Ta’lim tizimini axborotlashtirish bilan bog’liq psixologik muammolar ko’p qirralidir



Download 54 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi54 Kb.
#574612

1.2. Media savodxonlikning mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari «o’rtacha» o’quvchiga mo’ljallangan, o’quv materialining o’qituvchi tomonidan tasvirlanishi jamoaviy o’qitish doirasida ta’lim jarayonini individuallashtirish va faollashtirish imkoniyatini beradi. An’anaviy ta’lim tizimi usullari ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya imkoniyatlari sababli yangicha rivojlanishga ega bo’ladi. Media ta’lim tizimiga yangicha o’zgarishlar kiritib, o’quv fanlarini o’zgacha tarzda qayta quradi.


Ta’lim tizimini axborotlashtirish bilan bog’liq psixologik muammolar ko’p qirralidir. Ko’p jihatdan bu holat medialarning ta’lim jarayonidagi o’rni, o’quvchining media bilan, o’qituvchining o’quvchi bilan muloqoti muammosidir. Demakki, bugungi kunda insonni media tomonidan boshqarish ta’siridan ozod etish muammosi tobora ilmiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda, bunga esa jarayonni nazorat etish, kompyuterlarni global va lokal tarmoqlarga birlashtirish orqali erishilishi mumkin. Rossiyalik mutaxassis A.V.Osin elektron media vositalarining ta’lim tizimi uchun taqdim etayotgan yangi imkoniyatlarini ko’rib chiqar ekan, beshta yangi pedagogik usullar haqida so’z yuritadi. Masalan, interfaollik, ilk marotaba o’qituvchi ishtirokisiz attestatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Kommunikativlik axborotni qisqa muddatlarda yetkazish, o’quv jarayonini boshqarish, malakali pedagoglar bilan maslahatlashish imkoniyatini beradi, bunda ularning qayerda ekanligi muhim emas. Ammo mazkur imkoniyatlar elektron media vositalarining ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilish pedagogik aspektlari kontekstida (kontekst, lotincha contextus – jips, bog’lanish, qo’shilish degan ma’noni anglatadi. Og’zaki yoki yozma nutqning nisbatan tugal qismi) ham ko’rib chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Multimediadan foydalanish ma’lumot qabul qilinishi va xotirada saqlab qolinishi uchun yangi psixologik sharoitlarini yaratib beradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasida qo’llanilishida ta’lim jarayoniga yo’naltirilishini talab etib, miyaning axborotni qabul qilish imkoniyatini oshiruvchi optimal funksional holatlar yaratilishi hisobiga ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. U miya tomonidan axborotni qayta ishlash prinsipi asosida yotadigan neyrofiziologik mexanizmlar qo’llanilishiga tayanib, shu bilan birgalikda miyaning ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Multimedia, bir vaqtning o’zida bir necha axborot uzatish kanallaridan foydalanib, turli vositalar bir-biriga yordam berishi uchun sharoit yaratib beradi. O’quvchilar oldida katta imkoniyatlar yuzaga kelib, bunda ijodiy yondashuvning turli qirralari ochilishi evaziga har bir axborot manbasi bir-biri bilan uzviylikda qo’llanila boshlaydi1.
Media vositalarining muhim xususiyatlaridan biri – turli jarayonlarni obrazli, ko’rgazmali ravishda namoyon etish bo’lib, bunda ko’rgazmali variantlar turli nazariy tushunchalar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Media yordamida modellashtirish obyekt yoki hodisaning turli sharoitlarda insonning barcha hissiyot a’zolari jalb etilgan holda, u haqda yorqin, obrazli tasavvur kelib chiqishiga yordam beradi. Gipermatn texnologiyasi oldin olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida, mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, ta’lim mehnati ijodiy asosini kuchaytirish imkoniyatini beradi.
Zamonaviy axborotni taqdim etish vositalari ta’lim materiallariga nisbatan ergonomik talablarni hisobga olish darajasini oshirish imkoniyatini beradi: shrift hajmi va turi, matnga nafaqat rasmlar, balki tovush fragmentlari va kinokliplarni kiritish imkoniyatini beradi. Ergonomik nuqtai-nazardan yangicha holat yuzaga keladi: o’quvchi o’ziga maqbul, ergonomik jihatdan ixcham ma’lumotlar ko’rinishini tanlab oladi. U mustaqil ravishda, tarmoqdan olinayotgan axborotning zarur jumlalarini tanlab olishi, muayyan tartibga isbotni qurishi, fikrlash obrazini aks ettira olishi mumkin. Natijada, o’quvchilar masala mohiyatini yaxshiroq tushunib, fanga nisbatan qiziqishini orttirishi, o’quv adabiyoti bilan faolroq ishlashi mumkin bo’ladi.
Media qo’llanilishi individual ta’limga qaratiladi va bu holat umumiy ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beradi. Bunda media tadqiqot obyekti va ta’lim vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limni individuallashtirish jarayonida har bir o’quvchi faol, bevosita unga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etiladi. Bunda fikrlash jarayoni uyg’onib, bilim olish ehtiyojlari namoyon bo’lib, ijodiy faollik rivojlanadi. Elektron media ta’lim olish optimal tempini tanlash, materialni o’zlashtirish jarayonini nazorat qiladi, natija esa bir necha kundan keyin emas, bevosita dars jarayonida namoyon bo’ladi. O’quvchi materialni o’zlashtirish bo’yicha o’z usul va uslublariga ega bo’ladi. Media, shu bilan birgalikda, tarbiyaviy imkoniyatlarga ham ega bo’lib, alohida yondashuv, e’tibor, tashkiliylikni talab etadi. Kompyuter bilan ishlash, o’z faoliyatini rejalashtirish, mas’uliyatli qarorlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Internet tarmog’i axborot resurslari butun dunyoga mashhur san’at namunalari muzey va dargohlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Multimedia ensiklopediyalari va telekommunikasiya texnologiyalari, o’tmish va zamonaviy, jahon badiiy madaniyatiga hissa qo’shgan ijodkorlar ijodini tadqiq etish imkoniyatini beradi. Bunda kompyuter tasviriy san’at, badiiy ta’b shakllanishi, o’quvchilar fantaziyasi va ijodiy imkoniyatlarini ochish qurolidir.
Agarda an’anaviy ta’lim olish tizimi rag’batga erishish sifatida qabul qilinadigan bo’lsa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qabul qilinishi o’quvchi bilim olish imkoniyatlarini shakllantirishga qaratiladi, bu esa bilim olish samaradorligini tabiiy ravishda oshiradi. Bunday imkoniyatning shakllanishi tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda o’quv faoliyati varianti va tempi tanlovi imkoniyatidan, qiziq vazifalar, ko’rsatmalar, metodik yordam ko’rinishidagi o’quvchi bilim olish sohasiga maxsus va nomaxsus ta’siri orqali amalga oshiradi.
Ta’limni axborotlashtirishning ijobiy tomonlarini aks ettiruvchi ta’lim-tarbiya sohasida media vositalari qo’llanilishi yuqorida tilga olingan xususiyatlari bilan bir qatorda, ta’lim tizimini axborotlashtirishning psixologik aspektlarini tilga oluvchi qator holatlar mavjudki, ular o’ziga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Illyustratsiyalar, rasmlar, grafika matn axborotini o’zlashtirishga ijobiy ta’sir o’tkazadi, ammo shunga e’tibor berish kerakki, turli hissiy qabul qilishlarning oddiy qo’shilishi bilim olish jarayonlarini avtomatik ravishda yaxshilamaydi. O’qitish jarayonida multimedia vositalari qo’llanilishining muhim sharti simvol va kod tizimlarining foydalanuvchilar tomonidan ochilishidir.
Tematik qiziqish va bilim olish orasida bog’liqlik mavjud. Media qo’llanilgan holda o’quv ishining yaxshi tashkillashtirilishi, taqdim etilgan mavzuga nisbatan qiziqishni keltirib chiqarmaydigan maqsadsiz tadbirga aylanadi. Kommunikatsiya elektron vositalari qo’llanilishi, o’zi bilan birgalikda muayyan yangilik effektiga ega bo’lib, materialning motivatsion va qiziqarli taqdim etilishiga ega bo’lib, ammo bu qiziqish ham muayyan vaqt o’tishi bilan pasayib boradi. Ta’lim jarayonida mediavositalar qo’llanilishida pedagog quyidagi xususiyatlarni e’tiborga olishi lozim. Ya’ni, media ta’siri ostida yuzaga keladigan yangiliklar, an’anaviy muloqot shartlariga ko’chishi mumkin. Psixologlar tadqiqoti bo’yicha, taqdim etilayotgan material aniqligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi kuchayib, refleksiya mazmuni oshadi, ammo muloqot emotsional vositalari roli pasayadi2.
O’qitilayotgan shaxsga nisbatan elektron media vositalari ta’siri yuqori yoki past darajada aks etishi mumkin: psixik hodisalar cheklangan doirasidan boshlab, shaxs o’zgarishidan darak beruvchi global muammolargacha (internet-bog’liqlik, xaker sindromi va boshqalar). Psixologlar, pedagoglar, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, o’yin, o’quv, professional kabi turli faoliyat turlari uchun axborotlashtirish oqibatlari tadqiqiga nisbatan katta e’tiborni tortadi. Ammo shaxs psixikasi global o’zgarishlari masalalari, keng ma’noda o’rganilmagan. Faoliyatning turli sohalariga yuqori istalgan texnologiyalar tatbiq etilishi, asosan insonni kundalik jarayonlardan ozod etish va buning oqibatida uning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. Demak, media tatbiq etilishi ham faoliyat turlarining ko’pchiligini keraksiz faoliyat turlariga aylantiradi. Ammo medianing maqsadsiz qo’llanilishi jiddiy yo’qotishlarga olib kelishi mumkin.
Zamonaviy medialar turli axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu sababli pedagogning vazifasi o’quvchilar tomonidan mustaqil ravishda olingan bilimlarni ta’lim olish jarayoni natijasi sifatida qabul qiladigan yangi bilimlar manbaiga aylantiradi. Media keng tatbiq etilishi asosida o’quvchilar shaxsi emotsional rivojlantirishiga qaratilgan maxsus choralar qo’llanilishini talab etadi. Axborot texnologiyalari to’g’ridan-to’g’ri va yondashma ta’siri ostida shakllanayotgan texnokratik fikrlash, psixologlar fikriga ko’ra inson va uning qadriyatlari (shu jumladan psixotexnikada ham) texnika, zamonaviy dunyo kundalik turmushi mazmuni, umuminsoniy manfaatlar va mazmun maqsadlari vositalari sifatida qabul qilinadi3.
Turli holatlarni modellashtirish va tatbiq etish, nostandart qarorlarni amalga oshirish tasavvur, ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Taniqli psixolog Y.Xazebrukning ta’kidlashicha, virtual reallik tizimlari bilan ishlash imkoniyati, o’quvchilarga kibermaydonda g’oya tashlash bilan bir qatorda autizatsiyani ham keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni yopiqlik, ichida sir saqlash va real hayotdan uzoqlashishni keltirib chiqaradi. Bunda real harakatlarning muayyan virtual modellarga almashinishi yuz beradigan bo’lsa, shaxs to’laqonli rivojlanishi haqida gapirish mumkin bo’lmaydi. Shu bilan birgalikda, autizatsiya axborotlashtirish oqibati deyishimiz, shu jumladan, medianing ta’lim jarayonida qo’llanilishi haqida gapirishimiz qiyin. Aksincha, autizm kabi kasalliklar davolanishida maxsus kompyuter tizimlari qo’llanilib, virtual reallik tizimlari qator fobiyalardan davolanish imkoniyatini beradi, masalan, balandlikdan qo’rqishdan. Shunday qilib, media qo’llanilishi oqibatlari ham ijobiy, ham salbiy bo’lishi mumkin bo’lib, u yoki bu texnologiya qo’llanilishiga nisbatan turlicha yondashuvni talab etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida elektron vositalar qo’llanilishini rejalashtirgan holda, pedagog o’quvchi shaxsiga xos bo’lgan o’ziga xosliklarni e’tiborga olib, dars rejasini tuzishi, materialning shaxsga yo’naltirilganligini ko’zda tutishi lozim, bu esa uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilab beradi.
Rossiyalik mutaxassis A.V.Osin elektron media vositalarining ta’lim tizimi uchun taqdim etayotgan yangi imkoniyatlarini ko’rib chiqar ekan, beshta yangi pedagogik usullar haqida so’z yuritadi. Masalan, interfaollik, ilk marotaba o’qituvchi ishtirokisiz attestatsiya qilish imkoniyatini beradi. Kommunikativlik axborotni qisqa muddatlarda yetkazish, o’quv jarayonini boshqarish, malakali pedagoglar bilan maslahatlashish imkoniyatini beradi, bunda ularning qayerda ekanligi muhim emas. Ammo mazkur imkoniyatlar elektron media vositalarining ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilish pedagogik aspektlari kontekstida (kontekst, lotincha contextus – jips, bog’lanish, qo’shilish degan ma’noni anglatadi. Og’zaki yoki yozma nutqning nisbatan tugal qismi) ham ko’rib chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Multimediadan foydalanish ma’lumot qabul qilinishi va xotirada saqlab qolinishi uchun yangi psixologik sharoitlarini yaratib beradi.
2.1. Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs­ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonining o’rgatish usul va vositalari

Kompyuter multimedialarining paydo bo’lishi bilan mediata’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish vujudga keldi. Mediata’lim pedagoglar uchun birinchi o’rinda bu ommaviy axborot vositalari (OAV)dan dars tahlili materiali sifatida foydalanish va o’z xabar-mediamatnlarini yaratish orqali fan tarkibini o’rganishdir. Mediata’lim tanqidiy fikrlash, ma’lumot bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirib, bir vaqtning o’zida fanni anglash va o’quvchilarning axborot madaniyatini shakllantiruvchi vositasidir. Mediata’lim texnologiyasi amaliy ish hisoblanib, ta’lim jarayonida alohida o’quv kurslari va fanlarni birgalikda o’qitishga yordam beradi. Chunki, mediata’limning asosiy vazifasi xalqaro kommunikasiya olamida umumiy axborot ko’nikmalari, ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati, muloqot etikasi va estetikasini shakllantirishdan iborat. Mediata’limning o’ziga xosligi pedagogik nuqtai nazaridan quyidagilardan tashkil topgan:


- Mediata’lim pedagogik zaruriyat sifatida axborotni erkin talqin va idrok qilish natijasida paydo bo’ladi.
- Mediata’lim pedogogik paradigmani tashkil qildi. Pedagog va o’quvchi qabul qilinayotgan ma’lumot asosida teng huquqlidir. Pedagog o’rgatmaydi, ammo olingan ma’lumotni anglashning turli qatlamlarida, olamni anglashga yordam beradi.
- Mediata’lim o’qituvchisida zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanishning yuqori madaniyati shakllangan bo’lishi kerak.
- O’quvchi zamonaviy mass-medianing mexanik aspektlarida o’qituvchidan ko’ra ko’proq bilimga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun pedagog ta’limni jadallashtirish va uning samarasini oshirish uchun undan foydalanishni bilishi kerak.
Zamonaviy ta’limning o’zgarib borayotganligini aniqlaydigan asosiy omillardan biri bu tashqi mediamuhit ta’sirining oshib borayotganligidir. Hozirgi kunda informasion ta’lim muhitining muhim tomonlaridan biri mediakomunikasiyadir (ommaviy nashr, radio, kinomotograf, televideniya, radio, kompyuter, multimedia texnikalari). Mass-media – bu ommaviy axborot vositasidir. Og’zaki, ovozli va vizual ma’lumotlarni uzatish va markazlashgan holda tarqatishning tashkiliy-texnik majmui. Mass-media vositalariga matbuot, kino va televideniya kiradi. Zamonaviy o’quvchining hayotidagi mass-medianing rolini ko’rib chiqadigan bo’lsak, shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy mediakommunikasiya o’smir uchun nafaqat ta’limiy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumot manbai, balki uning dunyoqarashining shakllanishiga xizmat qiladigan omillardan biridir. Bu nafaqat turli mediamatnlarni passiv anglash orqali yuz beradi, balki birinchi navbatda ommaviy kommunikasiya tilidan foydalanib, o’zining matnlarini yaratish harakatida bo’lganda ma’lum bo’ladi4.
O’quvchi har kuni mediamatnlarga duch keladi. Ularni o’zlashtirish, tushunish, xususiy matn yaratish ularning informasion madaniyatining mavjudligidan darak beradi. Biroq informasion madaniyatning shakllanishi faqatgina o’qituvchi va o’quvchining aniq bir maqsadga qaratilgan ishida vujudga keladi. Shu yerda zamonaviy ta’lim jarayonida mediata’limning texnologiyalarni keng spektridan foydalanish va ishlab chiqishga bo’lgan talabi kelib chiqadi. Postindustrial jamiyatda informasion madaniyatga ega bo’lish bu kompyuter tarmoqlarida, kutubxonalarda mediatekalarda yo’nalishga va amaliy bilimlarga ega bo’lishdir. Informasion madaniyatning mavjudligi shuningdek maxsus qidirish, yetkazib berish, ma’lumotni qayta ko’rib chiqish va tahlil qilish metodi va texnologiyalarga ega bo’lishni bildiradi. Mediata’lim zamonaviy metodika va texnologiyalardan foydalanishga imkon beradi. Informasion madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi, pedagogik kompleksning ishlab chiqilishi va amalda qo’llanishi zamonaviy maktablarning dolzarb masalasidir.
Maktablarda mediata’lim texnologiyalarining ishlab chiqilishi va qo’llanilishi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bo’lishi mumkin:
– Integrasiyalashgan mediata’lim, ya’ni maxsus fanlardan mediata’limni
integrasiyalash maqsadida mediamatnlardan foydalanib, tanqidiy fikrlashni shakllantirish; - Zamonaviy mediaamaliyotni o’rganish – maktab bosma nashrlari ustida ishlash,
- Maktablardagi kino va telestudiyadagi montaj va videos’yomka negizini o’rganish.
Bu yo’nalishlarning uyg’unligi kompleks mediata’limni tashkil etadi, ya’ni mediatexnologiyaning butun bir ta’lim jarayoniga aktivlashtirish uchun ishlatiladi. Integrasiyalashgan mediata’lim o’quvchilarning tanqidiy fikrlashi shakllanishini batafsil ko’rib chiqamiz. Zamonaviy media materiallarni o’quv jarayonida qo’llash uchun ma’lumotni yig’ishdan va tekshirishdan tashqari tanqidiy fikr rivojlanishi uchun tahlil qilishni, berilgan xatolardan tipikni belgilashni va xulosa qilishni, ma’lumotlarga bo’lgan individual darajali ishonchni ishlab chiqishni, maxfiy mazmundagi informasiyalarning tanqidiy fikrlashlarining rivojlanish jarayonida ishga bo’lgan faoliyatini aniqlab beradi. Masalan, ekran obrazining sintetik xarakteri turli xil tipdagi ma’lumotlarni cheksiz imkonini bevosita darslarda yoki o’quv mashg’ulotlarida taqdim qiladi.
Bu yerda mediata’limning asosiy maqsadini bevosita amalga oshirishimiz mumkin, ya’ni o’quvchilarni hayotga, zamonaviy jamiyatga informasion loyihalar asosida tayyorlash, bu pedagogika fanlari doktori L.S.Zaznobinaning konsepsiyasi bo’yicha mediata’limning asosiy mazmunidir. Ta’lim jarayonining didaktik maqsadi nazaridan mediata’lim texnologiyalarini qullash bu shaxsning ijodiy potensialini amalga oshirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beruvchi universial jarayonidir. Ammo shuni unitmaslik kerakki pedagogik faoliyatning mavjudligi an’anaviy ta’lim jarayonidan farq qiladi.
1. O’qituvchi faoliyati sezilarli darajada o’zgarsada u nafaqat multimediya texnologiyasi borasida maxsus bilimlardan birinchi bo’lishi kerak, balki o’kuvchilarning shaxsiy ijodkorligini rag’batlantiruvchi maxsus pedagogik usullarni qo’llashi kerak.
2. O’quv tarbiya jarayonini ma’lum qismi o’quvchilarga bog’liq, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri uning faolligiga va shaxsiy qiziqishlariga tayanadi. Bu shaxslardan o’quv materiali, o’qituvchi va o’quvchidan faol munosabatni talab etadi. Dars o’tkazish texnologiyasini mustahkamlashda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ma’lumotni berish, ta’limni multimedia turlaridan foydalanishni nazorat qilish va sinf xonasida kichik o’zgarishlarga ham e’tibor berishni talab qiladi. Masalan, badiiy filmlarning natijasi bilan ishlashda quyidagilar aniqlandi:
1. Hayotiy darajani o’zlashtirish (Syujetning hayotiy motirovkalari bilan chegaralangan, personajlarning xalq-atvori).
2. Sosium darajasi (Personajlarning psixologiyasi, xarakteri, ijtimoiy darajasi haqida chuqurroq ta’rif berilgan fan)
3. Badiiy obraz darajasi (Ekran obrazi va uni tashkil etuvchi: ekran ko’rinishining xuddi matn tarzida ayrim ma’noli joylarini ajratib hikoya qilish, ularning o’zaro ta’siri haqida xarakteristika, aktyor, kadr, s’yomka xarakteri, yorug’lik, rang, montaj tanlash jarayonida qaratilgan alohida diqqat haqida to’liq xarakteristika berilgan)
4. Muallif konsepsiyasini tushinish darajasi (muallif qanday fikrni olg’a surmoqchi ekanligi haqida xulosani bera olish).
5. Muallif tomonidan yuzaga chiqarilayotgan muammolar va ekran asari asosida muallif konsepsiyasi bilan munozarali muloqot haqida shaxsiy konsepsiyasini vujudga kelish darajasi.
Filmni muhokama qilish uni xoxlagan darajasida bo’lishi mumkin-estetik ma’lumotning xususiyati shundaki, uni yeng yuqori darajada anglash ko’pincha osonroq, chunki ular idrokning azaliy xususiyatlari hali aniq bo’lmagan mifologlar, epik obrazlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Har bir o’smir ishning lo’nda natijasi o’zlashtirish yo’li bilan, idrokining rivojlanishiga olib keladi, bu estetik yo’l bilan isbotlangan. Pedagog uchun darslarda illyustrativ videomateriallarini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Bu yerda bir nechta aniq maslahat berishimiz mumkin, imkon boricha material tomoshobinda qiziqish uyg’otishi kerak (masalan, bolalar hali ko’rishmagan yoki eslaridan chiqarilgan film). Ammo ko’p hollarda fikr va qiziqishi turliligi sababli bir fikrga kelish mushkul shu joyda biz tushunish bilan bog’liq maxsus tushunish qurilmasiga ehtiyoj sezamiz. Tushunish qurilmasining 2 ta asosiy maqsadi bor: auditoriyani badiiy tushunishga yo’naltirish va kelajakda ko’rib chiqilmoqchi bo’lgan filmga maxsus kontekst topshirishi, ijodiy ishni quyidagicha tayyorlash uchun aniq mavzu berish:janrni aniqlash, taklif qilinayotgan fragmentni u yoki bu xususiyatlarni aniqlash, syujetning xususiyatlari, personojlarning xulq-atvori va h.k5.
Anglashni o’rganish bilan ishlash kommunikasion to’siqlarni yechish bilan uzviy bog’liq. Kommunikasion to’siqlarning vujudga kelishi haqida gapirsak, shuni bilishimiz kerakki, vujudga kelishi sohasini ko’pincha quyidagilar tashkil etadi: Audiovizual informasiyani qabul qilish; o’zaro muloqotlar – “o’qituvchi-o’quvchi” va “o’quvchi-o’quvchi”. Kommunikasion to’siqning tipologiyasi haqida gapirilganda, quyidagilarni eslatish lozim: anglash to’sig’i: tez va to’g’ri anglash, e’tiborning konsentrat davomiyligi kabilar bilan aniqlanadi.


1 Андреев А.А., Солдаткин В.И. Прикладная философия открытого образования: Пед. аспект. М.: РИЦ «Альфа» МГОПУ им. М.А. Шолохова, 2002

2 Андреев А.А., Солдаткин В.И. Прикладная философия открытого образования: Пед. аспект. М.: РИЦ «Альфа» МГОПУ им. М.А. Шолохова, 2002

3 Бондаренко Е.А., Журин, А.А. Состояние медиаобразования в мире//Педагогика. – 2002. - № 3

4 Маклюэн Г. Понимание медиа: внешние расширения человека. –2-изд. – М.: Кучково поле, 2008

5 Новые педагогические технологии и компьютерные телекоммуникации в системе образования/Под ред. Е.С.Полат. – М., 1998

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish