Tarixiy o‘lkashunoslikning 5 ta asosiy manbasi bo‘lib, ular: arxeologiya, etnografiya, toponomika, arxivshunoslik va muzey eksponatlaridir. Ular o‘zaro aloqador bo‘lib, biri-birisiz o‘lkani o‘rganib bo‘lmaydi. Dastavval arxeologiya haqida to‘xtalamiz.
“Arxeologiya” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “arxayos” - qadimgi, “logos” - fan, ya'ni qadimgi davrni o‘rganuvchi fan, degan ma'noni bildiradi. Arxeologiya - o‘lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.
Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotining eng keyingi 5-6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlar paydo bo‘lib, undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bo‘lmagan.
Yozuv paydo bo‘lgandan keyin ham ko‘pgina voqyealar yozilmay qolgan. Podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta'limotlari, xazinalarning hisob-kitoblari hamda turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o‘z zamonasining ishlab chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishiy hayotini yetarlich aks ettirmagan.
Demak, qadimgi qishloq va shaharlar qazib ko‘rilganda, u yerlardan qadimgi xalqlarning uy-joy qoldiqlari, uy-ro‘zg’or, zeb-ziynat buyumlari, e'tiqot yodgorliklari topiladi; bu narsalar esa yozma tarixdagi ma'lumotlarga qaraganda o‘sha davrdag odamlar turmushini har taraflama va aniqroq yoritib berishga yaraydi. Yozma tarix paydo bo‘lgungacha bir necha yuz ming yillik davr tarixi hamda yozma tarix paydo bo‘lganndan keyingi davr hayotini to‘la o‘rganish zaruriyati o‘sha davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko‘rishni taqazo etadi. Bunday yodgorlik buyumlarni tekshiruvchi fan arxeologiyadir. Arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni, sinfiy davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko‘rib, tarixni aniqlaydi.
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko‘radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo bo‘lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to‘ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda tarixiy tadqiqotchilik O‘rta Osiyoda juda ham qadimdan boshlangan. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning yozishiga ko‘ra arab istilochilari O‘rta Osiyodagi mahalliy olimlarni yuqotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni ham yo‘q qilib, yondirib yuborganlar. Shu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar saqlanmagan. Ming yil davomida yozilib kelgan tarixiy asarlar juda ko‘p. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi”asari, Bal'amiyning “Tarixi Tabariy»ning tarjimasi qabilar yozilganiga ming yildan oshdi.
Lekin O‘rta Osiyoda arxeologiya, yuqorida aytilganidek juda yosh fan. Rossiyada bu fan XVIII asrning o‘rtalarida paydo bo‘lib, XIX asrda ancha rivojlangan. O‘sha vaqtda olimlar Rossiya yerlarida ko‘plab topilgan O‘rta Osiyo qadimgi tanga-pullarini to‘plab, ularni tekshirib Rossiya bilan O‘rta Osiyo xalqlarining qadimdan iqtisodiy aloqada bo‘lib kelganini isbot etdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida, O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin bu yerga kelgan har bir mutaxassis va savodxon kishi qal'alar xarobasini, sun'iy tepaliklarni, shaharlar xarobalarini, qadimdan qolgan bino xarobalarini ko‘rib, ularning tarixini surishtira boshladilar. Natijada 1870 yillarda Toshkentda chiqa boshlagan gazeta va jurnallarda bu tarixiy yodgorliklar haqida turli ma'lumotlar e'lon qilina boshlandi. Bunday xarobalarni tekshirish jarayonida, hatto “xazina” izlab ba'zi tepaliklarni buzib yuborishgacha bordilar.
Tarixni davrlashtirish masalasining qo‘yilishi tarixchilar va arxeologlarni ishga solib yubordi. Birinchi besh yillik oxiridayoq sobiq SSSR tarixini shu jumladan, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi yuzasidan yozma manbalarni o‘rganishga kirishish bilan birga, arxeologiya yodgorliklarini qazib topishga ham jiddiy e'tibor berila boshlandi. Bu ishning boshida Moskva, Sankt-Peterburg va O‘zbekiston arxeologlari: A. Yakubovskiy, G.V.Grigorev, S.P.Tolstov, M.ye.Masson, V.A.Shishkin, Ya.G’.G’ulomov va boshqalar turdilar. Birinchi ish O‘zbekistonning alohida tumanlarida arxeologiyaga oid izlanishlar o‘tqazishdan boshlandi.
Masalan, 1925-1930 yillarda Samarqandda V.L.Vyatkin, 1926-1928 yilarda Termizda B.P.Denike, 1929-1930 yillarda A.A.Potapovlar Farg’ona vodiysida hamda 1932-1933 yillarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg’on tumani Norin daryosi bo‘yida elektrostansiya qurish tayyorgarligi munosabati bilan Sankt - Peterburg arxeologlaridan B.A.Latinin Farg’ona vodiysining shimoli-sharqiy tumanlarida; 1934 yili Sankt-Peterburg arxeologi G.V.Grigorev Yangiyo‘l tumanida; o‘sha yili professor A. Yakubovskiy boshliq Sankt-Peterburg va O‘zbekiston arxeologlari Buxoro viloyatining sharqiy qismida, arxeolog M.ye.Masson boshliq arxeologlar Oxangaron vodiysida jiddiy arxeologik qidiruv ishlarini o‘tkazdilar.
1936-37 yillarda bu ish kengayib, qadimgi Termiz shaxrini qazish yuzasidan ilmiy ishlar kuchaytirilishi bilan birga prof. S.P.Tolstov boshchiligida Xorazmda, V.A.Shishkin boshchiligida Buxoro viloyatining g’arbiy qismida yangidan tekshirishlar boshlandi. Bu ilmiy safarlar katta miqyosida uyushtirilib, bularning hammasida Moskva, Sankt-Peterburg va O‘zbekiston arxeologlari hamkorlik qildilar. Bu ilmiy safarlar 1939-1940 yillarda O‘zbekistonda sug’orish soxasida xalq qurishlari boshlanishi munosabati bilan arxeologiya kuzatishlari o‘tkazdi, bu borada Farg’ona vodiysida katta natijalarga erishildi.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, tarixchilik o`lkamizda juda ham qadimdan boshlangan. O`zbekiston arxeologiyasi fani esa juda ham yosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |