SHu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demaqdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy taxdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh be-rishi amrimahol. Buni kundalik hayotda uchrab turadigan ko‘plab voqealar misolida yaqqol kuzatish mumkin va ularning qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini uzoq tushuntirib o‘tirish-ning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. O‘tgan yillar davomida dunyoda va mintaqamizda ro‘y bergan, biz bevosita o‘z boshimizdan kechirgan voqealar, mafkuraviy jarayonlarning rivoji bu xulosaning to‘g‘ri ekanini qayta-qayta isbotlamoqda.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chu-qur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqa-ruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o‘z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko‘ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Biz uchun shunday yo‘l ma’qul, uning boshqa muqobili yo‘q.
Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qaerdaki be-parvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylana-di. Va aksincha — qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi. Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda tur-li siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokra-tiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mo-hiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, ang-lash katta ahamiyat kasb etadi.
Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olami-ni bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o‘ta mu-rakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘-layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib bo-rish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor be-rishimiz lozim. YA’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib ki-rib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuklik va zo‘ravonlik, indi-vidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak. bo‘lsa, shuning hisobidan boylik ortti-rish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’-ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’na-viy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |