Siydik chiqaruv a’zolari organa urinaria Buyrak ren



Download 229,32 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi229,32 Kb.
#732690
Bog'liq
Siydik chiqaruv shahrizoda


Siydik chiqaruv a’zolari - organa urinaria
Buyrak – ren
Buyrak - ren qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida joylashgan bo’lib, qorin pardaga nisbatan ekstroperitoneal a ’zo hisoblanadi. O‘ng buyrak biroz pastroqda joylashadi. Buyrak loviyasimon shakldagi a ’zo bo’lib, uning yuqori uchi - extreniitas superior, pastki uchi - extrem itas inferior, ichki qirrasi – margo medialis, tashqi qirrasi - margo lateralis, oldingi yuzasi - facies anterior, orqa yuzasi - facies posterior sohalari boladi. Buyrakning margo medialis sohasida botib kirgan darvoza- hilus renalis bo’ladi. Unda buyrak arteriyasi, venasi, limfa tomirlari, nervlar va siydik nayi joylashgan bo’ladi.
Buyrak tashqi tarafdan fibroz parda-capsula fibrosa bilan o‘ralgan. U tashqi tarafdan yog‘ moddadan iborat parda - capsula adiposa bilan qoplanadi. Bu pardalaming ustida qo‘shuvchi to‘qimali parda - fascia renalis joylashadi. Bu fassiya qorin orqa devoridagi mushak fassiyasiningdavomi hisoblanadi. U buyrakning lateral chekkasida ikkiga ajraladi. Oldingi va orqa fassiya varaqlari buyrakni o ‘rab oladi, lekin buyrakning medial qirrasi sohasida o ‘zaro birlashmaydi. Oldingi fassiya varag’i buyrak tomirlari, aorta, ostki kavak venaning oldingi yuzalari bo‘ylab yo‘naladi va qarama-qarshi tarafdagi shunday fassiya bilan qo‘shiladi. Orqa tarafdan yo‘nalgan fassiyalar, qon tomirlarining orqasidan yo‘nalib, umurtqalar tanasida tugaydi. Buyrakning oldingi va orqa fassiyalari uning yuqori uchi sohasida o ‘zaro qo‘shilgan bo’ladi. Buyrakning pastki uchida esa oldingi va orqa fassiyalar o‘zaro birlashmaydi. Buyrak fassiyasining tarkibida yog‘ tanachalari - corpus adiposum pararenale bo’ladi.
Buyrakning ichki tuzilishi. 1 - cortcx renalis; 2 - medulla renalis; 3 - 6 - ureter; 7 - sinus renalis; 8 - hilum renalis; 9 calyces renales minores; 4 - pyramis renalis; 5 - papilla renalis; pelvis renalis; 10 - calyces renales majores; 11 - ramusa. renalis.
Buyrakning ichki tuzilishi
Buyrakning bo‘ylama kesigida uning ikki turdagi moddalardan tuzilganligini ko‘ramiz. Tashqi tarafida po‘stloq moddasi - cortex renis va ichki sohasida mag’iz moddasi - medulla renis bo’ladi. Bu ikki modda orasida aniq chegara bo’lsa-da, po‘stloq moddasi magz moddasining ichiga kirib boradi va bu hosilag a- columnae renales deyiladi. Natijada, buyrakning mag’iz moddasi piram ida shaklidagi bo’laklarga ajralib', pyramides renales deb ataladi. Piramidaning keng asosi po‘stloq qismiga yo‘nalsa, uchi buyrak darvozasiga yo‘naladi. Piramidalaming uchi buyrak so‘rg’ichi - papilla renales, uning uchidagi g ‘alvirsimon maydoncha area cribrosa deyiladi va bu sohada ko‘p miqdorda teshikchalar - foram ina papillaria ko‘rinadi. Buyrakning mag’iz qismi ham po‘stloq ichiga kirib boradi va po‘stloqning pars radiata sohasi deyiladi. Ulam ing orasidagi po ‘stloq qism iga esa pars convoluta deyiladi. Pars convoluta va pars radiata buyrak po‘stlogMning boMakchasi - lobuli corticalis ni tashkil etadi. Natijada, buyrak po‘stloq qismining bo’lagi bo’lmish lobulus corticalis nursimon qism - pars radiata va burama naycha qismi - pars convoluta lardan iborat bo’ladi. Buyrak po‘stloq qism ining pars radiata sohasida nefronning to‘g ‘ri naychalari, pars convoluta sohasida burama naychalari, uning mag’iz qismida esa nefronning to‘g ‘ri va yig‘uv naychalari joylashadi. Buyrak siydik chiqaradigan ekskretor bezlar turkumiga kirib, naychalar - tubuli renales dan tashkil topgan. Bu naychalaming boshlanish sohasi berk bo’lib, orqasi botib turadi. Natijada, ularning boshlanish sohasida ikki devordan iborat qadoqsimon kengayma hosil bo’ladi.
Buyrak jomi, kosachalar va siydik nayi
Buyrak so‘rg’ichi sohasidagi foramina papillaria orqali chiqadigan ikkilamchi siydik kichik va katta kosachalar, buyrak jom i orqali siydik nayiga yo‘naladi. Kichik kosachalar - calyces renales minores har bir buyrakda 8-9 ta bo’ladi. Kichik kosacha devorining bir qismi 1-2 ta buyrak piramidasining so‘rg’ich sohasini qoplaydi. Ikkinchi devori esa katta kosachalar - calyces renales majores ga davom etadi. Katta kosachalar uchta boMadi: 1) calux superior - yuqori kosacha; 2) calux medius - o ‘rta kosacha; 3) calux inferior - pastki kosacha. Katta kosachalar buyrak jomi - pelvis renalis ni hosil qilishda qatnashadi. Siydik nayi - ureter buyrak jom idan boshlanib, siydik qopchasining tubigacha davom etadi, u qorin
bo‘shlig’ining orqa devori sohasida joylashgan ekstroperitoneal a ’zodir. Uning uzunligi 30 sm, ichki diametri 4 mm kichik chanoqqa kirish sohasi (linea term inalis) gacha bo’lgan qorin qismi pars abdom inalis, kichik chanoq bo‘shlig’idagi qismi pars pelvina deyilib, siydik qopchasi devoridagi qism esa pars intram uralis deyiladi.
Siydik pufagi - vesica urinaria
Siydik pufagi - vesica urinaria 500-700 ml hajmga ega bo’lib, kichik chanoq bo‘shlig’ida joylashgan. Siydik yig’ilishi natijasida, siydik pufagi qorin bo‘shlig’iga ko‘tariladi. Qopchaning tubi - fundus vesicae orqa va past tarafga yo‘nalgan bo’ladi. Bo‘yin qismi - cervix vesicae siydik chiqaruv nayiga davom etadi. Qorin oldi devori sohasida joylashgan uchi - apex vesicae bilan tubi - fundus orasida siydik qopchasining tanasi - corpus vesicae joylashadi. Siydik qopchasining uchidan qorin oldi devorining ichki yuzasi bo‘ylab kindik sohasigacha lig.umbilicale m edianuni yo'naladi. Siydik qopchasining tashqi yuzasi tunica serosa qavati bilan o‘ralgan. Uning ostida tunica m uscularis bo’lib, tashqi bo‘ylama, o ‘rta-ko‘ndalang, ichki bokylama va ko‘ndalang tutamlardan tashkil topgan. Bu mushaklar silliq mushak tolalaridan hosil bo’lib, umumiy vazifasi siydikni pufakdan chiqarish bo’lganligi sababli siydik chiqaruvchi mushaklar - m. detrusor urinae deyiladi. Siydik chiqaruv teshigi - ostium urethrae internum sohasida halqasimon mushak tolalari yaxshi rivojlangan boMib, m. sphincter vesica mushagini tashkil etadi. Mushak tolalarining ostida shilliq osti qavat - tela submucosa yaxshi taraqqiy etgan. Bu qavat qopchaning uchburchakli yuzasi - trigonum vesicae sohasida uchramaydi (bu sohada ichki shilliq qavat mushak qavati bilan birlashadi). Siydik qopchasining uchburchak sohasi ikkita siydik nayi teshigi - ostia uretere hamda bitta siydik chiqaruv nayi teshigi - ostium urethra internum orasida joylashadi. Siydik pufagining ichki yuzasi shilliq qavat - tunica mucosa deyilib, bu sohada glangulae vesicalis bezlari uchraydi. Shilliq qavat pufakning bo‘sh holatida burmalar bilan qoplangan bo’ladi. Siydik qopchasi devorining tashqi qavati tunica serosa - seroz parda bilan o lralgan. Uning ostida tunica subrerosa qavati joylashadi. Mushak qavati - tunica muscularis quyidagi mushaklardan hosil boMadi: 1) m.m. trigoni vesicae - buyrakning uchburchak sohasidagi mushak, o ‘z navbatida, chuqur - m. trigoni vesicae profundus va yuza - m. trigoni vesicae su p erficial mushaklaridan tashkil topgan; 2) m. detrusor vesicae - siydikni siqib chiqaruvchi mushak. Mushak qavatining ostida shilliq osti qavati - tela submucosa joylashadi. Bu qavat siydik qopchasining uchburchak sohasida bo’lmaydi. Siydik qopchasining ichki yuzasida tunica mucosa shilliq qavati joylashadi. Siydik qopchasining tashqi tarafiga quyidagi mushaklar birikadi: 1) m. pubovesicalis - qov suyagi bilan siydik qopchasi orasida tortilgan; 2) m. rectovesicalis - to‘g ‘ri ichak bilan siydik qopchasi orasida tortilgan; 3) erkaklarda prostata bezi bilan siydik qopchasi orasida m. vesicoprostaticus joylashadi; 4) ayollarda siydik qopchasi va qin orasida m. vesicovaginalis bo’ladi.
Siydik chiqaruv nayi – urethra
Ayollarda siydik chiqaruv nayi - urethra feniinina siydik pufagidagi teshik - ostium ureth rae internum va tashqi teshik - ostium urethrae externum orasida joylashadi. Siydik chiqaruv nayining chanoq devoridan o ‘tish sohasida ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalar bilan o ‘ralib, m. sphincter urethrae deb nomlanadigan halqani hosil qiladi. Ayollar siydik chiqaruv nayi mushak qavati - tunica muscularis; shilliq osti qavati - tela submucosa hamda shilliq qavati - tunica mucosa dan tashkil topgan. Nayga shilliq bezlar - glandulae urethrales ochiladi. Erkaklar siydik chiqaruv nayi - urethra masculina ham siydik pufagidagi ostium urethrae internum hamda tashqi teshik - ostium urethrae externum orasida joylashadi. Erkaklar siydik chiqaruv nayi quyidagi qismlardan iborat: 1) pars intram uralis (preprostatica) - siydik qopchasi devoridagi prostata bezigacha boMgan qismi; 2) pars prostatica - prostata beziga to‘g‘ri kelgan qismi; 3) pars interm edia (m em branacea) - oraliq mushaklar orasidagi qismi; 4) pars spongiosa - g ‘ovakli qismi. I. Pars prostatica - nayning boshlang‘ich qismi bo‘lib, siydik qopchasining ostida joylashadi. Bu sohada, nayning orqa devorida bo‘rtib chiqib turgan urug‘ tepachasi - colliculis seminalis joylashadi. Shu sohada qirra - crista urethralis, bachadoncha - utriculus prostaticus, tunica m uscularis - mushak qavati halqasimon stratum circulare mushak tolasidan tuzilgan bo’lib, m. sphincter urethrae internus - ichki qisuvchi mushak hosil bo’ladi. Bu m ushak urug‘ tepachasining ustida joylashadi va m. sphincter supra colliuculares deb ham ataladi. Bu mushakning qisqarishi siydik bilan urug‘ suyuqligini qo‘shilib ketishdan asraydi. Mushak qavatida bo‘ylama stratum longitudinale tolalari ham mavjud. II. Pars m em branacea - siydik chiqaruv nayining eng qisqa va tor qismini tashkil etadi. Bu bo‘lim chanoqning oraliq mushaklari sohasiga to‘g ‘ri keladi. Siydik chiqaruv nayining bu sohasida ko‘ndalang-targ‘il m ushak tolalaridan hosil bo’lgan m. sphincter urethrae externum halqasi boMadi. III. Pars spongiosa - siydik chiqaruv nayining tashqi qismi boMib, erkak olati - penis dan o ‘tadi. Bu sohada qayiqsimon chuqurchalar - fossa naviculares urethre, bezlar - glandulae urethrales, bo‘ylama mushak tolalari - stratum longitudinale dan tashkil topgan tunica m uscularis m ushak qavati bo’ladi. Siydik nayining ichki yuzasi shilliq qavat - tunica mucosa deyiladi. Siydik nayi tashqi teshigi ostium urethrae externum bilan yakunlanadi.
Erkaklar jinsiy a’zolari - organa genitalia masculine
Moyak – testis
Moyak - testis juft a ’zo bo’lib, yorg‘oq ichida joylashadi. U oval shaklda tuzilgan bo’lib, ichki - facies medialis, tashqi - facies lateralis yuzalar, oldingi - margo anterior hamda orqa - margo posterior qirralari boMadi. Moyakning yuqori uchi - extrimitas superior hamda pastki uchi - extrimitas inferior tafovut etiladi.
Parietal varaqning visseral varaqqa o ‘tish sohasi moyak ortig’ining ikki uchi sohasiga to‘g ‘ri kelib, bu sohalarda boylamlar: moyak ortig‘ining yuqorigi boylami - lig. epididymidis superius va m oyak ortig‘ining pastki boylami - lig. epididymidis inferius lar hosil bo’ladi. Bu ikki varaq orasidagi bo ‘shliq sinus epididymidis deyiladi. Qinsimon qavat seroz parda - tunica serosa va tunica subserosa lardan hosil boMadi. Moyak tashqi tarafdan oq rangdagi fibroz to‘qima - tunica albuginea bilan o ‘ralgan boMadi. Bu qavat moyakning orqa qirrasidan a ’zoning ichiga kiradi va bu soha mediastinum testis deyiladi. Fibroz qavat moyak ichiga kirib, a ’zoni bo’lakchalar - lobuli testis ga ajratadigan to‘siq septula testis ni hosil qiladi. Natijada, moyak 250-300 bo’lakchalarga ajraladi. Moyakning harbir bolakchasi ichida 2-3 taurug‘ buram anaychalar- tubuli seminiferi contorti boMadi. Shu naychalar ichida erkaklar urug’ - spermatozoid yetishadi. Burama naychalar to‘g‘rilanib, tubuli sem iniferi recti ni hosil qiladi. To‘g‘ri naychalar moyakning mediastinum sohasida o ‘zaro qo‘shilib to ‘r - rete testis ni hosil etadi.
Moyak va moyak ortig’i tuzilishining chizm asi. 1 - ductus deferens; 2 - ductuli efferentes; 3 - ductus epididimidis; 4 - mediastinum testis; 5 - rete testis; 6 - tubuli semeniferi recti; 7 - septum testis; 8,9 - tubuli semeniferi contorti; 10-tunica albuginea; 11 - lobulus epididimidis.
T o ‘r sohasidan 12-15 ta ductus efferentes urug‘ yo’li boshlanadi va bu yog’lar moyak o rtig ‘ining boshchasiga davom etadi. M oyak ortig’i ichida esa bitta umumiy urug‘ yo’li - ductus epididymidis boMadi. O‘z navbatida, bu yo’li urug‘ tizimchasining tarkibidagi urug‘ olib ketuvchi ductus deferens ga davom etadi. Urug‘ olib ketuvchi yo’li chov kanali orqali qorin bo‘shlig’iga o ‘tadi va siydik qopchasining ostida kengayma - am pulla ductus deferentis sifatida yakunlanadi. Ductus deferentis devori uch qavatdan: tashqi fibroz - tunica adventitica, o ‘rta mushak - tunica m uscularis va ichki shilliq - tunica mucosa qavatlaridan tashkil topgan. Urug‘ tizimchasi - funiculus sperm aticus tarkibi: 1) urug‘ olib ketuvchi nay - ductus deferens; 2) moyak arteriyasi - a. testicularis; 3) nay arteriyasi — a. ductus deferentis; 4) moyak venasi - v. testicularis; 5) nay venasi - v. v. ductus deferentis; 6) nerv tolalari - plexus testicularis et deferentialis; 7) urug‘ tizim chasining tashqi fassiyasi - fascia sperm atica externa;
8) moyakni ko'taruvchi mushak - m. cremaster; 9) mushak fassiyasi - fascia cremasterica; 10) urug‘ tizimchasining ichki fassiyasi - fascia sperm atica interna. Urug‘ olib ketuvchi nay - ductus deferens. Uning quyidagi qismlari boMadi: 1) pars scrotalis - yorg‘oq sohasidagi qismi; 2) pars funicularis - urug‘ tizimchasi tarkibidagi qismi; 3) pars inguinalis - chov kanali sohasidagi qismi; 4) pars pelvica - chanoq sohasidagi qismi. Urug‘ olib ketuvchi nay chanoq sohasidagi qism ining yakunida kengayma ampulla ductus deferentis hosil bo’ladi. Urug‘ olib ketuvchi nay devori quyidagi qavatlardan hosil bo’ladi; a) tunica adventitia - qo‘shuvchi to‘qimali qavat; b) tunica muscularis - mushakli qavat; d) tunica mucosa - shilliq qavat;
Urug‘ pufakchalari - vesiculae sem inalis
Urug‘ pufakchalari - vesiculae seminalis siydik qopchasining tubi bilan to‘g ‘ri ichak orasida joylashadi. Pufakchalar ekskretor bez boMib, erkak urug’ining suyuq qismini ishlab chiqaradi. Pufakning suyuqlikni o’tkazuvchi nayi - ductus extcretorius urug‘ olib keluvchi nay - ductus deferens ga ochiladi. Bu ikki nayning qo‘shilishidan urug‘ otuvchi nay - ductus ejaculatorius hosil bo’ladi. Urug‘ otuvchi nay siydik chiqaruv yo’lining pars prostatica qismiga ochiladi. Urug‘ pufakchasi devorida quyidagi qavatlar bo’ladi: a) tunica adventitia - biriktiruvchi to‘qima qavati; b) tunica muscularis - mushakli to‘qima; d) tunica mucosa - shilliq qavat
Erkaklar ichki jinsiy a ’zolari. 1 - urachus; 2 - vesica urinaria; 3 - ductus deferens; 4 - vesicula seminalis; 5 - prostate; 6 - pars membranacea urethrae; 7 - ureter.
Yorg‘oq – scrotum
Moyakning taraqqiyoti qorin bo‘shlig‘ida boshlanadi va tug’ilish oldidan.chov kanali orqali tushib, yorg‘oq ichida paydo bo’ladi. Yorg‘oq devorlari quyidagi qavatlardan tashkil topadi: 1) teri; 2) go‘shtdor qavat - tunica dartos; 3) tashqi fassiya - fascia spermatica externa; 4) moyakni ko‘taruvchi mushak fassiyasi - fascia cremasterica; 5) moyakni ko’taruvchi mushak - m.cremaster; 6) ichki fassiya - fascia spermatica interna; 7) moyakning xususiy pardasi - tunica vaginalis testis.
Go ‘shtdor qavat - tunica dartos har bir moyak uchun alohida boMadi. Bu qavat qorin old devorining teri osti biriktiruvchi to‘qimalaridan hosil bo’lib, unda silliq mushak tolalari bo’ladi. Tashqi fassiya - fascia sperm atica externa qorin devori yuza fassiyasining davomi, m.crem aster qorin devoridagi ko‘ndalang mushak - m.transversus abdom inis ning davomi hisoblanadi. Fascia sperm atica interna esa qorin devorining ichki yuzasidagi fascia transversalis ning davom i hisoblanadi. Tunica vaginalis testis qorin parda hisobiga hosil bo’ladi va yorg‘oq ichida parietal hamda visseral qavatlarga ajraydi. Lam ina parietalis yorg‘oqning ichki yuzasini tashkil etadi. Lamina visceralis moyakning oqsil pardasi bilan birikib ketadi. Parietal va visseral pardalar orasida cavum vaginale bo‘shlig’i hosil bo’ladi.
Prostata bezi – prostate
Prostata bezi - prostata erkaklar siydik chiqarish nayining boshlang’ich qismi sohasida joylashadi. Bez sifatida erkaklar urug’ining suyuq qismini hosil etishda qatnashadi. Prostata bezi endokrin bez sifatida gormon ishlab chiqarib, qon tarkibiga o‘tkazadi. Bezning bir qismi silliq mushak tolalaridan tashkil topgan. Prostata bezining asosi - basis prostatae siydik qopchasi, uchi - apex chanoq mushaklari tomon yo‘nalgan. Oldingi yuzasi - facies anterior chanoq qov suyaklariga qaragan, orqa yuzasi - facies posterior to‘g ‘ri ichak tomon qaragan bo’ladi. Pastki lateral yuzasi facies inferolateralis deyiladi. Bezning orqa sohasidan urug‘ o ‘tuvchi yo’l teshiklari orasidagi bez qismiga isthmus prostatae yoki lobus medius deyiladi. Qolgan bo’limlari o ‘ng va chap bo’lak - lobi dexter et sinister deyiladi. Bezning bo’laklari quyidagi bo’lakchalarga ajraladi: a) lobulus inferoposterior - pastki orqa bo’lakcha; b) lobulus inferolateralis - pastki yon bo’lakcha; d) lobulus superom edialis - ustki medial bo’lakcha; e) lobulus anterom edialis - oldingi medial bo’lakcha. Prostata bezi chanoq diafragm asiga tegishli fassiya - fascia pelvis bilan o ‘ralgan. Uning ostida biriktiruvchi to‘qima bo’lib, silliq mushak tolalari - capsula prostatica dan iborat bo’ladi. Prostataning asosiy qismi bezsim on hujayralardan va silliq mushak tolalarida hosil bo’ladi. Bez nayi - ductuli prostatici (2 0 -3 0 ta) siydik chiqaruv yo’lining orqa devoriga, urug‘ do ‘m boqchalari colliculus seminalis sohasiga ochiladi. Prostata bezining mushak qismi substantia muscularis deyiladi. Bezning tashqi yuzasidan quyidagi mushaklar boshlanadi: a) m. puboprostaticus - qov suyagi bilan prostata bezi orasida hosil bo’ladi; b) m. vesicoprostaticus - siydik qopchasi bilan prostata bezi orasida hosil bo’ladi.
Tuxum don. Ovarium
Tuxumdon - ovarium juft a ’zo bo’lib, quyidagi qismlari bo’ladi: bachadon nayiga qaragan uchi - extermitas tubaria, pastki bachadonga qaragan uchi - exterm itas uterina, lateral va medial yuzalar - facies lateralis et medialis, erkin qirrasi - margo liber, tutqichli qirra - m argo mesovaricus. Tutqichli qirra sohasida qon tomir va nervlam i saqlaydigan tuxumdon darvozasi - hilum ovarii bo’ladi. Tuxumdon bachadon bilan xususiy boylam lig. ovarii proprium vositasida birikib, uning bachadon nayiga qaragan uchiga, nayning shokilasi - fim bria ovarica ham da lig. suspensoriu ovarii boylami birikadi. Tuxumdonning tashqi yuzasi oqsilli parda - tunica albuginea bilan qoplangan. Tuxumdonda po‘stloq qismi - cortex ovarii va mag’iz qismi - medulla ovarii ko ‘rinadi. Tuxumdon ichida follikula pufaklari - folliculi ovarici vesiculosi bo’lib, uning ichida tuxum - ayollar jinsiy hujayrasi - ootsit yetiladi. Follikula pufaklari rivojlanib yoriladi va uning ichidagi tuxum hujayralari - ootsit tuxumdon yuzasiga chiqadi. Pufak sohasi qon va sariq to‘qima bilan to’lib, qizil tana - corpus ru b ru m va sariq tana - corpus luteum hosil bo’ladi. Tuxum hujayrasi urug’lanib homila hosil bo’lsa, sariq tana kattalashib uzoq muddat saqlanib qoladi va bu sariq tana - corpus luteum graviditalis deyiladi. Agarda tuxum hujayrasi - ootsit urug’lanmasa, sariq tana atrofiyaga uchrab, so‘riladi va oq tana - corpus albicans ga aylanib, yo‘qolib ketadi. Har 28 kunda bitta follikula yetishadi. Tuxum don qorin parda bilan o ‘ralmaydi. Shu sababli ootsit tuxumdon yuzasidan bachadon nayiga yo‘naladi.
Download 229,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish