Talabasi xamzayev javoxirni qurilish mexanikasi fanidan



Download 31,82 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2022
Hajmi31,82 Kb.
#326405
  1   2
Bog'liq
mexanika qurilish mustaqil ishi


O`ZBEKSTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI

TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI

BINO VA INSHOATLAR QURILISHI FAKULTETI

SIRTQI BO`LIMI 102 “B”-20 GURUXI

TALABASI XAMZAYEV JAVOXIRNI

QURILISH MEXANIKASI FANIDAN

Mustaqil Ishi

Mavzu: Ishqalanish kuchi.

Ishqalanish kuchini hisobga olgan holda biriktirilgan balkalardagi reaksiya kuchi


Ishqalanish kuchi.


Mexanikada o’rganiladigan yana bir kuch – bu ishqalanish kuchidir.Tepalikdan sirpanib tushayotgan chana gorizontal yo’nalishda o’tganda uning tezligi kamayib boradi va to’xtaydi.Demak, chana harakataing to’nalishiga qarshi kuch mavjud.Yerda turgan yukni tortib sudrash uchun ham qandaydir kuch ta’sir qiladi.

Bir jismning boshqa jism sirtida harakatlanishida paydo bo’ladigan va harakatga qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.


Stol ustida tahlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etishimiz kerak.Muz ustida harakatlanayotgan shayba,matori o’chirilgan avtomobil sekinlashib boradi va to’xtaydi.Avtomobilga tormoz berilsa u tezda to’xtaydi.Bu keltirilgan misollarda kitob bilan stol sirti , shayba bilanmuz sirti, avtomobil g’ildiragi bilan aylanish o’qi , shina va asvalt orasida ishqalaninsh kuchi vujudga keladi.Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkirlarni aylantiradi.
Ishqalaninsh kuchi hosil bo’lishining birinchi sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlarning g’adir-budirligidandir.
Hatto , juda silliq ko’rinadigan jismlarning sirtlarida ham g’adir – budirliklar va tirnalganjoylar bo’ladi.

Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda, bu g’adir – budirliklar bir-biriga ilashib harakatlanishga to’sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi.


Ishqalanish kuchi hosil bo’lishining ikkinchu sababi – bir – biriga tegib turadigan moleykulalarining o’zaro tortishidir.


Agar jismlarning sirti yahshilab silliqlangan bo’lsa , jismlar bir- biriga tekkanda ular sirtidagi moleykulalar bir-biriga juda yaqin bo’ladi.Bunda bir- biriga tegib turgan jism moleykulalar orasida tortish kuchlari sezilarli bo’ladi. Jismlarning bir - biriga ishqalaninsh hodisalarini uch turga bo’lish mumkin:tinshlikdagi (tinch holatdagi)ishqalanosh,sirpanish ishqalanishi va dumalash ishqalanishi.
Tinchlikdagi ishqalanish.

Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismlarning joyidan qo’zg’alishiga to’sqinlik qiladi.Bu kuch tinchlikdagi ishqalanish kuchidir.

Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo’yicha yuqoriga olib chiqish mumkin.Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinshlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi.

Pol ustida turgan yukni gorizontal yo’nalishda harakatga keltirish , ya’ni qo’zg’atish uchununga tinchlikdagi ishqalanish kuchiga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuch bilan ta’sir etishimiz kerak.

Yurganimizda oyoq kiyimning tag sirti bilan yer sirti o’rtasida tinchlikdagi ishqalaninsh kuchi hosil boladi.Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz.Ishqalanish kuchi Fi esa harakatimizyo’nalishida bo’lib ,miqdor jihatidan F kuchga teng.

Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tassavur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikni yo’lkachani misol qilib kentirishimiz mumkin.Bunda sportchi oldinga yugirmoqchi bo’lsa,yo’lka orqaga harakat qiladi.

Avtomobil shinasi ham yerni orqaga itaradi.Shina sirti bilan yer sirti orasida tinchlikdagi ishqalanish hosil bo’lishi tufayli g’ildirak avtomobili oldinga harakatlantiradi.

Tinchlikdagi ishqalanish kuchini gorizontal sirtga qo’yib , dinamometr bilan tortsak , jism joyidan qo’zg’almasada , dinamomertning ko’rsatkichi orta boradi va ma’lum maksimal F = Fi qiymatga yetganda jism joyidan qo’zg’aladi.

Jismning tinch holatdan harakatga kelishi paytidagi ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.

Sirpanish ishqalanishi.


Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanish vujudga keladi.Bunday ishqalanish sirpanish ishqalanishi deyiladi.
Masalan , chana qor ustida sirpanganda , stol ustidagi kitobni surganda sirpanish ishqalanishi hosil bo’ladi.

Og’irroq bir jismni dinamometrning quyruqchasiga taqib qo’yamiz va dinamometr yordamida tortib joyidan qo’zg’atamiz.Jism joyidan qo’zg’alish paytida dinamometrning ko’rsatkichi keskin kamayadi.Dinamometrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak , dinamometrning to’rsatishi o’zgarmay qoladi.Dinamometr ko’rsatishning ana shu o’zgarmas qiymati sirpanish ishqalanishi kuchuga teng bo’ladi.

Sirpanish ishqalanishi kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo’ladi.
Tajriba ko’rsatishicha , sirpanish ishqalanishi kuchi jismning og’irlik kuchiga proportsional bo’ladi.Nyutonning uchinchi qonuniga kora og’irlik kuchi Fog’ kattaligi jihatidan tayanchning reaksiya kuchi N ga teng.Demak,sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) Reaksiya kuchi N ga proporsional bo’ladi.




Download 31,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish