Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi. Reja



Download 20,99 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi20,99 Kb.
#688240
Bog'liq
dokument microsoft word 3


Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi.


REJA:
1.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari.
2.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni.
3.Tabiiy rеsurslarga nisbatan davlat mulk huquqi.


1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida, er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir leb qayd etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yuli bilan hal etgan.Tabiiy rеsurslar boshqa mol-mulk kabi O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.
O`zbekiston Respublikasi hududidagi , er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo habzasiga nisbatan mulk huquqi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi Er kodeksida va tabiiy resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda belgilangan.
Mulk huquqi tabiiy resurslarni kimga tetishliligini vf mulkdorlarning tabiiy nisbatan vakolatlarini anglatadi. Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulky huquq ob`ektkariga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namayon bo`ladi.
Tabiiy rеsurslarga er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ekologiya huquqi ob`ekti bo`lib, faqat tabiiy ob`ektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi ob`ektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy rеsurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo havzasi bo`shlig`I respublika mulki hisoblanadi.
Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulrchilik masalasi Er kodeksining 16- va 18-moddalarida, er osti boyliklari to`g`risidagi, Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonunlarning 3- moddasida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi qonunning 19- moddasida mustahkamlangan.
O`zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya`ni Er kodeksining 18- voddasida ko`zda tutilgan er uchastkalari jismoniy vf yuridik shaxslarning mulki bo`lishi mumkin.
Tabiiy ob`ektlar bilan mulkning bizni o`rab turgan tabiiy muhitdan ajralmaslik xususiyatiga mos ravishda tabiiy va ijtimoiy o`rtasidagi farq belgilanadi.
Tabiiy ob`ekt bir vaqtning o`zida ham tabiiy ob`ekt, ham mulk bo`lib qolaveradi vfa uni atrof muhitdan ajratib bo`lmaydi.Ekologik bog`liqlikning bunday yuqotilishi tabiiy zahiralarga nisbatan mulkchilikning to`xtatilishiga va qonuniy asoslar bo`lganda moddiy va ashyoviy boyliklarga nisbatan mulrchilik huquqining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ammo bunda faqat qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof tabiiy muhitdan chiqarilib olinsa, u foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, “hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunning 16- moddasida foydalanuvchilar tutib olingan hayvonot dunyosi ob`ektlariga nisbatan mulk huquqiga egadirlar. Bunda, usbu qonunning 3-moddasiga asosan davlat mulki bo`lgan ob`ekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi.
O`zbekiston Respublikasining Er kodeksining 28-moddalarida shunday deyiladi: “O`zbekiston Respublikasida erdan foydalanganlik uchun haq to`lanadi. O`z egaligida vf foydalanishida hamda mulkida er uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchun haq to`laydilar. Er uchun haq har yili to`lanadigan er solig`I shaklida olinadi, uning miqdori er uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta`minlanish darajasiga qarab bekgilanadi.
Er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy boyliklar-tabiatning asosiy ob`ektlari-asosan davlat mulkini tashkil etadi.
Er, er osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, nabobat va hayvonot dunyjsiga nisbatan yagona mulkchilik huquqi tabiiy ob`ektlarni davlatdan ajratib bo`lmasligi shart qilib qo`yiladi. Bu ob`ektlarning belgilangan narxi, bahosi yuq, shu sababli mahsulot yoki pul shaklidagi ekvivalenti mavjud emas.Qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214 moddasi tabiiy resurslarni davlat ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki ob`ektlari sifatida ko`zda tutilgan. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining sub`ekti davlatdir.
Er uchastkalariga bo`lgan mulk huquqining sub`ektlari bo`lib, er va boshqa ko`chmas mulkdan maxsus yunalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining ob`ektlari tabiiy resurslar hisoblanadi.
2. Mulk huquqi keng ma`nodagi ashyoviy huquq bo`lib, huquq egasi, ya`ni mulkdorlarga “o`ziga tetishli mulklardan foydalanish mazmuni va yunalishini faqat o`zi belgilashi hamda ular ustidan to`liq “xo`jalik hokimiyatini” amalgam oshirish” huquqini beradi.
Mulrdorning qonuniy huquqlarini uchlik sifatida, ya`ni egalik qilish foydalanish hamda idora qilishga ajratish an`anaviy hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164- moddasiga asosan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi.
Tabiiy resurslar davlat mulki bo`lganligi uchun mulkdorning huquqlarini amalga ohsirish ma`lum bir xususiyatlarga ega.
1.Tabiiy resurslarga mulk huquqini mazmuni ham, fuqarolik huquqiy normalar ham ekologiyak huquqiy normalar bilan belgilanadi.
2.Barcha tabiiy resurslar, xucuciy mulk qilib ajratilgan er uchastkalarini istisno qilgan holda, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo`lishidan qat`iy nazar davlat mulki fisoblanadi,ya`ni davlatning egaligi saqlanib qoladi.
3. Davlat tabiiy resurslardan bevosita foydalanishni amalga oshirmaydi, ulardan foydalanish huquqini tartibi va shartlarini beigilaydi. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi har xil shaklda (egalik, foydalanish, ijara) yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.Shunday foydalanish uchun davlat o`rnatilgan soliqlar vf to`lovlarning davlat foydasiga undiradi.
4.Aksriyat hollarda tabiiy resurslarni tasarruf etish natijasida davlat egalik huquqini you`qotmayda va tasarruf etish, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza etishni tashkil qilishga qaratilgan.
5. Davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali amalgam oshiradi. Tabiiy resurslarni muhofaza etish va foydalanishning davlat boshqaruvi avvalambor tabiiy resurslarning tasarruf etishga you`naltirilgan. Shu jumladan, vakolatli davlat organlari tabiiy resurslarni foydalanishga ajratadilar va foydalanuvchilardan qaytarib oladilar, foydalanish maqsadlarini belgilaydilar.Masalan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, mahalliy davlat horimiyat organlari Er kodeksining 4-,7-moddalariga muvofiq erlarni yuridik va jismoniy shaxslarga ajratib berish va qaytarib olish vakolatlariga egalar.

Аdаbiyotlаr.


1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m.

3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.


4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m.
16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000.
5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni.
6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992.
8.Ayubov U.T.Lishenie,ogranichenie i priostanovlenie prav svyazannx s prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str.
9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999.
9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998.
Download 20,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish