Talab qonuni. Taklif tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 1,39 Mb.
Sana14.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#362079
Bog'liq
Talab va taklif. Bozor muvozanati
25273485.a4, ovoz kuchaytiruvchi qurilmalar, 7-mavzu, asetilen olish texnologiyasi. kalsiy , Barbara Jordan - Statement on Impeachment Articles, Тема 6, theory history (1), TAQDIMOT ISHI, Klaster, aholi turmush darajasi korsatkichlari va shu masalani oqitish uslubiyoti, Oxford 3000 words list, Exercise yangi 3-5, ex-2, A.Qodiriy hayoti, Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon (roman)

MAVZU: Talab va taklif. Bozor

muvozanati

Ma’ruzachi: Ilasheva Yayra

REJA:
  • Talab tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar
  • Talab qonuni.
  • Taklif tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar.
  • Taklif qonuni.
  • Bozor muvozanati.

Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi

ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati

talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi.

Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.

Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon

bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir.

Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada

dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi

shakllanadi.

Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:

1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi.

2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining

yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli

guruhlarga bo’lish mumkin.

Talabning narxga bog’liqligi:

1.Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, haqiqatan ham kishilar kamroq xarid qiladi.

2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi.

Lekin iqtisodiyotda shunday holat yuz berishi mumkinki, bunda narxlar ortishi bilan talab

kamayishi o’rniga ortib boradi. Bu vaziyat Giffen effekti deb ataladi. Bunday tovarlar esa bu

holni tasvirlagan ingliz iqtisodchisi R o b e r t G i f f e n (1837 — 1910) nomi bilan Giffen

tovarlari deb ataladi.

Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq.

Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga

qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib

kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir.

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi.

Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga

erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi.

Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga

olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki

aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi

mumkin.

Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot

ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx

oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib

chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli

firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.

Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga

olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki

aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi

mumkin.

Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, ya’ni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi,

bozor uchun tabiiy bir holdir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab

tebranib turadi. Bu harakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz

bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi.

Tovarlar dunyosi

g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bog’liq qismlardan iborat. Ana shu turli tovarlar va

xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning ham miqdor, ham tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq

kelishi bozor muvozanati deyiladi.

birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi.Narxlarning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi.


Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni

o’zgarib turishi bozor narxlarini ham tebranishiga olib keladi.

Uchinchidan, raqobat kurashi. Har bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi.

Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak



Bozor muvozanatiga erishish:
Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash