Tarixi buxoro amirligining tugatilishi buxoro xsrning tuzilishi 3 buxoro xsr konstitutsiyasi



Download 107,66 Kb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi107,66 Kb.
#797129
  1   2   3   4
Bog'liq
BXSR NING TASHKIL TOPISHI VA SURHON VOHASIDAGI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI


BXSR NING TASHKIL TOPISHI VA SURHON VOHASIDAGI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI

REJA:
1 TARIXI
1.1 BUXORO AMIRLIGINING TUGATILISHI
1.2 BUXORO XSRNING TUZILISHI
1.3 BUXORO XSR KONSTITUTSIYASI
1.4 BUXORO XSR HUKUMATINING SOVETLASHTIRILISHI
1.5 BUXORO SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
2 IQTISODI
3 SHUNINGDEK QARANG
4 MANBALAR


Buxoro Xalq Sovet RespublikasiBuxoro XSRBXSR (ruscha: Бухарская Народная Советская Республика; tojikcha: Ҷумҳурии Халқии Шӯравии Бухоро) — Buxoro amirligida amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Maydoni 182,193 ming km², aholisi taxminan 2,2 million kishidan ortiq boʻlib, asosan oʻzbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va buxoro yahudiylari yashagan. Buxoro XSR Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR va Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Buxoro shahri boʻlgan.
Buxoro XSR 1920-yil 8-oktabrda tuzilgan. 1924-yil 19-sentabrda Buxoro XSR nomi Buxoro Sotsialistik Sovet Respublikasi (Buxoro SSR) (ruscha: Бухарская Социалистическая Советская Республика) deb oʻzgartirilgan.[1] Oʻrta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan Buxoro SSR hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Tojikiston ASSR (1929-yildan Tojikiston SSR) tarkibiga kiritilgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro amirligining tugatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868-yilga kelib Podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylanganidan soʻng xalqning tirikchiligi ilgarigidan ham ogʻirlashgan. Amirlikdagi xalq qoʻzgʻolonlari podsho Rossiyasi qoʻshinlari yordamida bostirilgan. Rus maʼmurlari amirlikda katta imtiyozlarga ega boʻlgan. Rossiyadagi demokratik jarayonlar, 1908-yil Turkiyada boʻlgan Yosh turklar inqilobi, xususan Petrograddagi 1917-yil fevral inqilobidan keyin amirlik hududida jadidchilik va undan oʻsib chiqqan Yosh buxoroliklar harakati kuchaydi.
1917-yil 7-aprelda Amir Olimxon mamlakatda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Lekin amirning bu farmoni amalda joriy qilinmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirgandan soʻng, mamlakatda ularni yoppasiga taʼqib qilish boshlandi. 1917-yil Oktabr inqilobidan keyin Rossiya bilan Buxoro amirligi oʻrtasida munosabatlar yomonlashdi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga gʻanimlik qilib, amir hukumatini kuch bilan agʻdarishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qoʻllab-quvvatlashdi. 1918-yil mart oyida Turkiston oʻlkasi XKS raisi Fyodor Kolesov qoʻmondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan boʻlsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni oʻzgartirish uchun urinish toʻxtamadi. Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar firqasi (partiyasi) arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatda konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni oʻrnatmoqchi boʻlgan jadidlar — yosh buxoroliklarni yoʻqotish yoʻlini tutdi. Fayzulla Xoʻjayevning taʼkidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Buxorolik adib Sadriddin Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt – eski Buxoro emas, balki GʻijduvonShofirkonVobkentQorakoʻlChorjoʻyXatirchiKarmanaQarshiShahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib nohaq oʻldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari SamarqandToshkent va Moskvaga joʻnab ketishga majbur boʻlishdi, yosh buxoroliklarning bir qismi 1918-yil yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi, Xoʻjayev Moskvadagi muhojirligi davrida – 1918-yil oktabrida Turkiston respublikasining Rossiya SFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasi boʻlimini tashkil qildi. 1920-yil yanvarda Toshkentda Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil qilindi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 1920-yil 25-avgustda rus qoʻmondoni Mixail Frunze Turkfront qoʻshinlariga „qoʻzgʻolon koʻtargan Buxoro mehnatkashlariga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida“ buyruq berdi. 1920-yil 2-sentabrda Turkfront qoʻshinlari amirlik hokimiyatini agʻdarib tashladi.

Download 107,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish