bunyod etiladi. Keyinchalik esa birinchi devorga tutash qilib, 1,6 m. qalinlikda ikkinchi devor quriladi va umumiy qalinligi 3, 5 metrga etadi. Uchinchi davrida 1,2 m. qalinlikda yana bir qo‘shimcha devor quriladi. So‘g‘diyonaliklar sug‘orma dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Qashqadaryo vohasidan arpa, bug‘doy, javdar hamda hayvon suyaklari topib tekshirilgan. Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan sopol idishlar ikki guruhga bo‘linadi. Kulolchilik charxida yasalgan naqshsiz idishlar. Ular kosa, tovoq, xumchalardan iborat. Qo‘lda ishlangan idishlar geometrik va egri chiziqlar bilan naqshlangan. Naqshli idishlar Qashqadaryoning tog‘oldi hududlaridan ham topib tekshirilgan.
Vohada hunarmandchilik, hususan temirchilik va to‘g‘imachilik keng rivoj topgan deyish mumkin. daratepadagi mil. av. VII-VI asrlarga oid temir buyumning topilishi fikrimiz dalilidir.
Temir Darvoza (Sug‘diyona)
728
Darvozadan Ispaniya elchisi va sayohatchisi Rui Gonsales De Klavixo ham o‘tgan. Movarounnahrga, Amir Temur qabuliga kelayotib “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403-1406)da temir eshiklar oralab kechgan safarning batafsil tavsifi keltirib o‘tilgan: “Keyingi kuni, dushanbada, biz baland tog‘ning etagida dam oldik, uning tepasida rang barang naqshlar bilan g‘ishtdan qilingan chiroyli xoch shaklidagi bino bor edi. Bu tog‘ juda baland, lekin u orqali siz uni inson qo‘li bilan yaratilgandek ko‘rinadigan dara orqali kesib o‘tishingiz mumkin: har ikki tomonni baland tog‘lar o‘rab turadi, chuqurlikda joylashgan daraning toshlari ham juda silliqdek xuddi. Ushbu o‘tish yo‘lining o‘rtasida esa qishloq joylashgan bo‘lib uning ustida baland tog‘ qad ko‘tarib turibdi. Tog‘larda bu o‘tish yo‘li temir darvoza deb ataladi va buy o‘l yagona, boshqa yo‘l mavjud emas. Darvoza, Samarqand shohligini kichik Hindistondan himoya qilab turadi. Samarqandning yerlariga kirib borish uchun boshqa yo‘l yo‘q; xuddi shunday, Samarqand imperiyasining aholisi ham bu o‘tish yo‘li bilan Hindiston yerlariga kira olmaydi. Ushbu temir darvozaga senyor Tamurbek egalik qiladi, va ular har yili unga katta daromad keltiradilar.
Bundan tashqari, Rui Gonsales De Clavicho Darband qishlog‘iga yaqin bo‘lgan ba'zi temir eshiklar haqida gapirib o‘tgan. Keyinchalik, akademik Eduard Rtveladze, temir darvoza –tabiiy inshootlardan tashkil topgan va sun'iy ravishda yaratilgan mudofaa inshootlarining butun majmuasi uchun umumiy nom bo‘lib, Buzgalaxan darasi va hozirgi Darband qishlog‘i o‘rtasidagi hududni egallagan degan xulosaga keldi. Darani o‘rganishda tarixchilar, geologlar va yozuvchilar birga ish olib borishadi: Nikolay Mayev, Ivan Mushketov, Olga Poslavskaya, Dmitriy Logofet, Mixail Masson. Arxeologlar tomonidan qazish ishlari olib borish jarayonida dara hududidan qadimiy turar-joylar, o‘rta asr karvon saroyining poydevori, Kushon shohligining mudofaa devori va boshqa yodgorliklar topildi.
Tarixchi Eduard Rtveladze tomonidan tuzilgan eng qiziqarli xulosalardan biri, Makedoniyalik Aleksandr - Oksiartning xotini Ruxshona (Roksana) otasining bu hududida boshpana joyi haqida xulosa chiqarish mumkinligi bo‘ldi. Aleksandr, Sug‘diyona shahrining mustahkam tabiiy qal’alarini egallab olish paytida “So‘g‘d qoyalari”da yashiringan. Bundan tashqari, aynan Darbandda Makedoniyalik Aleksandr va Ruxshona Baqtriya malikasining to‘ylari bo‘lib o‘tgan degan taxminlar ham mavjud. U chiroyli va g‘unchadek endi gullayotgan qiz sifatida tasvirlangan, uni qo‘mondon bayram paytida aylana davra raqsi ijro etayotganida sevib qoladi


Moniylikni ibodat qilgan Sugʻdiylar, c. 8-9 asrlar

Sug'd miloddan avval VI-IV asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval 329-yilda Iskandar Maqduniy saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-Baqtriyaga tobe boʻlgan.


Miloddan avval II-I asrlardan boshlab Sugʻd oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. Sugʻd asta-sekin har 3 qismni oʻz atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.
Milodiy I-V asrlarda Sugʻd kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saqlab keldi. Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI asr oʻrtalaridan VIII asr boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (VIII asr 1-chorak), to Sug'd podshohi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) Sug'd oʻzining konfederativ xususiyatini saqlashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sug'dda ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro, Amul va Andxoy ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular XII asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turon va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. IV asrda Dunxuanning oʻzida soʻgʻd jamoasi taxminan 1000 kishidan iborat boʻlgan. Samarqandning sharqiy darvozalari "Xitoy" nomi bilan ataladi. Xalqaro savdo aloqalari Samarqand, Paykend va boshqa yirik shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini boshqarishgan. Tan sulolasi tarixida qayd etilishicha, Kan hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi hamda pulni mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga esa yelim surtilgan. 20 yoshga toʻlgan erkak xorijga ketgan va qaysi joyda manfaat koʻrsa, oʻsha yerga borgan". Olis safarlar, Chin, Hindiston, Eron, Kichik Osiyo xalq hunarmandchiligi va anʼanalari bilan tanishuv orqali Gʻarb va Sharq yutuqlarini oʻzida mujassam etgan noyob va ochiq soʻgʻd madaniyati shakllangan. Soʻgʻd hunarmandchiligi markazi va savdo yoʻllari - Samarqand, Panjikent, Paykent, Buxoro va Varaxshi xavfsizligini taʼminlash ehtiyoji kuchli davlatlar bilan ittifoq tuzishga qaratilgan siyosiy yoʻnalishni belgilab bergan. VI asrda Soʻgʻd Eftaliylar davlati, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan, 630-yildan buyon esa Chinning Tan sulolasi hukmdorligini tan olgan. Xoqonlik yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan savdo qilish imkoniyatiga ega boʻlishgan. VI asr 70-yillarida turkiy hukmdorlar farmoni bilan soʻgʻd savdogari Maniax savdo kafolatlari yuzasidan muzokaralarni avvaliga Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori bilan olib borgan. Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddaviylar, nasroniylar, manixeylar oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining yozma anʼanalaridan foydalanishgan: buddistlardan hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, nasroniy-suriyaliklardan dastlabki umumiy maktubot, nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini oʻzlashtirishgan. Ammo ular aramey alifbosiga asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi. Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy hududlardan yoʻllangan "koʻhna maktublar" va Zarafshon vodiysidagi Mug togʻida topilgan hujjatlar yordamida tanishish mumkin. VIII asr boshida Soʻgʻd Qutayba ibn Muslimning musulmon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchraydi va halifalikka itoat etgan holda islom dinining jugʻrofiy-siyosiy makonida qudratli savdo-hunarmandchilik markazi boʻlib qoladi.
Download 68,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish