Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari



Download 25,27 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi25,27 Kb.
#156

Aim.Uz

Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari.

20-yillar boshlari arafasida Turkiston o‘lkasi boshqaruvining siyosiy maydondagi ahvol quyidagicha ro‘y berayotgan edi. Oktyabrdan keyingi dastlabki yillarda butun mamlakatda bo‘lgani kabi Turkistonda ham Sovet xokimiyati fuqarolar urushi tufayli vujudga kelgan murakkab sharoitda qaror topdi. Bu jarayonnni belgilovchi omillar, bir tomonda, mehnatkashlarning yangi hayotga intilishlari bo‘lsa, ikkinchi tomondan, proletariat diktaturasi muassasalarini shakllantirishning ustun darajasidagi ma’muriy usullardan edi.

Turkiston respublikasi tuzilayotgan chog‘da uni muxtoriyat deb atashdi, vaholangki qabul qilingan nizomda federativ jumhuriyat deb ko‘rsatilgan edi. Chindan ham Turkiston federativ respublika sifatida shakllanganida xalqlar joylashuvining milliy-hududiy xususiyatlarini hisobga olish imkoni tug‘ilgan bo‘lar edi. Jumladan, “o‘z chegaralari”dan tashqarida zich holda yashab turgan u yoki bu millatning — qozoq, tojik, turkman tumanlaridagi o‘zbeklarning, o‘zbek tumanlaridagi tojiklar, qozoqlar, turkmanlar va hakozolarning ham. Biroq butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komiteti, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi hamda RKP(b) Markaziy Komiteti hujjatlarida Turkistonga muhtor jumhuriyat sifatida qaraldi. O‘lkaning birinchi kaolitsion Markaziy Ijroiya Komiteti tarkibiga 18 bolshevik, 18 so‘l eser saylandi, ular orasida mahalliy aholidan yetti kishi bor edi.

1918 yil aprelida Turkiston Kompartiyasiga rahbar bo‘lgan I.O.TOBOLIN mahalliy millatlarning vakillari ichida sovetlarning rahbar organi — Markaziy Ijroiya Komiteti raisi lavozimiga munosib odam yo‘q deb hisoblab, uning vazifasini vaqtincha bajarishni o‘z zimmasiga oldi. Turkiston Kompartiyasining II syezdida I.O.Tobolin va uning tarafdorlari — “keksa kommunistlar” guruhi a’zolari tutgan yo‘l qoralandi.

So‘ngra Turkiston MSSR Markaziy Ijroiya Komitetiga tajribali bolshevik, 1898 yildan partiya a’zosi, e’tiqodiga ko‘ra baynalminal inson — Petr Alekseyevich KOBOZЕV boshchilik qildi. Uni Turkiston MIKning birinchi marotaba saylab qo‘yilgan raisi deb xisoblamoq lozim. Hamrais sifatida esa Andrey Fedorovich Solkin saylangan edi. Ko‘p o‘tmay P.A.Kobozevni Moskvaga chaqirtirib olishdi hamda u Turkistonga yana 1919 yil boshida qaytib keldi, endi Turkiston ishlari bo‘yicha alohida muvaqqat komissiya a’zosi hisoblanardi. A.A.Kazakov (Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetning raisi) va respublikaning ba’zi boshqa rahbar xodimlari uning vakolatlari e’tirof etishga qarshi chiqdilar. Ular P.A. Kobozevni chaqirib olishni so‘rab V.I.Leninga shoshilinchnoma yo‘lladilar. Biroq, u shu yerda qoldi. Turkiston okrugi temir yo‘lning kommisari vazifasida ishladi Turkiston kompartiyasining III-IV syezdlarida P.A.Kobozev ulug‘ davlatchilik shovinistlarni keskin tanqid qilib chiqdi. 1919 yil oktyabrida u Turkistonda partiya sovet xo‘jalik qurilishi sohasida juda ko‘p ish qilishga ulgurdi, keyin Moskvaga borib, ishchi-dehqon inspeksiya xalq komissarligida ishladi. 1921-1923 yillarda Uzoq Sharqda xizmat qildi, so‘ngra 1941 yilga qadar Moskva chegara (xozirgi Geodeziya) institutining professori, Viktor, kafedra mudiri vazifalarida xizmat qildi. P.A.Kobozevdan keyin Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetiga 1917 yilning aprelidan bolsheviklar partiyasining a’zosi Andrey Petrovich Solkin (1895-1945 yillarda) raislik qildi. Bu lovozimda 1918 yil noyabrigacha ishladi.

1918 yilning oktyabrida A.F.Solkin TKP o‘lka komitetining raisi etib saylandi 1920 yili u Lenin dekreti bilan Toshkentda davlat Universitetini tashkil etish maqsadida kelgan mashhur “Fan poyezdi”ni qabul qilib olishda faol ishtiriok etdi. 1920-1922 yillarda A.F.Solkin ana shu universitetda bir vaqtning o‘zida ham talaba ham rektor keyin esa prorektor bo‘ldi. Bunday misol birinchi ehtimolki, yakkayu yagonadir.

Ikki oy mobaynida — 1919 yilning yanvariga qadar Turkiston Markaziy Ijroiya Komitetiga Vsevolod Dmitriyevich VOTINSЕV (1892-1919 yillar) rais bo‘ldi.

Shundan keyin Turkiston MSSR Markaziy Ijroiya Komiteti raisi lavozimini A.A.Kazakov, I.A.Apen, N.To‘raqulov, A.Rahimboyev va boshqalar egallashdi. Turk MIK raisi hamda TKP o‘lka komiteti raisi lavozimlariga tub millatga mansub bolsheviklar orasidan birinchi bo‘lib saylangan Nazir To‘raqulov edi. U Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti raisi sifatida bir yildan sal ko‘proq ishladi.

A.A. Kazakov TurkMIK raisi lavozimida bo‘lgan paytda – 1919 yil iyunida Xalq Komissarlari Kengashini tugutishga qaratilgan noto‘g‘ri qparor qabul qilindiki, respublika 1920 yil martiga qadar xokimiyatsiz qoldi. Ya.U. Rudzutakning faol qo‘llab – quvvatlashi bilan Turkiston MSSR Xalq Komissarlari Kengashi qayta tiklandi, bunda Nazir To‘raqulovning yordami katta bo‘ldi U Buxoro va Xorazm kommunistik partiyalarining shakllanishi hamda mustahkamlanishiga ham ko‘mklashdi.

Turkiston MSSR Sovelarining Markaziy Ijroiya Komiteti, Xalq Komissarlari Kengashi va Kompartiyasi Buxoro hamda hamda Xorazm respublikalarining (keyingisini rahbarlari alohida pozitsiyada turgandilar) partiya - davlat organlari bilan birgalikda, shuningdek Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komiteti, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi hamda RKP(b) Markaziy Komitetining faol tashkiliy – siyosiy ko‘magida O‘rta Osiyo milliy davlatlarining tuzilishi uchun qulay shart- sharoit vujudga keltirdilar.

Biroq ochig‘ini aytganda, O‘rta Osiyo milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish tashabbusi eng avval mazkur mintaqaning xalqlari va partiya davlat organlaridan chiqqani yo‘q. Vaziyat shunday bo‘ldiki, hatto V.I. Lenin xayotligidayoq Turkistonning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga asosan iqtisodiy va madaniy jixatdan, u ham bo‘lsa Rossiya sharqiy chekkalarining kapitalizmi chetlab sotsializmiga o‘tishdagi o‘ziga xos belgilari xisobga olingan holda qaralardi.

1924 yilga kelib, O‘rta Osiyo yoxud Turkistonda mavjud bo‘lgan uchta davlat birlashmasi: Turkiston MSHSR (TASSR), Buxoro xalq respublikasi (BXR) va Xorazm xalq respublikasi (XXR)ni qayta tuzish, ya’ni qaytadan milliy davlat chegaralanishi o‘tkazishga tayyorgarlik avj olib ketdi.

Xo‘sh! Bu davlat birlashmalari bunga tayyormida? Xalq milliy chegaralanishga rozimidi?

Yo‘q albatta. Lekin buni hech kim so‘rab surishtirmadi.

Amalda Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik siyosati yillarida orziqib qutgan ozodlik, tenglik, birodarlik, mustaqilliq to‘g‘risida orzu-umidlari puch bo‘lib chiqdi.

Turkiston Sho‘ro hokimiyati yillarida ham xom ashyo manbai, tashlandiq o‘lka bo‘lib qolaverdi. Demak, «Zo‘raki inqilob» xalq talabini, amalda qondirmadi. Chorizmning reaksion milliy siyosati yangicha ko‘rinishda bolshevikcha niqob, markscha-lenincha kommunistik mafkura ostida davom ettirildi.

Eng asosiysi, Turkiston xalqlari xokimiyat boshqaruviga yaqinlashtirilmadi. O‘zining ustidagi eski to‘nini yangilamasdan teskari ag‘darib kiyib olgan mustamlakachilar o‘lkamizni talashni davom ettirdilar. Masalan, 1920 yilda Turkistondan Rusiyaga 6730 vagon paxta, 1000 vagon jun, 111 ming juft poyafzal, 100 ming ko‘rpa-to‘shak, 202 ming bosh kiyim, 324 ming ko‘ylak, 11,5 ming kalta po‘stin, 6,4 ming egar, ko‘plab mikdorda meva-sabzovot, vino, baliq va boshqa mahsulotlar olib ketildi. Shu- yilning faqat fevral-avgust oylarida Turkiston temir yo‘llarida 10000 vagonga yaqin turli harbiy va xalq ho‘jaligi ahamiyatiga molik yuklar tashib ketildi.

Sho‘ro hukumatining birinchi kunlaridanoq mahalliy xalq, ilg‘or ziyolilar Turkiston boyliklari o‘ziga xizmat qilish, o‘lkamizning mustaqil bo‘lishi uchun kurashdi.

Murakkkab sharoitda mahalliy milliy kuchlariing Turkistondagi xokimnyat idoralarida asosan yerli aholi bo‘lishi uchun kurashishidan boshqa chorasi qolmadi. Bu albatta Turor Risqulov rahbarligidagi milliy ziyolilar boshchilik qildilar.

Jumladan, milliy kuchlar 1920 yil 17 yanvarda bo‘lib o‘tgan Turkiston komfirqasi O‘lka Qo‘mitasi, Musulmonlar byurosi va Turkkomissiyaning (u 1919 yilda tuzilib, Eliava raisligida Turkistonga yuborilgan edi) qo‘shma majlisida o‘lkamiz xududida mustaqil «Turk Respublikasi» va «Turkiston Kompartiyasi»ni tuzishni talab qilib chikdilar. Shuningdek ular Turkiston muxtor jumhuriyati.

Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqishni, mahalliy aholidan maxsus musulmon armiyasi tuzishni, rus qo‘shinlarini o‘lkadan olib chiqib ketishni ham taklif qildilar.

Bu masala Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferensiyasida hamda musulmon kommunistlarining III o‘lka konferensiyasida ham muhokama qilindi. O‘z navbatida hali mustaqil yashab turgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi ham Turkistondagi sho‘ro muxtor hokimiyatini tan olmadi.

Bunday vaziyatda Turkistonda sho‘ro hokimiyatini mustahkamlash uchun yuborilgan Turkkomissiya a’zolari orasida ham ikkilanish paydo bo‘ldi. Masalan, Eliava va Kuybishev Turkiston milliy kuchlari taklifini zarur chora deb tushundi. F. Goloshchekin esa ikkillndi. Faqat Ya.E.Rudzutak, keyinchalik esa M.V.Frunze milliy kuchlar taklifiga qat’iyan qarshi chiqdilar.

Ko‘p o‘tmay, 1920 yil 24 fevralda bo‘lib o‘tgan Turkkomissiya yig‘ilishi M. V. Frunzening faol aralashuvi bilan maxalliy xalklarning Turk Respublikasi va Turkiston kompartiyasi tuzish to‘g‘risidagi takliflarini rad etdi. Komissiya Turkistonni idora qilishning sho‘ro tuzumiga moslashtirilgan loyixasini ishlab chiqdi.

8 martda RKP(b) Markazqo‘mi Turkkomissiyaning Turkistonni boshqarish to‘g‘risida ishlab chiqqan loyihasini ma’qulladi. Natijada Turkiston kompartiyasi viloyat partiya tashkiloti huquqi bilan Rossiya komfirqasi tarkibiga kiradigan bo‘ldi. Turkiston muxtor sho‘ro Respublikasi esa shu nomda RSFSR tarkibida qoladigan bo‘ldi.

Turkkomissiyaning bunday siyosatidan norozi bo‘lgan mahalliy xalq va milliy-vatanparvar kuchlar 1920 yil may oyida Turor Risqulov, Nizomiddin Xo‘jayev va Bek-Ivanovlardan iborat «Turk delegatsiyasi»ni Moskva, bolsheviklar rahbariyati huzuriga yuborildi. Ko‘rinib turibdiki, Turkiston xalqlari bu rahbarga katta umid bog‘lagan edi. Bunga sabab Lenin boshliq sho‘ro hukumati sobiq chor Rusiyasi tarkibidagi Polsha va Finlandiya mustaqilligini tan olgan millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini e’lon qilgan ruslarning ukrainlar, gurjilar va boshqa xalqlar bilan tengligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Bundan tashqari, Lenin 1919 yilda «Turkistondagi kommunist o‘rtoqlarga» nomli xatida ham - «Endilikda Turkiston bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish RSFSR uchun hech mubolag‘asiz olamshumul tarixiy ahamiyatga ega» - deb yozgan edi.

Biroq, Lenin va firqa Markazqo‘mi Turkiston xalqlarining yuqoridagi takliflarini, boshqacha qilib aytganda Turkiston mustaqilligini to‘la rad etdi. Ular afsonaviy boy o‘lka bo‘lgan Turkistondan ajralib qolishdan ko‘rqib, uni bir necha bo‘lakka bo‘lib yurishga qaror qildilar. Shaxsan Lenin 1920 yil 13 iyunda firqa Markazqo‘mi va Sho‘ro hukumatining Turkistondagi vakolati organi hisoblangan Turkkomissiyaga quyidagi ko‘rsatmani beradi:

1. Turkistonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga bo‘lingan xaritasi tuzib chiqilsin;

2. Bu uch qismni qo‘shib yuborish yoki ajratish shartlari batafsilroq aniqlab chiqilsin.

Uning bu ko‘rsatmasi firqa Markazqo‘mi Siyosiy byurosi, shuningdek Turkkomissiya faoliyati uchun asos bo‘ldi. 29 iyunda firqa Markazqo‘mi Siyosiy byurosi «RKP(6) ning Turkistondagi asosiy vazifalari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilib, bu yerdagi mavjud tashkiliy-xududiy va ma’muriy tuzilmalar o‘zgartirilmasdan saqlab qolinishini ma’lum qildi.

Markazning bunday xatti-harakatidan norozi bo‘lgan milliy-demokratik, vatanparvar kuchlar bu qarorga qo‘shilmasliklari hamda Turkiston Kompartiyasi O‘lka Qo‘mitasi va Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tarkibidai chiqishlarini bildirdilar.

Shuni ham aytish kerakki, bu vaqtga kelib Turkistonda vaziyat o‘zgargan, Buxoro amiri Sayid Olimxon, Xiva xoni Said Abdullaxon va Junayidxonlar taxtdan ag‘darilgan, yangi Xorazm va Buxoro xalq Sho‘ro Jumhuriyatlari tashkil topgan edi.[1] O‘z-o‘zidan ravshanki, Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi Xorazm, F. Xo‘jayev rahbarligidagi Buxoro xalq hukumatlari ham erkin, ozod, mustaqil yo‘ldan borishga intiladilar. Ammo, RSFSR bilan tuzilgan shartnomalar, Turkiston ASSR bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar ularning ham oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘ygan edi.

Bunday vaziyatdan foydalangan Turkkomissiya Turkiston Kompartiyasi O‘lka Qo‘mitasini tarqatib yubordi va Turkiston Kompartiyasining sho‘ro tuzumi tarafdorlari bo‘lgan To‘raqulov, Otaboyev, Qosimxo‘jayev, Ibrohimov, O‘staboyev, Hakimov va boshqalardan iborat Muvaqqat Markazqo‘mini tuzdi.

Ko‘rinib turibdiki, Markaziy Sho‘ro xukumati Turkiston, Buxoro va Xorazmni sira qo‘ldan chiqargisi yo‘q edi. Chunki u bu yerlardan katta boylik, ko‘p va arzon mahsulot olardi. Masalan, markaz birgina Buxorodan 1923 yilda 400 ming, 1925 yilda 885 ming pud paxta yoki 1921 yilda 100 ming, 1922 yilda esa 1 mln. dona qorako‘l teri oldi. Mana shuning uchun Rossiya komfirqasi RKP (b) Makazqo‘mi Siyosiy Byurosi «Buxoro masalasiga doir» degan maxsus qaror qabul qilib (1923 y.), bu yerda Sho‘ro hokimiyatini mustahkamlash uchun kurashni qizitib yubordi. Xivada ham ahvol aynan shunday edi.

Natijada maqsadlarining amalga oshuviga ko‘zi yetmagan Buxoro va Xorazm hukumatlarining vatanparvar rahbarlari hukumatlar tarkibidan chikdilar. Xususan Buxoroda harbiy nozir Abdulxay Oripov, Turkistondan surgun qilingan vatanparvarlar Qushbegayev, Munavvarqori Abdurashidxonov, Buxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Usmonxo‘jayev va boshqalar mas’ul lavozimlaridan voz kechib ozodlik uchun kurashayotgan milliy vatanparvar kuchlar tomoniga o‘tdilar.

Ana shunday sharoitda Markaziy hukumat vaziyatdan chiqishning birdan-bir yo‘li Turkistonni bo‘lib yuborish, deb hisobladi va buni amalga oshirishga kirishdi.

Bu davrda Turkiston, Buxoro va Xorazmda garchi tili, dini, qadriyatlari, xatto urf-odatlari o‘xshash bo‘lgan turkiy xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil etsa-da, ular har uchchala jumhuriyatda ham aholi tarkibiga ko‘ra ko‘p millatli edi.

Masalan, Markaziy Osiyodagi jami o‘zbeklarning 66,5 foizi Turkistonda, 22,2% Buxoroda, 11,3% Xorazmda yashar edi. Yoki o‘zbeklar Turkiston MSHSR aholisining 51,4% ni BXRda 50,1, XXRda 61,1 foizni tashkil etardi. Bu millatlar bir-biri bilan inoq bo‘lib, qadim-qadimdan birga yashab kelar, ya’ni qon-qardosh bo‘lib ketgan edilar.

Sho‘ro hukumati va RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy Byurosi Turkiston xalqlarining mana shunday mustahkam birligiga atayin rahna solishga urindi va o‘z manfaati yo‘lida zo‘r berib mahalliy millatlarga milliy respublikalar tuzish g‘oyasini singdirdi. Bu quruq bir maqsad bo‘lmasdan uzoqni ko‘zlab, amalga oshirilayotgan aniq reja edi.

Bu masala yuqorida, ya’ni Markazda Turkiston xalqlari aralashuvisiz obdon puxta o‘rganildi va 1924 yilga kelib, bevosita kun tartibiga qo‘yildi. Markaziy xukumat va RKP(b) Markazqo‘mining doimiy tashviqoti va ta’siri ostida Turkiston, Buxoro va Xorazmning sho‘ro organlari va partiya tashkilotlari O‘rta Osiyoda yangi milliy Sho‘ro respublikalarini «tashkil etish taklifi» bilan chiqdilar.

Darhol RKP(b) Markazqo‘mining Tashkilot byurosi tuzildi va masalani muhokama qilib, o‘rganib chiqish Ya.E.Rudzudakka topshirildi. O‘z navbatida RKP(b) Markazqo‘mi O‘rta Osiyo byurosi maxsus komissiya tuzdi. Ya.E.Rudzudak rahbarligida ishlagan bu komissiya 1924 yil 11 mayda o‘lkamiz hududida SSSR tarkibiga kiruvchi yangi «mustaqil» O‘zbekiston va Turkmaniston SHSRni, O‘zbekiston tarkibida Tojikiston, RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz muxtor viloyatlarini tuzishni va Turkistonning qozoqlar tumanlarini Qozog‘iston MSHSR tarkibiga berishni zarur deb topdi.

Komissiya xulosasi bilan tanishib chiqqan, RKP(b) Markazqo‘mi O‘rta Osiyo byurosi o‘ziniig 2 iyuldati yig‘ilishida bu takliflarni asosan ma’qulladi va uni RKP(b) Markazqo‘mi muhakamasiga havola qildi.

Ayni shu paytda Xorazm SHSR[2] rahbarlaridan Odinayev ichki ishlar noziri - Abdusalomov, Xorazm SHSRning Toshkentdagi elchisi Yoqubov, Xorazm Davlat Reja Qo‘mitasi raisi - Shulimov milliy chegaralanishga qarshi chiqdilar va RKP(b) Markazqo‘mi nomiga norozilik maktubini yo‘lladilar. Ular Xorazm Jumhuriyatini o‘z xohishicha qoldirishni, Turkistonning Amudaryo viloyatini Xorazm SHSR tarkibiga berishni so‘radilar. Ammo bu talablar ham oldingilaridek rad etildi.

1924 yil 12 iyunda RKP(b) Markazqo‘mining Siyosiy Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm hududida milliy chegaralanish o‘tkazish masalasini ko‘rib chikdi va ma’qulladi. Unda quyidagilar ko‘zda tutildi:

1. Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan «mustaqil» Turkmaniston SHSRni tuzish.

2. Turkiston va Buxoroning o‘zbeklar yashaydigan qismidan «mustaqil» O‘zbekiston SHSRni tuzish.

3. Turkmanlar yashaydigak hududlarni ajratib olib, Xorazm Jumhuriyatini mavjud holatida qoldirish.

4. O‘zbekiston Jumhuriyati tarkibida Tojikiston muxtor viloyatini tuzish.

5. Rossiya Federatsiyasi tarkibida Qirg‘izistoi muxtor viloyatini tuzish.

6. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlarini Qozog‘iston MSHSR bilan birlashtirish.

Mazkur qarorda Xorazmda tashviqot ishlarini kuchaytirish ham ko‘rsatildi. Natijada 1924 yil 26 iyulda Xorazm Kompartiyasi o‘z qaroridan qaytib, milliy chegaralanish o‘tkazishni ma’qulladi.

Shundan so‘ng, Markaziy hududiy komissiya tuzildi va u yangi bo‘lajak respublikalar va viloyatlar chegaralarini aniqlashga kirishdi.

Markaziy hududiy komissiya o‘z xulosalarida ilgari rejalashtirilgan Tojikiston muxtor viloyati o‘rniga O‘zbekiston tarkibida Tojikiston muxtor jumhuriyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston muxtor viloyatlarini tuzish zarur, degan fikrni bildirdi.[3]

Nihoyat, bu ishlar 1924 yilning sentyabriga kelib o‘z nihoyasiga yetdi. Turkiston MSJ MIQning favqulodda sessiyasi, Butun Buxoro va Butun Xorazm Sho‘rolarining IV qurultoylari O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish o‘tkazishni maqulladilar.

1924 yil 9 va 11 oktyabrda bo‘lib o‘tgan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy Byurosi yig‘ilishida bu masala uzil-kesil hal qilindi.

27 oktyabrda esa SSSR sovetlarining 11 sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.

Shunday qilib, o‘lkamiz hududini parchalab yuborish nihoyasiga yetkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm jumhuriyatlari o‘rnida O‘zbekiston va Turkmaniston sho‘ro sotsialistik jumhuriyatlari, Tojikiston muxtor sho‘ro sotsialistik jumxuriyati, Qirg‘iziston va Qoraqalpog‘iston muxtor viloyatlari tashkil etildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan qismi Qozog‘isgon muxtor sotsialistik jumhuriyati tarkibiga kiritildi,

2. Nihoyat markazning xohish-irodasi amalga oshdi. Yagona Turkiston xalqlari milliy xonadonlarga bo‘lib yuborildi. Ular milliy davlatlarga birlashdilar. Jumladan, O‘zbekiston sho‘ro sotsialistik respublikasi tashkil etildi. Bu voqeaga katta siyosiy tus berildi. O‘zbekiston SSRni tashkil etish tantanalarida sho‘ro davlati arbobi M.I.Kalinin ishtirok etdi. Albatga u ko‘zlagan maqsadlarning amalga oshganidan xursand edi. Buni uning Moskvaga qaytib borgach, o‘zini kutib oluvchilar oldida aytgan quyidagi so‘zlaridan bilish mumkin. «O‘rtoqlar! Bog‘u-bo‘stonga o‘ralgan, noz-ne’matga to‘lgan O‘zbekistondan, partiyamiz sizlar uchun, butun rus xalqi uchun oliy joylar tayyorlandi. Birinchi sizlarni shu bilan tabriklayman[4]».

Milliy chegaralanishdan so‘ng, O‘zbekiston hududiga quyidagi yerlar kiritildi:

a) sobiq Turkiston Jumhuriyatidan Samarqand viloyati Jizzax, Kattaqo‘rgon va Xo‘jand uyezdlarining 41 volosti, Sirdaryo viloyati, Toshkent va Mirzacho‘l uyezdlarining 24 volosti, Farg‘ona viloyati Andijon, Qo‘qon, Namangan va Farg‘ona uyezdlarining 70 volosti va 7 qishloq okrugi;

b) sobiq Buxoro jumhuriyatidan Boysun, Buxoro, G‘uzor, Qarshi, Karmana, Kurota, Shaxrisabz, Sherobod va qisman Sariosiyo viloyatlari;

v) sobiq Xorazm jumhuriyatidan 23 sho‘ro (tuman)si kiritildi.

Bulardan tashqari, sobiq Turkiston MSHSR Samarqand viloyati Samarqand va Xo‘jand uyezdlari 12 volosti, Farg‘ona viloyati Pomir tumani, Buxoro jumhuriyatining sharqiy Buxoro, deb atalgan Garm, Hisor, Kulob, Qo‘rg‘ontepa. Dushanbe va qisman Sariosiyo viloyatlarini o‘z ichiga olgan Tojikiston Muxtor Jumhuriyati ham O‘zbekiston SHSR tarkibiga kiritildi.[5]

O‘zbekiston SHSR tashkil topgan paytda, uning hududi 312 ming 394 kv.km. bo‘lib, aholisi (Tojikiston MSHSRdan tashqari) 3 mln. 963 ming 265 kishini yoki bugun O‘rta Osiyo aholisining qariyib yarmini tashkil etardi.

Jumhuriyatimiz aholisi o‘z milliy tarkibiga ko‘ra, (Tojikistondan tashqari) quyidagicha edi: o‘zbeklar - 74,2, tojiklar (1926 yil ma’lumoti bo‘yicha) - 7,4, ruslar - 5,5, qozoqlar - 2,4, qirg‘izlar - 2,04 foiz va hokazo.

Samarqand shahri O‘zbekiston Respublikasining poytaxti deb e’lon qilindi. 1930 yilga kelib, poytaxt Toshkent shahriga ko‘chirildi, Respublika hukumat idoralarini tashkil etish jarayonida hokimiyat Fayzulla Xo‘jayev boshliq Inqilobiy Qo‘mita va V.I.Ivanov hamda Akmal Ikromovlar rahbarligida O‘zbekiston Komfirqasi Tashkiliy Byurosi qo‘liga berildi.

1925 yil 8 fevralda Buxoroda O‘zbekiston Komfirqasining 1 qurultoyi ochilib, O‘zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasman e’lon qilindi.

Qurultoyda V.I.Ivanov va A.Ikromov Markazqumning ma’sul kotiblari qilib saylandilar.

Oradan ko‘p o‘tmay, 13-17 fevral kunlari O‘zbekiston Sho‘rolarining ham 1 - ta’sis qurultoyi bo‘lib, unda «O‘zbekiston sho‘ro sotsialistik respublikasi tashkil etish to‘g‘risida Bayonot» qabul qilindi. Bayonotda O‘zbekistonning Ittifoq tarkibiga kirganligi e’lon qilindi.

O‘zbekiston sho‘rolarining birinchi qurultoyi jumhuriyatda davlat hokimiyatining rahbar organi – O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini saylandi. Yo‘ldosh Oxunboboyev uning raisi, Sultonxo‘ja Qosimxo‘jayev, Narsulla Maxsum Lutfullayev va Jahon Obidovalar uning o‘rinbosarlari qilib saylandilar.

Shuningdek, Sho‘rolar quriltoyi inqilobiy Qo‘mita faoliyatini ma’qullab, Fayzulla Xo‘jayev raisligidagi jumhuriyat hukumati -O‘zbekiston SHSR Xalq Komissarlari Kengashini ham tasdiqladi.

O‘zbekiston SHSR tashkil etilishi munosabati bilan uning hududi qaytadan tuman va viloyatlarga bo‘lindi, Jumhuriyat xududida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Zarafshon, Surxandaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyat va okruglari, ko‘plab tumanlar, qishloq, Ovul Kengashlari tashkil qilindi.

Yuqorida aytganimizdek, Tojikiston MSHSR 1929 yilga kelib, O‘zbekiston SHSR tarkibidan chikdi va mustaqil ittifoqdosh respublika bo‘ldi. 1936 yilda Qoraqolpog‘iston muxtor viloyati muxtor jumxuriyatga aylandi va O‘zbekiston tarkibiga kiritildi. Yangi viloyatlar tashkil qilindi.

[1] Xivada 1920 y. 2 fevralda Buxoroda esa 1920 y. 2 sentyabrda sho‘ro tuzumi o‘rnatilgan.

[2] 1923 yilda Buxoro va Xorazm xalq Jumhuriyatlari Sho‘ro Sotsialistik Jumhuriyatlariga aylantirilgan edi.

[3] Qoraqolpoq muxtor viloyati 1924-1932 yillarda Qozog‘iston MSHSR tarkibida, so‘ng 1936 yilgacha muxtor jumhuriyat maqomida RSFSR tarkibida bo‘ldi.

[4] O‘zbegim. - Toshkent, 1992 y., 221-bet.



[5] Tojikiston MSHSR 1929 yilda mustaqil SHSRga aylantirilib, bevosita SSSR tarkibiga kirgunga qadar O‘zbekiston SHSR tarkibida bo‘ldi.
Download 25,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish