Sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim



Download 66,45 Kb.
Sana24.03.2022
Hajmi66,45 Kb.
#507308
Bog'liq
Kirish (3)


KIRISH
Men, 2019-yil 10-maydan 10-iyulga qadar tanishuv amaliyotini Buxoro viloyati Jondor tuman moliya bo’limida o’tadim. Ishlab chiqarish amaliyoti davomida ‘’Moliya’’, “Davlat Budjeti” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va amaliyot bo’yicha mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarni shakllantirishga harakat qildim. Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:
-nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko’nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo’yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;
-sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;
-amaliyot o’tashda zaruriy materiallarni to’plab ulardan unumli foydalandim va tizimlashtirdim;
-amaliyot o’tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bo’g’liqlikda xulosalar yozdim;
-amaliyot o’tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab unda aks etgan materiallarning mazmun mohiyatini yoritdim. Shuningdek malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim. Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.

1-mavzu:MOLIYA BO’LIMINI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR.


Moliya bo’limining faoliyatini yartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar va moliya tizimini rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki yo’riqnomalar mavjud.Ularning asosiylari quyidagilar:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari vazifalariga quyidagilar kiritilgan:
-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqorolarning xavfsizligini ta’minlash;
-hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy rivojlantirish;
-mahalliy budjetlarni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
-normativ hujjatlarni qabul qilish hamda o’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
2.O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi ‘’Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida’’gi Qonuni. Unda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy faoliyati asoslab,belgilab qo’yilgan. Mazkur qonunning ‘’Mahalliy davlat hokimiyati faoliyating moliyaviy asosi’’deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilga fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika budjetidan ajratilgan subvensiya va dotatsiyalar tashkil etadi.
‘’Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunda viloyat, tuman, shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu sohada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning huquqiy holati belgilangan tartibda qo’yilgan.
3.O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, budjet tizimining ustuvor yo’nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, budjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish maqasadida 2013-yil 26-dekabrda ‘’O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida’’ O’RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur qonunga asosan, O’zbekiston respublikasida 2014-yi 1-yanvardan boshlab Budjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinish munosabati bilan, 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respubliksining ‘’Budjet tizimi to’g’risida’’gi va ‘’Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida’’gi Qonunlari o’z kuchini yo’qotgan deb topilgan bo’lsa, ‘’Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida’’gi ‘’Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida’’gi va ‘’Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martidagi ‘’Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida’’gi PQ-2847-son Qarori.Mazkur qaror Respublika moliya organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatiga qatiy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budlet mablag’laridan samarali foydalanishga yo’naltirilgan vazifalarni, funksiyalarni, ish shakllari va uslublarini qayta ko’rib chiqish maqsadida qabul qilingan.Shuningdek ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risidagi yangi Nizom tasdiqlangan.
5.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi ‘’Asosiy Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida’’gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilinadigan qarorlarda mamlakatimiz budjetining daromadlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va xarajatlar yo’nalishi va miqdori tasdiqlanadi.
6.Idoraviy va idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Bularga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyruqlari va turli xil yo’riqnomalar kiradi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining moliya boshqarmalari to’g’risidagi nizomi. Umumiy qoidalar:
1.Viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining moliya boshqarmalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga kiradi. Moliya boshqarmalari yagona soliq va budjet siyosatini yuritishda ishtirok etadi, viloyat va shahar darajasidagi boshqa davlat boshqaruvi organlarini ushbu sohadagi faoliyati muvofiqlashtiradi va o’z faoliyatida viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga shuningdek moliya vazirligiga bo’ysunadi.
2.Moliya boshqarmalari faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga,O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari chiqargan qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlariga va boshqa normativ huquqiy nizomga amal qiladi.
3.Moliya boshqarmalari va faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4.Moliya boshqarmalari O’zbekiston Respublikasining Respublika budjeti mablag’lari hisobidan saqlanadi. Moliya boshqarmalarining tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining belgilangan soni darajasida belgilanadi.
5.Moliya boshqarmalari yuridik shaxs bo’lib, mustaqil balansiga, hisob varaqalariga, O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi tushurilgan muhriga ega.
Moliya boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti loyihasini tayyorlash hamda uni ko’rib chiqish uchun viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga kiritish;
-budjet tashkilotlariga va budjet mablag’larini oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini yetkazish;
-budjet daromadlari parametrlarini ishlab chiqish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, davlat soliq xizmati va statistika organlari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etish;
-Davlat budjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo’yicha yetkazish;
-soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’liqligi va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan ularning manbalari kesimida monitoring o’tkazish;
-budjetlar ijrosi jarayonida tegishli budjetga tushumlar kelib tushishini ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zahiralarni aniqlash;
-budjet tashkilotlarining xarajatlari smetasi va shtat jadvallarini hamda budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetasini shuningdek ularga kiritilgan o’zgarishlarni ro’yxatga olish;
-moliya yili davomida Ozbekiston Respublikasi Budjet kodeksida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga o’zgartirishlar kiritish;
-tegishli budjetlar mablag’laridan maqsadli foydalanishi ustidan dastlabki nazoratni yuritish;
-viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining ijrosi to’g’risida hisobotlar berish; `
-har chorakda tegishli bo’lgan budjet ijro etilayotganligi to’g’risida yuqori turuvchi moliya organlariga hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga hisobotlar berish;
-budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini tahlillar hisob-kitoblar asosida maqbullashtirish;
-mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjet ijro etilayotganligi to’g’risida daromadlar va xarajatlar mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normativ huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtosodiy ekspertizadan o’tkazish;
-hududlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha maqsadli davlat dasturlari bilan uyg’unlashgan, ularni tegishli daromad manbalarini ta’minlovchi takliflar kiritish;
-viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti ijrosini har chorakda mahalliy hokimiyat organlariga taqdim etish;
-viloyat tuman hokimliklari ishtirokida budjet tizimini buzilishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan choralar ko’rish.
O’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ko’ra moliya boshqarmalari quyidagi vazifalarni bajaradi:
-soliq va bojxona to’lovlarining budjetga kelib tushish jarayonini tahlil qiladi;
-soliq organlari bilan hamkorlikda tegishli mahalliy budjetlarning daromad bazasini oshirish shuningdek soliq to’lovchilar tomonidan daromadlarni berkitish va soliq to’lashdan bo’yin tovlash sabablaridan ogoh etish va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimligiga kiritadi;
-tegishli budjetlarning subvensiyalarga muhtojlik darajasini kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
-soliq va boshqa organlar tomonidan olinadigan axborot asosida soliq va bojxona imtiyozlari hamda referensiyalardan maqasadli foydalanishga rioya qilinishi ustidan muntazam monitoring olib boradi;
-turli darajadagi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni maqbullashtirish, viloyat,tuman,shahar budjetini shakllantirishda standart yondashuvlarni ta’minlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
-soliq solish bazasini kengaytirish va turli darajadagi budjetlar o’rtasidagi umumdavlat soliqlarini taqsimlash bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
-viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda viloyatlarni Toshkent shahrini, shahar va tumanlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan eng muhim ustuvorliklarga muvofiq har tomonlama rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
-viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetining loyihasini tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi ko’rib chiqishi uchun kiritadi;
-xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini hokim tasdiqlashi uchun taqdim etadi;
-Moliya davomida belgilangan tartibda tegishli budjetlarning parametrlariga o’zgarishlar kiritadi;
-tumanlar va shaharlar hokimlilklariga tumanlar hamda shaharlar budjetlarini daromadlari va xarajatlari, shuningdek ularga tegishli ravishda viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan taqdim etiladigan subvensiyalar va o’tkazib beriladigan daromadlar hajmlarini yetkazadi;
-budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’lar oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini yetkazadi;
-budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini hamda budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini , shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatga oladi;
-tegishli budjetga kelib tushadigan daromadlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zahiralarni aniqlaydi.
Tuman hokimligining moliya bo’limi to’g’risidagi nizomi
Umumiy qoidalar
1.Tuman va shahar hokimigining moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasi. Moliya vazirligi tizimiga kiradi. Moliya bo’limi yagona budjet va soliq siyosatini yuritishda ishtirok etadi, tuman va shahar darajasidagi boshqa davlat boshqaruvi organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda o’z faoliyatida tuman shahar hokimligiga shuningdek tegishli hududning moliya boshqarmasiga bo’ysunadi.
2.Moliya bo’limi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga,O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga amal qilishi kerak.
3.Moliya bo’limi o’z faoliyatida boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan amalga oshiriladi.
4.Moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasiing Respublika budjeti mablag’lari hisobidan saqlanadi.
Moliya bo’limining asosiy vazifalari:
-tuman va shahar mahalliy budjeti loyihasini tayyorlash hamda uni ko’rib chiqish uchun tuman va shahar hokimligiga kiritish;
-budjet tashkilotlariga va budjet mablag’larini oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini yetkazish;
-budjet daromadlari parametrlarini ishlab chiqish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari davlat soliq xizmati va statistika organlari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etish;
-yuqori turuvchi moliya organidan olingan davlat budjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlariga har chorakda yetkazish;
-budjetlar ijrosi jarayonida tegishli budjetga tushumlar kelib tushishini ko’paytirish bo’yicha qo’shmcha zahiralarni aniqlash;
-soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’liqligi va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan ularning manbalari kesimida monitoring o’tkazish;
-moliya yili davomida O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida nazarda tutilgan tegishli budjetlar parametrlariga o’zgarishlar kiritish;
-budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini hamda budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgarishlarni ro’yxatga olish;
-tegishli budjetlar mablag’laridan maqsadli foydalanishi ustidan dastlabki nazoratni amalga oshirish;
-tegishli budjetlar ijrosi ta’minlash hisobini yuritish;
-tuman va shahar mahalliy budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tayyorlash;
-har chorakda tegishli budjet tashkil etilayotganligi to’g’risida yuqori turuvchi moliya organlariga hamda tuman va shahar hokimligiga hisobotlar taqdim etish;
-budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini tashkillashtirish va hisob-kitoblar asosida maqbullashtirish;
-mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o’tkazish;
-muhtojlarga va kam ta’minlangan oilalarga pul o’tkazishni monitoring qilish;
-davlat moliyaviy nazorat organlariningish rejasiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli mahalliy budjetning ijro etilishi yuzasidan kompleks taftishlarni Budjet kodeksi doirasida o’tkazilishi bo’ticha hamkorlik qilish yuzasidan choralar ko’rish;
-hududlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha maqsadli davlat dasturlari bilan uyg’unlashgan, ularni tegishli daromad manvbalarini ta’minlovchui takliflar berish.
O’zbekiston Respublikasining Mahalliy Davlat Hokimiyati To’g’risidagi Qonuni.
Ushbu qonun 7 bob 29 moddadan iborat bo’lib 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan va bir necha bor tahrir qilingan,xususan oxirgi bor 2017-yil yangitdan tahrir qilingan.
1-modda.Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi xalq deputatlari kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo’lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Mahalliy davlat hokimiyat vakillari organlar va hokimlar O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo’ladilar.
Mahalliy budjetlar - Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari, Toshkent shahar budjeti, hamda mazkur budjetlarga kiruvchi quyi budjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, budjet jarayoni va budjet huquqi qonun bilan belgilangan. Mahalliy budjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
-mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
-bu pul fondlarini hududiy iqtisodiy tarmoqlari va ijtiomoiy sohalar o’rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
-mahalliy hokimiyatga bo’ysinuvchi korxona,tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.
Mahalliy budjetlar O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini muhim tarkibiy qismini tashkil etadi va mahalliy hukumat organlarining faoliyat ko’rsatishida moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi.Shuningdek, mahalliy budjet asosiy moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo’nalishlari bo’yicha to’liq qamrab oladi.
Mahalliy budjetlar ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini aholiga yetkazishning asosiy yo’nalishini belgilab beruvchi vosita bo’lib,u orqali ijtimoiy iste’mol fondlari aholining ayrim guruhlari o’rtasida taqsimlanadi. Yuqoridagilar bilan birgalikda mahalliy budjetlar umudavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda, davlat mablag’larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda yaratilgan YaIMni taqsimlash va aholiga yetkazish asosan budjet tizimi orqali amalga oshiriladi.Bunda xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, uy-joy kommunal xizmat sohasi bilan bo’g’liq asosiy xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan ijtimoiy himoya bilan bog’liq siyosatni amalga oshirish katta miqdordagi moddiy va moliyaviy resurslarni talab qiladi va bu muhim vazifalar mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bo’g’liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish ham asosan mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Umumdavlat pul mablag’larini budjet zvenolari o’rtasida taqsimlanishining asosiy hududiy budjetlar mustaqilligi, ularni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi, ular daromadlarini hududiy manbalar hisobidan shakllanishi tamoyillari tashkil etadi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqqan holda,mahalliy budjetlarning daromadlari o’z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidan daromadlardan shakllanadi.
Mahalliy budjetlar to’g’risida bir qator qarorlar mavjud bo’lib ulardan eng muhimlaridan biri bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘’Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi farmoni. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha ‘’Harakatlar Strategiyasi’’ga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan o’zgartish va mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo’yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni so’zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va ma’suliyatini oshirish maqsadida:
-Aholining real daromadlari,turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida xududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz budjetiga qaramlikni keskin kamaytirish,budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy budjetlar mablag’larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat budjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tajriba natijalari asosida 2018 yilgi soliq va budjet siyosati Konsepsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish,shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinin keng qo’llash hisobiga O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti g’aznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish bo’yicha takliflarni kiritsin.
-Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab,hududlarning o’zini-o’zi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining debitorlik qarzlarini kamaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida, ‘’Uztransgaz’’AK gaz ta’minoti korxonalari sotiladigan gazga qo’shimcha qiymat solig’ini to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda,uni sotish joyida amalga oshiriladi.
-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi 2 oy muddatda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumning bir qismini Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga,viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetiga yo’naltirish bo’yicha takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
-10kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga kiritsin;
-2 oy muddatda ushbu qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilsin. 2017yil 7iyun PF-5075-son .
2-mavzu:MOLIYA BO’LIMINING TARKIBIY TUZILISHI,VAZIFALARI VA ISH TAQSIMOTI.
Men bu mavzu bo’yicha tuman hokimiyati qoshidagi moliya bo’limining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi vazifalari va funksiyalarini o’rgandim. Shuningdek, moliya bo’limining tarkibiy tuzilmasi bilan tanishib barcha bo’limlarning ish faoliyatini o’rgandim.
Moliya bo’limi tuman budjetining loyihasini tuzadi,tuman budjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi,tuman budjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman budjeti bo’yicha moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hududi ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag’larning safarbar qilinishini ta’minlaydi.
Moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy asosini yaratish, tuman budjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o’ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni ta’minlaydi. Moliya bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1.Moliya bo’limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqasadida moliyaviy mablag’larni ishlatishni ta’minlaydi.
2.Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqyosining moddiy va madaniy o’stirish bo’yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag’ bilan ta’minlashga moliyaviy mablag’ yo’llaydi.
3.Tuman budjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag’larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4.Tuman hududidagi birlashmalar,korxona va tashkilotlar budjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini ta’minlaydi.
5.Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi,tumanning tijorat,ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
Moliya bo’limi yuklatilgan vazifalarga ko’ra quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko’rsatmalariga binoan xo’jaliklarning moliyaviy – budjet rajasi hamda moliyaviy mablag’ bilan ta’minlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag’larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini ta’minlash maqsadida tuman mahalliy xo’jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o’rganadi.
-Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo’yicha kelasi yil tuman budjeti loyihasining tuzish ishlarini tashkil qiladi, tuman budjetining daromadlari va xarajatlari to’g’risida takliflar kiritadi, o’zi moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydigan tuman hokimligi bo’lim va boshqarmalarining maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va tuman budjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag’larning jamlangan smeta loyihasini hamda tuman hokimi mahkamasini,shuningdek uning bo’lim va boshqarmalarining mablag’ bilan ta’minlovchi xarajatlar smetasini ko’rib chiqadi.
-Moliya bo’limi tuman budjetining ijrosini tashkil qiladi, budjetining daromad va xarajat qismlarini bo’linmalarga bo’ladi, tuman budjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag’ tushishini ta’minlashini, budjet mablag’larining maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo’yicha tadbirlar o’tkazadi, budjetining ijrosi masalalari bo’yicha takliflarni tuman xokimligiga olib chiqadi.Tuman Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo’limlari smeta xarajatlari ijrosi bo’yicha hisobotlarni ko’rib chiqadi,tuman budjetini ijrosi bo’yicha xisobot tuzadi hamda voliyat Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.
-Tuman Hokimi Mahkamasi bo’limlari va boshqarmalarining hisob-kitob hisobotlari hamda mezonlarini ko’rib chiqadi,shuningdek budjet hisobidan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadigan tuman tasarrufidagi ayrim tashkilotlar va korxonalarning hisob-kitob hisobotlari va mezonlarini ko’rib chiqadi hamda budjetdan ajratilgan moliyaviy mablag’lar bo’yicha moliyaviy majburiyatlar bajarilishini tekshiradi,Tuman Hokimi Mahkamasi bo’limlarini moliyaviy xo’jalik faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish talablarini qo’yadi, zarur hollarda tuman Hokimi boshqarma va bo’limlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatlari yuzasidan tuman Hokimiga axborot beradi,noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo’yicha tadbirlar o’tkazadi,mablag’larni samarali sarflanishi yuzasidan takliflar kiritadi.
-Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy manbalar aniqlaydi.
Tuman Hokimi Mahkamasining Moliya bo’limi quyidagi huquqlarga ega:
-korxona va tashkilotlar,muassasalaridan tuman budjetini tuzish uchun zarur bo’lgan moliyaviy reja,smeta hamda boshqa materiallar, muxosoba hisobotlari shuningdek muassasalar, korxona va tashkilotlar davlat moliya intizomiga rioya qilishlarini hamda davlat oldida moliyaviy majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish, mablag’ bilan ta’minlash, tuman budjetini rejalashtirish uchun boshqa materiallar va hisobotlar ma’lumotlari oladi.
-tuman budjeti hisobidan muassasalarning moliyaviy faoliyatlarini, shuningdek tahlil qilingan korxona va tashkilotlar rahbarlariga moliyaviy intizomda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni oldina olish to’g’risida ijro uchun majburiy ko’rsatmalar beradi.
-mablag’lar ortig’i bilan ishlatilgan hollarda va tashkilotlarni budjetdan mablag’ bilan ta’minlanashini cheklaydi, zarur bo’lsa to’xtatadi, shuningdek ular ilgari ajratilgan mablag’lar xarajati to’g’risida hisobot topshirilganda hamda boshqa belgilangan hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlangan holda tegishli vazirliklar rahbarlariga bu haqida ma’lumot berib o’z dalolati miqyosida, amaldagi qonunchilikka suyanib boshqa chora va tadbirlarni qo’llaydi.
-muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning hisobotlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatish to’g’risida takliflar kiritadi, shuningdek ushbu takliflar bajarilishini tekshiradi.
Ushbu mavzu bo’yicha amaliyot hisobotiga moliya bo’limining tarkibiy tuzilmasi va moliya bo’limi xodimlarining funksional vazifalarini ilova qilmoqdaman.

1.Jondor tuman Moliya bo’limining tuzilmasi:



Moliya bo’limi mudiri

Moliya bo’limi mudiri birinchi o’rinbosari-bo’lim boshlig’i

‘’Mahalliy budjetlarni shakllantirish va budjet muassasalarini moliyalashtirish’’ bo’limi

‘’Daromadlar bazasini mustahkamlash va subvensiya ulushini pasaytirish bo’yicha’’ bosh iqtisodchi

Moliya bo’limi mudiri o’rinbosari ‘’Davlat maqsadli dasturlarini monitoring masalalari bo’yicha’’ sektor mudiri

‘’Kommunal va uy xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, obodonlashtirish bo’yicha’’ sektori

‘’Budjet hisobi va budjet ijrosi’’ sektori


Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini nazorat va muvofiqlashtirish ishlari bo’yicha inspektor

Yuristkonsult

JONDOR TUMAN MOLIYA BO’LIMI UCHUN


1.UMUMIY QOIDALAR
1.1.Ichki mehnat tartibining ushbu qoidalari Mehnat kodeksiga, mehnat to’g’risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish,o’zgartirish va bekor qilishni,ish vaqti dam olish vaqtidan foydalanishni,mehnat intizomini hamda Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi bilan xodim o’rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining asosiy qat’iy lokal hujjati hisoblanadi. Ushbu qoidalar ish beruvchiga va Birlashmada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi barcha xodimlarga joriy qilinadi.
1.2.Qoidalar korxonaning kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va birlashma kengashida qo’llaniladi.
1.3.Qoidalarga rioya qilish ish beruvchilar va xodimlar uchun majburiy hisoblanadi,uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlika tortish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
1.4.Ish beruvchining majburiyatlari quyidagilar:
1.4.1.xodimlarning mehnatini tashkil etish;
1.4.2.Qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda,mehnat shartnomasida ko’zda tutilgan mehnat shart-sharoitlareini yaratish;
1.4.3.Xodimga u bajargan ish uchun korxonada belgilangan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq o’z vaqtida va to’liq hajmda haq to’lash;
1.4.4.Mehnat va ijro intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlarini ta’minlash;
1.4.5.Qonunchilikka jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirish, ularga kafolatli, imtiyozli,ustama,rag’batlantirish,moddiy,maishiy va badal to’lashini ta’minlash;
1.4.6.Mehnat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to’lashni amalga oshirish;
1.4.7.Xodimlarning vakillik organi bo’lmish kasaba uyushmasi qo’mitasi huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko’maklashish, mehnat va ijtomoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha muzokaralar olib borish;
1.4.8.Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.
2. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
2.1.Xodim ushbu qoidalarga, navbatchilik jadvallariga va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’zining mehnat majburiyatlarini bajarish kerak bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
2.2.Birlashmada har kungi ish vaqti 8 soatni tashkil etadigan 5 kunlik ish haftasi belgilangan.Barcha xodimlar uchun ushbu qoidalarning 2.8-bandida ko’rsatilgan har haftalik dam olish vaqti 2 dam olish kunini tashkil etadi. Barcha xodimlar uchun umumiy dam olish kuni yakshanba hisoblanadi.
2.3.Korxonaning quyidagi xodimlari uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:
-16 yoshgacha bo’lgan shaxslarga-haftada 24 soat;
-16 dan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarga-haftada 36 soat;
-1 va 2- guruh nogironlariga – haftada 36 soat.
2.4.Har kungi ishning davomiylik vaqti quyidagi hollarda bir soatga qisqartiriladi:
-bayram(ishlamaydigan) kunlari arafasida;
-tungi vaqtda ishlarni bajarganda(soat 22da 6 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt deyiladi);
-Tungi ishlash muddati ishlab chiqarish sharoitiga ko’ra zarur bo’lgan hollarda uzluksiz ishlanadigan korxonalarda, shuningdek, bitta dam olish kuni bo’lgan 6 kunlik ish haftasida navbatli ishlarda kunduzgi ish bilan tenglashtiriladi;
2.5.Xodim bilan ish beruvchi o’rtasuda kelishuv bo’yicha ishga qabul qilish paytida ham, keyinchalik ham to’liqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin. Ish beruvchi quyidagi hollarda to’liqsiz ish vaqtini belgilashi mumkin:
-homilador ayollar: 14 yoshgacha bolasi(16 yoshgacha nogiron bolasi) bo’lgan ayollar, shu jumladan uning homiyligida yoki tibbiy xulosaga muvofiq oilaning kasal a’zosini boqayotgan shaxsning iltimosiga ko’ra.
-To’liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash xodim uchun har yilgi ta’til muddatini mehnat stajini hisoblash va boshqa mehnat huquqlarini biror bir tarzda cheklashlarga sabab bo’lmaydi va ishlagan vaqtga mutanosib tarzda haq to’lanadi.
2.8.Har kungi ish vaqti (navbat) dan ortiqcha belgilangan ish xodim uchun ish kunidan tashqari mehnat vaqti hisoblanadi.
Ish kunidan tashqari mehnat qilishga faqat xodimning roziligi bilan yo’l, qo’yiladi. Ish kunidan tashqari ishlashning vaqti 2 kunda har bir xodim uchun 4 soatdan (zararli va og’ir mehnat sharoitlarida ishlashda kuniga 2 soatdan) va bir yilda 120 soatdan oshmasligi kerak.
Ish vaqtidan tashqari ishlashga quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
-ish navbatining vaqti 12 soatni tashkil etadigan xodimlar;
-18 yoshgacha bo’lgan xodimlar.
2.9.Xodimlarnig ayrim toifalarini dam olish va bayram (ishlamaydigan) kunlarida ishga jalb etish faqat favqulodda hollarda ish beruvchining yozma farmoyishi bilan yo’l qo’yiladi.

2.6. Har kungi ishning boshlanish va tugashi hamda dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti quyidagicha belgilanadi:



Bo’linmalar

Ishning boshlanishi

Tushlik tanaffusi

Ishning tugashi

Izoh

1.Birlashma uchun umumiy

9-00

13.00 dan 14.00 gacha

18.00

qishki vaqtda o’zgartirilishi mumkin

2.Navbatchilik kunlari jadvalga asosan

Alohida jadval bo’yicha










3. 18 yoshgacha bo’lgan shaxslar, 1- va 2- guruh nogironlari

9

13.00 dan 14.00 gacha

17

Ish kuni 8 soat bo’lgan haftada 1 kun

4.16 yoshgacha bo’lgan yoshlar

9

12.00 dan 13.00 gacha

15

Jumada soat 14.00 gacha

2.7.Ish sharoitlariga ko’ra tushki tanaffus vaqtini belgilash mumkin bo’lmagan xodimlarga ovqatlanish uchun ish vaqtida kamida 30 minut beriladi. Bunday ishlar ro’yxati, ovqatlanishning boshlanish va tugash vaqti hamda joyini ish beruvchi kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan belgilanadi.Navbatchilik jadvali bilan manfaatdor xodimlar u kuchga kirishiga qadar 3 kundan kechiktirmay tilxat berib tanishishlari lozim.Ishning tugashi bilan keying kunda boshlanishi o’rtasidagi har kungi dam olish vaqti 12 soatdan kam bo’lmasligi kerak.
2.10. 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarni tungi ishlarga hamda dam olish va bayram kunlarida ishlashga jalb etish taqiqlanadi. Nogironlar, homilador ayollar va 14 yoshgacha bo’lgan ayollar ko’rsatilgan ishlarni faqat ularning roziligi bilan jalb etilishi mumkin. Bunda nogironlar bunday ishlar tibbiy tavsiyalar bilan ularga taqiqlanmasligi sharti bilan jalb etiladi. Shunga o’xshash tibbiy tavsiyasi bo’lgan va o’zi rozilik bildirgan homilador ayollar va 3 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollar tungi ishlashga jalb etilishi mumkin.
2.11.Ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlamaydigan) kunlaridagi mehnatga haq to’lash va badal jamoa shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2.12.Barcha xodimlarga, shu jumladan, o’rindoshlarga ham ish joyi hamda o’rtacha ish xaqini saqlab qolgan holda har yilgi mehnat ta’tillari beriladi.
2.13.Har yilgi ta’tillar (asosiy va qo’shimcha) vaqti, ularga haq to’lash va hisoblash tartibi, shuningdek, ta’til olishga huquq beradigan ish stajini hisoblash qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
2.14.Xodimning arizasiga ko’ra unga ish haqi saqlamagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o’rtasida kelishuvga ko’ra belgilanadi, lekin u 12 oylik davri mobaynida jami 3 oydan ortiq bo’lmasligi kerak.
2.15.Har yilgi asosiy ta’til quyidagicha beriladi:
-ishlangan birinchi yil uchun – olti oy ishlagandan keyin;
-ikkinchi va undan keying yillardagi ish uchun – ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida.
2.16. Ta’til har yili u beriladigan ish joyi tugashiga qadar berilishi kerak. Ta’til xodimning yozma arizasiga ko’ra qismlarga bo’lishi mumkin. Ta’til qismlaridan biri kamida 12 ish kunini tashkil qilishi kerak.
Faqat xodimning roziligi bilan ta’tildan chaqirib olish mumkin.Ta’tilning foydalanilmagan qismi joriy yilga beriladi yoki keyingi yilga ko’chiriladi.
2.17. Xodimning xohishiga ko’ra ish vaqtida eng kam muddatdan ( 15 ish kunidan ) ortiqcha yillik ta’til uchun pul badali to’lanadi.Ijtimoiy ta’tillarning barcha turlari, shuningdek, noqulay ish sharoitlarida ishlash, ishning alohida tarzi, o’g’ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun qo’shimcha ta’tillarning barcha turlaridan albatta foydalanilishi kerak, ularni pul badali bilan almashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
2.18. Har yilgi ta’tillarni berishdagi rag’batlar kalendar yili boshlanishiga qadar korxona rahbari kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishib tasdiqlaydigan jadvalga binoan belgilanadi. Ana shu tartibda jadval yarim yil tugaganidan keyin ana shu davrda ishga yangi qabul qilinganlarni hisobga olib to’ldiriladi. Xodim ta’tilni berish vaqti to’g’risida uning boshlanishidan ko’pi bilan 15 kun oldin xabardor qilinishi kerak.
2.19. Ta’til uchun haq ta’til boshlanadigan kundan oldingi kunda to’lanishi kerak. Xodimning arizasiga ko’ra ta’til boshqa muddatga ko’chirilishi mumkin, agar u bu haqida o’z vaqtida xabardor qilingan yoki unga ta’til boshlanishiga qadar ta’til vaqti uchun haq to’lanmagan bo’lsa.
2.20. Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinadigan (shu jumladan, uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko’ra mehnat musosabatlarini keyin tugatgan holda har yilgi asosiy va qo’shimcha ta’tillar berilishi ko’zda tutilishi mumkin. Mazkur holda ta’tilning tugash kuni mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi deb hisoblanadi.
3. MEHNAT SHARTNOMASI TOMONLARI O’RTASIDAGI IXTILOFLARNI HAL ETISH
3.1. Har bir xodim qonunchiliklarda , mazkur qoidalarga, korxonaning boshqa lokal hujjatlarida va mehnat shartnomasida ko’zda tutilgan mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sudda himoya qilish, shuningdek, malakali yuridik yordam olish huquqiga egadir.
3.2. O’zining huqularini buzilgan deb hisoblovchi xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo’mitasi orqali ish beruvchiga og’zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishga haqlidirlar. Xodimning murojaati mazkur qoidalarning 2.5- bandida ko’zda tutilgan holda amalga oshiriladi.
3.3. Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatiga ko’ra, bevosita ko’rib chiqilgandan keyin yuboriladi.Mehnat sharoitlarini o’zgartirish to’g’risida murojaatga javob xodimga bunday o’zgarishga bo’lgan huquq qonunda ko’zda tutilganday 3 kundan kechiktirmay jo’natilishi lozim. Xodim bilan ish beruvchi o’rtasida ko’rsatilgan holdagi ixtilof paytida yoki ish beruvchinig javobidan qoniqmaganda xodim o’zining tanlashiga ko’ra mehnat nizomini hal etish uchun mehnat nizolari bo’yicha komissiyaga yoki bevosita sudga, shuningdek, vakolatiga korxona xodimlarini himoya qilish kiradigan boshqa organlarga murojaat qilishga haqlidirlar.
3.4. Xodim tomonidan berilgan ariza MNKda ro’yxatga olinadi va ariza bergan xodim ishtirokida u berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi.Xodimning arizasini ko’rib chiqishda ishtirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga ko’ra yo’l qo’yiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzurli sabablarsiz kelmagan taqdirda mazkur arizani ko’rib chiqmaslik to’g’risida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni qaytadan ariza topshirish huquqidan mahrum qilmaydi.
3.5.MNK qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi MNKning ko’chirma nusxasini olgandan keyin 10 kun ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
3.6. Xodim sudga yoki MNKga quyidagi muddatlarda murojaat qilishga haqlidir:
-ishga tiklash to’g’risidagi nizolar bo’yicha xodimga shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi farmoyishning ko’chirma nusxasi topshirilgan kundan boshlab ko’pi bilan bir oy ichida;
-boshqa nizolar bo’yicha – xodim o’z huquqining buzilgani to’g’risida bilgan yoki bilishi kerak bo’lgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay;
-xodimning sog’ligiga yetkazilgan zararni to’lash to’g’risidagi nizolar bo’yicha sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi;
-Mazkur bandda ko’rsatilgan muddatlarni uzrli sabablar bilan o’tkazib yuborilgan taqdirda ular sud yoki MNK tomonidan tiklanishi mumkin. Ichki mehnat tartibi qoidalarini ko’zga ko’rinarli joyga osib qo’yiladi.
4.ICHKI MEHNAT TARTIB QOIDALARI BAJARILISHI USTIDAN NAZORAT
4.1. Ushbu qoidalarning bajarilishi ustidan nazoratni Birlashma kengashi raisi va tashkiliy ishlar bo’limi mudiriga yuklatiladi.Ushbu ichki mehnat tartibi qoidalari bilan barcha xodimlarni tilxat orqali tanishtirib borilishi birlashma kengashi tashkiliy ishlari bo’limi amalga oshiradi.
Ichki mehnat tartib-qoidalari tuman moliya bo’limi xodimlarining 2015 yilda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilib yakdillik bilan qabul qilingan. Unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida moliya boshqarmalari quyidagi huquqlarga egadir:
-o’z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy materiallarni so’rash;
-soliq organlari hamda tuman va shahar hokimiyatlarining moliya bo’limlari budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilardan viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlari rejalashtirish hamda budjet qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan monitoringni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hisobot ma’lumotlarini so’rash;
-xo’jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi davlat ulushi bo’yicha dividendlar borasida xo’jalik yurituvchi subyektlarning muddati o’tkazilgan qarzddorlikni undirish bo’yicha sudga murojaat qilish;
-tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalariga kiritiladigan xarajatlarni tahlil qilish;
-zarurat bo’lgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar xarajatlarining to’lovini, ular tomonidan mablag’lar noqonuniy sarflangan, budjet qonunchiligi buzilgan holatlari mavjud bo’lganda, shuningdek avval ajratilgan mablag’lar foydalanishi to’g’risida hisobotlar hamda boshqa belgilangan hisobot taqdim qilinmagan taqdirda, bu haqida tegishli budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar rahbarlarini xabardor qilgan holda to’xtatib turish;
-budjet ssudasi to’lash va o’zaro hisob kitoblar uchun quyi turuvchi budjetlarining g’azna shaxsiy hisobvaraqalaridan mablag’larni so’zsiz undirish;
-o’z vakolati doirasida tuman va shahar hokimiyatlarining moliya bo’limlarida, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish;
-aniqlangan qoida buzilishlarni bartaraf etish bo’yicha chora–tadbirlar bajarilishini o’rganishni amalga oshirish;
-budjet qonunchiligini buzish holatlari aniqlangan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berib yuborish;
-budjet tashkilotlari rahbarlariga ularning xodimlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida ko’rsatgan ma’suliyatsizliklari munosabati bilan ularga intizomiy jarima choralari qo’llash to’g’risida takliflarni ko’rib chiqish uchun kiritish.
MOLIYA BOSHQARMALARI ISHINI TASHKIL QILISH.
1.Moliya boshqarmalarida 7 kishidan quyidagi tartibda Kengash tashkil qilinadi: Boshqarma boshliqlari(rais), Boshliq o’rinbosarlari(lavozimiga ko’ra), moliya boshqarmalari hamda tuman va shahar hokimiyatlari moliya bo’limlarining boshqa rahbar xodimlari. Hududiy nazorat-taftish , g’aznachilik va budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi boshqarma boshliqlari lavozimi bo’yicha Kengash a’zosi hisoblanadilar.
2.Moliya boshqarmalari Kengashi moliya boshqarmalari faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqadi , moliya boshqarmalarining tarkibiy bo’limlari hamda tuman va shahar hokimliklari moliya bo’limlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, qabul qilingan qarorlar ijrosi , eng muhim masalalar , shuningdek tekshiruvchilar va o’rganishlar natijalarini muhokama qiladi. Yilning choragi , yil natijalari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetining ijrosi hamda moliya organlarinig kelgusi moliya yilidagi vazifalari to’g’risida yig’ilish o’tkazadi. Moliya boshqarmalari Kengashining qarori asosida Moliya boshqarmalari buyrug’ini chiqariladi.
3.Moliya boshqarmalari boshliqlari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, tegishli hokimning taqdimiga ko’ra Xalq deputatlari Kengashi tomonidan , sessiyalar oralig’idagi davrda esa qabul qilingan qaror keyinchalik xalq Xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim qilingan sharti bilan , hokim tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Moliya boshqarmalari boshliqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahrining hokimi bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadigan o’rinbosarlariga ega.
4. Boshliq:
-Moliya boshqarmalari faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va tuman,shahar hokimiyatlarining moliya bo’limlarining ishini muvofiqlaydi;
-Moliya boshqarmalarining vakolat doirasiga kiradigan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda Moliya boshqarmalariga kiritilgan maqsad va vazifalar bajarilishi ustidan shaxsan javob beradi;
-O’zining o’rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o’rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Moliya boshqarmalarini boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
-Normativ – huquqiy hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qaror va farmoyishlari, moliya vazirligining buyruqlari asosida hamda ularni ijro etish maqsadida o’z vakolati doirasida tegishli moliya organlarining xodimlari tomonidan so’zsiz bajariladigan buyruqlar chiqaradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
-belgilangan tartibda Moliya boshqarmalarining tarkibiy bo’linmalari xodimlarining lavozim vazifalarini , shuningdek Kengash raisi Moliya boshqarmalari Kengashi to’g’risida nizomini tasdiqlaydi;
-belgilangan tartibda Moliya boshqarmalarining xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tasdiqlaydi;
-budjet ssudalari va o’zaro hisob kitoblar , shuningdek ularga xizmat ko’rsatish manbalari etib viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining mablag’lari ko’zda tutilgan, O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari ostidagi chet el kreditlari bo’yicha qarzdorlikni o’z vaqtida to’lash bo’yicha kerakli choralar ko’radi;
-tuman va shahar hokimliklarining moliya bo’limlari mudirlarining taqdimiga ko’ra Moliya boshqarmalari hamda tuman va shahar hokimliklari moliya bo’limlarining xodimlari mehnatini rag’batlantirish xamda intizomiy javobgarligi masalalarini xal qiladi , shuningdek alohida xizmat ko’rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar hamda O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlash to’g’risida taklif kiritadi;
-O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri bilan kelishish uchun tuman, shahar moliya bo’limlarining mudiri lavozimiga nomzodlarni taqdim qiladi;
-qaror hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Tuman Moliya bo’limining funksiyalari.
O’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliya bo’limi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning budjetga kelib tushishi jarayonini tahlil qiladi;
-soliq organlari bilan hamkorlikda tegishli mahalliy budjetlarning daromad bazasini oshirish, shuningdek soliq to’lovchilar tomonidan daromadlarni berkitish va soliq to’lashdan bo’yin tovlash sabablaridan ogoh etish va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi hamda tuman va shahar hokimligiga kiritadi;
-tegishli budjetlarning subvensiyaga muhtojlik darajasini kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
-soliq va boshqa organlar tomonidan olinadigan axborot asosida soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar hamda preferensiyalardan maqsadli foydalanishga rioya qilinishi ustidan muntazam monitoring olib boradi;
-tuman va shahar budjetini shakllantirishda standart yondashuvlarni ta’minlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga doir tafliklar tayyorlaydi;
-soliq solish bazasini kengaytirish takliflarini ishlab chiqadi;
-tuman va shahar xokimligi bilan hamkorlikda tuman va shaharni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab beriladigan eng muhim ustuvorliklarga muvofiq har tomonlama rivojlanishga doir takliflar ishlab chiqadi;
-tuman va shahar mahalliy budjetining loyihasini tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda tuman va shahar hokimligi ko’rib chiqishi uchun kiritadi;
-xalq deputatlari tuman va shahar kengashi qaroriga muvofiq tuman va shahar mahalliy budjetiga parametrlarini hokim tasdiqlashi uchun taqdim etadi;
-tuman va shahar mahalliy budjetiga tasdiqlangandan so’ng:
1.Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’lar oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini yetkazadi;
2.Moliya yiliga qo’shimcha yilda tuman va shahar mahalliy budjetining ijrosi bo’yicha operatsiyalarni, budjetlararo munosabatlarni tartibga solish qismida amalga oshiradi;
3.Tuman va shahar mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjet hisobi va hisoboti yuritilishining ahvolini o’rganishni amalga oshiradi;
4.Yordamga muhtoj oilalar va fuqorolarni ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to’lanishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
5.Moliya boshqarmasining vakolati doirasidagi masalalar bo’yicha fuqorolarning taklif, ariza va shikoyatlari o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’radi;
6.Belgilangan tartibda davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan tushumlar va xarajatlar bo’yicha mahalliy budjetlar bo’yicha xisobotlarni tuzadi;
7.Qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Tuman Moliya bo’limining huquqlari va majburiyatlari:
O’ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida moliya bo’limi quyidagi huquqlarga egadir:
-o’z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar ,tahliliy materiallarni so’rash;
-soliq organlari hamda tuman va shahar hokimiyatlarining moliya bo’limlari , budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilardan viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish hamda budjet qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan monitoringni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hisobot ma’lumotlarini so’rash;
-xo’jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi davlat ulushi bo’yicha dividendlar borasidagi xo’jalik yurituvchi subyektlarning muddati o’tkazilgan qarzdorlikni undirish bo’yicha sudga murojaat etish;
-tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalariga kiritiladigan xarajatlarni tahlil qilish;
-zarurat bo’lgan hollarda viloyat va Toshkent shahri mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar xarajatlarining to’lovini, ular tomonidan mablag’lar noqonuniy sarflangan, budjet ssudasini to’lash va o’zaro hisob - kitoblar uchun quyi turuvchi budjetlarning g’azna shaxsiy hisobvaraqalaridan mablag’larni so’zsiz undirish;
-o’z vakolati doirasida tuman va shahar mahalliy budjetidan moliyalashtirilgan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish;
-aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf etish bo’yicha chora – tadbirlar bajarilishini o’rganishni amalga oshirish; -budjet qonunchiligi buzish holatlari aniqlanga taqdirda tekshiruv materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish;
-budjet tashkilotlari rahbarlariga ularning xodimlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida ko’rsatgan ma’suliyatsizliklari munosabati bilan ularga intizomiy jarima choralarini qo’llash to’g’risida takliflarni ko’rib chiqish uchun kiritish.

Download 66,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish