Taqilma turlariga ishlov berish Reja: Taqilmalar va ularning turlari Kiyimlar turiga qarab taqilmalar tanlash



Download 15,41 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi15,41 Kb.
#848528
Bog'liq
Taqilma turlariga ishlov berish


Taqilma turlariga ishlov berish

Reja:
1.Taqilmalar va ularning turlari
2.Kiyimlar turiga qarab taqilmalar tanlash

Shim taqilmasi tugmali yoki «molniya»li bo‘lishi mumkin. Tugmali taqilmada dastlab taqilmaning gulfigi (tugma solinadigan joyi) va tugma joyi (tugmalar chatiladigan joy) tikiladi.


Hozirgi vaqtda shim taqilmasiga asosan «molniya»li taqilma bilan ishlov berish amalga oshiriladi. Bunda tugma joyiga qotirma qo‘yilmaydi, gulfik o‘rniga asosiy gazlamadan mag‘iz qo‘yiladi.
Tugma joyiga astar qo‘yib, tashqi qirqimi ag‘darma chok bilan tikiladi. Detal o‘ngiga ag‘dariladi va asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi. Tugma joyining ichki qirqim tomoniga «molniya» tasmaning bir tomoni qo‘yiladi va astar, avra hamda tasma qirqimlari yo‘rmalanadi.
Tugma joyi «molniya» tasma bilan birga shim old bo‘lagining o‘ng tomoniga biriktirib tikiladi. Chok haqi asosiy detal tomonga yotqizib dazmollanadi va o‘ng tomondan bostirib tikiladi. Old bo‘lak mag‘izining ichki qirqimi maxsus mashinada yo‘rmalanadi. Mag‘izni, o‘ngiga belgilangan chiziq bo‘ylab, «molniya» tasmasini ikkinchi tomoniga qo‘yib bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator tasma chetidan 0,2 sm oraliqda yuritiladi.
Shim old bo‘lagi chap tomoniga mag‘izni qo‘yib, uqani qo‘ygan holda ag‘darma chok bilan tikiladi. Mag‘izni shim teskarisiga ag‘darib, asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi va belgilangan chiziq bo‘ylab taqilmaning o‘ngidan baxyaqator yuritiladi.
Jun va ip gazlamalardan shim tikishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish uchun, shimning tugma joyi va gulfigi old bo‘laklar bilan birga yaxlit bichiladi. Natijada tugma joyini va gulfikni old bo‘laklarga ulash operatsiyalari hamda bu bilan bog‘liq ko‘pgina keyingi operatsiyalar qisqarib ketadi.
Shimning yuqori qismiga ulama belbog‘ bilan ishlov berilganda belbog‘ga ip yoki ipak gazlamadan qotirmali astar qo‘yiladi. Belbog‘ shimning old va ort bo‘laklariga bir ignali yoki qo‘sh ignali mashinada ulanadi.
Belbog‘ bir ignali mashinada ulanadigan bo‘lsa , oldin belbog‘ astariga qotirma qo‘yib olinadi. Qotirma bilan astarning pastki qirqimi 0,4 sm kenglikda ag‘darma chok bilan tikiladi, astar chok atrofidan aylantirib dazmollanadi. Shim yuqori qirqimiga belbog‘ni belbog‘ tomondan 1 sm chok bilan biriktiriladi. Kamar tutgichlar bo‘lsa ular o‘ngini shim old bo‘lagi o‘ngiga qaratib qo‘yib, belbog‘ ulanayotganda qo‘shib tikiladi. Belbog‘ ulangan chok yorib dazmollanadi. Kamar tutgichlarning yuqori uchi belbog‘ yuqori qirqimiga 0,3—0,4 sm bo‘shroq qoldirib tikiladi.
Cho‘ntak xaltalar to‘g‘rilanib, belbog‘ ulangan chokka qo‘lda yoki maxsus mashinada ko‘klanadi. Ort bo‘lak o‘rta choki 15—18 sm uzunlikda 1 sm biriktirma chok bilan tikiladi. Chok yorib dazmollanadi. Ort bo‘lak o‘rta choklari shim yuqori qismiga belbog‘ va belbog‘ astari ulab olingandan keyin tikilsa ham bo‘ladi.
Belbog‘ astari gulfikka va tugma joyi astariga hamda belbog‘ astari bilan avrasining yuqori qirqimlari bir-biriga ulanadi, shu vaqtning o‘zida kamar tutgichlarning yuqori uchlari ham qo‘shib tikiladi. Belbog‘ o‘ngiga ag‘darilib, astar ulangan chok to‘g‘rilanadi va belbog‘ avrasidan 0,2—0,3 sm ziy hosil qilib, yuqori ziyidan 0,7—1 sm narida ko‘klanadi. Ayni vaqtda gulfikning ichki cheti old bo‘lakka ilintirib ko‘klanadi. Belbog‘ astarining pastki ziyi, tugma joyi astarining ichki ziyi qo‘lda yoki maxsus mashinada old va ort bo‘laklar o‘ngi tomondan ilintirib ko‘klanadi. Bunda baxyaqator belbog‘ va tugma joyi ulangan choklardan 0,5 sm masofada yuritiladi. Shim bo‘laklarining o‘ngi tomonidan belbog‘ va tugma joyi ulangan choklardan 0,2 sm masofada bostirma chok yuritiladi.
Avrasiga qotirma qo‘yilgan astarli belbog‘ni bir ignali mashinada, shim yuqori qismiga ulanganda (5.5-rasm), qotirma belbog‘ avrasiga ilintirib ko‘klab olinadi. Belbog‘ avrasi shim teskari tomoniga, ularning yuqori qirqimlarini to‘g‘rilab, o‘ng tomonini ichkariga qaratib qo‘yiladi, shimning teskari tomoni ustiga belbog‘ astari, uning o‘ngini pastga qaratib qo‘yiladi va qirqimdan 0,8—1 sm narida belbog‘ astari tomondan baxyaqator yuritiladi (5.5-rasm, a). Belbog‘ avrasi yuqoriga qayirib tekislanadi va belbog‘ ulangan chok yoniga baxyaqator yuritiladi. Belbog‘ avrasi bilan astarining yuqori chetlari ichkari tomonga 0,7 sm kenglikda bukib tikiladi.
Bunda baxyaqator bukilgan ziydan 0,1—0,2 sm masofada o‘tadi.
Tasmali belbog‘ni bir ignali mashinada ulanganda oldin belbog‘ avrasi ulab olinib, hosil bo‘lgan chok belbog‘ tomonga yotqizib dazmollanadi. Belbog‘ yuqori qirqimi teskari tomonga 0,7 sm bukiladi. Uning ustiga tasma qo‘yib, belbog‘ avrasidan 0,1 sm ziy hosil qilib, tasmaning yuqori cheti bo‘ylab bostirib tikiladi. Tasmaning pastki cheti esa belbog‘ ulangan chok ustiga bezak baxyaqator yuritayotganda tikib ketiladi.
Belbog‘ qo‘sh ignali mashinada ulanadigan bo‘lganda ham unga astar yoki tasma qo‘yilishi mumkin.
Avrasiga qotirma qo‘yilgan, astarli belbog‘ yoki tasmali belbog‘ qo‘sh ignali mashinada ulanishi ham mumkin.
Download 15,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish