Talim vazirligi


Mansab – Daryo quyiladigan joy. Okean, dengiz, ko’l, boshqa bir daryo Mansab bo’lishi mumkin. Mantiya



Download 1.14 Mb.
bet5/7
Sana20.01.2017
Hajmi1.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Mansab – Daryo quyiladigan joy. Okean, dengiz, ko’l, boshqa bir daryo Mansab bo’lishi mumkin.

Mantiya – Yer mantiyasi (yunoncha mantion – ko’rpa, yopinchiq) – Yer po’sti bilan o’zagi orasida joylashgan qatlam, Quyi chegarasi yer yuasidan taxminan 2900 km chuqurlikda joulashgan. Mantiya atrofida asosan magniy va temirdan iborat og’ir mierallardan tashkil topgan. Yer po’stida ro’y beradigan tektonik xarakatlar, vulqon jarayonlari va boshqalar Mantiya bilan bog’liq.

Marjon orollar - Marjon xayvonlari, suvo’tlar va boshqa organizmlar qoldiqlari yig’ilishidan vujudga keklgan orollar. Hozirgi kunda marjon orollari ekvatorial va tropik o’lkalardan boshqa joylarda bo’lmaydi. Marjon orollar joylashgan o’rni shakliga qarab, qirg’oq riflari, to’siq riflari, atollar ko’rinishida bo’ladi.

Marza – Re’lif shakli. Tepasi qavariq shakldagi uzun cho’zilgan balandlik. Marzalar tektonik yo’l bilan xosil bo’lishi, daryo, dengiz to’lqini keltirgan qumlardan vujudga kelishi, morena jinslarning to’planishidan paydo bo’lishi, kishilar tomonidan bunyod etilishi mumkin.

Materik yonbag’ri – Okean tubining qirg’oqqa yaqin qismi; shelf bilan okean tagi orasida.Materik yer po’sti tuzilishiga ega. Materik yonbag’rining yuqori qismida surilmalar, yuvilishlar bo’ladi, quyi qismida esa jinslar to’planadi.

Materiklar – xamma tomonidan yoki deyarli xamma tomondan okean va dengiz suvlari bilan o’ralgan eng katta quriqlik. Materiklar yer po’stining tuzilishiga va qalinligiga ko’ra okean osti yer po’stidan farq qiladi. Materik Yer po’stida qalin -40-50 km va unda granit qatlami bo’ladi. Yer yuzida 6 ta materik bor. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antraktida, Avstraliya.

Materik orollar – Bir zamonlar materikning tarkibiy qismi bo’lib, keyinchalik quruqlikning cho’kishi, tektonik yoriqlar natijasida ulardan uzilib qolgan quriqliklar. Bunday orollar geologik va tektonik tuzilishiga ko’ra materiklarga o’xshagan bo’ladi. Materik orollarning ba’zi birlari juda katta. Masalan: Grenlandiya, Yangi Gvineya, Yangi Zellandiya, Madakaskar va boshqalardan iborat.

Materik sayozligi, shel’f – materikning dengiz va okeanlar qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan suv osti davomi. Eni bir necha km dan1200-1500 km gacha yotadi. Materik sayozligi dengiz cho’kindilari ko’p to’planadigan joy, yorug’ va iliq bo’ladigan organizmlar, jumlada baliq ko’p. Materik sayozligida ko’plab neft, gaz konlari va boshqa foydali qazilmalar topilmoqda.

Maxalliy shamollar- Uncha katta bo’lmagan xudud uchun xos bo’lgan ob-havoni xosil qiluvchi va tez-tez takrorlanib turuvchi shamollar. Maxalliy shamollar atmosferaning maxalliy xarakatlari oqibatida yoki umumiy atmosfera serkulyatsiyasining maxalliy sharoit ta’sirida o’zgarishi natijasida vujudga keladi.

Meandr- Daryolarning egri-bugri, ilon izi shaklidagi o’zani. Odatda nishablik kichik bo’lgan tekisliklarda vujudga keladi.

Mezosfera (yunoncha mezos- o’rta va sfera-kurra)- Atmosferaning strotosfera ustida 50 kmdan 80-85 km gacha balandlikda joylashgan qatlami. Xarorat quyi qismida taxminan 0 C bo’lsa, yuqori qismida-90C ga yetadi.

Melaratsiya –Tabiatni, xususan qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning xolatini yaxshilash uchun amalga oshiriladigan agrotexnik va gidrotexnik tadbirlar.

Meridian - (lotincha meridianus – tushki) – Yer yuzasidan o’tib har ikkala qutbni tutashtiruvchi faraziy chiziq, tush paytidagisoya yo’nalishiga tog’ri keladi, uning barcha nuqtalari bir xil geografik uzunlikkga ega bo’ladi. Meridian bo’ylab

Geografik kenglik xisoblab chiqiladi: ekvatordan shimoldagi nuqtalar kengligi shimoliy kenglik, janubdagilari janubiy kenglik bo’ladi. Bosh Meridian deb London yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani qabul qilingan.



Meteorit (Yunoncha meteora- osmondagi xodisa) – Olam bo’shlig’idan yerga tushib turadigan tosh yoki metall jismlar. Og’irligi bir necha grammdan o’nlab tonnnagacha yetadi. Katta Meteorit yerga tushgan joyda chuqurlik paydo bo’ladi.

Meteorlar – Uchar yulduzlar (yunoncha meteora – osmondagi xodisalar) koinotdan qattiq jism zarrachalarning yerga xavo qobig’iga juda katta tezlikda kirib kelib, qazib ketishi natijasida xavoda ro’y beradigan yorug’lik xodisasi. Meteorlar xodisasi odatda 70-125 km balandlikda ro’y beradi.

Migratsiya – (lotincha migratio - ko’chish) – Axolining turli maqsadlarda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi. Tashqi va ichki migratsiyalar bo’ladi. Agar ko’chish bir mamlakat xududida bo’lsa, ichki Migratsiya, turli mamlakatlar o’rtasida bo’lsa, tashqi Migratsiya deyiladi.

Missisipi – AQShning janubiy qimidagi shtat. Maydoni – 123,5 mln km kv gat eng. Yer yuzasining katta qismi past tekislik, shtatning g’arbiy chekkasi bo’ylab o’tgan. Missisipi daryosining so’l irmogqlari bilan kesilgan.

Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Shimolida keng bargli, janubida esa igna bargli o’rmonlar bor. Missisipi – agrar shtat. Asosiy ekini paxta. Neft, tabiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari neftni ishlash, oziq – ovqt , selyuloza-qog’oz kimyo va boshqa tarmoqlar rivojlangan.



Morena – Muzliklar tushib yuradigan va olib kelib qoldirgan tog’jinslari parchalari.Morenalar harakatdagi va yotqizilgan bo’lishi mumkin.

Muzlik - Sharoit qulay joyda qor to’planishidan xosil bo’lib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida rel’efning qor to’planishi uchun qulay botiq shaklida to’planadigan qorning zichlashishidanvujudga keladi. Muzliklar joylashgan o’rni va shakliga ko’ra tog’ Muzliklari va tekislik Muzliklariga bo’linadi. Muzliklar nishab tomon siljib turadi. Muzliklar siljishi tezligi muz xaroratiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bog’liq.
Musson shamollar – (arabch mavsum so’zidan ) – fasildan –fasilga o’z yo’nalishini o’zgartiradigan shamollar. Mavsumiy shamollar.
N
NATO – Shimoliy Atlantika Xarbiy Tashkiloti, 1949-yilda xarbiy-siyosiy uyushma tarzida tuzilgan. Dastlab uyishma AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Belgiya, Niderlandiya, Luksemburg, Daniya, Portugaliya kirgan. Keyinchalik yangi davlatlar qo’shilib, ba’zi davlatlar chiqib ketgan. Keyinroq xarbiy uyishma xususiyati o’zgarib,ko’proq iqtisodiy uyishmaga aylana bordi.

Nival iqlim – (lotincha nivalis – qorli, sovuq) – qishda yoqqan qoryoz bo’yi erib ulgurmagan iqlim. Xaroratning pastligi oqibatida erib ulgurmagan qor zichlashib muzlarga aylanadi. Nival iqlim qutbiy o’lkalarda va baland tog’tepalarida mavjud.

Nivelir (fransuzcha niveler- taqsimlamoq) – Joyning nisbiy balandligini, ya’ni bir nuqtaning qancha balandligini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Oddiy nivelir uchiga ko’ndalang taxtacha o’rnatilgan yog’och tayoqdan iborat. Taxtacha o’rtasida mix bo’lib, nivelirni tik o’rnatish uchun unga shoqul osiladi. Nivelerlashda ancha murakkab nivelirlar ishlatiladi.

Nisbiy balandlik – Yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik balandlik Masalan: tog’cho’qqisi bilan vodiy tagi orasidagi tik balandlik, yoki daryo ikki qirg’og’ining bir-biridan balandligi va boshqalar.

Nishablik, qiyalik – Daryolar,kanallar, ariqlar, yo’llar, dalalarning ikki nuqtasi orasidagi balandlik farqining, shu nuqtalar orasidagi balandlik farqining,

shu nuqtalar orasidagi uzunlikka masofasi nisbati.

Masalan, daryoning boshlanish joyi, balandligi bilan quyilish joyi balandligi orasidagi farq 200m. Daryoning uzunligi 100km, nishabligi 200m:100kmq2mG’km bo’ladi. Tezkisliklarda H. kichik,

tog’larda juda katta bo’ladi.



Noosfera (yunoncha noos –aql, sfera-kurra, shar) –insonning aqliy faoliyati asosiy omilga aylangan biosfera. Biosferaning oddiy darajasida rivojlangan bosqichi. Odam paydo bo’lib, fan, madaniyat yaraqqiyoti natijasida vujudga kelgan.

Normal atmosfera bosimi – Simob ustuni balandligi 760 mm ga teng bo’lgan bosim. 760 mm simob ustuni 1013 m barga teng. Metrologiyada normal atmosfera bosimi 1000 m bar deb olinadi. Shunday vaqtda yer yuzasida xar bir sm kv yuzaga havo taxminan 1kg kuch bilan bosadi.

Nurash – Tog’ jinslarining havo, suv, xaroratning o’zgarib turishi, organizmlar ta’sirida parchaslanib uzoqlashishi hamda kimyoviy tarkibning o’zgarishi jarayoni. Fizikaviy va kimyoviy nurashlar bo’ladi.

Nurash po’sti - Tog’ jinslarining havo, suv va organizmlar ta’sirida o’zgarishidan xosil bo’ladigan g’ovak jinslar qatlami. Tub tog’ jinslaridan g’ovakligi va kimyoviy tarkibiningo’zgarganligi bilan farq qiladi. Tabiy sharoitga qarab Nurash po’stining qalinligi xar xil bo’ladi. Nurash po’stining xosil bo’lishi Yerning barcha geologik davrlarda ro’y bergan .
O

Ob – Suv- O’rta Osiyodagi juda ko’p geografik nomlar, ayrim atamalar shu so’z ishtirokida tuzilgan. Masalan: ob-havo, Murg’ob, Surxob, obigarim va boshqalar.

Ob-havo- Atmosfera quyi qismining muayyan bir qisqa vaqtdagi tabiiy xolati. Vaqt va masofa tez o’zgarib turadi. Ob- havo ma’lum bir vaqtning o’zida bir-biri bilan uyg’un meotrologik elementlar majmui bilan ifodalanadi.
Odoq – Daryoning o’rta va asosan quyi qismi soxillaridagi pastak tekis yerlar. Daryo toshganda ba’zan suv bosib ketadi. Odoqlarda yer osti suvi satxi yuqori bo’lgan va daryodagi oqimga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Tuprog’i ko’pincha sho’rtob botqoq bo’lib, turli xil yovoyi o’simliklar bilan qoplanib yotadi.

Oy – Yerning yagona tabiy yo’ldoshi. Yerga eng yaqin osmon jisni. Oyning diametri 3476 km ga teng. Oy yuzasdagi tortishish kuchi Yerdagidan 6 xissa kam.

Yer atrofda sekundiga 1,02 km tezlikda harakat qiladi.Yer markazidan Oy markazigacha bo’lgan masofa eng yaqin bo’lganda 356400 km, eng uzoq bo’lganda 406800 km. Oyda havo qobig’i yo’q. Oyda osmon doim qora bo’lib ko’rinadi, yulduzlar kechasi ham, kunduzi ham ko’rinib turaveradi. Oyning xar xil ko’rinishiga sabab Yerdan uning faqat Quyosh nurlari tushib turgan qismining ko’rinishidir.



Okean – (lotincha okean – dunyo daryosi)- Dunyo okeaning bir qismi. Dunyoda to’rtta – Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari mavjud. Ba’zi tadqiqotcholar Janubiy Muz okeanini ham aloxida okean deb ajratadilar.

Okeaniya- Tinch okeaning markaziy va janubiy qismida joylashgan ko’pdan -ko’p orollar to’dasi. U 28 C 25 min shimoliy kenglik bilan 52C 30 min janubiy kenglik hamda 130C sharqiy uzunlik bilan 150C g’arbiy uzunlik oralig’ida joylashgan. Eng yirik orollar guruxlari: Melaneziya, Mikroneziya, Poineziya va Yangi Zelandiya dan iborat.

Okean qa’ri – Dunyo okeaning eng chuqur qismlari. Eng chuqur yerlari 11022 m gacha. Okean Yer po’stining geosinklinal mintaqalarida, yoriqlarida joylashgan bo’ladi.

Olam –Bizni o’rab olgan, vaqt va fazoda cheksiz borliq. Undagi xarakatda bo’lgan materiy shakillari nixoyasiz. Olam kichigi kattasining tarkibiy qismi xisoblangan sistemalardan tashkil topgan. Eng kichik sistema – Yer-Oy sistemasi. U Quyosh sistemasiga kiradi. Quyosh sistemasi 100 mlrd dan ortiq yulduzlarni o’z ichiga olgan sistema-Galaktikaga kiradi.

Oltin ma’danlari – Tarkibida oltin bo’lgan tog’jinslari Oltin ma’danlari konlari tub va sochilma konlarga bo’linadi. Tub konlar orasida kvars yer- tomiridagi konlar ko’proq. Sochma konlar tub konlarning nurashidan va nuroq jinslarni suv oqizib ketib, sochib yuborishidan xosil bo’ladi. B’zan sochma konlardan tug’ma oltinlar ham topiladi.

Ona jins – Tuproq xosil qiluvchi tog’jinslari. Tuproqning mineral tarkibiy qismi.

Orentirlash –Mo’ljalga olish, joyda ufq tomonlarni topa bilish, Quyosh, yulduzlar, joydagi alomatlarga qarab va kompas yordamida orentir olish.

Orollar yoyi – Yoy shaklidagi qator orollarni xosil qilgan orollar guruxlari. Odatda materik Yer po’sti bilan okean Yer po’sti orasidagi oraliq mintaqadagi antisiklinal burmalardan xosil bo’ladi. Bunday orollar eni 40-50 km dan 200-400 km gacha, uzunligi esa 100 lab km gaboradi.

Otqindi tog’jinslari- Magnaningyer yuzasga tektonik yoriqlardan oqib chiqib va qatlamlar orasida kirib, qotishidan xosil bo’lgan qattiq tog’ jinslari . yer yuzasiga oqib chiqqan bo’lsa effuzif jinslar, qatlamlar orasida qotib qolgan bo’lsa, intruzif jinslar deyiladi.

Oqar suv – Muayyan o’zanda nishab tomonga to’xtovsiz xarakatlanib turadigan suv; toza suv; daryo, jilg’a, soy, kanal, ariq suvlari.Oqar suv yomg’ir qor, buloq suvlaridan xosil bo’ladi.

Oqar ko’l – Bir yoki bir necha daryo, jilg’a qo’shilib, bir daryo oqib chiqib turadigan ko’l. Odatda Oqar ko’llar chuchuk bo’ladi.

Oqmas ko’l – Suvi oqib chiqib ketmaydigan ko’l. Asosan qurg’oqchil o’lkalarda ko’p uchraydi, suv sho’r yoki sho’rtob bo’ladi.
P
Palaxsa – Yer po’stining, tektonik yoriqlari bilan ajralib ko’tarilib qolishidan xosil bo’lgan tog’. Palaxsa tog’larning yon bag’irlari tik, usti tekis yoki salgina qiya bo’ladi. Qadimda burmalanib, keyin tekislanib qolgan o’lkalarda vujudga keladi. Bunday tog’larni ko’pinch yoshargan tog’lar deyiladi. Tyanshanda palaxsa tog’lar ko’p. Bu joyda ular sirtlar deb ataladi.

Paleogeografiya – Yer yuzasi tabiatining qadimgi davrlardagi rivojlanish tarixini o’rganadigan fan. Paleogeografik tadqiqotlarda Yer yuzi tabiatining o’tmishidagi xolati tog’jinslari qatlamlarining xolati, ularda saqlanib qolgan organizmlar qoldiqlari, qoldiq, rel’ef shakillari asosida aniqlanadi.

Parallellar – Yer yuzasida ekvatorga parallel o’tkazilgan shartli doira chiziqlar. Xarita, globuslarda gradus to’pining asosiy tarkibiy qismi. Parallellar sharq bilan g’arbni ko’rsatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari Parallellar qisqara boradi. Parallellar joyning geografik kengligini ko’rsatadi.

Passat shamollar – Subtropik antisiklonlardan ekvator yoyi past bosim mintaqalariga muttasil esib turadigan shamollar. Yerning o’zshi ta’sirida shimoliy yarimsharda janubi-g’arbga tomon burilib esadi. Passat shamollaridagi havo oqimining qalinligi tropik o’lkalar shimolida 2km dan ekvator yaqinida 12-14 km gacha yetadi. Ekvator yoyi o’lkalariga ko’p miqdorda yomg’ir keltiradi.

Pasttekislik – Atrofidagi joylarga nisbatan past joylashgan tekislik. Agar tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 200 m dan oshmasa, ular pasttekislik deyiladi.

Past tog’lar – Mutloq balandligi 500 m dan 1000 m gacha bo’lgan tog’lar. Past tog’larga Ural tog’ining g’arbiy qismi, Qozog’iston past tog’lari: O’zbekistonda bukantog’, Pomirtog’, Sulton Uvays tog’lari misol bo’ladi.

Pastqamlik – Dasht, o’rmon-dasht zonalrida suffoziya, tuproq xosil qilish jarayonida vujudga kelgan tagi tekis yerlar, Ko’pincha doira, cho’ziq doira shaklida bo’ladi. Chuqurligi bir necha metrgacha yetishi mumkin. Atrofidagi dasht yerlardan pastroq bo’lganidan qayin, butalar ko’proq o’sadi, ba’zan suvlar chiqib sho’rxoklarga aylanadi.

Pamza - (lotincha pumeks-ko’pik) – Vulqon jinslardan xosil bo’lgan otqindi tog’ jinsi. Juda g’ovak, yengil ko’piksimon lava. Yog’och, tosh, metallarni pardozlash uchun ishlatiladigan va yengil betonga qo’shiladi.

Pergey – (yunoncha peri- yaqini, yoni va ge – Yer)- Oy va Yer suniy yo’ldoshlari orbitasining Yerga yaqin nuqtasi.
Plato – Yer yuzasi yassi yoki sal to’lqinlangan, ba’zan biroz parchalangan baland tekislik. Yonbag’irlari ko’pincha tik bo’ladi. Atrofdagi tekislik yerlardan tik jarliklar xosil qilib ko’tarilib turadi.

Platforma – (fransuzcha plat-yassi, forme-shakl)- Yer po’stining nisbatan barqaror, tektonik xarakatlarga kam beriladigan yirik, barqaror bo’laklari Platforma. Yer tarixining qadimiy eralaridagi geosinklinallarda, burmalanishlar ro’y berib, so’ngra tektonik xarakatlarning zaiflashishi natijasida vujudga keladi.
Q
Qayir – Daryo, kanal va ko’llar bo’ylab cho’zilgan, suv ko’paygan vaqtda suv bosib ketadigan pastak zaxob yerlar. Qayirlarni odatda o’tlar, to’qay o’simliklari qoplagan bo’ladi. Qayirlarda chuqurliklar – eski o’zanlar ko’p bo’ladi. Qayirlarning kengligi daryo oqadigan joy relefi xolatiga qara, bir necha metrdan o’nlab km gacha boradi. Qayirlardan yaxshi yaylovlar sifatida foydalanish mumkin.

Qalashma muzlar - Dengizlarda muz dalalarri singan joylarida yon tomomdan bo’lgan bosim natijasida vujudag keladigan tartisiz qalashib ketgan muz uyimlari. Shimoliy Muz okeani dengizlarida ko’p uchraydi. Balandligi 8-10 m ga qirg’oqlar yaqinida 20 metrga ham yetadi. Kema qatnoviga xalaqit beradi.

Qizil tuproqlar - Subtropik va tropik mintaqalarning sernam keng bargli o’rmonlari hamda qisman savannalarda tarkib topadigan tuproqlar turi. Tuproqdagi temir moddasining sernam sharoiti zanglashi natijasida qizil rangli bo’ladi. Tuproq tuzilishi donador bo’ladi, qatlamlarga yaxshi ajralmaydi. Tog’ yonbag’irlarida ko’proq tarqalganligidan ba’zan yuvilgan bo’ladi.

QirUsti yassi yoki salgina gumbazsimon balandliklar, tepaliklar, platolar, yassi past tog’lar. Qirlar baland tekisliklar, tog’larning oqar suvlar, shamol yemirishidan, tektonik ko’tarilishlar natijasida xosil bo’ladi.
Qirgoq – Dengiz, ko’l, daryo, suv omborlari chekkasida suv bilan quruqlik tutashib turadigan kambar joy. Qirg’oqda domiy ravishda suv bevosita ta’sir ko’rsatib turadi. Qirg’oqni yuvib boradi.

Qita - Yer sharidagi quruqlikning katta qismlari. Qit’aga materik va uning yon-atrofidagi materik bilan tektonik tarixiy bog’langan orollar ham kiradi. Yer sharida 6 ta qit’a bor: Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika, Antraktida kabilardan iborat.

Qorasuv – Tog’ etaklarida, vodiylarda yer osti suvlaridan to’yinadigan soy va daryolar. Suvi tiniq, ba’zan mierallashgan bo’ladi. Ba’zan zaxob, to’qaylardan oqib chiqadi. Suv sarfi fasillarga qarab uncha ko’p o’zgarmaydi. O’ra Osiyda uncha ko’p emas.

Qor chegarasi – Tog’larda ma’lum baladlikda yog’adigan qor bilan eriydigan qor miqdori teng bo’ladi. Undan yuqorida qor yog’sa ham saqlanadi, undan pastda erib ketadi. Tog’larda saqlanadigan qorning pastki chegarasi qor chegarasi deb ataladi. Qor chegarasi balandligi joyning geografik kengligiga, yog’adigan qor miqdoriga bog’liq.

Qutblar – Yerning aylanish o’qi yer yuzasi bilan kesishgan nuqtalar Yer kurrasi barcha meridianlar qutubda birlashadi. Qutub yulduziga qarang qutub Shimoliy qutub, qarama-qarshi tomondagi qutub Janubiy qutub deyiladi. Shimoliy qutub Shimoliy Muz okeani o’rtasida, Janubiy qutub Antraktidaning Tinch okeanga yaqinroq qismida joylashgan. Qutublarning geografik kengligi 90 C ga teng.
R
Radiozondlar – Ob-havoni kuzatish asboblarini atmosferaga ko’tarish uchun foydalaniladigan havo shari. Shar rezinadan ishlanib, yengil gaz bilan to’ldiriladi. Unga o’rnatilgan asboblar radiouzatish asbobiga ulangan bo’lib, yerdagi qabul qiluvchi stansiyalarga xavoning bosimi, xarorati, namligi va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot yuborib turadi. Padiozond 30-35 km balandlikkacha ko’tariladi.
Reg – O’rta Osiyoda qum, qumloq, qumli joy. O’rta Osiydagi shaxarlarda qadimda jamoat to’planadigan markaziymaydanlarga quruq bo’lsin deb yerga qum solib qo’yilgan. Bunday joylarda registon,ya’ni qumli joy deb ataladi. Saxroi Kabirda toshloq cho’llar reg deb ataladi.

Region –(lotincha regio- mamlakat, viloyat, xudud)- Tabiiy geografik rayonlashtirishda xar - xil yirik taksonometrik birlik.

Rekratsiya – (lotincha rekeatio- tiklash, xordiq)-Kishilarning mexnatdan charchog’ini qoldirish, kuch-quvvatini tiklash, xordiq chiqarish. Rekratsiya sharoiti xordiq chiqarishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar: dam olish uylari, bog’lar, istiroxat joylari va boshqalar.

Rekultivatsiya – (litincha re- qayta,yangidan va kultira- yetishtirish)- Axolining turli xo’jalik faoliyati- konlarni ochiq usulda qazib chiqarish, qurulishlar, noto’g’ri xo’jalik yuritish oqibatida buzilgan yerlarni tuzatib, obod etib turli maqsadlarda foydalaniladi.

Rel’ef – (fransuzcha “rel’ef” – ko’taraman)- Yer yuzasi shakillari: tog’lar, tekisliklar, pastekisliklar, adirlar, yassi tog’liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, botqoqliklar, soyliklar, jarlar va boshqalar mavjmuiyi. Rel’ef ikki xil kuch- ichki va tashqi kuchlarning birgalikda hamda muntazam o’zaro ta’siri natijasida vujudag keladi.

Ritmiklik – Davriylik, tabiiy xodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Davriylik siklli va vaqtli bo’ladi. Xodisa va jarayonlarning tabiatda muayyan tartibda turishi sikillik deyiladi.

Riflar - Suv osti oxaktosh qoyalari. Marjon uyumlari, oxakli suvo’tlar qoldiqlaridan xosil bo’ladi. Riflar faqat iliq tropic dengizlarda tarqalgan. Riflar turli xil- to’siq riflari, qirg’oq Riflari bo’ladi. Eng katta rif Avstraliyaning sharqiy qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan Katta To’siq rifi 200 km masofaga boradi.

Ruda, ma’dan – tarkibida sanoatda foydalanish uchun yetarli miqdorda metallar yoki ularning birikmalari mavjud bo’lgan tog’ jinslari. Ba’zan tarkibida metalmas foydali qazilmalar bo’lagan tog’ jinslari ham Ruda deyiladi. Masalan: apatit, aysberg rudalaridir.
S
Savanna – (ispancha savanna) – har yer-xar yer yakka xolda yoki to’p-to’p daraxtlar o’sadigan quruq tropik o’t o’simliklari. O’tlar orasida bo’yi 1-3 m ga yetadigan g’allagulli qurg’oqchil o’simliklar ko’p. Daraxtlar va butalar soyabonsimon ko’rinishga ega. Janubiy Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliyada keng tarqalgan.

Sayozlik –Dengiz va okeanlar tagining chuqurligi 200 m gacha bo’lgan qismlari, materiklarning suv ostidagi davomi. Sayozlik to’lqinlarga va suvda yashovchi hayvon hamda o’simliklarga ta’sir ko’rsatadi. Quyosh nuri suv ostiiga yetib borganligidan suv o’tlar ko’p, biobarin suvda kislorod serob bo’lib, dengiz jonivorlari va balilar uchun sharoit qulay bo’ladi.

Sayyoralar- Quyosh sistemasiga kiruvchi yirik osmon jismlari. Quyosh atrofida biroz ellips shakldagi orbita bo’ylab aylanadi. Quyosh nuri aks yetishidan yorug’ bo’lib ko’rinadi. Sayyoralar 8 ta dan iboratdir.

Sayob – Tog’larning havo xarakatiga ta’sirida yomg’ir ko’p tushadigan, sersuv joy, vodiy boshi.

Sakrama- Daryoning tor tezoqar qismi, ostonatosh, shalola. Daryo o’zani qattiq tog’ jinslarini kesib o’tgan joylarda xosil bo’ladi.

Sangzor-Toshko’p, toshloq joy. Daryolar o’zanida ko’p uchraydi.

Sardoba-Cho’llarda (ayniqsa taqirlarda) yer ustidagi suvlar to’planadigan suv ombori. Ko’pincha suv kam bug’lanishi uchun usti g’ishtin gumbazsimon yopilgan, ba’zilarining suv yerga shimilib ketmasin deb, ostiga xam g’isht yotqizilgan bo’ladi. Ayrim sardobalarda suv yil bo’yi saqlanadi.Xovuzli yerto’lalar xam sardoba deyiladi. O’rta Osiyoda xususan Janubiy O’zbekistonda va Sharqiy Turkmanistonda ko’p uchraydi.Sardoba xovuzining chuqurligi 10-15m, diametri 12-16m, devorining qalinligi 1-1,5 m bo’lgan. Sardoba gumbaziga uch tomondan shamollatish darchasi va tepasiga bitta mo’ri ishlangan.Bular suvning buzilmay saqlanishiga imkon bergan. Sardoba ichi salqin bo’lganligidan darcha eshiklaridan kirgan issiq xavodagi suv bug’lari tomchilarga aylanib, xovuz suvini qo’shimcha to’yintirib turgan.

Sarob - atmosferada nurning noto’g’ri sinib aks etishi (refraksiyasi) xodisasi.S. da ko’rinish (manzara) va predmetlar o’z xolicha xam, teskari xam ko’rinishi mumkin. S. atmosferada xaroratning yuqoriga qarab o’zgarishining to’g’ri xolati juda barqaror yoki nixoyatda beqaror bo’lganda ro’y beradi. S. da predmetlar o’z xaqiqiy joyidan yuqorida xam, pastda xam, yon tomonda xam ko’rinishi mumkin. S. cho’llarda xavo juda qizib ketganda tinch ob-xavoda ko’proq sodir bo’ladi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik