Sig’imi mkF va 200 V kuchlanishgacha zaryadlangan kondensator o’tkazgich orqali 0,001 s da zaryadsizlandi. Zaryadsizlanish jarayonida o’rtacha tok kuchi qanday bo’lgan (A)



Download 87,5 Kb.
Sana31.07.2021
Hajmi87,5 Kb.
#133703
Bog'liq
Elektr toki


Elektr toki

1. Sig’imi 5 mkF va 200 V kuchlanishgacha zaryadlangan kondensator o’tkazgich orqali 0,001 s da zaryadsizlandi. Zaryadsizlanish jarayonida o’rtacha tok kuchi qanday bo’lgan (A)?

A) 1 B) 0,02 C) 0,3 D) 40
2. O’tkazgichdagi tok kuchi 5 A. O’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasidan 2 s da nechta elektron o’tadi?

A) 3∙109 B) 4,67∙1012 C) 1,25∙1021 D) 62,5∙1018


3. O’tkazgichning kesim yuzasi 0,5 sm2, erkin elektronlar konsentratsiyasi 4∙1022 sm—3 va undagi tok kuchi 3,2 A bo’lganda, erkin elektronlarning harakatlanish o’rtacha tezligini toping (m/s).

A) 0,00001 B) 10 C) 1,2∙10—2 D) 0,12


4. Agar 10 Kl zaryadni elektr manba ichida bir qutbdan ikkinchisiga ko’chirishda tashqi kuchlar 20 J ish bajarsa, manbaning EYuK si qancha (V)?

A) 200 B) 20 C) 2 D) 0,2


5. O’tkazgichdan yarim soatda 1800 Kl zaryad o’tadi. Bu hol uchun tok kuchini toping (A).

A) 1 B) 60 C) 0,6 D) 5,4

6. Har birining qarshiligi 3 Om dan bo’lgan uchta o’tkazgich avvaliga ketma-ket, so’ngra parallel ulandi. Birinchi holatdagi umumiy qarshilikning ikkinchi holdagi umumiy qarshilikka nisbatini toping (R1/R2).

A) 1/9 B) 3 C) 9 D) 1/3


7. Mis sim 25°C da 11 Om qarshilikka ega. 100°C gacha isitilganda, uning qarshiligi necha Om bo`lishini hisoblang. Mis qarshiligining tomperaturaviy koeffitsienti 4.10-3 °K-1

A) 14 B) 13 C) 12 D) 11


8. Yuqoridagi chizmada R=6 Om bo’lsa, A va B nuqta orasidagi umumiy qarshilik necha Om?


A) 2 B) 4 C) 8 D) 6
9. Rasmda ko’rsatilgan sistemaning umumiy qarshiligi necha Om?

A) 9 B) 3 C) 5 D) 6


10. O’tkazgich silindr shaklidagi juda uzun simdan iborat. Agar o’tkazgich ko’ndalang kesimining diametri va o’tkazgichning umumiy uzunliklari 2 martadan orttirilsa, simning umumiy qarshiligi qanday o’zgaradi?

A) o’zgarmaydi B) 2 marta kamayadi

C) 2 marta ortadi D) 4 marta ortadi
11. Metall simning qarshiligi quyidagilardan qaysi biriga bog’liq emas?

A) metall materialiga B) metall uzunligiga

C) zanjirdagi kuchlanishga D) metal solishtirma qarshiligiga
12. Termik koeffitsiyenti 4∙10—3 bo’lgan metall o’tkazgichning 400C dagi qarshiligi 25 Om ga teng bo’lsa, shu o’tkazgichning 500C dagi qarshiligini toping (Om).

A) o’zgarmaydi B) 36,4

C) 25,8 D) 42,5
13. Mis simdan qilingan o’tkazgichning qarshiligi 200C da 2 Om edi. Uzoq muddat ishlagandan so’ng 2,4 Om bo’lib qoldi. Bunda o’tkazgich qanday T2 haroratgacha qizigan (0С)?

(α=0,004).

A) 75 B) 34,6 C) 88,92 D) 35
14. Temperaturasi 8000C bo’lganda qarshiligi 48 Om bo’ladigan isitgich asbob tayyorlash kerak. Simning kesim yuzasi 0,50 mm2, solishtirma qarshiligi 0,4∙10—6 Om∙m, qarshilikning temperatura koeffitsiyenti 0,00021 grad—1 bo’lsa, qancha uzunlikdagi sim olish kerak (m)?

A) 22,3 B) 51,4 C) 36 D) 6,25


15.

Rasmda ko‘rsatilgan qarshiliklarning har biri 3 Omdan bo‘lsa, A va B nuqtalar orasidagi umumiy qarshilik necha Om?

A) 8/3 B) 3 C) 5 D) 16/3

16. n- ta bir hil qarshiliklar ketma-ket ulangan. Zanjirning qarshiligi ularni parallel ulagandagi qarshiligiga nisbatan necha marta o’zgaradi?

A) n/2 marta kamaygan B) n2 marta ortgan

C) n1/2 marta ortgan D) 3n3 marta kamaygan


17. 120 V kuchlanishga mo’ljallangan qarshiligi 240 Om bo’lgan elektr lampani 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash lozim. Buning uchun kesimi 0,55 mm2 bo’lgan nixrom o’tkazgichdan necha metr olib lampochkaga ketma-ket qilib ulash kerak (km)?

(Nixrom uchun solishtirma qarshilik 110∙10—8 Om∙m).

A) 0,012 B) 0,1 C) 2,2 D) 0,33
18. Kabel har birining kesimi 0,6 mm2 dan bo’lgan ikkita po’lat toladan va har birining kesimi 0,85 mm2 dan bo’lgan to’rtta mis toladan iborat. Tok kuchi 0,1 A bo’lganda, kabelning har bir kilomeridagi kuchlanish tushuvi qanday bo’ladi (V)?

po’lat=12∙10—8 , ρmis=1,7∙10—8 Om∙m).

A) 120 B) 0,36 C) 10,5 D) 0,48
19. Rasmda tasvirlangan sxema bo’yicha EYuK 3,6 V tok manbaiga ulangan C kondensator qoplamalarida qancha miqdor zaryad bo’ladi (Kl)? Kondensatorning sig’imi 2 mkF.


A) 1,8∙10—6 B) 4,2∙10—6 C) 3,6∙10—7 D) 20∙10—6
20. Sig’imi 100 mkF bo’lgan kondensator 0,5 s vaqt ichida 500 V gacha zaryadlandi. Zaryad tok kuchining o’rtacha qiymati qancha (mA)?

A) 0,1 B) 100 C) 10,5 D) 1000


21. 12 mV kuchlanish berilgan, uzunligi 10 m va kesimi 2 mm2 bo’lgan po’lat simdagi tok kuchini toping (A).

(Po’latning solishtirma qarshiligi 12∙10—8 Om∙m)

A) 0,02 B) 2,2 C) 24 D) 0,48
22. Shuntning R qarshiligi ampermetrning qarshiligidan 5 marta kichik. Agar magistraldagi I tok kuchi 1200 mA bo’lsa, ampermetr qanday tokni ko’rsatadi (mA)?

A) 1000 B) 800 C) 200 D) 100


23. Ampermetr 5 A tok kuchini, qarshilikning uchlariga ulangan voltmetr 100 V kuchlanishni ko’rsatsa, voltmetrning ichki qarshiligi 2500 Om bo’lsa, R qarshilikni aniqlang (Om)?

A) 25 B) 20 C) 125 D) 12,5


24. Zanjirdagi kuchlanish 120 V bo’lganda, 7000 Om li qarshilik bilan ketme-ket ulangan voltmetr 50 V ni ko’rsatadi. Tarmoqdagi kuchlanish o’zgarmasdan, voltmetrga 35 kOm li qarshilik ketma-ket ulansa, voltmetr qanday kuchlanishni ko’rsatadi (V)?

A) 17,86 B) 12,76 C) 89,32 D) 22,34


25. Tarmoqdagi 220 V kuchlanishni o’lchash uchun nominal kuchlanishlari 150 V va qarshiliklari 28 kOmhamda 16 kOm bo’lgan ikkita voltmetr ketma-ket ulangan. Har qaysi voltmetrning ko’rsatishini toping (V).

A) 110; 110 B) 120; 100

C) 140; 80 D) 160; 60
26. Zanjir EyuK i 1,2 V. Agar tashqi qarshilik 5 Om bo’lganda zanjirdagi tok kuchi 0,2 A bo’lsa, EyuK ning ichki qarshiligini toping (Om).

A) 10 B) 2 C) 1 D) 3,6

27. Manba qisqa tutashtirilganda 100 A tok kuchi hosil bo’ldi. Manbaning elektr yurituvchi kuchi 40 V bo’lsa, uning ichki qarshiligi necha Omga teng?

A) 2,5 B) 0,4 C) 4∙103 D) 0


28. Tok manbaining ichki qarshilgi tashqi qarshiligidan 4 marta kichik bo’lsa, tok manbaining FIK ini toping (%).

A) 43% B) 29% C) 71% D) 57%


29. EYuK 4,5 V bo’lgan batareya elementlariga lampochka ulanganda voltmetr lampochkadagi 4 V kuchlanishni, ampermetr esa 0,25 A tok kuchini ko’rsatdi. Batareyaning ichki qarshiligi qanday (Om)?

A) 3,2 B) 2 C) 4 D) 0,2


30. Agar rasmda ko’rsatilgan K kalit ulansa, ampermetr va voltmetrning ko’rsatishlari qanday o’zgaradi?

A) V ortadi, A kamayadi

B) V kamayadi, A ortadi

C) Ikkovi ham o’zgarmaydi

D) V kamayadi, A o’zgarmaydi
31. Zanjirdagi kuchlanish 120 V bo’lsa, 600 Vt li elektr plitaga nixrom simdan qilingan spiral uzunligini hisoblang. Simning ko’ndalang kesim yuzasi 1 mm2.

(Nixromning solishtirma qarshiligi 110∙10—8 Om∙m)

A) 13,5 B) 21,8 C) 4,1 D) 0,85
32. Voltmetr qanday kuchlanishni ko’rsatmoqda? Batareyalarning ichki qarshiligi ancha kichik, voltmetrning qarshiligi 400 Om. E1=E2=E3=E4=4 V

A) 22 V B) 8 V C) 16 V D) 28 V


33. Ko’tarish kranining elektr dvigateli 380 V kuchlanishda ishlaydi va 20 A tok kuchi iste’mol qiladi. Agar kran massasi 1 t bo’lgan yukni 19 m balandlikka 50 s ko’tarsa, qurilmaning FIK qanday?

A) 50 % B) 33 % C) 40 % D) 20%


34. Agar tok kuchi 30 A bo’lganda tashqi zanjirdagi quvvat 180 Vt, tok kuchi 10 A bo’lganda esa quvvat 100 Vt ga teng bo’lsa, tok manbaining ichki qarshiligini va EYuK sini toping.

A) U=10 V, r=3 Om B) U=12 V, r=0,4 Om

C) U=12 V, r=0,2 Om D) U=9 V, r=0,004 Om
35. Elektr plitka tuzatilayotganda spirali dastlabki uzunligining 0,1 ulushiga kattalashtirildi. Bunda plitkaning quvvati qanday o’zgargan?

A) 1,1 marta kamaygan B) 1,1 marta ortgan

C) 0,1 marta ortgan D) 0,1 marta kamaygan
36. Ichki qarshiligi 1 Om va elektr yurituvchi kuchi 1,5 V bo’lgan batareyaga qarshiligi 2 Om bo’lgan rezistor ulangan. 10 s vaqtda tok manbaida qancha issiqlik miqdori ajraladi (J)?

A) 22,5 B) 7,5 C) 5 D) 2,5


37. Bir simni teng ikki bo’lakka bo’lib, ikkala bo’lagi ustma – ust taxlansa, simning qarshiligi qanday o’zgaradi?

A) 4 marta kamayadi B) 4 marta oshadi

C) 2 marta kamayadi D) 2 marta oshadi
38. Harakat tenglamasi x=25+12t-2t2 bo’lgan avtomobil to’xtaguncha necha metr yo’l yuradi?

A) 12 B) 18 C) 43 D) 35


39. Agar kislorodning bosimi 0,2 MPa, molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezligi 700 m/s bo‘lsa, uning molekulalari konsentrasiyasini toping (m—3 ).

A) 6,02∙1023 B) 2,25∙1025 C) 3,4∙1033 D) 1010

40. Elektroliz jarayonida qanday zarralar tok tashiydi?

A) elektronlar

B) musbat va manfiy ionlar

C) protonlar D) musbat ionlar, elektronlar


41. Yarim o’tkazgichli diodlar asosan qanday maqsadlarda ishlatilinadi?

A) issiqlik ajratib olish uchun

B) o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirish uchun

C) o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun

D) qarshilikni kamaytirish uchun
42. Donorli aralashma tayyorlash uchun Germaniy (Ge) IV moddasiga qanday modda aralashtirish kerak?

A) Indiy (In) III atomini B) Mishyak (As) V atomini

C) Galliy (Ga) III atomini D) Qo’rg’oshin(Pb)IV atomini
43. Akseptorli aralashma tayyorlash uchun Kremniy (Si) IV moddasiga qanday modda qo’shish kerak?

A) Indiy (In) III atomini B) Mishyak (As) V atomini

C) Surma (Sb) V atomini D) Qo’rg’oshin(Pb)IV atomini
44. Tranzistor qanday elementlardan tashkil topgan?

A) anod, katod, baza

B) emitter, baza, kollektor

C) qoplama, dielektrik, manba

D) manba, emitter, baza
45. Yarim o’tkazgichlar to’g’risidagi fikrlarning qaysi biri to’g’ri?

A) Akseptorli yarimo’tkazgichlar faqat kovak tashuvchilardan iborat

B) Donor aralashmalarda tashuvchilar asosan kovaklardan iborat.

C) Diodlarning o’rtasida aktiv qarshilik bo’ladi

D) Diodlar yarimo’tkazgich hisoblanmaydi.
46. Molekulalarining deyarli hammasi ionlashgan gaz… deyiladi.

A) mustaqil razryad B) plazma

C) inert gaz D) anion
47. Yarim o’tkazgichli diodning p sohasi manfiy qutbga, n sohasi musbat qutbga ulansa, qanday jarayon kechadi?

A) p-n soha torayib, elektr toki o’tmay qoladi

B) p-n soha torayib, elektr toki o’ta boshlaydi

C) p-n soha kengayib, elektr toki o’tmay qoladi

D) p-n soha kengayib, elektr toki o’ta bishlaydi
48. Quyida ko’rsatilgan ulanishlardan qaysi biri tranzistorlarga xos?

A) n-p-p B) p-n-p C) n-p-n-p D) p-n-n

13. Elektrolit eriganda molekulalarning musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishi … deyiladi.

A) elektrolitlarda elektr toki

B) dissotsialanish darajasi

C) elektroliz

D) elektrlitik dissotsiatsiya
49. Faradey sonini ko’rsating:

A) 95500 B) 96500 C) 97500 D) 98500


50. Quyida berilganlardan qaysi biri Faradeyning birinchi qonunini ifodalaydi?

A) berilgan moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti k uning atom (molekulyar) massasi A ning valentlik n ga nisbatiga to’g’ri proporsional

B) dissotsiatsiyalanish darajasi α ionlarga dissotsiatsiyalangan molekulalar soni n0 ning moddadagi umumiy molekulalar soni n ga nisbatiga teng

C) elektrolitda ajrab chiqadigan moddaning massasi elektrolitdan o’tgan zaryad miqdori q ga to’g’ri proporsional



D) tashqi ionizatorning ta’sirisiz boradigan razryad mustaqil razryad deyiladi
Download 87,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish