TA`LIM SIFATINI BOSHQARISHDA FRANSIYA TA’LIM TIZIMI TAJRIBASI
REJA:
1.Fransiyada ta’lim tizimining shakllanishi
2.Fransiyada olib boriladigan ta’lim siyosati
3.Fransiya ta’lim tizimida ta’lim bosqichlari
4.Fransiyaning O’zbekiston bilan ta’lim tizimidagi hamkorligi
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiya ta’limining asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlarining kamol topishini taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor munosabati sharoitida o`quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish va shunga xos kasbga yo`naltirishdan iborat. Boshlang`ich sinflardagi o`qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo`linadi.
Fransiyada boshlang`ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb etiladi. Fransuz maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va sport. O`quvchilar 11yoshda boshlang`ich maktabni tugallab o`rta maktabga o`tadilar.
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari:
• Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh
• Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh
• O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh
• Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim.
Fransiyaning butun ta‘lim tizimi uzoq tarixga ega.2004 yil 15 martda yangi -Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Uning o‘zgartirilishiga ta‘lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoit, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kiribkelishi, o‘quv predmetlaridagi integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingiqismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln.kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600ta litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir.Davlat hududida 7 mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |