Navoiy Education
SUDRALIB YURUVCHILAR SINFILARI
1. Qoyidagi qaysi organizmlarni eshitish organlari ichki,o’rta bo’limlardan iborat?
A)Zog’ara, laqqa, oqamur B)Baqa, triton, qurbaqa
C)Baqa, kojan, kaltakesak D)Sayg’oq, it, mushuk
2. Tangachalilar turkumining vakillari to’g’ri berilgan javobni belgilang?
A)Turkiston agamasi,gekkon, sariq ilon
B) Kulrang sadafdor, gekkon, sariq ilon
C) Kojan,taqaburun, shomshapalak
D) Kaltakesak, protoavis, sariq ilon
3. Ko’lvar ilon qaysi organizmlar bilan oziqlanadi?
A)Qushlar, kemiruvchilar, kalta-kesaklar
B)Qushlar, kemiruvchilar, jo’jalar
C)Qushlar, jo’jalar, kaltakesaklar
D)Qushlar, kemiruvchilar, yosh ilonlar
4. Timsohlar turkumiga mansub hayvonlarni ko’rsating?
A)Echkiemar, aligatorlar
B)Pterodaktellar, cho’l agamasi
C)Gavialalar, aligatorlar
D)Gavialalar, Turkiston agamasi
5. Qaysi ilonlar issiqlikni uzoqdan sezish organi bo’ladi?
A)Kapcha ilon, ko’lvar ilon B)Qum bo’g’ma iloni, suv ilon
C)Bo’g’ma ilon, shaqildoq ilon D)Chipor ilon, kapcha ilon
6. Quyidagi qaysi ilonlar zaharli bo’ladi?
A)Kapcha ilon, ko’lvar ilon
B)Qum bo’g’ma iloni, suv ilon
C)Qum bo’g’ma ilon, shaqildoq ilon
D)Chipor ilon, kapcha ilon
7. Quyidagi qaysi ilonlar zaharsiz bo’ladi?
A)Kapcha ilon, ko’lvar ilon
B)Qum bo’g’ma iloni, qalqontumshuq ilon
C)Qum bo’g’ma ilon, kobra iloni
D) Qum bo’g’ma iloni, suv ilon
8. Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u nimalar bilan oziqlana boshlaydi?
A)Mayda suv o’tlari va baliq chavoqlari
B)Bir hujayrali hayvonlar va mayda qisqichbaqasimonlar
C)Suv o’tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar va bir hujayrali hayvonlar
D) Baliq chavoqlari va suv o’tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar
9. Qalqontumshuq ilonni qaysi joylarda uchratish mumkin?
A) Toshkent va Samarqand viloyatlari cho‘llarida, Mirzacho‘l va Xorazm tog‘ etaklari
B) Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari tog‘ etaklari, Mirzacho‘l va Xorazm cho‘llarida
C) Toshkent va Samarqand viloyatlari tog‘ etaklari, Mirzacho‘l va Xorazm cho‘llarida
D) Xorazm va Samarqand viloyatlari tog‘ etaklari, Mirzacho‘l va Toshkent cho‘llarida
10. Ilonlarga xos xususiyatni belgilang?
A) Ilonlarning oyog‘i bo‘lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg‘alari-ga tayangan holda harakatlanadi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo‘lmaydi.
B) Ilonlarning oyog‘i bo‘lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg‘alariga tayangan holda harakatlanadi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo‘ladi.
C) Ilonlarning oyog‘i bo‘lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg‘alariga tayanmagan holda harakatlana-di. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo‘lmaydi.
D) Ilonlarning oyog‘i bo‘ladi. Ular gavdasini egib, qovurg‘alariga tayangan holda harakatlanadi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo‘lmaydi.
11. Baqaning hazm qilish organlarini ketma ketlikda berilgan javobni toping?
A) Og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, halqum, oshqozon va ichak, kloaka
B) Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichak, kloaka
C) Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, oshqozon va ichak,kloaka
D) Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, jig’ildon, oshqozon va ichak, kloaka
12. Dumsizlar turkumini vakillari to’g’ri berilgan javobni ko’rsating?
A)Triton va salamandralar B)Salamandra va baqalar
C)Qurbaqa va baqalar D)Qurbaqa va tritonlar
13. Tangachalilar tukumi to’g’ri berilgan javobni belgilang?
A)Qurbaqa va tritonlar B)Gekkon va echkemarlar
C)Aligator va gavialalar D)Triton va salamandralar
14. Toshbaqalar tukumi to’g’ri berilgan javobni belgilang?
A)Triton toshbaqasi va salamandra toshbaqasi
B)Gekkon toshbaqasi va echkemar toshbaqasi
C)Aligator toshbaqasi va gavialalar
D)Botqoq toshbaqasi va dengiz toshbaqasi
15. Dumlilar turkumini vakillari to’g’ri berilgan javobni ko’rsating?
A) Salamandra va baqalar B) Triton va salamandralar
C)Qurbaqa va baqalar D)Qurbaqa va tritonlar
16. Ko’zi va hid bilish organi yaxshi rivojlangan?
1)Nil timsohi 2)Botqoq toshbaqasi 3)Cho’l toshbaqasi 4)Gavialalar 5)Dengiz toshbaqasi 6)Aligatorlar
A)1,2,4 B)2,3,5 C)3,4,6 D)1,2,3
17. Timsohlar bilan ular tarqalgan joylarni belgilang?
1) Nil timsohi 7 m , 2) Alligatorlar 6,5 m 3) Gavialalar 6,5 m a) Amerika , b) Hindiston , s) Afrika
A) a-1, b-2, s-3; B) a-3, b-1, s-2;
C) a-2, b-3, s-1; D) a-1, b-3, s-2.
18. Baqaning oldingi oyog’lar (yelka kamari) suyaklarini ko’rsating?
1)Bitta yelka 2)Ikkita ko’krak-tirgak 3)Ikkita bilak 4)Bir qancha panja suyaklaridan 5)Ikkita umrov 6)Bir juft kurak suyagi
A)1,3,4 B)3,5,6 C)2,5,6 D)2,4,6.
19. Ko’krak umurtqalari, qovurg’alar va …… birgalikda ko’krak qafasini tashkil etadi?
A)Yelka suyagi B)Umrov suyagi
C)To’sh suyagi D)Kurak suyagi
20. Baqaning yurak qorinchasida (1), chap bo’lmachasida (2), o’ng bo’lmachasida (3) qanday qon bo’lishini belgilang?
a)Arteriya qoni b)Aralash qon s)Vena qoni
A)1-a,2-a,3-s B)1-b,2-s,3-a C)1-b,2-a,3-s D)1-a,2-b,3-s
21. Baqalarning oldingi oyoq skeletini belgilang?
1)Bitta yelka 2)Ikkita ko’krak-tirgak 3)Ikkita bilak 4)Bir qancha panja suyaklaridan 5)Ikkita umrov 6)Bir juft kurak suyagi
A)1,3,4 B)3,5,6 C)2,5,6 D)2,4,6
22. Tuxumlaridan chiqqan itbaliq dastlab nima hisobiga yashaydi?
A)Tuxumdan qolgan oziq moddalar B)Sariqliq
C)Oqsil qobig’ D)Tuxum oqsili va sariqlik
23. Qaysi ilonlar turli qushlar va ularning jo’jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi?
A)Qum bo’g’ma iloni B)Chipor ilon
C)Ko’lvar ilon D)Suv ilon
24. Kaltakesaklarning bosh miyasining qaysi qismi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikidan yaxshi rivojlangan?
A)Uzunchoq miya B)O’rta miya
C)Oraliq miya D)Miyacha
25. Qaysi ilon chaqqanda badanda kuchli og’riq paydo bo’ladi lekin ko’pincha odam tuzalib ketadi?
A)Qalqontumshuq ilon B)Charx ilon
C)Kapcha ilon D)Ko’lvar ilon
26. Quyidagi qaysi ilonni zahari o’ta zaharli?
A)Qalqontumshuq ilon B)Charx ilon
C)Kapcha ilon D)Ko’lvar ilon
27. Kloakasi rivojlangan hayvonlarni belgilang?
1)Triton 2)Salamandra 3)Silovsin 4)Yaguar 5)Baqa 6)Arslon
A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,5 D)1,3,6
28. Toshbaqalar tanasi qaysi tomonidan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa qalqon bilan qoplangan?
A)Faqat orqa B)Orqa va qorin
C)Bosh va qorin D)Orqa va yon
29. Yuragi uchta kameradan iborat hayvonlarni belgilang?
1)Oqcha baliq 2)Triton 3)Tiriktug’ar shillig’ 4)Krevetka 5)Salamandra 6)Zaxkash 7)Tok shillig’i 8)Qurbaqa
A)1,2,3, B)2,3,6 C)2,5,8 D)2,4,7
30. O‘pka va teri orqali nafas oladi organizmlarni belgilang?
A)Triton,sariq ilon B) Qurbaqa,baqa
C)Salamandra,timsoh D)Timsoh,jiblajibon
Do'stlaringiz bilan baham: |