SON SO’Z TURKUMI
1.Ma‟no jihatidan jamlovchi sonlar qaysi
so„z turkumiga oid so„zlarga yaqin bo„ladi?
A.olmoshlarga B.sifatlarga C.otlarga
D.ravishlarga
2.Ma‟no vazifasiga ko„ra tartib sonlar qaysi
so„z turkumiga oid so„zlarga yaqin
turadi?A.otlarga B.olmoshlarga C.sifatlarga
D.ravishlarga
3.Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo'yicha
taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir
million tonnagacha choy yetishtiriladi,
shuning uchdan bir qismi Hindistonga
to'g'ri keladi.Berilgan gapda son turkumiga
mansub nechta birlik qo'llangan? A) 4ta
B)6ta C) 5 ta D) 3 ta
4.O„lchov so„zi ishtirok etgan gapni
toping.A.Hosilning sakson foizi birinchi
navga qabul qilindi.B.Yettovlon bir
oromgohda dam oldik.C.Uzoqdan birovning
qorasi ko„rindi.D.Qizlar hash-pash
deguncha uch etakdan paxta terishdi.
5.Qo„shma sonlar qanday yoziladi? A.doim
qo„shib B.doim ajratib C.sonlar qo„shma
bo„lmaydi D.chiziqcha bilan 6.Yigirmata
so„zida urg„u qaysi bo„g„inga qo„yilgan? A.1
ga B.2 ga C.3 ga D.4 ga
7.Son turini hosil qiluvchi qaysi shakl eski
tilimiz va xalq so„zlashuv tili uchun xos? A.–
tacha B.–ov C.–ovlon D.-ala
8.Qaysi gapdagi ---birinchi--- tartib sonini -
--ilk---, ---dastlabki---, ---avvalgi--- kabi
ma‟nodoshlari bilan almashtirish mumkin?
A.Qonunlarga qat‟iy rioya etish
fuqarolarning birinchi burchidir.B.Milliy
istiqlolga birinchi qadam 1989-yil 21-oktabr
"Davlat tili haqida"gi qonunni qabul qilish
bilan qo„yildi.C.Y.Gagarinning nomi tarixda
birinchi kosmonavt sifatida
qoladi.D.Hosilning sakson foizi birinchi
navga qabul qilindi.
9.Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so„zi
gumon olmoshi ma‟nosini ifodalaydi?
A.Sizni ko„chada bir kishi
chaqiryapti.B.Darsga bir Karim
kelmadi.C.Bir qor yog„adi, bir
yomg„ir.D.Ertaga bir dam olsam deyman.
10.Qaysi qatordagi gapda bir so„zi ---faqat---
(yuklama.ma‟nosini bildirgan? A.Bir yomg„ir
yog„di, aslo qo„yaver.B.Bugun bir
charchadim.C.Vazifani bir men
bajarmadim, xolos.D.Bir qor yog„adi, bir
yomg„ir.
11.Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so„zi
ayiruv bog„lovchisi vazifasida kelgan?
A.Sizni ko„chada bir kishi chaqiryapti.B.Bir
yomg„ir yog„di, bir yomg„ir yog„di aslo
qo„yaver.C.Quyosh bir ko„rinadi, bir bulutlar
orasiga yashirinadi.D.Darsga bir Nodir
kelmadi.
12.Qaysi so„zlardan qo„shimchalar qo„shib
jamlovchi sonlar yasalganda u fonetik yozuv
qoidasiga binoan yoziladi? A.ikki, uch, to„rt,
besh, olti, yetti B.ikki, uch, to„rt, besh C.ikki,
olti, yetti D.uch, to„rt, besh
13.Qaysi qatorda umumxalq bayramlarini
ifodalovchi tartib raqamli so„z birikmalari
yangi imlo qoidasiga ko„ra to„g„ri yozilgan?
A.Sakkizinchi dekabr, 21 mart B.21- mart, 1-
sentabr C.9-May, 8- dekabr D.Birinchi
sentabr, 8-Dekabr
14.Yangi imlo qoidasiga ko„ra tartib sonlar
qaysi gapda noto„g„ri yozilgan? 1.Men 22-
oktabrda Moskva shahrida bo„ladigan
musobaqada
qatnashaman.2.Mamlakatimizda 8- Dekabr
dam olish kuni deb e‟lon qilingan.3.Sharq
xalqlari 21-Martni katta bayram sifatida
nishonlaydilar.4.O„zbek xalqi 1- sentabrni
har yili tantanali nishonlaydi.A.1,2,3, 4 B.2,
3, 4 C.2, 3 D.1, 2
15.Son haqidagi quyidagi hukmlarning
nechtasi xato? 1.Sonlar predmetlar
to`g`risidagi aniq miqdoriy belgilarni
bildiradi.2.birdan oshiq sonlarning barchasi
predmet biliruvchi so`zlarga qo`shilib,
uning bittadan ortiqligini,ko`pligini
ifodalaydi.3.hozirgi o`zbek tilida son tarkibi
qismlarning joylashish o`ri qat`iy
emas.4.Narsalarning o`lchovini
bildiradigan so`zlar tartib sonlar bilan birga
qo`llanadi? A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi
D) to`rttasi
16.Qaysi javobda arab raqamlarining rim
muqobili noto„g„ri ifodalangan? A.LXX - 70,
yetmish B.D - 500, besh yuz C.SM - 900,
to„qqiz yuz D.SSD - 200, ikki yuz
17.Ma`lumki hozirgi o`zbek tilida sanoqni
miqdorni bildiruvchi 23 ta son bor bo`lib,
ularning barchasi miqdorga egalikni
ifodalovchi sifatida qaysi songa nisbatan
zidlanadi? A) 0 B) 1 C) 10 D) ming
18.Hozirda sonning nechta ma`no turi
mavjud? A) 2 B) 3 C) 6 D) 7
19.Qadimda qaysi sonlar sehrli sonlar
hisoblangan? A) 2, 3, 7, 13 B) 1, 3, 7 C) 3, 7,
9, 40 D) 3, 9, 11, 13
20.“Al Jome` al sahih” asari necha fasl va
necha bobdan iborat? A) 2 fasl, 63 bob B) 13
fasl, 673 bob C) 63 fasl, 3040 bob D) 97 fasl,
3405 bob
21.Quyidagi so`zlardan qaysi biri qadimda
og`irlik o`lchovi sanalgan? A) chaqirim,
botmon,tanob B) paysa, misqol, dahsar C)
qarich, yog`och, qalam D) botmon, tanob,
gaz
22.Quyidagi so`zlardan qaysi biri qadimda
uzunlik o`lchovi sanalgan? A) chaqirim,
botmon,tanob B) paysa, misqol, dahsar C)
qarich, yog`och, qalam D) botmon, tanob,
gaz
23.Qadimda ishlatilgan sarjin so`zi qanday
o`lchov birligi sanalgan? A) og`irlik B)
masofa C) yer o`lchovi D) pul o`lchovi
24.Qaysi gapda qo'llangan o'lchov so'zi
alohida olinganda predmet nomini bildirib,
matn ichidagina o'lchov ma'nosini bildiradi?
A) Shahargacha hali uch chaqirim bor.B)
Uygacha yuz qadam qoldi.C) Uyning
orqasida 4 sotix ekin maydoni bor.D) To'rt
nafar talaba darsga qatnashmadi.
25.Berilgan o'lchov so'zlarining qaysilari
faqat o'lchov-hisob ma'nosini bildiradi,
qaysilari alohida olinganda predmet nomini
bildirib, matn ichidagina o'lchov birligi
ma'nosini bildiradi? 1) qarich 2) qadam 3)
quchoq 4) bochka 5) paqir 6) shisha A) 1, 4-
faqat o'lchov-hisob;2, 3, 5, 6-ham o'lchov-
hisob, ham predmet ma'nosini bildiradi B)
1, 2, 4-faqat o'lchov-hisob, 3, 5, 6-ham
o'lchov-hisob, ham predmet ma'nosini
bildiradi C) barchasi faqat o'lchov-hisob
ma'nosini bildiradi D) barchasi predmet
ma`nosini va o`lchov ma`nosida kelishi
mumkin
26.-ala qo`shimchasi qaysi sonlarga
qo`shiladi? A) yetti, to`qqiz, o`ttiz B) o`n
besh, qirq, ellik C) besh, olti, o`n D) bir,
sakkiz, uch
27.Qaysi sonlarni yasaganda tovush tushishi
sodir bo`ladi? A) ikki, uch, olti B) ikki, to`rt,
yetti C) ikki, olti, yetti D) ikki, besh, olti
28.Tartib sonlar yo`q gapni toping.A) Onasi
tokchadagi yettinchi lampani yoqdi B)
Ukam beshinchi sinfda o`qiydi C)
Yettinchilar, shanbalikka chiqinglar D)
Beshinchi, oldinga chiqing
29.Sonlarga –ta qo`shimchasini
qo`llanadigan so`zlarni toping.A) bosh,
nafar B) tup, litr C) litr, gramm D) barchasi
to`g`ri
30.Sonlarni ma`noviy turini hosil qiluvchi
qoshimchala qanday ataladi? A) son
yasovchi B) lug`aviy shakl yasovchi C)
sintaktik shakl yasovchi D) aloqa
munosabat qo`shimchasi
31.Tanob qoshimchasi qanday o`lchov
birligi hisoblanadi? A) uzunlik B) og`irlik C)
maydon D) vaqt
32.Taqsim son qaysi qatorda? A) Hozir
uyida shunaqa antiqa bodiringdan to`rttasi
bor B) So`rining shundoq yonginasida ikki
dona olma tshibdi C) Bemorlar palataga
to`rttadan joylashtirildi D) Ularning ikkovi
ham jim bo`ldi
33.Olti so`zidan sonlarning ma`no va
gramatik turlaridan qay birini hosil qilishda
tovush tushishi sodir bo`ladi? A) miqdor B)
chama C) tartib D) jamlovchi
34.Otlashgan son qatnashgan gapni
toping.A) Ikkalasi navqiron aktrisaga
mahliyo bo`lib qolishdi B) Shu xatlardan
ikkitasi sho`rroq yigit yozgan edi C) Bu
yerda u sakkizinchi va to`qqizinchi
sinflarda o`qirdi D) A,B,C
35.Hisob so`z qatnashgan so`zni toping.A)
Ming marta shukr B) Kissada bir miri ham
yo`q edi C) Bur guruh qizlar yo`ldan kesib
o`tdilar D) A,B, C
36.Gap tarkibida qo`llangan juft sonlar
asosan sonning ma`no jihatdan qaysi turiga
mansub A) tartib sonlar B) jamlovchi sonlar
C) chama sonlar D) qo`shma sonlar
37.Sodda sonlar ishtirok etgan gapni
toping.A) Majlisga besh-oltita ota-ona keldi
B) Karim to`rt-besh yil sabr qildi C)
Yigirmanchida oxirgi imtihon bo`ldi D) O`n
beshta qalam oldi
38.Xato yozilgan sonni toping.A) bitta,
ikkita B) besh-o`n , ellik-oltmish C) uchdan
bir, beshdan uch D) uchchala, to`rttacha
39.Tarixiy o`lchov so`zlar berilgan qatorni
toping.A) botmon, nafar, paysa B) yog`och,
gaz, qadam C) chaqirim, tup, qarich D)
tanob, gaz, misqol
40.Burda ,shingil.Qultum kabi so`zlar hisob
so`zlarning qanday ma`no turini hosil
qiladi? A) to`dalab, guruhlab ko`rsatuvchi
B) butunning qismini C) chamalab
hisoblash D) donalab hisoblash
41.Qaysi songa qo`shimcha qo`shilganda
fonetik o`zgarish bo`ladi? A) ikki, bir B)
uch, olti C) yetti, sakkiz D) o`n, yetmish
42.Sonning qaysi turini hosil qilganda
fonetik o`zgarish sodir bo`ladi? 1.chama
2.jamlovchi 3.tartib 4.miqdor 5.sanoq
6.taqsim A) 1,2,3,4,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D)
1,3,4,6
43.Nafar hisob so`zi asosan qanday
tushinchani ifodalaydi? A) hayvonlarga
nisbatan B) shahxslarga nisbatan C)
mavhum tushunchalarga nisbatan D) jonli
narsalarning hammasiga nisbatan
44.–lab, -larcha qo`shimchalari yordamida
sonning qaysi turi hosil bo`ladi? A) chama
B) jamlovchi C) gumon D) dona son
45.Kasr son berilgan gapni toping A) U
yarim litrcha suv ichdi B) Havo to`rt
gradusga isidi C) Qaymqoqning uchdan biri
yglevoddan iborat edi.D) A va C
46.Son gapda otga bog`lansa qanday
sintaktik vazifada keladi? A) kesim B)
aniqlovchi C) hol D) ega
47.Son gapda fe`lga bog`lansa qanday
sintaktik vazifada keladi? A) kesim B)
aniqlovchi C) hol D) ega
48.Son gapning oxirida kelsa qanday
sintaktik vazifada keladi? A) kesim B)
aniqlovchi C) hol D) ega
49.uch sonidan sonning qanday ma`no
turini hosil qilsa bo`ladi? 1.Tartib
2.Jamlovchi 3.Dona 4.Chama 5.Taqsim A)
1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,5
50.Bir kuni o`sha podsho shikorga chiqqan
edi: men ham yigitlar ham birga
bordik.Birdan ayiq ko`rindi.Gapda sonning
nechta ma`no turi bor? A) 1 ta B) ikkita C)
uchta D) son mavjud emas
51.Qaysi gapda otlashgan son bor? 1.Tayog`i
yo`g`on birni urar, so`zi yo`g`on mingni
urar 2.To`qqizda bo`lmagan aql, to`qsonda
ham bo`lmaydi.3.Mingta shirin nasihatdan,
bitta o`rnak yaxshi.4.Ikki yomon qo`shilsa,
keng dunyoga sig`madi 5.Birni kessang ,
mingni ek.A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,5 D)
3,4
52.Tarixiy uzunlik o`lchov birliklarini
toping.A) misqol, chaqirim, qarich B) qarich
chaqirim, qalam C) tanob, sarjin D) paysa,
dahsar, misqol
53.Tarixiy og`irlik o`lchov birliklarini
toping.A) misqol, chaqirim, qarich B)
qarich chaqirim, qalam C) tanob, sarjin D)
paysa, dahsar, misqol
54.Bog‟ga boqsang bog‟ bo‟ladi, botmon
dahsar yog‟ bo‟ladi.Tagiga chizilgan so‟z
haqidagi qaysi hukm to‟g‟ri? A) og‟irlik
o‟lchovi B)uzunlik o‟lchovi C) tuman so‟ziga
sinonim bo‟lib, miqdorni bildiradi D)A,B,C
55.–ov, ala qo`shimchasi qaysi sonlarga
qo`shilmaydi? A) o`n B) uch, C) yetti D)
yigirma
56.Qadimda ishlatilgan lak va tuman sonlari
sonning qaysi ma`no turiga mansub? A)
miqdor B) sanoq C) tartib D) dona
57.Qaysi gapda narsalarning tartibini
bildirgan son mavjud? 1.Ikki soatlar
eshakda yurib, tog‟dan tog‟ga o‟tib andak
toliqqan edim.2.Yetimlik nimadir, bizlardan
so‟ra, O‟ninchi yillarning sargardonligi…
3.Globusda bo‟lgan har kichik nuqta,
Millionlab qondoshga Vatan,
albatta.4.Beruniy Amerika qit‟asining
borligini Kolumbdan 450 yil avval
taxminlagan.A) 2 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 2,4
58.Bulbulning maqomlari, kuylari to‟qqiz
yuz to‟qson to‟qqiz emish… Gapdagi sonning
ma‟no turini aniqlang.A) kasr son B) sanoq
son C) chama son D) jamlovchi son
59.Jamlovchi sonning –ov qo‟shimchasi
qaysi songa qo‟shiladi? A) birdan o‟ngacha
B) ikkidan o‟ngacha C) birdan yettigacha D)
ikkidan yettigacha
60.Saidiy kelganda Murodxo‟ja domla,
to‟rt…gina sigirni sog‟ib eplamagan
xotinining palpisligidan koyib urishmoqda
edi.Nuqtalar o‟rniga son qo‟shimchalaridan
mosini qo‟ying.A) –tadan B) –ta C) –tacha
D) –ala
61.Ibrohim Lodi shu fillari va askarlari bilan
bultur Dehli bo‟sag‟asida Olamxon,
Dilovarxon va boshqa dushmanlarining qirq
ming kishilik qo‟shinini tor-mor keltirgan
edi.Gapdagi sonning turini aniqlang.A)
dona son B) chama son C) sanoq son D)
jamlovchi son
62.Qiyshayib yotgan uchinchi aravada faqat
dekcha-yu, belkurak-u ketmonlar
qolibdi.Gapdagi sonning turini aniqlang.A)
son mavjud emas B) sanoq son C) tartib son
D) jamlovchi son
63.Qaysi qatorda hisob so‟z mavjud? A) bir
savat non B) o‟n chelak suv C) o‟n metr atlas
D) A, B, C
64.Kasr son mavjud gapni aniqlang.1.Oilada
kimda kim sahar soat to‟rt yarim-beshlarda
uyg‟onsa, o‟sha kartochkani olib, yuzga
yaqin odamdan iborat navbatga
chopadi.2.Yo‟lning kengligi 10,5 metrni
tashkil qiladi.3.Ularning to‟rtdan uch qismi
o‟z ahamiyatini yo‟qotdi.4.Birinchi kuni
gazlamaning to‟rtdan bir qismi, ikkinchi
kuni qolgan gazlamaning beshdan bir qismi
sotildi.A) 1,2,3,4,5 B) 3,4 C) 1,2 D) 2
65.Hisob so‟z mavjud gapni
aniqlang.1.Faqat bir-ikki tilim handalak
yedi-yu, uch-to‟rt piyola choy ichdi.2.Uch-
to‟rt qadam narida yotgan aravani endi
ko‟rdi.3.Olti sotix maydonda 2500 tup
pomidor bo‟ladi.4.Abdulla qovunchiga o‟sha
va‟da qilingan 50 gektar yer berildi.A.1,3,4
B.1,2 C.1,2,3,4 D) faqat 4
66.Qaysi gapda otlashgan son mavjud? A)
Qani, bolam, yur! Nariroqda yana bittasini
yoqib qo‟yaylik.B) Shu bog‟dagi qurigan
olmalarni qo‟porib tashlab, o‟rniga to‟rt tup
yong‟oq ekyapman, … C) Cho‟ponlar har
kuni tunda bittadan qo‟y g‟oyib
bo‟layotganini sezib qolishdi.D) A,C
67.Quyidagi arab raqamlarida berilgan
sonlarni harflar bilan yozganda, berilgan
qo`shimchani qay biri ololmaydi? A) 7-
8+tadan B) 15+ovi C) 2+tasi D) 1+tadan
68.Jamlovchi sonning qo`shimchasi
qo`shilganda sonda fonetik o`zgarishning
qay biri yuz berishi mumkin? A) tovush
tushishi B) tovush almashishi C) tovush
orttirilishi D) A,B
69.Dona son qo`shimchasi qo`shilganda
sonda qanday tovush o`zgarishi yuz berishi
mumkin? A) tovush tushishi B) tovush
almashishi C) tovush orttirilishi D) A,B
70.–lab, -larcha qo‟shimchasi qaysi
sonlarga qo‟shila olmaydi? 1) bir; 2) to‟rtta;
3) yuz; 4) o‟n; 5) qirq.A) 1, 2, 5, 4 B) 2, 3, 4
C) 1, 2, 5 D) 1, 4, 5
71.Berilgan gaplarning qay biridagi sonni –
ov qo‟shimchasi bilan almashtirib
bo‟lmaydi? 1.Bolalarning ikkalasi ham
sportchi.2.Salima va Rahimalarning ikkalasi
ham a‟lochi.3.Uchala komandada ham
sinfdoshlarimizdan bor. 4.Beshala dastgoh
ham birdan guvullab ishlab ketdi.A) 1, 3, 4
B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4
72.Quyidagi gaplarning qay birida ikkita
hisob so‟z mavjud?A) Ikki hafta davomida
erta tongdan qorong‟i tushguncha loy
tashishdi.B) Nekman, serhosilman, har
dona mevam 200-250 grammga boradi.C)
Shu orada mezbon ikki hovuch arpa
solingan tog‟orachani keltirib, “Eshak” ning
oldiga va bir bog‟ beda keltirib, “Ho‟kiz”
ning oldiga qo‟yibdi.D) B, C
73.Jamlovchi sonlar sanoq songa –ov, -ala, -
ovlon qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil
bo`ladi.Shu qo`shimchalarning qaysi biri
sonlarning eski shaklini hosil qiladi? A) –ov
B) –ala C) – ovlon D) barchasi
74.Quyida boshqa so`z turkumidan hosil
bo`lgan o`lchov (hisob) so`zlar nechta?
dasta, tilim, tomchi, hovuch, siqim A) 1 B) 2
C) 3 D) 4
75.U hovliga bir-bir kirib uy ichini birma-bir
tekshirib chiqqanidan bir charchadi,ikkinchi
boshqa kelmaydigan bo`ldi.Gapda nechta
sonning ma`no turi bor? A) 1 B) 2 C) 3 D)
gapda son yo`q
76.Quyidagi sonlarning qay biriga tartib son
qo‟shimchasi qo‟shilmaydi? A) million B)
milliard C) yarim D) A, B,C 77.Tartib
sondan keyin qaysi holatda chiziqcha
qo‟yiladi? A) Rim raqami-dan keyin B)
harfda yozilsa C) arab raqamidan keyin D)
har qanday holatda
78.Qaysi son narsalarning ketma- ketlik
tartibini bildiradi? A) barcha sonlar B)
miqdor son C) sanoq son D) tartib son
79.Quyidagi gaplarning qay birida birinchi
so‟zi tartib o‟rni ma‟nosida ifodalangan? A)
Ota majlisda birinchi so‟zga chiqishi ekan.B)
Navoiy ko‟chasidagi birinchi uy bizga
qarashli.C) Birinchi qor atrof manzarasini
o‟zgartirib, ularga yangi o‟yinlar keltirgan.D)
Dovruqda birinchi edi.
80.Bir so‟ziga ma‟nodosh so‟zlarni
aniqlang.1) qandaydir; 2) qaysidir; 3)
kimdir; 4) nimadir; 5) bitta.A) 1, 2, 3, 4, 5 B)
1, 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 2, 3
81.Quyidagi gaplarning qay birida bir so‟zi
belgi- xususiyatni kuchaytirish uchun
xizmat qilgan? A) U seni bir cho‟qishda
qochiradi.B) Kamtarlik ham bir xislat.C)
O‟g‟li bir yaxshi yigit ekan.D) Umri bir
oqardi-yu, bir qizardi-yu, meni quchoqlab
yig‟ladi.
82.Berilgan so‟zlarning qay biri son emas?
A) bittalab B) mingtalab C) bittadan D)
o‟ntalab
83.Qaysi chama son qo‟shimchasi boshqa
chama son qo‟shimchalaridan keskin farq
qiladi? A) -lab B) -larcha C) -talab D) -tacha
84.Bolalar davrani ikki aylandi, qo‟l berib
ko‟rishishdi.Ushbu gapdagi sonning turi va
gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang.A)
tartib son, aniqlovchi B) sanoq son, hol C)
sanoq son, aniqlovchi D) son yo`q
85.Dona son bilan birga qo‟llana oladigan
hisob so‟zlarni aniqlang.A) yil, metr,
litrB)gramm, litr, tonna C) piyola, lagan, bet
D) bog‟, bosh, tup
86.Berilgan gapning qay birida dona son
otlashgan? A) Birinchi arava g‟ildiraklariga
bog‟langan uchta ot bor- u, qolgan otlardan
darak yo‟q.B) Ikkovining orasida hech
qanday sir yotmaydi.C) Jo‟jalardan
ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam
o‟ttiztasi o‟sib tovuq bo‟ldi.D) Bekatda
o‟ntachasini uchratdim.
87.Songa sonning ma‟no turini hosil
qiluvchi qo‟shimchalar qo‟shilganda tovush
o‟zgarishlarining qaysi turi hosil bo‟ladi? A)
tovush orttirilishi B) tovush tushishi C)
tovush almashishi D) B, C
88.Quyidagi gaplarning qay birida chama
son mavjud? A) Saidiy kelganda,
Murodxo‟ja domla to‟rttagina sigirni sog‟ib
eplamagan xotinning palpisligidan koyib
urishmoqda edi.B) Shoikrom o‟n kuncha
ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan
hol so‟ragan edi.C) Barvasta, yoshi ellikda
bo‟lsa ham, qomati sambitdek tik.D) Axir,
o‟n ikki yashar ukasini ko‟rmaysizmi, shu
yoshidan uloq chopmoqchi.
89.Qaysi son juftlasha olmaydi? A) sanoq
son B) taqsim son C) chama son D) tartib
son
90.Chama son qo‟shimchasini aniqlang.1) –
cha; 2) –ta; 3) –tacha; 4) – tadan; 5) –lab;
6) – lar; 7) – larcha.A) barchasi B) 1, 3, 5, 6,
7 C) 3, 4, 5, 6, 7 D) 3, 5, 6
91.Songa xos bo‟lmagan xususiyatni
aniqlang.A) hech qachon belgi bildiruvchi
so‟zni o‟ziga tobe qilmaydi.B) ot, sifat,
olmosh va fe‟llardan yasaladi.C) belgi
bildiruvchi so‟z bilan kelganda odatdagi
tartib bo‟yicha avval son kelishi lozim D) B,
C
92.Quyidagi gaplarning qay birida nuqta
o`rniga ikkalamiz so`zini qo`yish mumkin?
A) To`rtko`z bo`lsa bizdan …qadamcha
ilgariroqda chopib borar, goh bizga yaqin
kelib, atrofimizda o`ynoqlar edi.B) … tepalik
orqasiga o`tib qarasak, bir chuqurga tushib
qolgan To`rtko`z badanidan qon oqib
ingrab yotibdi.C) Umidjon jonholatda …
qo`li bilan boshini ushlab: “Yo`q, kerak
emas ,podshoh bo`lmayman” deya qichqirib
yubordi.D) Har … mehmon :- “Biz
farosatsizlarni kechiring, otaxon”,-deya
mezbonning oyog`iga yiqilishdi.Ichkaridan
yoshi yetmishlardan oshgan bir nuroniy
chol kirib keldi.Birdan Mehrining yuzi
yorishib bir-bir bosib ichkariga kira
boshladi.Gapda nechta son bor? A) 1 B) 2 C)
3 D) son yo`q
93.O`nta olma, ikkinchi sinf, beshovlon,
uchta kitoblar.Berilgan birliklardan
nechtasida o`zbek tilining adabiy
me`yorning buzilishi bor? A) 1 ta B) 2 ta C)
3 ta D) me`yor buzilishi yo`q
94.Qaysi javobda og'irlik o'lchovi
berilmagan? A)misqol, paysa B) botmon,
dahsar C) sarjin, pud D) tosh, gaz
95.Songa sonning ma‟no turini hosil
qiluvchi qo'shimchalar qo'shilganda tovush
o'zgarishlarining qaysi turi hosil bo'ladi? A)
tovush orttirilishi va tushi-shi B) tovush
tushishi va almashishi C) tovush ikkilanishi,
almashishi va tushishi D) tovush orttilishi,
almashishi va tushishi
Do'stlaringiz bilan baham: |