Slavyan harbiy jang san’ati Slavyanlar haqida qadimiy maʼlumotlarga koʻra, ular mil. 1—2-asrlarda venedlar nomi bilan maʼlum boʻlgan. 6-asr oʻrtalarida Prokopiy, Iordan va boshqalarning asarlarida uchraydi. 7-asrning 2-yarmida Slavyanlar arab muallifi Abu Malik al-Axtalning asarlarida tilga olingan. Slavyaning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oilasiga mansub tillarda soʻzlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, dregovich, vyatich va boshqa qabilalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |