O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Taekvondo WTF, Karate WKF nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi yig‘ilishining 2021 yil sentyabr oyidagi 2-sonli navbatdan tashqari yig’ilish BAYONNOMASI 9.09.2021 y. Chirchiq shahri Yig‘ilish raisi - Kafedra mudiri: B.Sh.Raxmatov
Yig‘ilish kotibi: J.A.Mannonov
Qatnashdilar: kafedra a’zolari (ro‘yxat ilova qilindi)
KUN TARTIBI: 1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi qaror va buyruqlari mazmun-mohiyati xususida.
Ma’ruzachi: B.Raxmatov Talabalar mashg’ulotlarga qatnashishi, davomati va o’qitish saviyasini oshirish masalalari.
Maruzachi: U.A.Alimov Turli masalalar
ESHITILDI: 1-masala bo‘yicha kafedra mudiri B.Sh.Raxmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabrdagi “Eksportchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6306-sonli Farmonida belgilandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6091-son Farmoni va 2021 yil 13-iyuldagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida”gi PQ-5184-son qaroriga asosan eksport bilan bog’liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidan Eksportni rag’batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga 200 million AQSh dollari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinganligi, 2021-yil 1-oktyabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, o’lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko’tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilishi, tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo’yicha Hukumat komissiyaga Eksportni rag’batlantirish agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan bog’liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlash va o’zgartirish kiritish huquqi berilishi haqidagi ma’lumot kafedra professor-o’qituvchilarga tushuntirib o’tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabrdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6307-sonli Farmonida belgilandiki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab: tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinishi va boshqa soliq turlari bo’yicha o’zgarishlarning mazmun moxiyati kafedra professor-o’qituvchilarga tushuntirib o’tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabrdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-5242-sonli Qarorida belgilandiki, Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasining Hukumati o’rtasida imzolangan Tojikiston-O’zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish tog’risidagi Bitim tasdiqlanganligi, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo’lgan vakolatli organ etib belgilanganligi haqidagi qarorning mazmun moxiyati kafedra professor-o’qituvchilarga tushuntirib o’tildi..
QAROR QILINDI: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi PF-6306-sonli hamda PF-6307-sonli farmonlari, PQ-5242-sonli Qarori haqidagi axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
ESHITILDI: 2-masala bo‘yicha kafedra o’qituvchisi U.A.Alimov Talabalar mashg’ulotlarga muntazam qatnashishlari, guruh davomatini muntazam ko’tarib borish kerakligi va ularning bilim saviyasini oshirish kerakligi haqida qisqacha to’xtalib o’tdi. Mashg’ulotlarga talabalar qoniqarsiz qatnashayotgan hamda o’zlashtirish darajasi ancha past talabalarga qat’iy chora ko’rish kerakligi, bundan ularning ota-onalarini habardor bo’lishlari uchun uy manzillariga dekanat tomonidan ogohlantirish xati jo’natishlari kerakligi haqida gapirdi.
SO‘ZGA CHIQDI: kafedra dotsenti Sh.Nuritdinova 2-masala yuzasidan qo’shimcha qilib, talabalar dars mashg’ulotlariga formasiz kelishayotganlari haqida gapirib, guruh rahbarlari talabalarini ogohlantirishi haqida to’xtalib o’tdi.
QAROR QILINDI: Axborotlar inobatga olinsin. Mashg’ulotlarga qatnashish davomati past talabalar uy manziliga ogohlantirish xati jo’natilsin va yuqoridagi masalani nazoratga olish uchun guruh murabbiylari zimmasiga yuklatilsin.