Tabiatdagi barcha jonli mavjudot juda murakkab kompleks tuzilishiga EGA



Download 19,7 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi19,7 Kb.
#333355
  1   2
Bog'liq
Charlz Darvin yozgan edi


Charlz Darvin yozgan edi: “agar mayda, bosqichma-bosqich o‘zgarishlar oqibatida yangi murakkab organizmning shakllanishi mumkin emasligi isbotlanadigan bo‘lsa, mening nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi.” Ushbu kitobni o‘qib, siz Darvinning xavotiri asosli bo‘lgani, evolyutsiya nazariyasi to‘la halokatga uchraganini anglab yetasiz.
Tabiatdagi barcha jonli mavjudot juda murakkab kompleks tuzilishiga ega.

Qushlarning qanoti tuzilishi va ko‘rshapalaklarning lokatsion tizimlarini, chivin qanotlari tuzilishini, shuningdek, yuz minglab boshqa ob’ektlarni o‘rganib, biz har yerda mukammal, buyuk g‘oya va ajoyib yaxlitlikni ko‘ramiz. Bu esa bizning ko‘z o‘ngimizda yaqqol haqiqatni ochib beradi: Yer yuzidagi barcha jonli mavjudotlar Oliy Yaratuvchi tomonidan yaratilgan.

XIX asrda ilgari surilgan Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi tabiatning Ilohiy yaratilish haqiqatini inkor qilib, tabiatdagi butun bu mukammal reja va g‘oya “tasodifan va o‘z-o‘zidan” yuzaga kelgan deya ta’kidlardi. Bu nazariyaga muvofiq, Yerda hayot paydo bo‘lishiga “sodda organizmlarning bosqichma-bosqich rivojlanish va takomillashish” mexanizmi manba bo‘lib xizmat qilgan.

Ammo XX asrning ilmiy kashfiyotlari jonli organizmlarning takrorlanmas murakkabligi va uyg‘unligini “bosqichma-bosqich rivojlanish” mexanizmi yordamida izohlash mumkin emasligini aniq-ravshan ko‘rsatdi. Jonli organizmdagi hatto bitta organ yoki tizimning yo‘q bo‘lishi uni mutlaqo jonsiz tanaga aylantirib qo‘yadi. Jonli organizmlardagi “ajratib bo‘lmas yaxlitlik” hayotning o‘z-o‘zidan tug‘ilishi mumkin emasligini ko‘rsatdi va hayotning Ilohiy kelib chiqishini isbotladi.

Ushbu kitobda hayot Oliy Yaratuvchi tomonidan yaratilgani ochiq-oydin ekanligini qat’iy isbotlovchi inkor etib bo‘lmas faktlar keltirilgan.

Kirish
“U yaratib, raso qilib qo‘ygan…” (Qur’on, 87:2)

Aspirin tabletkasini tasavvur qiling va siz darhol u chiziq bilan teng ikkiga bo‘linganini eslaysiz. Bu chiziq dorini ichayotgan kishi istasa uni ikkiga bo‘lib iste’mol qilishi uchun o‘ylab topilgan. Atrofimizni o‘rab turgan barcha narsalar aspirin tabletkasidek sodda ko‘rinishga ega bo‘lmaganiga qaramay, bularning hammasi, — bizni ishga olib boradigan avtobusdan tortib, uyimizdagi televizorning masofadan boshqaruvchi pultgacha, — dastlabki reja, loyiha asosida yasalgan.

Loyiha (ya’ni reja) — turli miqdordagi katta-kichik, har yoqqa sochilgan tarkibiy qismlarni aniq maqsad bilan bir joyga to‘plash borasidagi tartibli ma’lumotdir. Agar ushbu ta’rifni asos qilib olsak, avtomobil ham shunday g‘oyaning ro‘yobga chiqishi bo‘lganini tushunish qiyin emas. Bu g‘oya aniq maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan: odamlar va yuklarni tashish. Buni ijro etish uchun zavodda loyiha ishlab chiqiladi va motor, shinalar va kapot bir butun qilib jamlanadi.

Ho‘p, yaxshi, jonli mavjudotlar borasida nima deya olamiz? Qush, uning uchish mexanizmi avvaldan loyihalashtirilgan bo‘lishi mumkinmi? Ushbu savolga javob berishdan avval, keling, qushni ham xuddi avtomobil singari ko‘rib chiqaylik. Bu yerda asosiy maqsad parvoz qilish hisoblanadi. O‘pka ichidagi quruq suyaklar ham, ana shu suyakchalarni harakatlanishga majbur qiluvchi kuchli ko‘krak qafaslari ham, qushni havoda ushlab turuvchi patlar ham aynan shunga qaratilgan. Qanotlar aerodinamik xususiyatlarga ega, qush organizmidagi modda almashinuvi esa uning energetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda qurilgan.

Agar qushlarni bir chetga qo‘yib, boshqa jonli mavjudotlarni tadqiq qilsak ham, huddi shu qonuniyatga guvoh bo‘lamiz. Har bir jonzot eng mayda jihatlarigacha o‘ylab chiqilganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Tadqiqotimizni davom ettiradigan bo‘lsak, siz ham o‘sha G‘oyaning amaliy ifodasi ekanligingiz haqida xulosa qilish mumkin. Ushbu sahifalarni varaqlayotgan qo‘llaringiz shu qadar ko‘p funktsiyalarni bajaridiki, hech qanday robot buning uddasidan chiqa olmaydi; ushbu satrlarni o‘qiyotgan ko‘zlaringiz sizga shu qadar aniq va tiniq ko‘rish imkonini beradiki, buni dunyodagi eng mukammal kamera ham bajara olmaydi.

Shu tariqa, siz bir xulosaga kelasiz: tabiatdagi barcha jonzotlar, shu jumladan, siz ham avvaldan o‘ylangan, rejalashtirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, olamda haddan tashqari Aqlli va Kuchli, Yakkayu Yagona Yaratuvchi borligini, u barcha jonzotlarni O‘zi istaganidek yaratganini, demakki, bu tabiat ustidan hukmronlik qilishini anglatadi.

Faqat XIX asrda ishlab chiqilgan evolyutsiya nazariyasigina bu real dalillarni inkor etadi. Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asarida bayon etilgan bu nazariyaga tasodiflar zanjiri tufayli keyinchalik bir-biriga o‘xshamay qolgan jonli mavjudotlar kelib chiqqan, degan fikrni ilgari suradi.

Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundaki, barcha jonli organizmlar asta-sekin, sezilmasdan o‘zgarib boradi. Agar bu tasodifiy o‘zgarishlar jonzotlardan birortasiga afzallik keltirsa, u o‘zi singari qolgan barcha jonzotlarga nisbatan yaxshiroq sharoitga ega bo‘ladi, uning avlodi ham mazkur afzal jihatga ega bo‘ladi. Shu tariqa, yangi tur paydo bo‘ladi.

Mana 140 yildirki, xayvonot dunyosi paydo bo‘lishi va rivojlanishiga berilgan bu izoh ilmiy asoslangan va ishonchli hisoblanadi. Ammo, agar Darvin nazariyasiga yaxshiroq razm solib, u jonli mavjudotlarni yaratishda qo‘llangan aniq reja, g‘oya mavjudligini tasdiqlovchi misollar bilan solishtirilsa, mutlaqo boshqa manzara paydo bo‘ladi: darvinizmda bayon etilgan hayotning kelib chiqishi haqidagi g‘oya umuman bir-biriga qarama qarshi berk ko‘chadan boshqa narsa emas.

Dastavval, “tasodifiy o‘zgaruvchanlik” muammosini ko‘rib chiqaylik. Evolyutsiya nazariyasi paydo bo‘lgan vaqtlarda genetika fani hali shakllanmaganligi bois, Darvin bu hodisaga batafsil tushuntirish bera olmagan. Genetika bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari aynan shu masalaga taalluqli mutatsiyalar tushunchasini taklif qilishdi. Mutatsiyalar — bu jonli mavjudotlar genida yuzaga keladigan tasodifiy uzilishlar va shart-sharoitlarning turli-tuman o‘zgarishidir. Eng muhimi shundaki, hozirgi kunimizgacha ham jonli mavjudotlarning genetik ma’lumotlarini rivojlantiradigan yoki yaxshilaydigan birorta mutatsiya kuzatilgani yo‘q. Mutatsiyalarning deyarli barcha mashhur misollari yo jonli mavjudotlarda kasallik yoki nomukammallik uyg‘otadi, yo umuman namoyon bo‘lmaydi. Kelib chiqadiki, yuqoridagi o‘zgarishlar mutatsiyalar yo‘li bilan sodir bo‘lishi mumkin, deb o‘ylash — go‘yo odamlarga to‘satdan olov purkalsa, yangi mukammalroq individ paydo bo‘ladi, deb umid qilish bilan barobar. Qisqasi, bu shunchaki adashish xolos.

Biroq masalaning yana ham muhimroq tomoni bor. Barcha ilmiy ma’lumotlarga qaramay, faraz qilaylik, qandaydir mutatsiya ma’lum bir jonli organizmga ijobiy jihat kasb etish uchun imkon berdi. Ammo hatto shunday faraz ham darvinizmni qutqarib qola olmaydi. Boisi — “tizimlarning bo‘linmasligi” deb ataluvchi tushunchadir. Buning ma’nosi shuki, jonli mavjudotlarning aksariyat organ va tizimlari o‘z funktsiyasini ko‘p hollarda bu tizimga mutlaqo dahli yo‘q organlar mavjud bo‘lgandagina bajaradi. Lekin, agar ulardan birortasi yoki organning qandaydir qismi yetishmasa yohud shikastlansa, asosiy organ o‘z funktsiyasini bajara olmay qoladi.

Masalan, inson qulog‘ining tashqi ovozlarni qabul qilish jarayoni juda ko‘p miqdordagi kichik-kichik organlarning o‘zaro uyg‘un zanjirli reaktsiyasi yordamidagina yuz beradi. Agar bu zanjirdan bittasi, masalan, o‘rta quloq yuzasidagi bolg‘acha chiqarib tashlansa yoki shunchaki quloq tuzilishi o‘zgartirilsa, siz umuman eshitmay qo‘yasiz. Quloq eshitishi uchun quloq devori, bolg‘acha, burma yuza, shovqin o‘tuvchi yo‘lakcha, eshitish suyaklari, boshqa tegishli organlarning mavjud bo‘lishi va o‘ta tartibli ravishda ishlashi talab etiladi. Bu tizim bosqichma-bosqich o‘zgarishi va rivojlanishi mumkin emas, chunki rivojlanishning har qanday bosqichi uning ishiga to‘sqinlik qiladi.

Demak, aynan “tizimlarning bo‘linmasligi” tushunchasi Darvin nazariyasini butun o‘zagi bilan vayron qiladi. Eng qizig‘i shundaki, Darvinning o‘zi ham mazkur muammo mavjudligi tufayli qandaydir xavotirni his etgan. O‘zining “Turlarning kelib chiqishi” kitobida u yozadi:

“Agar umumiy (kompleks) organning bir-biriga bog‘liq juda ko‘p sonli mayda o‘zgarishlar yo‘li bilan shakllanishi mumkin emasligi yuzaga chiqsa, mening nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi. Ammo men hali bunday organni ko‘rmadim…”1

Balki, XIX asrdagi ilm-fanning sodda bosqichlarida bo‘lgan Darvin bunday organni topmagan yoki topishni istamagandir. Biroq XX asr fani jonli mavjudotlarni eng mayda qismlarigacha tadqiq qilib chiqdi va jonzotlarning ko‘pchiligi “tizimlarning bo‘linmasligi” xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. Shu sababli ham, Darvin nazariyasi, uning o‘zi xavotirga tushganidek, “butunlay inqirozga yuz tutgan”. Ushbu kitobda biz mavjud ekanligi bilan Darvin nazariyasini inkor qilish imkonini beradigan ayrim jonli mavjudotlarni ko‘rib chiqamiz. Bunday tizimlar qo‘shlar qanotida ham, bakteriyalarda ham, ko‘rshapalak bosh suyagida ham bor. Ularni tadqiq qilar ekanmiz, biz yuqoridagi nazariyaning naqadar xato ekanligini ko‘ramiz. Ikkinchi tomondan, ushbu tizimlar yaratilishida naqadar yuksak bilim darajasidan foydalanilganiga guvoh bo‘lamiz.

Shu tariqa, biz Allohning mukammal ijodi dalillarini ko‘ramiz. Buyuk Parvardigorning aynan yaratuvchilik qudrati, nazokati va nafosati Qur’onning quyidagi oyatida ifodalangan:

«U – Alloh yaratguvchidir, (yo‘qdan) bor qilguvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl berguvchidir. Uning go‘zal ismlari bordir. Osmonlar va yerdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.» (Qur’on, 59:24)




Download 19,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish