Suyaklarning o'zaro birlashishi



Download 15.22 Kb.
Sana18.08.2021
Hajmi15.22 Kb.

SUYAKLARNING O'ZARO BIRLASHISHI
Til suyagidan boshqa hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi.Jumladan uzluksiz (harakatsiz) birlashish va harakatchan birlashish.

Uzluksiz birlashishda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar yoki tog'aylar bilan birlashib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashishlarni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashishlar uch xil bo'ladi.

1.Suyaklarning tolali biriktiruvchi to'qimasi turlicha bo'lib, suyaklar keng parda (suyaklararo parda) holida yoki tutam (boylam) joylashadi. Bundan tashqari, bosh suyaklarining ko'pchiligi yupqa biriktiruvchi to'qima parda yordamida chok hosil qilib birlashadi.2.Suyaklar o'zaro tog'aylar yordamida birlashadi. Bunda suyaklar bir tomondan bir oz harakatchan bo'lib, ikkinchi tomondan suyak oralig'idagi tog’ay amortizator vazifasini bajaradi.

3.Suyaklar oralig'idagi yupqa parda suyaklanib ketadi. Natijada bir lyak birlashib, butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan, dumg'azalari yosh bolalarda tog'ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda suyaklanib bitta dumg'aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla skeletini tepa suyaklari yosh bolalarda parda bilan birlashsa, katta odamlarda suyaklararo parda suyaklanib ketadi. Odatda, suyaklarning yarim hirlashishlari ham uchrab turadi. Bu xildagi birlashishlarda suyakning oraliq tog'aylarida bir oz bo'shliq bo'ladi. Qovuq suyaklarining birlashishi bunga misol bo'la oladi.


Bo’g’im va suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o'rtada bo'shliq qoldirib birlashishiga bo'g'im deyiladi. Bo'g'im hosil bo'lishi uchun quyidagi shartlar lozim:

1.Bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyaklarning bir-biriga mos yuzalari bo'lishi shart. Agar suyaklarning bo'g'im yuzalari shakl jihatidan moslashmagan bo'lsa, bo'g'im harakatiga xalaqit beradi. Lekin gavdada bo'g'im yuzalari o'zaro moslashmagan hollar ham uchraydi, bunday hollarda ularni tog'aylardan tuzilgan turli shakldagi plastinkalar moslashtirib turadi.

2. Suyaklarning bo'g'im hosil qiluvchi yuzalari tog'ay plastinkasi bilan qoplangan bo'ladi. Bu bo'g'imlarni bo'g'im xaltasi o'rab turadi.

3. Bo'g'imlar to'qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustahkamlangan bo'ladi.

4. Bo'g'im xaltasi ichida, o'zaro birlashuvchi suyaklar oralig'ida bo'g'im bo'shlig'i va ularda tiniq — sinovial suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo'g'im yuzalarini namlab turadi va ishqalanishdan saqlaydi. Bo'g'imlar harakati suyaklardagi bo'g'im yuzalarining shakliga bog'liq. Odatda, bir suyakning bo'g'im hosil qiluvchi uchi sharsimon bo'lsa, ikkin­chi suyakning uchi shunga yarasha botiq yoki suyakning uchi silindr shaklida bo'lsa, ikkinchisida shunga moslangan kemtik bo'ladi va hokazo.

5. Bo'g'im hosil qiluvchi suyak boshchalarining tolalari tog'ay to'qima­si bilan qoplangan bo'ladi. Bo'g'im yuzalari mos kelmasa, unda yarim-oysimon disklar bo'g'im yuzalarining chetlarida tog'ay lablar bilan moslashadi.


Demak, bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga qarab, ularning harakatlari aniqlanadi. Odam organizmida bir o'qli, ikki o'qli va ko'p o'qli bo'g'imlar bo'ladi. Masalan, ba'zi bo'g'imlar bir o'q atrofida harakat qilsa, tirsak va barmoqlar bo'g'imi faqat bukilib-yoziladi. Bunday bo'g'imlarni tashkil qilgan suyaklar uchi g'altak yoki silindr shaklida bo'ladi.

Ikki o'qli bo'g'imlarda (bilak suyagi bilan kaft suyaklari o'rtasidagi bo'g'im) suyaklardan bittasining uchi tuxumsimon yoki egarsimon bo'lib, ikki tomonlama harakat qiladi. Ko'p o'qli bo'g'imlarda (yelka bo'g'imi) suyak uchi sharsimon bo'lib, har tomonlama harakatlanadi.

Organizmdagi bo'g'imlarning to'rt xil harakati tafovut qilinadi:

1. Frontal (ko'ndalang) o'q atrofida faqat bukish va yozish mumkin.

2. Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o'q atrofi­da tanaga yaqinlashish yoki tanadan uzoqlashish harakati vujudga keladi.

3. Doira hosil qilib aylanish.

4. Bo'g'im o'z o'qi atrofida burilish harakatini qiladi.

Bulardan tashqari, kam harakatli yassi bo'g'imlar suyaklarning bo'g'im (qov suyaklarining birlashishi, umurtqa tanalarining o'zaro birlashishi) ham uchraydi.



Ikkita suyakning birlashishidan vujudga kelgan bo'g'imlar oddiy bo’g'imlar, uchta va undan ko'p suyaklar ishtirokida hosil bo'lgan bo'g'im-murakkab bo'g'imlar deb ataladi. Ikkita bo'g'im (pastki jag' bo'g'imi)hamkorligida bitta harakatchan bo'g'im vujudga kelsa, bunday bo'g'im-kombinatsiyalangan bo'g'imlar deyiladi.
Download 15.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat