Ssenariy tushunchasi va uni yaratishdagi ish bosqichlar. Ssenariyda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan manbalarni qo'llash



Download 19,22 Kb.
Sana16.12.2022
Hajmi19,22 Kb.
#888271
Bog'liq
Ssenariyda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan manbalarni qo\'llash


Mavzu: Ssenariyda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan manbalarni qo'llash.
Reja:
1) Ssenariy tushunchasi va uni yaratishdagi ish bosqichlar.
2) Ssenariyda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan manbalarni qo'llash.
1) Tadbirlarni tashkil etishdagi ilk ish bosqichi bu-tadbir mavzusiga mos manbalarni izlab topishdir. Har qanday asar sahna yuzini ko‘rishida uning dramatik asosini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Sahnada bo‘layotgan jarayonlar asosan “aktyor-vositachi”lar orqali tomoshabinlarga yetkaziladi. Spektaklning dramatik manbai - pyesa bo’lsa, tadbirlarni tashkil etishda esa ssenariy yoziladi. Har qanday sahnaviy asar tomoshabin e ’tiboriga havola etilgunga qadar 3ta asosiy jarayonni boshidan kechiradi, ya’ni: l.Sahnalashtirish uchun asosiy manbani tanlash (pyesa, ssenariy, inssenirovka kabi); 2. Sahnalashtirish (barcha ijodiy jihatlar, ya’ni ijrochilarni tanlash, sahna bezagi, stol atrofida o‘qish (chitka), mizanssenalar, obraz va rol ustida, rejissorlik g‘oyalari va topilmalari ustida ishlash va boshqa ijodiy ishlar); 3.Tashkiliy ishlar (professional teatrlarda va respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda tashkiliy ishlarning deyarli ko‘pchiligini m a’muriy boTimlar bajaradilar, ammo joylarda tashkil etilgan badiiy jamoalarda madaniy tadbirlar, ommaviy bayram va tomoshalarni tashkil etishda bu vazifani ijodiy guruh rahbarlari o‘zlari bajaradilar). Tadbirni tashkil etish va ssenariysini yaratish uchun manbalar quyidagi jihatlarga qarab tanlanadi: 1. Asar mavzusining dolzarbligi (ijtimoiy ahamiyati, zamon talablariga mos kelishi); 2. Asarning tarbiyaviy ahamiyati (har qanday ijodiy jarayonlar asosida tarbiyaviy masalalar yotishi zarur);
2) Tadbir ssenariysini yorqin sujet asosida qiziqarli qilib yozish - dramatik ijodning muhim talabidir. Ssenariy sujeti qiziqarli materiallar, hujjatlar, xotiralar, aniq asoslar, kishilar taqdiri asosida bayon qilinishi kerak. Juda ko‘p hollarda tadbirlar ssenariysida konfliktlar juda kam qo‘llanilgan holda yaratiladi. Qarama-qarshiliksiz yozilgan ssenariylar tomoshabinni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Konfliktlarga asoslanib yozilgan ssenariylarda tomoshabinni voqea natijasini lcutishga, voqea nima bilan tugashiga qiziqishi ortadi va tadbimi qunt bilan kuzatadi. Konflikt (qarama-qarshilik,ziddiyat) - sujet o‘zagidir. Sujet harakati faqat qarama-qarshiliklar vositasida vujudga keladi va dramatik konflikt shaklida rivojlanadi. Zero, konfliktsiz dramaturgiyaning bo‘lishi mumkin emas. Konflikt dramatik asaming asosiy nazariyasi, temir qonuni sifatida uning asosini tashkil etadi. Ssenariy sujeti asosida yotgan hayotiy ziddiyatlar uning konfliktini yuzaga keltiradi. Manbalarda “Konflikt - bu tomonlar, fikr va kuchlaming o‘zaro to‘qnashuvidir16, deb berilgan. Konfliktni kuchaytirish tomoshabinni asaming boshidan oxirigacha natijani kutishga majbur qiladi. Agar qarama-qarshiliklar keskin emas, kuchsiz bo‘Isa unda asar ham kuchsiz hisoblanadi va tomoshabin ham shunga yarasha munosabatda bo‘ladi. 1 Dramatik asar uchun jiddiy konflikt, dramatik tavsif, harakatning yaxlitligi, voqeani sodir bo‘layotganday qilib ko‘rsatish eng muhim zaruriy shartlar hisoblanadi.Turli tadbirlarda san’atning juda ko‘p xil shakllari ishtirok etganligi uchun konfliktga katta e ’tibor qilinmasligi mumkin. Ammo, dramatik asarlarda tomonlar o ‘rtasidagi qaramaqarshiliklami kuchaytirish, keskinlashtirish spektaklning ta’sir kuchini belgilashi mumkin. Madaniy tadbirlaming barcha turlarida ham qarama-qarshilik boiishi shart degan, g‘oyani ilgari surishdan yiroqmiz. Zero, madaniy tadbirlaming ba’zi turlarida umuman konfliktlar uchramasligi mumkin. Masalan, davra suhbatida tadbir suhbat-munozara shaklida tashkil etsa, unda hech qanday qarama-qarshilikni kuzatmasligimiz mumkin. Lekin iloji boricha tadbirlar ssenariysini yaratishda qaramaqarshiliklami qo‘llash uning ta’sirli chiqishiga yordam beradi. Hamma tadbirlar ssenariylariga bu talabni qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki unda xarakterlar kuchli dramatik holatlarda to‘qnashmasligi mumkin. Ammo inssenirovkada konflikt albatta bo‘lishi shart. Inssenirovka biror sujet chizig‘iga ega bo‘lar ekan, unda dramatik konflikt ham yorqin ko‘rinishi kerak. Konflikt badiiy asar sujetini rivojlantirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. Yuqorida qayd etib o ‘tganimizdek, madaniy tadbirlar ssenariysi maxsus, o ‘ziga xos yondashuvni talab qiladigan dramaturgiyadir. Bu yerda qatnashuvchilar xarakteri psixologik jihatdan mukammal ishlanmaydi. Bu yerda o‘z shaxsiyatini toTa namoyon qiluvchi qahramonlar yo‘q. Shuning uchun ssenariy konflikti ham o ‘ziga xos ravishda talqin qilinm og‘i lozim. Ssenariy sujetini harakatga keltiradigan xususiyatlar - ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya va yechim tushunchalarining ketma-ketligi inssenirovka qilingan asarda ham bo‘lishi shart. Jamiyatda qarama-qarshiliklarning juda ko‘p turlari mavjud b o iib , ular haqidagi juda ko‘p manbalarda ma’lumotlar berilgan. Sahnalashtirish san’atida konfliktlarning to‘rtta turi haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. Ichki, tashqi, tor m a’nodagi va keng ma’nodagi qarama-qarshilik turlari shular jumlasidandir. Ichki qai ama-qarshilik - ijrochining ichki, ruhiy, psixologik holatlari, tashqi qarama-qarshilik esa - tashqi, jismoniy xatti-harakatlarga oid tusluinchalarda namoyon bo‘ladi. Tor ma’nodagi qarama-qarshilik, ta’sir ko‘lamining kamligi yoki kichikligi bilan, keng ma’nodagi qarama-qarshilik esa o‘zining ijtimoiy ahamiyati bilan ta’sirlidir. Voqealaming qiziqarliligi, hujjat va faktlaming katta ijtimoiy mazmunga egaligi madaniy tadbirlar ssenariysi va u asosida o‘tkazilgan tadbiming muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Binobarin, tadbirda qaynoq axborotlar, yangi faktlar bo‘lmasa, tomoshabinlar kutgan kishilar, notiqlar qatnashmasa - illyustrlashtirish va teatrlashtirish usullarining shartlari bajarilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysi mavjud, aniq faktlarga, kishilar taqdirlariga asoslangan bo‘lishi, tomoshabinlaming fikr va sezgilariga hissiy ta’sir etishi kerak. Respublikamiz madaniy-ma’rifiy muassasalarida o‘tkazilayotgan madaniy tadbirlar - xilma-xil kechalar, ommaviy bayramlar, xalq sayllari, ko‘rik-tanlovlar, spartakiadalarning ssenariylarida badiiypublitsistik obrazlilikning turli ko‘rinishlaridan, usullaridan foydalaniladi. Madaniy-ma’rifiy muassasadagi har bir badiiy-publitsistilc tadbir o‘zining sahna bezagiga, ramziy belgilariga ega bo‘lgandagina, uning hujjatli obrazliligi va g‘oyaviy emotsional ta’sir quvvati kuchli bo‘ladi. Madaniy tadbirlarda boshlovchi, konferanse so‘zlari katta ahamiyatga ega. Ular ssenariy fikrini rivojlantiradi, epizodlarni ulaydi, inssenirovka qilib ulgurmagan juda ko‘p voqealar, faktlar, raqamlar xususida axborot beradilar, tomoshabinni o‘sha voqealar olamiga olib kiradi. Spektakllar, kinofilmlar, adabiy asarlardan olingan parchalar, qo‘shiqlar va musiqa tadbirdagi harakat taraqqiyotini ta’minlaydi, tomoshabinlarda emotsional kayfiyat paydo qiladi.


Download 19,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish