"Sho’royi Ulamo" "Birlik va taraqqiyot" partiyasi a’zolarining yevropacha nomini belgilang. *yosh turklar



Download 113,29 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2020
Hajmi113,29 Kb.
#46292
  1   2
Bog'liq
Тарих 2015


1. "Al-izoh" jurnali . . . ning nashriy organi hisoblangan.*"Sho’royi Ulamo"

2. "Birlik va taraqqiyot" partiyasi a’zolarining yevropacha nomini belgilang. *yosh turklar

3. "Kitob at-tavhid" asari muallifini aniqlang. *Abu Mansur al-Moturidiy

4. "Mehnat xartiyasi" nomli hujjat qabul qilingan mamlakat tarixida 1861-yilda sodir bo’lgan voqeani toping.*Birlashgan qirollik tashkil topdi.

5. "Ost-Indiya" kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo’ysundirgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Qo’qon xonligi elchilari Xivaga keldi.

6. "Vatanparvarlik ittifoqi" deb nomlangan fashistik partiya tuzilgan davlatda 1986-yilda yuz bergan voqeani aniqlang. *Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’ldi.

7. "Yangi usmonlilar harakati" ning ilg’or demokratik g’oyalari targ’ibotchisiga aylangan gazeta nomini ko’rsating. *"Ibrat"

8. Avesto”ning 2700 yilligi keng nishonlangan yilni aniqlang?*2001 yil

9. “Buyuk chekinish” rus armiyasining og’ir talofotlar bilan chekinishi bo’lib, bu qachon yuz bergan edi? *1915-yilda

10. “G’alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy

11. “Ittifoqning nima ekanligini, yolg’iz o’z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki podsho istibdodi Turkistonimizni egallar”, degan fikrlar qaysi asarda keltirilgan? *“O’tgan kunlar”

12. “Kontributsiya”, “konsentratsiya” atamalari qaysi tildan olingan? *lotin

13. “Markaziy Osiyo Hamdo’stligi” (MOH) qayerda, qachon va nechta davlat ishtirokida tashkil etildi?*Toshkentda; 1993-yil yanvar; 5 ta davlat

14. “Milliy kongress inqilobdan arzonroq” degan fikr kim tomonidan aytilgan? *Dafferin

15. “Monopoliya” (1), “kartel” (2), “sindikat” (3) atamalarining qaysi tillardan olinganligini aniqlang. *(1)-yunon; (2)- italyan; (3)-yunon;

16. “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo’lgan buyuk alloma ismini aniqlang. *Abu Mansur al-Moturidiy

17. “O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida”gi Prezident Farmoni qachon qabul qilingan? *1994-yil 16-iyunda

18. “O’zbeksanoat” davlat assotsiatsiyasi Hindistonning qaysi firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurgan?* “Xabar group”

19. “Oy fazolarining tengligi haqida risola” asari bilan astronomiya ilmi rivojiga hissa qo’shgan olimni toping*Mahmud ibn Ahmad Faroziy

20. “Papalarning Avinon tutquni” davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi? *1309-1377-yillar

21. “Risolai aziza” asarining muallifini aniqlang*So’fi Olloyor

22. “Rus haqiqati” deb atalgan konstitutsiya loyihasini kim yaratgan edi? *P.Pestel

23. “San’at va sanoatni rivojlantirish” jamiyati qaysi yilda yigiruv mashinasini ixtiro qilgan kishiga katta mukofot va’da qilgan edi? *1761-yil

24. “Shahanshohbank“ ochish to’g’risidagi shartnomaga ko’ra bank qanday huquqlarni olganligini toping. *qog’oz pullar chiqarish; mamlakat yer osti boyliklaridan erkin foydalanish;

25. “Shimoliy Germaniya Ittifoqini tuzish haqida shartnoma” imzolangan yilda tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *AQSh Kongressi tomonidan Konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.

26. “Taypin tyango” davlatining markazi qaysi shahar bo’lgan? *Nankin

27. “Xitoy uyushmalari ittifoqi” siyosiy tashkiloti qabul qilgan dasturida ko’zda tutgan masalalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*Sin monarxiyasini ag’darish; respublika ta’sis etish; yerga egalik huquqini tenglashtirish; mustaqillikni tiklash

28. “Yulduzlar axboroti” kitobi muallifini aniqlang. *G.Galiley

29. «Toshkent traktor zavodi» qaysi zavod negizida tashkil etilgan? *“Tashavtomash” zavodi

30. … - Islomda oxirzamon bo’lganida kelib, yerda adolat o’rnatadi, deb ishoniluvchi payg’ambar hisoblanadi.*Mahdiy

31. 13 shtat vakillari Filadelfiya shahrida I Kontinental Kongressida Buyuk Britaniyaning majbur etuvchi qonunlariga itoat etish majburiy emasligi haqida qaror qabul qilingan yilda Rossiya tarixida quyidagi voqealarning qaysi biri yuz bergan? (1774) *Rossiya Turkiyani “Kuchukqaynarji” shartnomasini imzolashga majbur etdi

32. 1441-1442-yillarda Shohrux Mirzo Hindistonga yuborgan elchilarga kim rahbarlik qilgan? *Abdurazzoq Samarqandiy

33. 1451-yida temuriy shahzodalar Abu Said bilan Mirzo Abdulla o’rtasida jang qayerda bo’lgan? *Sheroz qishlog’i yaqinida

34. 1512-yilda kimning ra’yiga ko’ra Samarqand Ko’chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo’jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydullo Sultonga doimiy merosiy mulk qilib berildi? *Jonibek Sultonning

35. 1512-yilda Shayboniylar Movarounnahrni tamoman egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni kimga topshirgan? * Jonibek Sultonga

36. 1543-yilda Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to’g’risida shartnoma imzolagan portugaliyalik shaxs kim edi? *Mendish Pintu

37. 1566-yil Gollandiyada qo’zg’olon boshlanganda qo’zg’olonchilar Ispaniya zulmining tayanchi bo’lgan nimalarni vayron qildilar? *cherkov va monastirlarni

38. 1583-1600-yillarda Xiva elchilari necha marta Moskvada bo’lishgan? *2 marta

39. 1601-yilda Jonibek Sultonning ikkinchi o’g’li, . . . hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o’tqazildi.* Samarqand

40. 1614-yilda xristian dinini ta’qiqlovchi qonun chiqargan syoguni toping*Toyotomo Xidiyosi

41. 1689-yildagi Nercha shartnomasi qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan? *Rossiya va Manjurlar o’rtasida

42. 1723-yilda Toshkentni ko’chmanchi jung’orlar egallab oladi va bu qaramlik qachongacha davom etadi?*1758-yilgacha

43. 1723-yildagi jug’orlarning bostirib kelishi oqibatida vujudga kelgan quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo va Amudaryo o’rtasida bo’sh yotgan yerlarda joylashib bu yerda qaysi daryodan suv chiqarib dehqonchilik bilan shug’ullangan?*Quvondaryo

44. 1791-1795-yillarda Rossiya tarkibiga o’tgan hududni ko’rsating. *Rech Pospolitaning bir qismi

45. 1795-yilda Fransiya Konventi qabul qilgan Konstitutsiya qanday o’zgarishlarni amalga oshirdi?* Respublika tuzumini mustahkamlandi; Feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlar tasdiqlandi; Ikki palatali parlament joriy etildi;

46. 1804-yilda ko’tarilgan Dinnosirbek yetakchiligidagi qo’zg’olonni bostirish uchun Amir Haydar kim boshchiligida qo’shin jo’natgan? *Niyozbek parvonachi

47. 1811-1812-yillarda Xivaga Buxorodan tashrif buyurgan elchilar ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Ibrohim Dodxoh va Shayx Abdulla

48. 1814-yildagi Vena kongressiga ko’ra shimoliy Italiya hududlarida mustahkamlanib olgan davlatni ko’rsating. *Avstriya

49. 1821-yilda Gveniya qirg’oqlarida tashkil etilgan manzilgoh qanday atalgan?*Monroviya

50. 1827-yilda Turkiyaga qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko’zda tutuvchi bitim qayerda imzolangan? *Londonda

51. 1843-1844-yillarda Xiva xonligi qaysi davlat bilan hamdo’stlik o’rnatishga va o’zaro savdo aloqalarini rivojlantirishga kelishildi?*Qo’qon xonligi

52. 1845-yilda qaysi shahar aholisi soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan? *O’sh

53. 1847-yilda Yettisuv Olatog’ida qurilgan istehkom qanday ataladi? *Kopal

54. 1856-yilda imzolangan qaysi shartnoma Turkiya ustidan amalda G’arb davlatlarining “homiyligini” o’rnatdi? *Parij tinchlik shartnomasi

55. 1857-yilda imzolangan Parij Tinchlik shartnomasidan keyin Eron va Afg’oniston o’rtasida nizo kelib chiqqudek bo’lsa, bu nizo qaysi davlat vositachiligida hal etiladigan bo’ldi?*Buyuk Britaniya

56. 1875-yilda Nasriddinbek va fon Kaufman o’rtasida imzolangan shartnomada quyidagi qaysi shartlar belgilab qo’yilgan edi?*Nasriddinbek o’zini rus imperatorining sodiq quli deb tan olishi; Nasriddinbek tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi; Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar - Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o’tganligi; Rossiyaga ikki million rubl tovon to’lashi

57. 1878-yil 13-iyunida ish boshlagan Berlin kongressida ishtirok etgan davlatlar sonini toping. *7 ta

58. 1878-yildagi Berlin kongressida Bolgariya masalasida qabul qilingan qaror to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Bolgariya ega bo'lgan hududlarni qisqartirish

59. 1880-yilda qaysi dovon ostida 15 kilometrlik temiryo’l tunneli qurilgan?*Sent-Gotard

60. 1882-yilda “Uchlar Ittifoqi”ning tashkil etilganligi Fransiya va Rossiyaning yaqinlashishiga majbur etdi va nechanchi yilda ular o’rtasida ittifoq tuzildi? *1891-y.

61. 1882-yilda Bremen savdogarlari Afrikaning . . . yetib keldilar va 200 ta eski miltiq, 2000 marka evaziga yerli qabila boshlig’idan anchagina hududni sotib oldilar. *janubi-g’arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga

62. 1887-yilda Transvaal oltin va mis konlari ochilgan edi. Quyidagi shaxslardan qaysi biri unga egalik qilgan? *Sesil

63. 1889-yil tashkil topgan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi dasturida qanday talablar bor edi? *siyosiy erkinliklar joriy etish; parlamentni umumiy va teng ovoz berish yo’li bilan saylash to’g’risida qonun qabul qilish; cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish; ish kunini qisqartirish.

64. 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra imperator qanday huquqlarni o’ziga saqlab qoldi? *parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; qonunlar o’rniga oliy farmonlar chiqarish; qo’shinlarning oliy bosh qo’mondoni bo’lish; urush e’lon qilish va sulh tuzish;

65. 1895-yilda qaysi davlatlarda elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan tramvaylardan foydalanila boshlandi? *Angliya, AQSh

66. 1897-1898-yillarda Germaniya tomonidan egallangan bandargohni aniqlang. *Sindao

67. 1902-yilda quyidagi qaysi davlatlar o’rtasida shartnoma va bitimlar imzolangan?*Italiya va Fransiya; Buyuk Britaniya va Yaponiya;

68. 1904-yildagi Fransiya va Buyuk Britaniya o’rtasidagi bitimga ko’ra, Marokash sultoni o’z vazifasini bajara olmaslik ehtimoli borligi va shunday bo’lib qolsa Marokash hududining Gibraltar bo’g’oziga bevosita tutash bo’lgan qismini quyidagi qaysi davlatga berish belgilab qo’yildi? *Ispaniyaga

69. 1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi davrida kata ta’sirga ega bo’lgan mujohidlar ilgari surgan talablar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *yashirin saylov huquqi; shaxs erkinligini joriy qilish; shoh yerlarini musodara qilish; ish vaqtini 8 soat qilib cheklash; bepul va majburiy ta’lim joriy qilish.

70. 1915-yil 26-aprelda qaysi shaharda Italiya va Antanta o’rtasida shartnoma imzolandi? *London

71. 1915-yilda Germaniya suvosti kemalari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Luzitaniya” deb ataluvchi yo’lovchilar kemasi cho’ktirib yuborilgan vaqtda uning bortida qancha AQSh fuqarosi bo’lgan? 126 nafar

72. 1917-yil 25-dekabr kuni Qo’qonda bo’lib o’tgan o’lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarning favqulodda qurultoyi qanday shior ostida o’tkazildi?*Muhtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad ko’rsatish

73. 1917-yilda Turkistonda paydo bo’lgan ommaviy axborot vositalarini aniqlang.*"Hurriyat", "Turon

74. 1918-1920-yillar oralig’ida Ispaniya hukumati necha marotaba almashganligini toping.*8 marotaba

75. 1918-1921-yillarda O’zbekiston madaniy hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi? *Toshkentda Turkiston xalq universiteti ochildi; Sharq instituti faoliyat yurita boshladi; «Chig’atoy gurungi» adabiy uyushmasi qizg’in ish boshladi;

76. 1918-yilda Buyuk Britaniya parlamentiga o’tkazilgan saylovlar davrida Leyboristlar partiyasi o’z saylovchilariga bergan va’dalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?*ishlab chiqarish vositalariga jamaoviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurish; ishchilar hukumatini tuzish; milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalaridan sotib olish orqali milliylashtirish

77. 1918-yilda Orlando hukumati Italiya qo’shinlarini harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun quyidagi qaysi hududlarga yuborgan edi? *Odessa, Murmansk va Vladivostok

78. 1919-yil Fransiya saylovlarida g’alaba qozongan "Milliy blok" saylovchilarga bergan va’dalarini bajarmaganligiga nima sabab b’ldi? * jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi

79. 1919-yilda HMK syezdi saylovni boykot qilish haqida qaror qilgan edi. Boykotda yana nimalar nazarda tutilgan edi? *ingliz tovarlarini sotib olmaslikni; inglizlar joriy etgan unvonlar va mansablardan voz kechishni; ingliz maktablariga , o’qimaslikni; ingliz sudlarini rad etishni; davlat soliqlarini to’lamaslikni;

80. 1920-yilning aprelida Ispaniya hukumati tomonidan joriy etilgan tadbirlarni aniqlang.*8 soatlik ish kuni; ish haqini oshirish; bolalar mehnati taqiqlash; qarilik va nogironlik sug’urtalari;

81. 1921-yilda imzolangan shartnomalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. * AQSh-Germaniya tinchlik shartnomasi; Buyuk Britaniya-Sovet Rossiyasi savdo shartnomasi; Sovet-afg’on do’stlik shatnomasi; To’rtlar shartnomasi;

82. 1921-yilda martida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat Tuskiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, jumladan, …zarur edi?*Turkiston asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi bo’lib, bu yerda zamanoviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish; o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish;ko’p millatli o’lkadagi yerli xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari, an’analarini hisobga olish

83. 1924-yilda Sovet davlatini…? *Yevropaning barcha davlatlari tan oldilar

84. 1925-yilda Xitoyda boshlangan xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi milliy inqilobning asosiy shiorlarini ko’rsating.* Xitoy suverenitetini tiklash; mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag’darish;demokratik milliy harakat hokimiyati ostida Xitoyning butunligini ta’minlash;

85. 1925-yilgi Shanxaydagi talabalar namoyishi kim tomonidan o’qqa tutildi?*ingliz politsiyasi tomonidan

86. 1926-yilda Buyuk Britaniya kon egalari konchi ishchilar oldiga qo’ygan ultumatumda quyidagilardan qaysilari aks etganligini aniqlang.* 1) ish haqining kamaytirilishiga rozi bo’lish; 4) ish kunini bir soatga oshirilishiga rozi bo’lish; 5) shaxta egalari bilan tred-yunionlar o’rtasida mamlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo’lish

87. 1927-yil martida Xitoyga o’z qurolli kuchlarini kiritgan davlatlarni aniqlang. *AQSh; Buyuk Britaniya;

88. 1927-yil martida Xitoyga o’z qurolli kuchlarini kiritgan davlatlarni aniqlang. *AQSh; Buyuk Britaniya;

89. 1930-yilga kelib quyidagi qaysi davlat ikki jahon urushi oralig’idagi eng yuqori sanoat ishlab chiqarishiga va savdo aylanmasiga erishgan? *Fransiya

90. 1934-yilda jamoaviy xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqqan mamlakatlarni eslang. Ulardan birining tarixida 1923-yil yanvarida sodir bo’lgan voqeani toping. *Rur viloyatiga qo’shin kiritdi va uni bosib oldi.

91. 1934-yilda Tunisda tuzilgan “Yangi dastur” partiyasi rahbari Habib Burg’iba qaysi kasb egasi bo’lgan? *advokat

92. 1935-yil 30-iyundagi Buyuk Britaniya-Germaniya dengiz bitimiga ko’ra. . . * Germaniya Buyuk Britaniyaning uchdan bir qismiga teng harbiy-dengiz flotini tuzish imkoniga ega bo’ldi

93. 1936-yilgi Fransiya parlamentiga o’tkazilgan saylovlarida g’olib chiqqan "Xalq fronti" ichida kelishmovchilikning yuzaga kelishiga nima sabab bo’lganligini toping.*xalqaro va ichki siyosatda yagona fikrga kela olmaganlik

94. 1936-yilning avgust oyida Misr va Buyuk Britaniya o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, inglizlarga Qohira va Aleksandriya shaharlarida qanday huquq berildi?*o’z armiyasini saqlash

95. 1938-yilning 3-noyabrida Yaponiya. . .Sharqiy Osiyoda tartib o’rnatish haqida deklaratsiya e’lon qildi

96. 1940-yil 27-sentyabrda “uchlar ittifoqi” shartnomasi tuzilgach, Germaniya tez orada qaysi davlatlar hududida armiyasini joylashtirgan?*Vengriya; Bolgariya; Ruminiya

97. 1941-45-yillar oralig’ida O’zbekiston hududida qurilgan zavodlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Quvasoy kimyo zavodi; Qo’qon superfosfat zavodi; Bekobod metallurgiya zavodi; Farg’ona gidroliz zavodi

98. 1944-yil yanvar oyida gitlerchilar harbiy asirlardan tuzilgan "Turkiston legioni" otryadini qaysi hududdagi partizanlarga qarshi jangga soladilar? * Chernogoriyadagi

99. 1944-yil yanvardayoq ammiyak ishlab chiqarishni boshlagan Chirchiq elektrkimyo kombinatining ikkinchi navbati qaysi shaharlardan olib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan?*Gorkiy va Stalinogorsk

100. 1945-yil fevralda qaysi davlatning Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilishi unga Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sis konferensiyasida qatnashish huquqini berdi? *Misr

101. 1946-yil Yaponiya parlamenti tomonidan qabul qilingan agrar islohot to’g’risidagi qonunning maqsadi nima edi? * pomeshchik yer egaligini tugatish

102. 1947-yil 14-martda qabul qilingan "Trumen doktrinasi" qanday maqsadga mo’ljallanganligini aniqlang. *Gretsiya va Turkiyaga yordam berish

103. 1947-yilda O’zbekistonning qaysi shaharlarida ochilgan ikki yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlar tayyorlab berib turgan? *Toshkent va Samarqand

104. 1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanidan topilgan “Uchquloch” rangli metallar konidagi tog’ jinslari qaysi shaharga tashib keltirilgan va ulardan qo’rg’oshin, rux, mis ajratib olish yo’lga qo’yilgan?*Olmaliq

105. 1952-yilda “Yevropa Mudofaa Hamkorligi” haqida shartnoma qaysi davlat poytaxtida imzolangan? * Fransiya

106. 1952-yilda Parijda “Yevropa mudofaa hamkorligi” haqida imzolangan shartnoma amalda qaysi davlatni qayta qurollantirish uchun yo’l ochgan edi? *GFR

107. 1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada bo’lib o’tgan Konferensiya qanday masalaga bag’ishlanganligini aniqlang. *Hindixitoyda tinchlik o’rnatish

108. 1955-yilda Yevropa tarixida yuz bergan voqeani aniqlang*Varshava shartnomasi tuzildi

109. 1961-yilda SSSR va AQSh munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib yuborgan voqeani aniqlang. *Berlin devorining qurilishi

110. 1970-yilda qaysi davlatlar GFR bilan Yevropada tinchlikni mustahkamlashga katta hissa qo’shgan shartnomalar imzolagan? *Polsha; SSSR; Chexoslovakiya

111. 1979-yilda AQSHning mustamlakachilik tayanchlari ag’darilgan davlatlarni belgilang.* Eron va Nikaragua

112. 1984-yil Janubiy Afrika Respublikasida….*uch palatali parlament joriy etildi

113. 1985-yilda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati kompleksida qaysi tarmoq sanoati yetakchi o’rinda turardi? *yog’-moy

114. 1988-yilda Pokiston Bosh vaziri etib saylangan Benazir Bxutto qaysi partiya rahbari edi?* Xalq partiyasi

115. 1995-yilda O’zbekiston Prezidenti huzurida tuzilgan mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta’minlash, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi maslahat organini aniqlang. *Milliy xavfsizlik kengashi

116. 1996-yilda Shoh Muzaffariddin tasdiqlagan Eron Konstitutsiyasining birinchi qismida shohga qanday huquqlar berilganligini ko’rsatilgan javobni toping?*barcha qonunlarni tasdiqlash; byudjet qabul qilish; byudjet ijrisi ustidan nazorat qilish;

117. 2009-yilda Respublikamizda 2200 yilligi nishonlangan shaharni ko’rsating. *Toshkent

118. A.Griffit tomonidan “Shinfeyn” partiyasi tuzilgan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang. *Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda urush olib borish rejasini ishlab chiqdi.

119. Abdulla Avloniy muxarrirligida “Shuhrat”, Ahmadjon Bektemirov muharrirligida “Osiyo” gazetalari chop etilgan yillarda tarixda sodir bo’lgan voqeani ko’rsating*Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi

120. Abdulla Qahhorning ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan va jamoatchilikning yuksak bahosiga sazavor bo’lgan asarlarini aniqlang* “Xotinlar”, “Oltin yulduz”

121. Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan qaysi shoir o’z she’rlarida yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan? *Mushfiqiy

122. Abdullaxon II vafotidan necha yil o’tib Shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi? *3 yil

123. Abruy boshchiligida ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirish uchun Turk xoqoni tomonidan Buxoroga yuborilgan qoshinga kim sarkardalik qilgan? *Sheri Kishvar

124. Abu Said Mirzo o’z hukmronligi davrida Umarshayx Mirzoni qaysi viloyatlarga hokim etib tayinlagan? *dastlab Qobul, so’ngra Farg’onaga

125. Abu Said Mirzo o’z hukmronligi davrida Umarshayx Mirzoni qaysi viloyatlarga hokim etib tayinlagan? *dastlab Qobul, so’ngra Farg’onaga

126. Abulfayzxon hukmronligi davrida amalda mustaqil bo’lib olgan hududlarni ko’rsating. *Samarqand; Qarshi; Balx; Farg’ona; Badaxshon

127. Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini kim topshirgan?*Qulibek

128. Abulxayrxon o’z davlati poytaxtini Turadan qaysi shaharga ko’chirgan? *Sig’noqqa

129. Afg’on hukmdori Ahmadshox hukmronligi davrida Amudaryoning janubiy hududlarida istiqomat qilib turgan o’zbeklar qo’zg’olon ko’targan yilni toping. *1768-y.

130. Afg’oniston hukmdori Temurshox necha yil hukmronlik qilgan? *20 yil

131. Afg’oniston mustaqil davlat deb e’lon qilingan yilni toping. *1919-yil

132. Afg’oniston o’z mustaqilligiga erishgan vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallab turgan shaxsni aniqlang. *D.Lloyd-Jorj

133. Afg’onistonda amir Abdurahmon hukmronlik qilgan davrda quyidagi qaysi voqea sodir bo’lganligi toping.*Transvaalda oltin va mis konlari ochildi.

134. Afg’onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan Shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan Xiva xonini aniqlang.*Muhammad Rahimxon I

135. Afg’onistondagi kurash maydoniga "tolibonlar" nechanchi yildan qo’shildi? *1994-yil

136. Afinada xalq hokimiyatini bekor qilgan qonunlarni yozgan hukmdorni aniqlang. *Drakont

137. Afrika tarixiga doir quyidagi tarixiy ma’lumotlarning qaysilari bir yilda sodir bo’lgan? *Jazoirliklar yo’lboshchisi Abdulqodir qo’shinining fransuzlar tomonidan qurshab olinishi va Abdulqodirning jangda halok bo’lishi; Qora tanli ozodlikka erishgan sobiq qullarning Liberiya ozod davlati tuzilganligini e’lon qilinishi;

138. Afrika xalqlari Yevropa mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashlarida ularga rahbarlik qilgan shaxslar mos ravishda to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1) Muhammad Ahmad- sudanliklar; 2) Ketchvayo- zuluslar; 3) Xendrik Vitboy- namalar; 4) Samuil Magarero- gererolar;

139. Afrikada o’rta asrlarda yashagan qabilalarni hududlari bilan mos ravishda ko’rsating. *1) barbar va tuareglar- Sahroning janubi; 2) fulbe- G’arbiy Afrika; 3) masai, galla, sidamo, tigre- Sharqiy Afrika;

140. Akademik I.Mo’minov boshchiligida “Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi” asari qachon yaratilgan?*1976-yil

141. Akbarshoh tomonidan Hindiston shimolidagi Sind va Kashmirning egallanishini Buxoro xonligi Hindistonning Shayboniylar davlatining . . . chegarasiga yaqinlashuvi deb hisoblaganlar. *janubiy

142. Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochgan dengizchi nomini toping. * F.Magellan

143. Amir Doniyolbiy davrida qaysi viloyatlarning mustaqillikka intilishlari kuchaygan? *Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa

144. Amir Shohmurod soliq siyosatida qanday yol tutgan?*boj va xirojdan boshqa barcha soliqlar miqdorini kamaytirdi

145. Amir Temur . . . yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qilgan, … yilda esa Xorazm uzil-kesil bo’ysundirilgan. *1372 / 1388

146. Amir Temur bilan diplomatik aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib borgan Angliya qirolini aniqlang. *Genrix IV

147. Amir Temur davlatida qaysi lavozim harbiy lavozim hisoblanmagan?*xonsolar

148. Amir Temur davlatida tavochi qanday vazifalarni bajargan? *viloyatlardan askariy qismlar to’plagan

149. Amir Temur huzuriga yuborilgan ispan elchisi Klavixoning Samarqandga safari taassurotlari hikoya qilingan asarlarini aniqlang. *"Buyuk Temur tarixi"; " Temur qarorgohi"; "Samarqandga sayohat kundaligi".

150. Amir Temur markazlashgan davlat barpo etishdek ulkan maqsadini ro’yobga chiqarish ishini nimadan boshlagan edi? *avvalo ichki g’animlarga qarshi kurashdan

151. Amir Temur qo’shinlari tuzilishini esga oling. Quyidagi qaysi atama qo’shinning har bir qanoti yon tomonidagi qo’riqchi askariy qo’shilmani anglatgan? *qanbul

152. Amir Temur Tarozdan to Xo’tangacha bo’lgan hududlarni kimga suyurg’ol qilib bergan?*Ibrohim Sultonga

153. Amir Temurdan madad kutgan genuyaliklar qaysi davlatning fuqarolari hisoblangan? *Fransiya

154. Amir Umarxonning topshirig’i bilan "Umarnoma" dostonini yozgan tarixchi nomini ko’rsating. *Abdulkarim Fazliy Namangoniy

155. Andijonda Dukchi eshon qo’zg’oloni ko’tarilgan vaqtda Turkiston general-gubernatori bo’lgan shaxsni aniqlang.*A.Vrevskiy

156. Andijondagi Dukchi eshon qo’zg’oloni tufayli lavozimidan chetlashtirilgan A.Vrevskiy o’rniga kim Turkiston general-gubernatori etib tayinlandi?*S.Duxovskoy

157. Angliya parlamenti tomonidan qabul qilingan qaysi hujjatda qirolga sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majburiyati yuklatilgan edi? *Huquqlar to’g’risidagi bill

158. Angliyada "Oq va Qizil gullar urushi" necha yil davom etgan? *30 yil

159. Angliyada cherkov qachondan boshlab parlamentga bo’ysundirildi? *1646-yildan

160. Angliyada Genrix VIII Tyudor hukmronligi boshlangan yilda Movarounnahrda hukmronlik qilib turgan sulolani aniqlang. *Shayboniylar

161. Angliyada kontrreformatsiya yuz bergan vaqtda Vatanimiz tarixida sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Abdullaxon II Buxoro taxtini amalda egalladi.

162. Angliyada mutlaq monarxiya davrida mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini . . . belgilar edi. *Maxfiy Kengash

163. Angliyada Tyudorlar sulolasi davri tarixiga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri berilgan?*Toifaviy vakillik organi bo’lmish parlament butunlay bo’lmasa-da, o’z ahamiyatini yo’qotdi, yangi soliq joriy etish masalasida parlament roziligining shartligi belgilab qo’yildi

164. Angliyaning "Ost-Indiya" kompaniyasi vakillari Ch.Stoddart va A.Konnoli Buxoro amiri tomonidan qatl ettirilgan vaqtda Qo’qon xoni kim edi?*Sheralixon

165. Angliyaning qaysi qiroli 1337-yilda Fransiyaga qarshi (tarixga "Yuz yillik urush" nomi bilan kirgan) urush e’lon qilgan? *Eduard III

166. Anglosakson solnomasi qaysi hukmdor davrida tuzila boshlangan? *Buyuk Alfred

167. Antanta davlatlari tomonidan mustaqil Turkiya Respublikasi tan olingan anjuman va uning vaqti to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* Lozanna konferensiyasi, 1923-yil

168. Antikomintern paktini imzolagan davlatlarni eslang. Ulardan birining (Italiya) tarixida 1162-yilda sodir bo’lgan voqea to’g’ri berilgan javobni toping. *Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi.

169. ANZYUS harbiy siyosiy bloke tuzilganda uning tarkibiga qaysi davlatlar kirgan?*Avstraliya; Yangi Zelandiya; AQSH

170. AQSh (G.Guver davrida) tashqi savdoda import tovarlari uchun katta boj to’lovi joriy etgan yili bo’lib o’tgan voqealarni toping. *Argentinadagi harbiy to’ntarish natijasida I.Irigoyen hukumati ag’darildi;Turkiya Germaniya bilan savdo shartnomasini imzoladi;Buyuk Britaniya va Iroq o’rtasida yangi 25 yillik shartnoma imzolandi

171. AQSh Buyuk Britaniya harbiy dengiz flotining yetakchi mavqeini yo’qqa chiqarishga erishgan yilni aniqlang. *1930-yil

172. AQSh hukumati trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etishi natijasida kimning temiryo’l kompaniyasi ikkiga bo’lindi? * Morganning

173. AQSh Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to’g’risida qonun qabul qilgan vaqtda mamlakat prezidenti kim edi? *U.Grand

174. AQSh prezidenti J.Kennedi tomonidan ilgari surilgan "Apollon" deb ataluvchi dastur nimani nazarda tutar edi? *kosmosda AQShning yetakchi davlat bo’lishini ta’minlash

175. AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o’rinni egallagan davrda yuz bergan voqeani toping. *Meksikada dehqonlar g’alayoni boshlandi.

176. AQSHda aholining 2 foizini tashkil etgan sarmoyadorlar milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshlagan vaqtda mamlakat prezidenti kim edi? (1914) *V.Vilson

177. AQShda bir yilda qabul qilingan qonunlarni ko’rsating.* Vagner qonuni; Ijtimoiy sug’urta haqida; Betaraflik to’g’risida

178. AQShdagi kon ishchilari og’ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashlashi natijasida Kolorado shtatida harbiy holat e’lon qilingan yili bo’lib o’tgan voqeani toping.?*Ikkinchi Bolqon urushidagi mag’lubiyat tufayli Bolgariyada hokimiyat tepasiga germanparast hukumat keldi.

179. AQSHning birinchi prezidenti saylangan yilda…*Fransiyada ta’sis majlisi “Inson va fuqoro huquqlari Deklaratsiyasi”ni qabul qildi.

180. AQShning mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmasligining asosiy omillarini aniqlang.?*juda katta hududga ega ekanligi; boy xomashyo zahiralariga egaligi; keng ichki bozorga ega bo’lganligi;

181. AQSHning qaysi banki Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda ishtirok etgan? *"Cheyz Manxetten"

182. AQShning quyidagi prezidentlari tomonidan ilgari surilgan dasturlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang * R.Reygan- Strategik mudofaa tashabbusi; G.Trumen-"Adolatli yo’l"; L.Jonson-"Buyuk jamiyat"; J.Kennedi-"Apollon";

183. Arab alifbosida yangi "Nasta’liq" xat uslubini yaratgan mashhur xattot nomini aniqlang. *Mirali Tabriziy

184. Arab Muhammadxonning o’g’illari otalariga qarshi isyon ko’targan yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan shaxsni ko’rsating*Imomqulixon

185. Arab xalifaligi davrida 721-yilda Xurosonga noib etib tayinlangan shaxsni aniqlang. *Said Xaroshiy

186. Arab xalifaligi davrida aholidan daromadning 10 foizi hisobida undirilgan va idora ishlari uchun sarflangan soliq turini aniqlang.* ushr

187. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylar yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Maymurg’-654-yil; Chag’oniyon-667-yil; Poykand-707-yil ; Marv-651-yil;

188. Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi hukmronligining tugashi sabab bo’lgan qo’zg’olon rahbarini aniqlang?*Abu Muslim

189. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik tashkil topgan vaqtda tarixda yana qanday voqea sodir bo’lgan?*Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil topdi

190. Arablar tomonidan Xuroson deb atalgan hudud yerlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar

191. Arablarga qarshi qaysi davlatda bo’lgan qo’zg’olon 20 yildan ortiq davom etgan? (IX asr) *Ozarbayjonda

192. Argentina tarixiga oid quyidagi voqealarni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) “Immigratsiya va kolonizatsiya to’g’risida” qonun qabul qilindi; 2) Buenos-Ayresda milliy bank ochildi; 3) Argentina Sotsialistik partiyasi tuzildi *2, 1, 3

193. Argentinada P.Xusto hukumati tashqi siyosatda qaysi davlat bilan yaqinlashish yo’lini tutdi? * Buyuk Britaniya

194. Argentinada qaysi prezident davrida universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi? *I.Irrigoyen

195. Argentinada Uriburi boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazilgandan so’ng yangi hukumat tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlarni ko’rsating*Kongress tarqatib yuborildi; Mamlakatda qamal holati joriy etildi; 8 soatlik ish kuni bekor qilindi; matbuot uchun qattiq senzura tartibi o’rnatildi; Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qarori bekor qilindi

196. Asbob uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi qachon ixtiro qilindi? *XVIII asrning II yarmida

197. Astraxanda Rossiya bosqini natijasida Yormuhammadxon hukmronligi tugagan yilda Hindistonda qaysi voqea sodir bo’lgan? *Boburiylar saltanati taxtiga Akbarshoh o’tirdi

198. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. *Rafael Santi

199. Avestoning ilk qismi paydo bo’lgan davrda tarixda yuz bergan voqeani aniqlang.*Mamlakatimiz hududlarida temirdan yasalgan eng qadimgi qurollar paydo bo’ldi.

200. Avstriya-Vengriya hukumati tomonidan Chexiyada qamal holati joriy etilgan va Praga universitetida o’qitish 2 tilda olib boriladigan bo’lgan yillarni ko’rsating.*1868, 1882-yillar

201. Avstriya-Vengriya imperiyasi vujudga kelgach oradan necha yil o’tib imperiya poytaxti Vena shahrida ishchilarning demokratik erkinliklar berilishini talab qilgan ommaviy namoyishlari bo’lib o’tdi? * 2 yil

202. Avstriya-Vengriya imperiyasini Gabsburglar sulolasi boshqara boshlagan yilda. . . *inglizlar Efiopiya negusi Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi

203. B. Dizraeli Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lgan davrda amalga oshirilgan tadbirlar to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.

204. Baltimor-Ogayo rejasi qabul qilingandan so’ng AQSh kasaba uyushmalari o’z zimmalariga olgan majburiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping *korxona egalari bilan kelishib, ish tashlashlarga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; ish kunini uzaytirishga rozilik berish;

205. Berdaq o’zining qaysi she’rlari orqali yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi? *“O’g’limga”; “Ahmoq bo’lma”;

206. Berilgan voqealardan bir yilda sodir bo’lganlarini toping. *SSSRda alohida senzura organi - Glavlit tashkil etildi. SSSR davlati tashkil etildi. SSSRda mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi.

207. Bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni toping. *Fransiyadagi soxta josus A.Dreyfus to’la oqlandi. Rossiyada P.A.Stolipin agrar islohoti o’tkazish boshlandi.

208. Bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni toping.*Dunyoni qayta bo’lib olish yo’lidagi birinchi urush boshlandi; Kuba nomiga mustaqillik oldi; Fransuzlar G’arbiy Sudan ozodlik kurashi rahbari Samori Tureni taslim eta olishdi va Gabonga surgun qilishdi.

209. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang. *Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi e’lon qilindi. Turkiyada xalifalik tugatildi.

210. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang.*Marokashda “Marg’ibchilar bloke”siyosiy tashkiloti tuzildi.Meksikada “Agrar kodeks”kuchga kirdi. (1934)

211. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Rus knyazi Yaroslav vafot etdi. Xristian cherkovi katolik va pravoslav cherkovlariga bo’lindi.

212. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. *AQShda prezidentlik saylovlarida A. Nikson g’alaba qozondi; Yaponiya va Xitoy o’rtasida diplomatic munosabatlar o’rnatildi

213. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang*Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi e’lon qilindi, Turkiyada xalifalik tugatildi

214. Bir yilda yuz bergan voqealar keltirilgan javobni aniqlang. *Yuan Shikay Konstitutsiyaviy kengash chaqirdi. Panama kanali ochildi.

215. Birinchi afg’on-ingliz urushi nechanchi yilda tugagan? *1842-yil

216. Birinchi jahon urushi qaysi davlatni G’arbiy Yevropaning birinchi davlatiga aylantirdi?*Fransiya

217. Birinchi jahon urushi tufayli Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o’sishiga sabab bo’lgan holatlarni toping* urushayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosi va qishloq xo’jalik mahsulotlariga talabning ortib ketganligi urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamayib, Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatining kuchayishi;Jahon bozorida xomashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlari narxining ko’tarilishi;

218. Birinchi jahon urushidan keyin AQSh iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlangan vaqtni ko’rsating. *1922-yilning oxiri

219. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya va Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi bo’lib qolishini istamagan davlatni aniqlang.*AQSh

220. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning qaysi sanoati eng qoloq tarmoqa aylanib qolganligini toping. * ko’mir sanoati

221. Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyani G’arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qilgan konferensiya va uning tashabbuskori bo’lgan davlatni toping.*Lokarno konferensiyasi, Buyuk Britaniya

222. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tomonidan Buyuk Britaniyaning dominioni hisoblangan Yangi Zelandiyaning boshqaruviga berilgan hududni aniqlang. *G’arbiy Samoa orollari

223. Birinchi jahon urushidan keyin Turkiyaning mustamlakasi bo’lgan qaysi davlatlar mustaqil davlatlarga aylandi?*Saudiya Arabistoni va Yaman

224. Birinchi jahon urushidan keyin Turkiyaning mustamlakasi bo’lgan qaysi davlatlar mustaqil davlatlarga aylandi? * Saudiya Arabistoni va Yaman

225. Birinchi jahon urushidan keyin Xitoyda aholi soni qancha bo’lganligini ko’rsating. *450 mln dan ortiq

226. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda Buyuk Britaniya hayotini belgilash quyidagi qaysi partiyalar o’rtasidagi kurashga bog’liq bo’lib qoldi? *liberallar, konservatorlar va leyboristlar

227. Birinchi jahon urushidan so’ng Sen-Jermen saroyida imzolangan bitimga ko’ra, Avstriyaga tegishli bo’lgan quyidagi hududlar qaysi davlatga qo’shib berildi? *Bukovina- Ruminiya; Janubiy Tripolning bir qismi- Italiya; Moraviya- Chexoslovakiya;

228. Birinchi jahon urushidan so’ng Vengriya bilan imzolangan shartnomaga ko’ra, quyidagi davlatlar Vengriyaga tegishli qaysi hududga ega bo’ldi? *Yugoslaviya- Xorvatiya;Chexoslovakiya- Karpatorti Ukrainasi;Ruminiya-Transilvaniya;

229. Birinchi jahon urushudan keyin mustamlakachi davlatlar Osiyo va Afrikadagi o’z mustamlaklaridagi mavqeini saqlab qolishlariga quyidagilardan qaysilari sabab bo’lganligini toping. *mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar to’la yetilmaganligi; *mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi;

230. Bobur vorislari ichida eng mashhuri, buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan hukmdor Akbarshoh taxtga o’tirgan yilda(1556) Buyuk Britaniya hukmdori kim edi? *Mariya (1553-1558)

231. Boburiylardan bir xil muddatda hukmronlik qilganlarini aniqlang. *Akbarshoh va Avrangzeb

232. Bolasog’un shahri poytaxt bo’lib xizmat qilgan davlatlarni aniqlang.*Qoraxitoylar davlati; Qoraxoniylar davlati

233. Bolgariyaning Turkiyadan mustaqil davlat deb e’lon qilingani va hokimiyat tepasiga germanparast kuchlar kelgan yillar to’g’ri berilgan javobni toping*1908, 1913-yillar

234. Braziliyada S.Bernardis prezidentligi davrida qaysi shaharlarda harbiylar qo’zg’oloni boshlandi? *San-Paulo va Santo Anjelu

235. Buddaviylik dini paydo bo’lgan davrda jahon tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. *Saklarning harbiy qabila ittifoqi vujudga keldi.

236. Butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga erishgan Bobil podshosini aniqlang. (mil. avv. XVIII asr) *Xammurapi

237. Buxoro aholisining qozoqlar bilan savdo aloqalarida kimlar vositachilik qilgan? (XIX asr) *qoraqalpoqlar

238. Buxoro amiri Muzaffarning tobelik siyosatidan norozi bo’lib, xalq qo’zg’oloniga boshchilik qilgan amirning katta o’g’li kim edi? *Abdumalik to’ra

239. Buxoro amiri Nasrulloning Qo’qon xonligidagi noibi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? *Ibrohim dodxoh

240. Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o’zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o’qib turgan?*Amir Haydar

241. Buxoro amirligi tashqi savdo aloqalariga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri keltirilgan? *1844-yilda Buxoro amirligining Markaziy Osiyo-Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil etdi; Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilganidan 21 yil o’tib unda istiqomat qilayotgan xonadonlar soni 30 ta bo’ldi

242. Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardan biri hisoblangan tarixiy asar va uning muallifini aniqlang. *"Muntaxab ut-tavorix", Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Ma’sumxon

243. Buxoro amirligida aminning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo’lgan? *soliq va boshqa tushimlarni yig’ish; aholi ustidan nazorat olib borish; ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash;

244. Buxoro amirligida amir Nasrulloga qadar mavjud qo’shin qanday nomlangan? *qoracherik

245. Buxoro amirligida amlokdor boshqaruv ishida kimlarga tayangan? *qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga

246. Buxoro amirligida davlat yerlarining taqsimlanishi va ulardan foydalanish qay tarzda bo’lgan? *suvsiz dasht va to’qayzorlar ko’chmanchilarga ijaraga berilgan va evaziga xiroj undirilgan; hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilarga "suyurg’ol" shaklida in’om etilib, yerni boshqarish huquqi ham berilgan; "tanho" shaklida in’om etilib, mansabiga qarab yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan; dehqonlarga ijaraga berilgan va olinadigan soliq xazina tushumining katta qismini tashkil qilgan

247. Buxoro amirligida davlatning barcha boshqaruv idoralari qaysi amaldorga bo’ysungan? *qo’shbegi

248. Buxoro amirligida harbiy qo’shin bosh sarkardasi qanday atalgan? *parvonachi

249. Buxoro amirligida joylarda yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatda yig’ilishi uchun mas’ul bo’lgan amaldorni aniqlang. *amlokdor

250. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan quyidagi lavozimlar ma’nosiga mos ravishda juftlangan javobni aniqlang.*1) devonbegi- moliya-xazina ishlarini boshqargan, soliq undirilishi ustidan nazorat olib borgan; 2) parvonachi- harbiy qo’shin bosh sarkardasi hisoblangan; 3) mushrif- xonga in’om etilgan buymlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olgan, soliq tushumlarini yozib borgan; 4) sadr- vaqf mulklarini boshqargan;

251. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul bilan olingan?* tanobona; zakot; qo’sh puli

252. Buxoro amirligida suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lash bilan birga yana qanday majburiyatni bajarishi lozim edi? *oliy hukmdorning chaqirig’iga ko’ra o’z qo’shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi

253. Buxoro amirligida tanobona solig’ining miqdori nimaga asoslanib belgilangan? *ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga

254. Buxoro amirligida vaqf mulklari kim tomonidan tasarruf etilgan? *mutavalli

255. Buxoro amirligida xiroj solig’ining to’lanish tartibini aniqlang?. (XIX asrgacha)*hosil ulushidan, asosan, mahsulot bilan to’langan

256. Buxoro amirligidagi eng quyi ma’muriy bo’linma to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *amlokdorlik

257. Buxoro hukmdori Nodir Muhammad toj-u taxtni o’g’li Abdulazizdan qaytarib olish maqsadida qaysi Hindiston podshosidan yordam so’raydi? *Shoh Jahondan

258. Buxoro taxti shayboniylardan bo’lgan Pirmuhammad tomonidan boshqarilayotgan davrda Samarqand hokimi bo’lgan shaxsni aniqlang. *Boqi Muhammad

259. Buxoro xonligi qaysi hukmdor davrida Boburiylar davlatini tan oldi hamda u bilan savdo va elchilik munosabatlarini o’rnatdi?* Ko’chkunchixon

260. Buxoro xonligida Ubaydullaxon hukmronlik qilgan yillarda Angliya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang.* Genrix VIII Tyudor

261. Buxoroda “Tarbiyai atfol” jamiyati tashkil etilgan vaqtda jahon tarixida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang*Meksikada prezidentlik saylovi o’tkazildi, Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib oldi, Janubiy Afrika Ittifoqi tashkil topdi

262. Buxoroda amirlik taxti Shohmurod qo’liga o’tgan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Koreyada "Qonunlarning buyuk to’plami" nomli hujjat tuzildi.

263. Buyuk ajdodlarimiz haqidagi "Alisher Navoiy" tarixiy-biografik filmi kim tomonidan yaratilgan? *K.Yormatov

264. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzgan yilda…*Amir ibn Lays safforiylar davlati hukmdori bo’ldi

265. Buyuk Britaniya 1997-yilda Xitoyga qaytarib bergan hududni aniqlang. *Gonkong

266. Buyuk Britaniya Bunoro davlatini qachon bosib olgan edi? *XIX asr oxirida

267. Buyuk Britaniya Eron neft konlaridan foydalanishi, tosh va temir yo’llar qurish konsessiyalarini qo’lga kiritgan va Eronda “Shahanshohbank” ochilishigan yillarni aniqlang. *1872, 1889-yillar

268. Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur bo’lgan (a) va AQSh Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining yetakchi mavqeini amalda yo’qqa chiqara olgan (b) yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *a-1920-yil; b-1930-yil

269. Buyuk Britaniya hukumati o’zining Markaziy Osiyo xonliklaridagi ta’sirini qaror toptirishning asosiy yo’li sifatida nimaga ahamiyat qaratgan?* Hindiston bilan Markaziy Osiyo o’rtasida savdo aloqalarining kengayishiga

270. Buyuk Britaniya o’z armiyasini Eron hududlaridan olib ketishiga majbur qilgan voqeani aniqlang. *1919-1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati

271. Buyuk Britaniya parlamenti hukumat tomonidan Irlandiyaga gomrul berish taklifini rad etgan yillar to’g’ri berilgan qatorni toping? *1886-, 1912-yillar

272. Buyuk Britaniya parlamenti Lloyd-Jorj hukumatiga ishchilar harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar bergan yili bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. *Sovet Rossiyasining M.Frunze boshchiligidagi Janubiy front qo’shinlari Qrimni to’la egalladi.

273. Buyuk Britaniya tarixida Parlamentning vakolati 5 yil qilib belgilanib, deputatlarga maosh to’lash joriy etilgan yilda . . . * Sun Yat Sen Xitoyga qaytib kelgach, Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to’pladi

274. Buyuk Britaniya tarixiga oid quyidagi voqealar orasidan bir yilda sodir bo’lganlarini toping. *Bur respublikasining taslim bo’lishi; Yaponiya bilan shartnoma imzolab, unga katta moliyaviy yordam ko’rsatishi;

275. Buyuk Britaniya va Afg’oniston o’rtasida "Buyuk Britaniyaning Afg’onistonda temir yo’l qurishiga rozilik berish, ingliz fuqarolarining Afg’onistonga erkin kirib-chiqishiga ruxsat berish" talablari ko’zda tutilgan bitim qachon imzolangan?*1907-yilda

276. Buyuk Britaniyada “bekor o’tgan 13 yil” davomida hukumatni qaysi siyosiy partiya boshqargan?* konservatorlar

277. Buyuk Britaniyada birinchi ”Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi” qachon qabul qilindi? *1965-yilda

278. Buyuk Britaniyada ikkinchi parlament islohoti o’tkazilgan yilda sodir bo’lgan voqealarni toping. *Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Efiopiyada imperator Kasa hokimiyati ag’darildi; Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi;

279. Buyuk Britaniyada irland muxolifat guruhi hamjamiyati hukumatdan qanday agrar islohot o’tkazishni talab qilgan edi? *ijaraning qat’iy bo’lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo’ldan qo’lga erkin o’tishini ko’zda tutuvchi agrar islohot

280. Buyuk Britaniyada J.Meyjor Bosh vazirligi davrida ilgari surilgan dasturni aniqlang. *"Teng imkoniyatlar jamiyati"

281. Buyuk Britaniyada kimning davrida "narx-navo va daromadlar" siyosati bekor qilingan? (XX asrning II yarmi) *E. Xit

282. Buyuk Britaniyada qaysi qonunga ko’ra ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko’rgan zararni tred-yunionlardan undirilishi taqiqlangan?*"Ish haqi minimumi to’g’risida"gi qonun

283. Buyuk Britaniyada qaysi soha ishchilarining 1911-yildagi ish tashlashlari 6 hafta davom etgan? *ko’mir qazuvchilar

284. Buyuk Britaniyada U.Gladston bosh vazir bo’lib turgan davrda tarixda sodir bo’lgan voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* Avstriya va Vengriya hukmron doiralari o’rtasida bitim imzolandi. Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylandi. Fransiyada T’yer boshchiligida yangi hukumat tuzildi.

285. Buyuk Britaniyaning qaysi bosh vazir boshchiligidagi hukumati kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turish maqsadida daromadidan qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish siyosatini qo’lladi? *M. Tetcher

286. Buyuk Fransuz burjua inqilobi davrini eslang va qaysi voqeadan so’ng saylovda qatnashish uchun talab etiladigan mulk senzi bekor qilinganligini aniqlang. *1792-yil 22-sentyabrda Fransiya Respublika deb e’lon qilingach

287. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri portugaliyalik emas?*Amerigo Vespuchchi

288. Buyuk Karl davriga oid voqeani aniqlang. *xalq maktabi joriy etilgan

289. Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kimning asarlari orqali bilib olish mumkin?*Eyngard

290. Chan Kayshi 1936-yil qayerda asirga olindi? * Sianda

291. Chexoslovakiyadagi “Praga bahori” nomi bilan tarixga kirgan voqea yuz berganda hokimiyat tepasida kim turgan edi?A.Dubche

292. Chig’atoy ulusi davriga oid me’moriy obidalarni aniqlang *To’rabekxonim maqbarasi; Bayonqulixon maqbarasi;

293. Chingiziylardan bo’lgan To’xtamishxon va Amir Temur o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’lib o’tgan?*Shimoliy Kavkazda

294. Chingizxon qo’shinlari Dashti Qipchoq yerlariga qaysi hududlar orqali chiqqan? *Afg’oniston, Sharqiy Eronni egallab, Kavkaz orqali

295. Chor Rossiyasi qo’shinlari O’ratepa va Jizzaxga qarshi harbiy harakatlar olib borgan davrda Orenburg general-gubernatori bo’lgan shaxsni aniqlang * N.Krijanovskiy

296. Chor Rossiyasining O’rta Osiyodagi harakatlarini olib borishdagi harbiy markazini aniqlang.* 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati

297. Chor Rossiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining to’rtinchi bosqichi amalga oshirilgan davrda tarixda sodir bo’lgan voqearni toping. *Braziliyada qullikka qarshi kuchlar "Ozodlik manifesti"ni e’lon qildi.

298. Dastlab Xorazmni xorazmshoh unvoni bilan idora qilgan shaxsni aniqlang. *Kayxusrav

299. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang.*Jon Lokk

300. Dehli sultonligida kimning hukmronligi davrida Panjob, Sind va Bengaliya hududlari bo’ysundirildi?* Shamsiddin Eltutmish

301. Dehqon va chorvadorlarning eng qadimgi manzilgohlaridan biri bo’lmish Zamonbobo manzilgohi qayerdan topilgan? *Buxoro viloyatidan

302. Dengizchi admiral Xristofor Kolumb vafot etganidan qancha vaqt o’tib, lotaringiyalik xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit’ani “Amerika” deb atashni taklif etdi? *1 yil

303. Do’st Muhammadxon ingliz-afg’on do’stlik shartnomasini imzolagan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang. *o'zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryo janubiy sohilidagi hududlar Afg'oniston viloyatiga aylantirildi

304. Edmund Brek va Jozef de Mester haqida quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri to’g’ri berilgan? *XVIII asrda paydo bo’lgan konservatizm ta’limotining ko’zga ko’ringan arboblari

305. Eftaliylar davrida O’rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo’shni mamlakatlar, xususan,. . . * Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg’unlashib ilk o’rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi

306. Eftallar davlati qulagach, Amudaryodan Suriyagacha qadar Ipak yo’li ustidan kimlar nazorat o’rnatgan?* eronliklar

307. Erkin kishilarga qirol amaldorlari o’zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. *«Buyuk ozodlik xartiyasi»

308. Ernazarbiy qo’zg’oloni . . . hukmdorligi davrida bostirilgan. *Said Muhammadxon

309. Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari Xivani o’ziga bo’ysundirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Muhammad Ali Misr va Sudanni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo’lga kiritdi.

310. Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari Xivani o’ziga bo’ysundirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang.(1740) A)Xiva va Rossiya o’rtasida "Majburiyatlar akti" imzolandi.(1842) B)Muhammad Ali Misr va Sudanni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo’lga kiritdi.(1840) C)Muhammad Alixon Qo’qon xonligi taxtidan voz kechdi.(1841) D)Rim Papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon qildi.(1831)

311. Eron shohi Nodir Quli o’ldirilgan yilda . . .*afg’on qabila xonlarining jirg’asi afg’onlarning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg’oniston shohi deb e’lon qildi

312. Eron va Rossiya o’rtasida imzolangan qaysi shartnomadan keyin Eron Kavkazorti hududlariga bo’lgan da’vosidan voz kechdi? *Turkmanchoy

313. Eronda dehqonlarning boshqa joylarga ketishlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida 1710-yilda qaysi hukmdor tomonidan dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini ta’qiqlovchi farmon chiqarildi? *Sulton Husayn

314. Eronda Ismoil Safaviy hukmronligi tugagan yilda bo’lib o’tgan voqeani belgilang. *Germaniyada katolik cherkovi zulmiga qarshi boshlangan harakat yer egalari zulmiga qarshi urushga aylanib ketdi.

315. Eronliklar yordamida Hindiston taxtini egallagan Boburiy hukmdorni aniqlang.* Humoyun

316. Eshimxon boshchiligida qoraqalpoqlar davlati tashkil topgan davrda Qo’qon hukumdori bo’lgan shaxsni aniqlang. *Shohruxbiy

317. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashaganlar? *shimoli-g’arbiy qismida

318. Farg’ona qachon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi?*mil.avv. II-I asrlarda

319. Fashistlar Germaniyasi tomonidan Avstriya va Chexoslovakiya bosib olingan vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri kim edi?*N.Chemberlen

320. Faysal o’zini Suriya qiroli deb e’lon qilgan vaqtda jahon sahnasida bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. *Germaniyada monarxist B.Kapp va general Lyudendorf boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazish uchun isyon ko’tardilar.

321. Finikiyaliklar Kipr orollari va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos solgan davrda tarixda yuz bergan voqeani toping. *Misrda Amon Ra xudosi fir’avnlarning bosh ilohi va homiysiga aylangan

322. Fon Kaufman Turkiston generalgubernatori lavozimini egallab turgan davrda jahon tarixida quyidagi voqealardan qaysilari yuz bergan?*Fransiya-Prussiya urushi bo’lib o’tdi; Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga “Yer-suv akt”ni taklif qildi; Porfilio Dias Meksika prezdenti deb e’lon qilindi; Rim Italiya qirolligining poytaxti deb e’lon qilindi

323. Fosfor olish jarayoni quyidagi qaysi olim tomonidan soddalashtirilgan?* Tomson

324. Franklar qirolligini imperiya deb e’lon qilinishiga olib kelgan imkoniyat. *Rim mahalliy zodagonlarining papaga qarshi isyon ko’tarishi

325. Fransiya hukmron doiralari norozi bo’lgan Buyuk Britaniya-Fransiya savdo shartnomasi qachon tuzilgan edi? *1860-y.

326. Fransiya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun chiqargan alohida dekretiga asosan mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga o’tkaziladigan saylovlarda qatnashish huquqi berilgan qatlamlarni aniqlang. *dehqonlaran; savdogarlar; ziyolilar; sobiq harbiy xizmatchilar; amaldorlar

327. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani qaysi davlat bilan haddan tashqari bog’langanlikda ayblab, uning “Umumiy bozor”ga qabul qilinishiga qarshlik ko’rsatgan? *AQSh bilan

328. Fransiya hukumati kimning rahbarligi davrida Suriyaga mustaqillik berishga majbur bo’lgan edi? *Sh. de Goll

329. Fransiya Lokarno shartnomasini imzolash orqali o’z ittifoqchisi hisoblangan qaysi davlatlarga nisbatan xiyonat qilgan? *Polsha va Chexoslovakiyaga

330. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyish marosimi qaysi shaharda o’tkazilgan? (O’rta asrlar) *Reyms shahri

331. Fransiya tomonidan 1891-1896-yillar davomida quyidagi qaysi hududlar bosib olingan?*Mavritaniya; Gvineya; Senegal; Madagaskar;

332. Fransiyada 1881-1882-yillarda qabul qilingan ta’lim tog’risidagi qonunga ko’ra…..*Maktab cherkovdan ajratildi; Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi; 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi;Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi;

333. Fransiyada Filipp IV hukmronligi davri bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlarni ko’rsating. * Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi;cherkov yerlari soliqqa tortildi; General Shtatlar chaqirildi;

334. Fransiyada Filipp IV hukmronligi davri bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlarni ko’rsating. *Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi; cherkov yerlari soliqqa tortildi; General Shtatlar chaqirildi;

335. Fransiyada gotika uslubida bunyod etilgan ibodatxonalarni ko’rsating. *Ruan; Reyms; Bibi Maryam; Shartr;

336. Fransiyada hukumatni R.Puankare boshqargan davr bilan bog’liq ma’lumotlarni toping *soliqlarning 9 mlrd frankka ko’paytirilishi; davlat xarajatlarining qisqartirilishi; urush nogironlariga to’lanadigan nafaqalarning kamaytirilishi;

337. Fransiyada Iyul monarxiyasi qulagan vaqtda tarixda yuz bergan voqeani toping. *Berlinda qo’zg’olon boshlandi.

338. Fransiyada Leon Blyum hukumati qabul qilgan qarorlar to’g’ri korsatilgan javobni toping.* ish haqini oshirish; 40 soatlik ish haftasini joriy qilish; korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish; kasaba uyushmalari huquqlarini himoya qilish;

339. Fransiyada monarxiya ag’darilib, qirol Lyudovik XVI qatl qilingan yilda . . . *Nepal davlati Sin sulolasiga vassallikni majburan tan oldi

340. Fransiyada qirol Lyudovik XVI qatl etilganidan so’ng qaysi davlat monarxlarining bosqinchilik hujumlari kuchaygan? * Prussiya; Ispaniya; Angliya; Avstriya

341. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida manarxiyachilar kurashning terror usulini qo’llab bir qator qo’poruvchilik harakatlarini amalga oshirganlar. Fransiyaning qaysi prezidenti terror qurboniga aylangan edi?*S. Karno

342. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida monarxiyachilar ikki marta o’z nomzodlarini prezidentlikka saylashgan. Ammo monarxiyani tiklay olmagan. Bunga sabab nimada bo’lgan? *Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga qarshi bo’lganligi

343. Fransiyaning markazlashuviga olib kelgan tasarrufdagi yerlarni birlashtirish jarayonini boshlab bergan qirol Lyudovik VI nechanchi asrda hukmronlik qilgan?* XII asrda

344. Fransiyaning markazlashuviga olib kelgan tasarrufidagi yerlarni birlashtirish jarayonini boshlab bergan qirol Lyudovik VI nechanchi asrda hukmronlik qilgan?* XII asrda

345. Fransiya-Prusiya urushi bo’lib o’tgan davrida Rim papasi bo’lgan shaxsni aniqlang *Piy IX

346. Fransuzlarning 100 ming kishilik qo’shini Mets qal’asida mag’lubiyatga uchragan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. *AQSh Konstitutsiyasiga irqiy kamsitishlarni bekor qiluvchi tuzatish kiritildi.

347. G.Prinsipning qaysi harakati keskinlik keltirib chiqarib, oxir-oqibat kata siyosiy o’zgarishlarga olib keldi?*shahzoda Frans Ferdinandni o’ldirilishi

348. G’arbiy Yevropada XIX asrning II yarmida o’rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, qaysi toifa ajralib turardi? *huquqshunoslar

349. G’arbiy Yevropaning qator davlatlarida reformatsiya yoyilgan davrda Vatanimiz tarixi bilan bog’liq bo’lgan voqeani belgilang.* Imomqulixon markaziy davlat hokimiyatini nisbatan mustahkamladi.

350. G’azna viloyati noibi (Somoniylar davrida) Alptegin qaysi viloyatlarni mustaqil boshqarishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan edi?*Qobul va G’azna

351. G’aznaviy hukmdorlar davriga mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.*1) Mahmud G’aznaviy- mamlakat hududi kengayib Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi 2) Ma’sud G’aznaviy- mamlakat viloyatlari birin-ketin qo’ldan chiqib, tanazzulga yuz tutdi; 3) Alptegin- G’aznaviy davlatiga Nasos solindi; 4) Sobuqtegin- mamlakatning siyosiy nufuzi ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etildi

352. G’arbiy Rim imperiyasi qulagan vaqtda sosoniylar davlati hukmdori kim bo’lganligini aniqlang?*Pero’z

353. G’arbiy Yevropada qaysi davrga kelib savdogar (negosiant) va bank egalari burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandi?*XVII asr o’rtalariga kelib

354. Ganada marokashliklar hukmronligiga qachon chek qo’yildi? *1087-yilda

355. Gandamak bitimi imzolanganidan keyin Afg’oniston mustaqilligini yo’qotdi va Qobulga ingliz rezidensiyasi ochildi. Rezidensiyaning vazifasiga nima kirgan edi?*afg’on amiri hatti-harakatlari hamda Buyuk Britaniyadan yuborilgan qarzlar qanday sarflanayotgani ustidan nazorat qilish

356. Ganza ittifoqi Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba bergan davrda Osiyo tarixida yuz bergan voqeani toping.*Amir Temur davlati tashkil topib, mustahkamlandi.

357. German qabilalaridan bo’lgan langobardlar qaysi hududda davlat tuzishgan? *Italiyada

358. Germaniya aholisi katolik cherkovini isloh qilish talabi bilan chiqqan yilda (I) va cherkov eshigiga “95 tezis” deb atalgan xitobnoma yopishtirib qo’yilgan yilda (II) Buyuk Britaniyada kimlar hukmdorlik taxtida o’tirganligini aniqlang. *Genrix VIII;

359. Germaniya Bag’dod temir yo’li loyihasining Izmir-Anqara qismini qo’lga kiritgan va bu loyihani to’la qo’lga kiritgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*1888-, 1903-yillar

360. Germaniya imperiyasi tarixida nechanchi yildan boshlab yakshanba dam olish kuni deb belgilandi? *1891-yildan

361. Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qilgan yilda. . . *Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solindi

362. Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida hokimiyatni fashistlar egallashlarida qaysi davlatda amalga oshirilgan usulga umid bog’lagan edilar? *Ispaniya

363. Germaniyada davlat boshqaruvining burjua demokratik shaklidan totalitar diktatura shakliga o’tish qachon yuz berdi? *1933-yil

364. Germaniyada Federativ davlat maqomi bekor qilingan yilda. . . *SSSRda 10 yillik ta’lim joriy etildi

365. Germaniyada prezident P.Gindenburg tomonidan imzolangan va A.Gitlerga favqulodda vakolatlar bergan hujjatni aniqlang. *“Xalq va davlatni muhofaza qilish to’g’risida”gi dekret

366. Germaniyada protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzib, unga ko’ra har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni tanlash huquqiga ega bo’lgan yilda(1526) Angliyada kim qirol(icha) edi?*Genrix VIII (1509-1547)

367. Germaniyadagi "Birlashuv jarayonining otasi" degan nom olgan arbobni aniqlang.*G.Kol

368. Germaniyaning birinchi Prezidenti etib saylangan siyosatchini aniqlang. *F.Ebert

369. Germaniyaning birlashuviga qadar Gabsburglar sulolasidan bo’lgan imperatorlar Germaniyaning qaysi hududida hukmronlik qilgan? *Avstriyadagi yerlarida

370. GFR tarixiga oid quyidagi voqealar yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang. *1. Okkupatsiya tartibi bekor qilindi-1951-yil. 2. GFR da 12 ta diviziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat armiyaga ega bo’lishga ruxsat etildi-1954-yil. 3. "Xalshteyn doktrinasi" e’lon qilindi-1955-yil. 4. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo’ldi-1958-yil.

371. GFRning XX asr 50-yillaridagi tarixiga doir to’g’rima’lumotni toping?*Oziq-ovqat muammosi to’la hal etildi va sanoat ishlab chiqarishi 1936-yil darajasiga yetdi.

372. Gitlerni “tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori bo’lgan siyosiy arbobni aniqlang*Buyuk Britaniya bosh vaziri N.Chemberlen

373. Gollandiya Respublikasi to’liq ozodlikka erishgan vaqtda Xiva xoni bo’lgan shaxsni aniqlang.*Arab Muhammad

374. Gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadigan Baroqxon madrasasini qurdirgan Baroqxon aslida kim bo’lganligini toping. *Suyunchxo’jaxonning o’g’li

375. Harbiy diktatorlik hukumatlarining tarix sahnasidan ketishi yillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Peru-1980; Gvatemala-1985; Boliviya-1982; Argentina-1983; Salvador-1989;

376. Hindiston hukmdori Avrangzeb Olamgir bilan elchilik munosabatlarini olib borgan Buxoro hukmdorini toping. *Subhonqulixon

377. Hindiston hukmdori Shohjahon davrida Hindiston-Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz bergan bo’lib, bu nima bilan bog’liq? *Buxoro xoni Nodirmuhammad va uning o’g’li Abdullaziz o’rtasida yuz bergan nizo bilan bog’liq

378. Hindistonda 1890-yilda shakllangan "so’l" radikal oqimga kim rahbarlik qilgan? *Bal Gangadxara Tilak

379. Hindistonda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuz solig’i joriy etilgan yili O’rta Osiyoda…Turkiston viloyati tashkil etildi

380. Hindistonda La’l Bahodir Shastri Bosh vazir lavozimida ishlagan davrda jahon tarixida yuz bergan voqealarni aniqlang. * SSSRda hokimiyat L.I.Brejnev qo’liga o’tdi. Ruminiyada G.Georgiu-Dej vafotidan so’ng partiyada uning o’rnini N.Chaushesku egalladi. M.Ayubxon Pokistonda yangi muddatga Prezident etib saylandi.

381. Hindistonda sipohilar qo’zg’oloni bostirilgach, inglizmustamlakachilari qanday islohotlar o’tkazishga majbur bo’lganlar?* yangi soliqlar joriy etildi; mahalliy knyazlarning o’z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi; “Ost-Indiya” kompaniyasi tugatildi;

382. Hindistonning shimoliy hududlariga o’rta asrlarda (XI-XII) kimlarning hujumlari, ayniqsa, kuchaygan? *turk va afg’on qabilalarining

383. Hirot hokimi Abulqosim Bobur 1454-yilda Movarounnahrga bostirib kirib Samarqandni qamalga olganida kim bu mojaroga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashtirgan? *Xo’ja Ubaydulloh Ahror

384. Hozirda Shanxay hamkorlik tashkiloti nomi bilan tanilgan tashkilot dastlab qanday atalgan? *Shanxay forumi

385. I jahon urushi yillarida Fransiya armiyasi saflariga chaqirilgan jazoirliklardan . . . foydalanishgan. *front orti ishlarida

386. I.Lazarev boshchiligidagi rus qo’shinlarining turkman qabilalariga qarshi dastlabki harbiy harakatlari boshlangandan ularning batamom bo’ysundirilishigacha bo’lgan yillar oralig’i to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1879-1885-yillar

387. Ibrohim Bo’ritegin 1038-yilda Amudaryo bo’yi viloyatlari -Chag’oniyon, Xuttalon va Vaxshni kimlardan tortib oldi? *g’aznaviylardan

388. II jahon urishidan so’ng mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash maqsadida iqtisodiyotning “Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi” modeli tanlangan davlatni aniqlang*GFR

389. II jahon urushi arafasida Buyuk Britaniya qaysi davlatlarga Germaniya hujum qilsa, unga harbiy yordam ko’rsatish haqida kafolat bergan? *Polsha; Ruminiya; Gretsiya;

390. II jahon urushi boshlangach, Germaniya va Italiya bilan yaqinlashish yo’lini tutgan Misrdagi siyosiy kuchlar rahbarini aniqlang. * qirol Faruh

391. II jahon urushi davrida Germaniya armiyasi qaysi jangdan so’ng sharqiy frontda hujum qilish qobiliyatini butunlay yo’qotdi?* Kursk

392. II jahon urushidan keyin Lotin Amerikasida latifundiyachilikning qulashi sabablarini aniqlang.* dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o’tkazishga majbur bo’lishi; milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi; kuchli demografik o’zgarishlar yuz berganligi;

393. Ikki jahon urushi oralig’ida Meksika iqtisodiyotiga mustahkamlanib olgan davlatlarni ko’rsating.*Buyuk Britaniya va AQSh

394. Ikki jahon urushi oralig’ida Uzoq Sharqda Buyuk Britaniya, AQSh va Yaponiya munosabatlari keskinlashgan maydonga aylangan hududni toping. *Xitoy

395. Ikkinchi jahon urushi boshlangandan o’tgan ikki yarim yil orasidagi nemislarning birinchi yirik mag’lubiyati qaysi shaharda bo’lib o’tdi?*Moskva

396. Ikkinchi jahon urushi davrida sanoat shahri sifatida vujudga kelgan respublikamizdagi shaharni toping. *Bekobod

397. Ikkinchi jahon urushi davrida Yevropadagi ittifoqchi qo’shinlarga qo’mondonlik qilgan, urush tugagandan keyin AQSHda prezident etib saylangan shaxsni aniqlang?*D.Eyzenxauer

398. Ikkinchi jahon urushi voqealarini eslang va Moskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo’lib o’tgan davrni to’g’ri toping*1941-yil kuz qish oylarida

399. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, g’alaba qozonishga bo’lgan ishonch aks ettirilgan asarlarni mualliflari bilan to’g’ri juftlab ko’rsating.*1) “Maktub”- Uyg’un; 2) “Jangchi Tursun”-Hamid Olimjon; 3) “Ona kuzatmoqda”-Maqsud Shayxzoda; 4) “Nayzamiz”- Sulton Jo’ra

400. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda tuzilgan, milliy qo’shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta’lim berishda katta rol o’ynagan zaxiradagi diviziyani toping. *24-o’qchi diviziya

401. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistondagi qaysi viloyatlar qand lavlagi yetishtirish bo’yicha ixtisoslashtirildi? *Toshkent; Farg’ona; Samarqand; Qashqadaryo;

402. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonning qaysi shaharlarida yangi teatrlar ochilgan edi?*Andijon va Toshkent

403. Ikkinchi jahon urushi yillarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar yetkazib beradigan ≪Kommunar≫ va ≪Stroymashina≫ zavodlari respublikamizning qaysi shahrida joylashgan edi? *Andijon

404. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin O’zbekistonda barpo etilgan kimyo sanoati korxonalarini ular qurilgan yillari bilan muvofiqlashtiring. *Farg’ona azot o’g’iti zavodi-1962-yil; Navoiy kimyo kombinati-1965-yil; Olmaliq kimyo zavodi-1969-yil;

405. Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o’rni alohida 3 yo’nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo’ldi. Bular. . .* xalqaro maydonda AQSh ning asosiy ittifoqchisiga aylanishi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashishi; G’arbning yetakchi davlatlaridan biri bo’lib qolishi Hamdo’stlik

406. Ikkinchi jahon urushidan keyin Samarqand qishloq xo’jaligi institutida ishlab turgan bir yillik malaka oshirish kurslarida kimlar o’qitilganligini toping?*MTS direktorlari va tuman qishloq xo’jalik bo’limi mudirlari

407. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda qishloq jamoalari qanday tabaqalarga ajralib borganligini aniqlang. *dehqon va kadivarlar

408. Ilk o’rta asrlarda qo’shni mamlakatlarga bo’yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan davlat(lar)ni toping. *Farg’ona

409. Ilk o’rta asrlarda Shimoliy Hindiston hududida 75 yil davomida hukmronlik qilgan davlatni aniqlang.* Kidariylar

410. Ilk o’rta asrlarda qaysi davlatning ayrim tangalarida hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan?*Choch

411. Imomqulixon Toshkent va o’z xonligining qaysi chegaralari uchun qozoqlar, jung’orlar va qalmiqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi?* shimoli-sharqiy

412. Imperator Vilgelm II davrida ochilgan, Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizini tutashtirgan kanalni aniqlang.* Kil

413. Inglizlar Efiopiyaga urush qilib, podsho Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazgan yilda sodir bo’lgan voqeani toping. *Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag’darildi.

414. Ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgilash bo’yicha muzokaralar boshlangan yilda quydagi qaysi voqea sodir bo’lgan? *Kushka shahri bosib olindi

415. Inqilobiy qo’mita butun O’zbekiston xalqiga murojaat etib, O’zbekiston SSR tuzilganligini ma’lum qilgan yilda quyidagi qaysi voqea yuz berganligini toping. *Fransiyada bo’lib o’tgan saylovlarda "Milliy blok" mag’lubiyatga uchradi.

416. Insoniyat tarixida neolit davrining oxiridagi eng buyuk kashfiyot −. . .*metall - misdan foydalanish

417. Iroqda «Iyun inqilobi» natijasida prezidentlik lavozimini kim egalladi? *Ahmad Hasan al-Bakr

418. Ismoil G’aspirali tomonidan Boqchasaroyda va Buxoro amirligida birinchi jadid maktablari ochilgan yillarni toping. *1888, 1893-yillar

419. Ispaniyada fashistik diktaturalar o’rnatilgan yillar to’g’ri berilgan javobni toping. *1923-, 1939-yillar

420. Ispaniyadagi o’ng kuchlar 1932-yilda qanday uyushmaga birlashganligini aniqlang. *“Ispaniya avtonom o’nglar konferensiyasi”

421. Italiya bosh vaziri Orlando davrida amalga oshirilgan ishlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* Italiya qo’shinlari Vladivostokka jo’natildi; Italiya Simernani bosib olish uchun hujum boshladi va bu hujum mag’lubiyat bilan tugadi; Italiya armiyasi safidan bo’shatilganlar ishsiz qoldi; Italiya Albaniyani tashlab chiqishga majbur bo’ldi;

422. Italiya tarixiga oid birinchi jahon urushi natijalari bilan bog’liq ma’lumotlarni toping. *Janubiy Tirol va Triest porti Italiyaga o’tdi. Yugoslaviyaning ba’zi hududlari Italiyaga berildi. Dodekanes oroli Italiya o’tdi. Millatlar Ligasining doimiy a’zosiga aylandi. bo’lish huquqi berildi. Fransiya harbiy-degiz floti qudratiga teng flotga ega bo’lish huquqi berildi.

423. Italiya yagona davlatga birlashgan davrda kim qirollik taxtini boshqarib turganini toping*Viktor Emanuel II

424. Italiyada "qizil ikki yillik" davriga to’g’ri keluvchi ma’lumotlarni anilang. * 8 soatlik ish vaqti belgilandi; ish haqiga qo’shimcha to’lov to’lanishi e’lon qilindi; yer egalariga yollanib ishlovchilar, ijaraga yer olib ishlovchilar uchun shartlar yengillashtirildi; janubdagi dehqonlar yer egalaridan tortib olgan yerlarining bir qismi ularga qonuniylashtirib berildi;

425. Italiyada 1927-yilda qabul qilingan "Mehnat xartiyasi" nomli hujjat qanday maqsadni ko’zlagan edi? *mamlakat iqtisodiyotida korporativ tartibni to’la qaror toptirish

426. Italiyada demokratiyaning barcha ko’rinishlari, jumladan, parlament ham tugatilgan davrni toping. * XX asr 30-yillari

427. Italiyada fashistlar yanada faollashib, o’zlarining harbiy otryadlarini tuza boshlagan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang?*Fransiya kommunistik partiyasi tuzildi

428. Italiyani birlashtirish jarayoni kechayotgan davrda Italiya siyosiy tarqoqligining tayanchi bo’lib qolayotgan hududlarni aniqlang* Sitsiliya va Neapol

429. Italiyani yagona davlatga birlashtirish davrida Venetsiya viloyati qaysi davlat qo’l ostida bo’lgan? *Avstriya

430. Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini Fransiyadagi Daladye hukumati qachon tan oldi? *1938-yil dekabr

431. IV asrning o’rtalarida xion qabilalarining O’rta Osiyoga hujumi qaysi hududlardan boshlanganligini aniqlang. *Yettisuv va Sharqiy Turkistondan

432. Ivan IV oprichnina siyosatini bekor qilishga majbur bo’lgan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang. *”Varfolomey tuni” voqeasi yuz berdi

433. Jahon iqtisodiy inqirozi (1929-y.) davrida qaysi davlatda universitetlar va hatto umumta’lim maktablari ham yopib qo’yildi? *Kuba

434. Jahon iqtisodiy inqirozi boshlangach (1929-yil) qaysi davlatda ishsizlikka qarshi kurash bo’yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etildi? *Buyuk Britaniya

435. Janubi-Sharqiy Osiyo mudofaasi (SEATO) to’g’risidagi shartnomani imzolagan davlatlarni aniqlang. *Angliya, AQSh, Avstraliya, Fransiya

436. Janubiy Afrika Respublikasining birinchi qora tanli prezintini aniqlang?*N.Mandela

437. Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e’lon qilingan yil sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *“Antikomintern pakti”ga Italiya qo’shildi

438. Janubiy va Shimoliy Bolgariyaning yangidan yagona davlatga birlashganligini e’lon qilgan shaxsni aniqlang. *A.Battenberg

439. Jazoir Fransiya mustamlakasi bo’lib turgan yillar oralig’I to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.* 1830-1962-yillar

440. Katolik cherkovi o’z hukmronligining eng cho’qqisiga erishuvi qaysi Papa davriga to’g’ri keladi? *Innokentiy III

441. Katta juz Rossiya tobeligiga o’tgan davrda Buxoro hukmdori bo’lgan shaxsni aniqlang. *Abulfayzxon

442. Katta va qisman kichik juz o’rdalari qaysi Qo’qon xoni davrida bo’ysundirildi? *Umarxon

443. Keyinchalik buyuk sarkarda bo’lib yetishgan Amir Temur dastlabki harbiy faoliyatini ... *viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan

444. Kichik juz qozoqlari bilan Katta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o’tgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *1739, 1747-yillar

445. Kim hukmdorlik etib turgan davrda Buxoroga nisbatan Rossiyada “Velikaya Buxariya” iborasi qo’llanilgan? *Abdullaxon II

446. Kimlar Buyuk Karlning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajaruvchilar hisoblangan? *yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari

447. Kiyev knyazi Svyatoslav kimlarga qarshi urushlar olib borgan? *Xazar xoqonligiga; Bolgariyaga; bijanaklarga; Vizantiyaga

448. Kiyev knyazi Vladimir nima sababdan o’z o’g’li Yaroslavga qarshi yurishga tayyorgarlik ko’rganligini aniqlang.*Kiyevga boj to’lashdan bosh tortganligi uchun

449. Kiyev Rusi knyazi Igor kimlar bilan bo’lgan jangda halok bo’ladi?*drevlyan qabilalari

450. Kiyev Rusi knyazi Vladimir Monomax nima maqsadda 1097-yilda Lyubech shahrida Rus knyazlarining 1-syezdini chaqirdi? *o’zaro qonli urushlarga chek qo’yish

451. Knyaz Igor hukmronligining boshlanishi quyidagi qaysi voqea bilan bog’liq? * ko’chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urush boshlanishi

452. Ko’chkunchixon tomonidan pul islohoti o’tkazilishi sabablarini aniqlang. *Shayboniyxon vafotidan so’ng boshlangan toj-u taxt uchun kurash va uning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri; Eron bosqinchilariga qarshi kurash natijasida iqtisodiy hayotga zarar yetishi; pulning qadrsizlanishi

453. Kolumb kashf etgan yangi qit’ani 1507-yilda Amerika deb atash taklifi bilan chiqqan olim Valdzemuller qayerlik edi? *Lotaringiyalik

454. Konservatizm ta’limotining ko’zga ko’ringan arbobini aniqlang. *Lui de Bonald

455. Konstantinopol shahri turk sultoni Mexmet II tomonidan egallangan yili yana qanday voqea sodir bo’lgan? *Yuz yillik urush sulh tuzilishi bilan yakunlandi.

456. Koreyaning o’rta asrlar tarixiga oid quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri joylashtiring.*1) Parxe qirolligi o’zining qudrat cho’qqisiga erishdi-IX asrning I yarmi; 2) Pekche davlati vujudga keldi- III-IV asrlar; 3) Choson qirolligi iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi- XV asr o’rtalari; 4) Silla qirolligining oltin davri boshlandi- VIII asr o’rtalari; 5) qadimgi Choson uch qirollikka bo’linib ketdi- mil.av. I asr;

457. Kubada kimning rahbarligi davrida mamlakat Konstitutsiyasi 30 kunga to’xtatilgan? *X.Machado

458. Lashkarboshi Van Gon asos solgan Koryo sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan? *918-1392-yillar

459. Litva nechanchi yilda NATOga a’zo bo’lgan? *2004-yilda

460. Liviya Italiya mustamlakasiga aylangan yilda quyidagi voqealardan qaysi biri sodir bo’lgan? *Birinchi Bolqon urushida Turkiyaning yengilishi natijasida Albaniya mustaqillikka erishdi

461. Lotin Amerikasi davlatlariga yordam berishga qaratilgan "Taraqqiyot yo’lidagi ittifoq" dasturining tashabbuskori bo’lgan AQSh prezidentini aniqlang. *J.Kennedi

462. Lotin Amerikasi mamlakatlari rahbarlaridan kim sarmoya va mehnat o’rtasida hamkorlikni ta’minlay olganligini aniqlang. *I.Irigoyen

463. Lotin Amerikasida ispan mustamlakachilariga qarshi mustaqillik uchun kurashda kreollar kimlarning madadiga tayanishgan edi?* hindularning; metislardan chiqqan dehqon va hunarmandlarning; mulatlardan chiqqan dehqon va hunarmandlarning; qora tanli qullarning

464. Lotin Amerikasida Paragvay davlati mustaqillikka erishgan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang. *Tarixga "Xalqlar jangi" nomi bilan kirgan jang bo’lib o’tdi.

465. Lotin Amerikasidagi qaysi davlatda 2010-yildagi Prezident saylovlarida ilk marta ayol kishi g’olib bo’ldi?*Braziliya

466. Lotin Amerikasining quyida keltirlgan mamlakatlariyevropaliklar zulmidan mustaqillikka erishgan yillari bo’yicha to’g’ri xronologik tartibda ko’rsatilgan javobni aniqlang.* Venesuela Paragvay Chili; Yuqori Peru;

467. M.V.Lomonosov haqida “Tarixchi, notiq, kimyogar, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko’rgan, hamma narsani o’rgangan” degan fikrni kim bildirgan edi? *A.S.Pushkin

468. Ma’lumki Parij sulh konfrensiyasi qarorlariga ko’ra Millatlar Ittifoqi mandatli nazoratga berilgan hududlar uch (A,B,D) kategoriyaga bo’lingan bo’lib, shunda “D” kategoriyaga kiritilgan davlatlar boshqaruvi qanday tartibda amalga oshirilgan?*Mandat berilgan davlat o’z qonunlari asosida boshqargan

469. Ma’lumki, 1882-yilda Italiya Avstriya-Vengriya-Germaniya ittifoqiga qo’shiladi. Bunga nima sabab bo’ldi? *Fransiya bilan munosabatining keskinlashuvi

470. Ma’lumki, 1905-yilda Eronda inqilobiy harakat boshlangan edi. Qo’zg’olon ko’targan aholi qanday talabni ilgari surganligini aniqlang*Butun mamlakat sanoati tarmoqlariga xo’jayinlik qilayotgan rus-ingliz sarmoyadorlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish

471. Ma’lumki, Germaniya reyxstagi Bismark tashabbusi bilan sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun qabul qilgan edi. Bismark ularni kim deb hioblar edi?*jamoat tartibini buzuvchilar

472. Ma’lumki, o’rta asrlarda Angliya va Fransiya o’rtasida "Yuz yillik urush" bo’lib o’tgan. Ushbu urushda Yevropaning quyidagi qaysi davlati Angliya tarafdori bo’lgan?*Portugaliya

473. Ma’lumki, qadimgi Yunonistonda oliy ta’lim 3-4 yil davom etgan. Unda qanday fanlar o’qitilgan? tarix, geografiya, astronomiya, geometriya

474. Ma’lumki, XIX asr o’rtalarida Markaziy Osiyoda uchta xonlik mavjud bo’lgan, ular ma’muriy jihatdan bekliklarga bo’lingan. Xonliklar tarkibidagi bekliklar soni to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?*Buxoro amirligi-27 ta; Xiva xonligi-18 ta; Qo’qon xonligi-15 ta

475. Ma’lumki, XVIII asrga kelib Xiva xonligida qabilalar o’rtasidagi kelishmovchiliklardan so’ng Qozoq xonligidan chingiziy hukmdorlarni chiqarish boshlangan edi. Ulardan birinchi bo’lib kim va qachon Xiva taxtiga o’tirgan? *Elbarsxon, 1728-yil

476. Ma’lumki,Vashington konferensiyasida (1921-1922-yy.) mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib olingan edi. Bu kelishuvni buzgan mamlakatlarni ko’rsating. *Yaponiya va Italiya

477. Madagaskar ustidan Fransiya protektorati o’rnatilgan va uni Fransiya mustamlakasi deb e’lon qilingan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*1883-, 1896-yillar

478. Makedoniyalik Aleksandr bosib olingan shaharlarda nima maqsadda yunonlarni joylashtirgan?*ulkan hududda yunon madaniyatining tarqalishiga imkon yaratish

479. Mamlakatda yopiq siyosat yuritib, chet elliklar, ayniqsa, yevropaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagan afg’on hukmdorini toping.*Amir Abdurahmon

480. Manbalarda qayd etilishicha, Muhammad Shayboniyxon Eron safaviylariga qarshi kurash to’g’risida Turk sultonlaridan kim bilan shartnoma tuzgan? *Boyazid II

481. Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Sovet Respublikasi tuzilgan yilni ko’rsating. *1931-yil

482. Marafon jangida yunon qo’shinlariga yetakchilik qilgan sarkardani aniqlang. *Miltiad

483. Marokash davlati bilan bog’liq voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1956-yil 5-aprelda Ispaniya Marokash mustaqilligini tan oldi; 1961-yilda AQSh harbiy bazalari tugatildi; ketdi; 1999-yil taxtga Muhammad VI o’tirdi

484. Marv, Nishopur, Ray shaharlari nechanchi yillarda Xorazmshoh Takash tomonidan zabt etilgan? *1187-1193-yillar

485. Mashhur bolgar inqilobchisi V.Levski qatl etilgan va Xristo Botev halok bo’lgan yillar mos ravishda to’g’ri berilga javobni toping. * 1872-yil, 1876-yil

486. Mashxad-Seraxs-Tajan temiryo’l liniyasi qurilgan davrni aniqlang.*1992-1996-yillar

487. Mauriya davlati parchalanib ketgach uning hududlarining katta qismini qaysi davlat bosib oldi? *Kushon podsholigi

488. Mayya davlatiga oid to’g’ri ma’lumotlarni ko’rsating* mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar; mayyalar matematikaga "nol" belgisini hindlardan avvalroq kiritganlar;Chichen-Itsa Mayya davlatining poytaxti hisoblangan

489. Meksikada mustaqillik kurashining yetakchisi Xose Morelos otib tashlangandan keyin ozodlik harakatiga rahbarlik kimlarning qo’liga o’tdi? *badavlat pomeshiklarning

490. Meksikadagi ozodlik kurashining mashhur qahramonlaridan biri - Migel Idalgo tuzgan qo’shin kimlardan iborat edi? *hindu va mulatlardan

491. Menokal (1916-1920) quyidagi qaysi davlat rahbari bo’lgan? *Kuba

492. Mil.avv. 202-yilda Karfagenning buyuk sarkardasi Gannibal qo’shinlari qayerda tor-mor etilgan? *Zama yaqinida

493. Mil.avv. VII asrlarda etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun kimlarga qarshi kurash olibborgan? *yunon koloniyalariga

494. Milliy istiqlol yillaridagi O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi hamkorligi bilan bo’g’liq to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. *1992-yil 30-mayda I.Karimov boshliq O’zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi chog’ida imzolangan shartnoma ikki davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. 2004-yil 16-iyunda O’zbekiston va Rossiya o’rtasida 15-moddadan iborat "Strategik sherikchilik to’g’risida bitim" imzolandi.

495. Miloddan avvalgi III asrda Shimoliy Afrika sohillari, Sardiniya, Korsika orollarini o’z ichiga olgan qadimgi davlatni toping?*Karfagen

496. Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini qaysi shaharga ko’chirgan?* qadimgi Kat shahriga

497. Milodiy IV asrda Qadimgi Rim tarixida bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang. * Vizantiy (Konstantinopol) shahri poytaxt deb e’lon qilindi; Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga bo’linib ketdi.* 1, 4

498. Mir Ma’sum Olamiyon qaysi hukmdor davrida ijod qilgan? *Amir Haydar

499. Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin Movarounnahrda toj-u taxt uchun kurashlarda kim g’alaba qozonib, Movarounnahr taxtini egallaydi?*Abu Said Sulton Muhammad

500. Misr davlati tarixiga doir quyidagi voqealardan qaysi biri polkovnik Ahmad Orabibey Seylon oroliga umrbod surgun qilingan yilda sodir bo’lgan?*Hadiv yangi qonunga imzo chekdi, unga ko’ra birorta qonun deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo’ldi; Buyuk Britaniya qo’shini Iskandariyani to’plardan o’qqa tutdi; Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi

501. Misr davlati tarixiga doir quyidagi voqealardan qaysi biri polkovnik Ahmad Orabibey Seylon oroliga umrbod surgun qilingan yilda sodir bo’lgan? *Hadiv yangi qonunga imzo chekdi, unga ko’ra birorta qonun deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo’ldi. Buyuk Britaniya qo’shini Iskandariyani to’plardan o’qqa tutdi. Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi.

502. Misrda XVIII-XIX asrlar chegarasida mamlakatga bostirib kirgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo’shiniga qarshi mahalliy aholi bilan birgalikda kurashda qatnashgan mamluk jangchilari haqidagi ma’lumotlardan to’g’risini toping. *qullikka olingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi

503. Misrni mustamlakalikdan chiqarilishida va respublika deb e’lon qilinishida hal qiluvchi rol o’ynagan davlat arbobini aniqlang. *J.A.Nosir

504. Miyonqolda qo’zg’olon ko’tarilgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Meksika mustaqillikka erishdi.

505. Mo’g’ul xoni Xubilay Xitoyni egallagach, bu yerda qaysi sulolaga asos solgan? *Yuan

506. Mo’g’ullar davrida undirilgan "shulen" nomli oziq-ovqat solig’i davlat xazinasi uchun olingan bo’lib, uning miqdori qancha bo’lgan? *har bir podadan ikki yashar qo’y, har ming otdan bir biya

507. Mo’g’ullar hukmronligi davrida favqulodda hollarda aholidan shoshilinch yig’ib olingan soliq turini aniqlang. *talab

508. Mo’g’ullarga qarshi kurashda nom qozongan tarixiy shaxslarni aniqlang.*Najmiddin Kubro; Jaloliddin Manguberdi; Temur Malik; Mahmud Torobiy

509. Mo’g’ullar hukumronligi davrida joriy etilgan soliq turlarini aniqlang.*kalon; targ’u; qopchur; shulen; tuz solig’i; jun solig’i; kumush solig’i

510. Movarounnahr va Xorazmda o’zbek xalqi qaysi asrlarda shakllangan? *IX-XII asrlarda

511. Movarounnahr va Xuroson hududlarida somoniylar davlati hukm surgan yillarni ko’rsating*865-999-yillar

512. Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni bo’ysundirishga harakat qilgan (1360-1361-yy.) Mo’g’uliston xonini aniqlang. *Tug’luq Temur

513. Muhammad Ali 1840-yilda quyidagi qaysi hududlarni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo’lga kiritdi? *Misr; Sudan;

514. Muhammad Amin hukmronligining so’nggi yillarida kimlarning madadiga tayanib, mamlakatda nisbatan osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi? *o’z qabilasining faol qatlami, ruhoniylar, savdogarlar

515. Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifalarini bajargan organni aniqlang.?* Oliy Kengash

516. Muhammad Shayboniyxon harbiy yurishlarda faol qatnashgan Jonibek Sulton kimning o’g’li edi?* Abulxayrxonning o’g’li Xo’ja Mahmud Sultonning

517. Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxonning ijoddagi taxallusi qaysi javobda to’g’ri berilgan? *“Qul Ubaydiy”

518. Mulla Olim Mahdumxo’ja Toshkandiyning “Tarixi Turkiston” asari qaysi yilda nashr etilgan?*1915-yilda

519. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to’liq bo’ysunmagan? *Italiyaning shimoliy hududlaridagi shaharlar

520. Mussolini boshchiligida fashistlar bir necha vazirlik lavozimlarini talab qilib, Rimga yurish uyushtirgan yili bo’lib o’tgan voqealarni toping?*Buyuk Britaniyada Lloyd-Jorj iste’fo berishga majbur bo’ldi; Germaniyaning Rur viloyatidan Fransiyaga ko’mir yuborish to’xtatildi; Sovet Rassiyasida mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi; Rapallo shartnomasi imzolandi;

521. Mustamlakachi davlatlar tomonidan "egallanmagan yerlar"ni bosib olish yakunlangan davrni aniqlang. *XIX asr oxirlari

522. Mustaqil Afg’oniston davlati qachon tashkil topgan? *1747-y.

523. Mustaqil Toshkent hokimligi tarixiga doir quyidagi voqealar orasidan bir yilda yuz berganlarini toping.* Chimkent va Sayramning Toshkentga qo’shib olinishi; Sibir ma’muriyati ikkinchi bor yuborgan elchilarining Toshkentga yetib kelishi

524. Mustaqil Toshkent hokimligi tarixiga doir quyidagi voqealardan qaysilari bir yilda sodir bo’lgan? *Qorako’l mavzesining Toshkentga qo’shib olinishi; Qo’qon xoni Olimxon qo’shinining Toshkentni egallash maqsadida yurish boshlashi (Yunusxo’jaga qarshi);

525. Musulmonqul o’z mavqeyini yo’qotmaslik yo’lida ruslar bilan aloqa o’rnatishga intilib rus qo’mondonligi vakillaridan kim bilan maxfiy ravishda uchrashadi?* V.V.Velyaminov-Zernov

526. Nasaf shahri yonida o’ziga saroy qurdirgan mo’g’ul xonini aniqlang. *Kebek

527. Nechanchi asrda mashhur Xonbandi suv ombori bunyod etilgan? *X asrda

528. Nechanchi asrdan boshlab G’arbiy Yevropada usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj olgan? *XVII asrdan

529. Nechanchi yilda Avstriya hukumati Bismarkdan o’rnak olib ishchilar harakatiga qarshi "favqulodda qonun" joriy etdi?* 1884-yil

530. Nechanchi yilda Germaniya Demokratik Respublikasida mavjud tuzumga qarshi isyon ko’tarildi va Sovet qo’shinlari yordamida bostirildi?1953-yilda

531. Nechanchi yilda uyushtirilgan ekspeditsiya Yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi? *1522-y.

532. Nechanchi yilda va kim boshchiligida xioniylar So’g’dga bostirib kirganlar? *353-yil, Grumbat

533. Nechanchi yilda Vengriya ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlari Avstriya-Vengriya imperiyasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmini tashkil etgan? *1898-yilda

534. Nechanchi yilda Yugoslaviyada ittifoqdosh respublikalar huquqlarini cheklaydigan konstitutsiya qabul qilingan? *1974-yil

535. Nechanchi yildan boshlab Turkistonda mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirida bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar? *1892-yildan

536. Nechanchi yillarda Yaponiyada qishloq xo’jaligi sohasida islohotlar o’tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istagan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi? *1871, 1878-yillarda

537. Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olingandan necha yil o’tib, u imperator deb e’lon qilindi?*8 yil

538. Nercha shartnomasiga ko’ra Rossiyadan ajratib olingan hududni ko’rsating. *Amur daryosining chap sohili

539. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o’rganish bahonasi bilan yevropaliklar qaysi mamlakatni “ochishdi”? *Buganda

540. Nima sababdan AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to’xtatishga majbur bo’ldi? *SSSRning Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo’lib qolishi

541. Norbo’tabiy madrasasiga oid to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. *XVIII asr oxirida bunyod etilgan; bunyod etilgan; to’g’ri burchakli, bir qavatli va 4 minorali obida; hovlisi va hovli atrofida peshayvonli hujralar mavjud;

542. Novgorod uzil-kesil feodal respublikaga aylangan yilni aniqlang. *1136-yil

543. Noyob me’morchilik obidasi bo’lgan Ichan qal’a nechanchi yilda alohida muhofazaga olingan va muzey-qo’riqxonaga aylantirilgan?* 1961-yil

544. O’rta asr Yevropa haykaltaroshligida diniy mavzu nima sababdan yuqori turgan? *haykallarning asosiy buyurtmachilari cherkov bo’lganligi sababli

545. O’rta asrlar Yevropa universitetlarining ular tashkil topgan davlatlar bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. * Italiya- Bolonya; Ispaniya -Seviliya; Fransiya -Tuluza; Angliya- Oksford;

546. O’rta asrlarda Angliyada qaram dehqonlar qachon va qanday tartibda ozodlikka chiqarilgan? *XV asrda to’lov evaziga

547. O’rta asrlarda arablarga qarshi bo’lib o’tgan xalq qo’zg’olonlarining yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.*1) Kufa shahridagi qo’zg’olon -685-687-yillar; 2) Abu Muslim qo’zg’oloni-747-749-yillar; 3) Muqanna qo’zg’oloni-769-783-yillar; 4) Bobek qo’zg’oloni-815-yil;

548. O’rta asrlarda Fransiyada qirolning markazlashtirish siyosatiga kimlar qarshi edilar? *yirik dunyoviy va diniy feodallar

549. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan Mali davlati tarixiga oid quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri joylashtiring.*o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishdi-XIII asr; feodal tarqoqlik va sulolaviy nizolar sababli zaiflashdi- XIV asr oxiri; butunlay inqirozga uchrab parchalandi- XV asr; davlat sifatida vujudga keldi- VIII asr; aholisi islomni qabul qildi- XI asr;

550. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan qaysi davlatda viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan? *G’aznaviylar davlatida

551. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan Xioniylar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? *Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho’zilgan keng hududlarni

552. O’rta asrlarda Rim papasi Innokentiy III Yevropadagi qaysi davlatlar qirollarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirgan? *Germaniya, Fransiya, Angliya

553. O’rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ko’chma bozorlar ham tashkil qilingan bo’lib, ularda. . . *sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo’lgan aholisi to’plangan

554. O’rta asrlarda Xorazm davlatining mustaqillikka erishishi qaysi hukmdor nomi bilan bog’liq?*Otsiz

555. O’rta asrlarga oid sug’d yozuvlari topilgan Mug’ qal’asi qayerda joylashgan? *Panjikent yaqinida

556. O’rta Osiyo hududida ilk o’rta asrlarda tashkil topgan hokimliklar va ularga oid ma’lumotlar to’g’ri muvofiqlashtirilgan javobni toping. 1) . . . mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi edi- Sug’d; 2) . . . da ayniqsa qurolsozlik rivojlangan- Toxariston; 3) . . . qo’shni mamlakatlarga bo’yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan- Farg’ona; 4) . . . tangalarining old betida hukmdor surati, ayrim tangalarda esa, hukmdorga yonma-yon malika tasviri tushirilgan- Choch;

557. O’rta Osiyo hududlarida dastlabki tanga pullar tarqalgan davrni aniqlang. *mil.avv. V-IV asrlar

558. O’rta Osiyo xonliklariga Angliya hukumati tomonidan yuborilgan shaxslarining tashrif buyurgan yillari bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. *Murkroft-1825-yil; I.Volf-1844-yil; J.Abbot-1843-yil; A.Byorns-1832-yil;

559. O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o’tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi . . . zimmasiga yuklatilgan edi.*"Turkkomissiya"

560. O’rta osiyolik mashhur olimlar va ular yozgan asarlari to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Abu Nasr Forobiy-"Kitob at-tarix";Ahmad al-Farg’oniy-"Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"; Muso al-Xorazmiy-"Fozil odamlar; Abu Rayhon Beruniy-"Minerologiya";

561. O’rtayer dengizi bo’ylab joylashgan savdo manzilgohlari -faktoriyalar tizimini yaratgan savdogarlar qaysi davlatdan edilar? (O’rta asrlar) *Italiya

562. O’z davrida Movarounnahr, Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvoza vazifasini o’tagan hududni aniqlang. *Xuroson

563. O’z o’g’liga qarshi kurashish maqsadida Shoh Jahondan yordam so’ragan shaxsni aniqlang.*Nodir Muhammad

564. O’zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo’lib kiritgan ijodkorning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asarini toping. *“Zarbulmasal”

565. O’zbek shoirasi, ma’rifatparvar davlat arbobi Nodira kimlarning g’azallariga muxammaslar yozgan? *Bedil;Fuzuliy; Navoiy;

566. O’zbekiston brezent ishlab chiqaruvchi “Kenaf” qo’shma korxonasini qaysi davlat hamkorligida tashkil etgan?*Chexiya

567. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 2011-yil yanvar oyida Bryusselga tashrifi chog’ida uchrashgan Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidentini va NATO Bosh kotibini aniqlang.* J.M.Barrozo va A.F.Rasmussen

568. O’zbekiston Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida So’g’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni qabul qilingan sanani aniqlang.*1998-yil 10-noyabr

569. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuzilgan sanani toping. *1991-yil sentabr

570. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida "O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomi berilgan? *VII

571. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risidagi qonun qabul qilingan sanani aniqlang.*1994-yil 22-sentabr

572. O’zbekiston Respublikasida . . . xalqaro sharnomalarni ratifikatsiya qilish huquqiga ega.*Oliy Majlis

573. O’zbekiston Respublikasida viloyat, tumanlarning chegarasini o’zgartirish qaysi organ roziligi asosida amalga oshiriladi? *Oliy Majlis

574. O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolik kodeksi" qachon qabul qilingan?*1995-y.

575. O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi "Yer va suvni milliylashtirish to’g’risida" dekret qabul qilgan yilda quyidagi qaysi voqea sodir bo’lgan? *Jabel-Druz viloyatida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi.

576. O’zbekistonda "Sihat-salomatlik yili" deb nomlangan yilda (2005) yuz bergan voqealarni aniqlang.* Sankt-Peterburg shahrida Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti davlat rahbarlarining kengashida Markaziy Osiyo mumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. Moskvada O’zbekiston-Rossiya o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida shartnoma imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tuzilib, faoliyat yurita boshladi

577. O’zbekistonda 1943-1944-yillarda yangidan ochilgan institutlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* Chimboy pedagogika instituti; Marg’ilon o’qituvchilar instituti; Toshkent teatr san’ati instituti;

578. O’zbekistonda Berdaq tavalludining 170 yilligi nechanchi yilda keng nishonlandi? *1998-yilda

579. O’zbekistonda neftni qayta ishlash komplekslarining barpo etilishida qaysi davlatning “Marubeni” va “Jey-Ji-Si” kompaniyalari katta hissa qo’shgan? *Yaponiya

580. O’zbekistondagi eng yirik Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan davrni toping. *XX asrning 70-yillarida

581. O’zbekistonning qaysi viloyatida Xitoyning “Nunkel” firmasi bilan hamkorlikda yo’g’och tolali plita ishlab chiqarish yolga qo’yildi? *Jizzax

582. O’zbekistonning quyidagi viloyatlari orasidan aynan bir yilda tashkil topganlarini aniqlang. *Andijon; Buxoro; Samarqand; Xorazm; Qashqadaryo

583. O’zbekistonning ta’lim muassasalariga ko’mak berayotgan JAIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi qaysi davlatga qarashli? *Yaponiya

584. O’rta asrlarda mo’g’ullar Movarounnahrning qaysi shahrini 5 oy davomida qamal qilganlar?*O’tror

585. O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi “Yer va suvni milliylashtirish to’g’risida” dekret qabul qilgan yilda quyidagi qaysi voqea sodir bo’lgan?*Jabel-Druz viloyatida dehqonlar qo’zg’oloni boshlandi

586. O’zbekistonda 1943-1944-yillarda yangidan ochilgan institutlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping*Chimboy pedagogika instituti; Marg’ilon o’qituvchilar instituti; Toshkent teatr san’ati instituti

587. Oda Nobunaga nima sababdan Yaponiyada xristiyan dinining tarqalishiga homiylik qilgan? *Budda peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo’lgan kuchlarni qo’llab-quvvatlamoqda edi; Oda Nobunaga tezlik bilan qo’shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to’la qurollantirish maqsadida yevropaliklar ishonchini qozonish uchun ham xristianlikni qo’llab quvvatlagan edi;

588. Odamlar Nil daryosi qirg’oqlaridagi yerlarni o’zlashtirishga bel bog’lagan davrda tarixda yuz bergan voqealarni toping *O’rta Osiyo janubida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchlik vujudga keldi; Shumerliklarning mixxat yozuvi vujudga keldi;

589. Odamzod ajdodlarining qadimiy yodgorliklari topilgan Olduvay darasi qayerda joylashgan? *Sharqiy Afrikada

590. Oliver Kromvel vafot etgan yili Dehli shahri kim tomonidan egallanganligini toping.*Avrangzeb Olamgir

591. Oltin O’rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishgan davrda. . . *Chig’atoy ulusida mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi

592. Oltin O’rda ulus nomini olgan to’rtta yirik viloyatga bo’linib ketgan davrda yuz bergan voqeani aniqlang*Movarounnahrda Sarbadorlar harakati vujudga keldi

593. Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga kelgan davrda Yevropa tarixida yuz bergan jarayonni toping.* Vizantiyada slavyan qabilalarining istilolalari boshlandi.

594. Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilgan yilda amirlikning ichki siyosiy hayotida quyidagi voqealardan qaysi biri yuz berganligini aniqlang.*Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi qo’zg’olon ko’tardi.

595. Osiyoning qaysi davlatida ishga qabul qilishda «psixologik yondashuv»dan foydalaniladi, ya’ni umrbod ish bilan ta’minlash haqida shartnoma tuziladi? *Yaponiya

596. Otto fon Bismark Germaniyada mavjud davlatlarning Prussiya bilan "Shimoliy Germaniya Ittifoqi"ni tuzish haqida shartnoma imzolashga erishgan yili vatanimiz tarixida sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Jizzax shahri rus askarlari tomonidan egallandi.

597. Ozarbayjon milliy valyutasi − manat kimning Prezidentligi davrida joriy etilgan? *A.Elchibey

598. Palermo shahri Juzeppe Garibaldi tomonidan egallanishidan oldin qaysi qirollik tarkibida bo’lgan?*Sitsiliya

599. Parij Kommunasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga quyidagilardan qaysilari mos kelishini belgilang.*Egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi. Majburiy va bepul ta’lim joriy etildi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to’lash muddati kechiktirildi. Xususiy mulk bo’lib kelgan temir yo’l idoralarini Kommuna o’z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o’rnatdi.

600. Parij Kommunasini tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi, chunonchi, Bismark qancha fransuz askar va zobitlarini asirlikdan bo’shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi? *40 ming

601. Parij shahri qachondan ichimlik va oqava suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo’lgan shaharga aylandi? * XIX asr oxiriga kelib

602. Parij tinchlik konferensiyasida "katta uchlik" davlatlari vujudga kelgan bo’lib, ulardan qaysi biri urushda eng ko’p zarar ko’rgan edi? *Fransiya

603. Parijda gugenotlar qirg’ini uyushtirilgan yilda ... *Filipp II ga muxolifatda bo’lgan Niderlandiyaning eng boyva obro’li katta yer egasi shahzoda Vilgelm Van Oranyeni shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qilindi

604. Platon Afina akademiyasiga asos solgan davrda tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Xorazmiylar Ahamoniylar istibdodidan ozod bo’ldi.

605. Pokistonda qaysi rahbar davrida mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta’minoti joriy etildi?*Z.Buxutto

606. Pokiston-Hindiston o’rtasidagi diplomatik aloqalar nechanchi yilda tiklandi? *1976-yil

607. Polsha davlatiga kim tomonidan qachon asos solingan? Meshko, X asrning o’rtalarida

608. Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun Boleslav Jasur qaysi davlat bilan uzoq kurash olib borgan? *Germaniya

609. Prussiya qiroli Vilgelm I Germaniya imperatori deb e’lon qilingan yilda sodir bo’lgan voqeani toping. *Misrda "Xizb ul-Vatan" partiyasi tuzildi.

610. Puritanlar kimlar? *Angliyada protestant anglikan cherkovini katolik qoldiqlaridan tozalash uchun kurashganlar

611. Pyotr I kimning bergan ma’lumotlari ta’sirida o’zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi va ikki harbiy ekspedisiya tashkil etadi? *Xoja Nafas

612. Qachon Zakarpatyedagi ukrain aholisi "vengrlashtirildi"? *XIX asrning so’nggi o’n yilida

613. Qachondan boshlab Rimda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’ldi?*mil. I-II asrlarda

614. Qadimda Mitanni davlati hozirgi qaysi davlat hududida vujudga kelgan? *Suriya

615. Qadimda Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil qilgan hukmdorni aniqlang. *Oshshurbanipal

616. Qadimgi davrda O’zbekistonda hududida davlatchilik taraqqiyoti nimaga asoslangan?*mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga

617. Qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo’lgan voqealari yilnomasi bayon etilgan asarni belgilang.* "Tarixi Turkiston"

618. Qadimgi dunyo mashhur harbiy sarkardalarining ular ishtirok etgan janglari bilan moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang.*Leonid- Fermopil jangi; Miltiad- Marafon jangi; Filipp II- Xeroneya yaqinidagi; Gannibal- Kann yaqinidagi jang. ;

619. Qadimgi dunyoning urush xudolari nomini aniqlang. Mars, Ishtar, Ares

620. Qadimgi Ellada aholisini birlashib, makedoniyaliklarga qarshi kurashishga da’vat etgan mashhur notiqni aniqlang. *Demosfen

621. Qadimgi Midiya kimning hukmronligi davrida qudratli davlatga aylandi?* Kiaksar

622. Qadimgi Misr tarixiga oid atamalarning ma’nolari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.* nom- Misrdagi dastlabki davlatlar; delta- Nil daryosining O’rtaer dengiziga quyilish joyi;; piramida -fir’avn yoki misrlik zodagonlar dafn etiladigan maqbara; ieroglif- misrliklar yozuvi.

623. Qadimgi misrliklar sig’ingan qaysi iloh, rivoyat qilishlaricha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o’rgatgan?*Ptax

624. Qadimgi misrliklar yerosti saltanati xudosini qanday atashgan? *Osiris

625. Qadimgi Rim tarixchi olimlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1) Plutarx;; 3) Tit Liviy; 4) Tatsit;

626. Qadimgi Rimda xonadon o’chog’i ilohasini aniqlang. *Vesta

627. Qadimgi Rimning qaysi shaharlarida Yer osti xudosi Osiris va Quyosh xudosi Amon-Ra sharafiga ibodatxonlar qurilgan?*Baolbek, Abidos

628. Qadimgi Spartada shaxsan ozod bo’lgan, ammo to’la huquqlarga ega bo’lmagan kishilar qanday atalgan? *perieklar

629. Qadimgi Xitoy tarixchilari qayerni Ansi deb keltirishgan? *Eronni

630. Qadimgi yunonlar e’tiqodicha Artemida qanday xudo hisoblangan? *o’rmonlar va ovchilik

631. Qadimgi yunonlar Mesopotamiya deb atagan hududda qaysi davrga kelib Ur, Uruk, Lagash, Umma kabi shahar-davlatlar vujudga kela boshladi? *mil.avv. IV mingyillik oxirlarida

632. Qadimgi yunonlarda adliya xudosi qanday atalgan?*Femeda

633. Qadimgi yunonlarda Xronos qanday xudo hisoblangan? *zamon xudosi

634. Qang’ davlati qachon qudratli davlat birlashmasiga aylangan? *mil.avv. II asr oxirida

635. Qanotning ko’tarish kuchini aniqlash formulasini kashf etgan olimni aniqlang.* N.Jukovskiy

636. Qaysi asrdan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi o’zbek deb atala boshlandi? *XVI asrdan

637. Qaysi davlat arbobi Afg’onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istar edi? *Muhammad Dovud

638. Qaysi davlatda faoliyat olib borgan Sotsialistik partiya XIX asr oxiri-XX asr boshida ruhoniy va harbiylardan tashqari 18 yoshga to’lgan barcha erkak fuqarolarga umumiy saylov huquqini berish to’g’risida qonun chiqarishga erishildi? Argentina

639. Qaysi davlatga Asparux tomonidan asos solingan?*Bolgariya

640. Qaysi davrda Rossiya o’zbek savdogarlari uchun kata imkoniyatlar yaratdi va ba’zi cheklashlar bekor qilinib, ular Rossiyaning ichkari shaharlariga ham borib savdo qila oladigan bo’lishdi? *XIX asrning boshlarida

641. Qaysi davrda Xorazm hududlarida bir necha sug’orma dehqonchilik vohalarini boshqargan, iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bo’lgan hokimliklar tashkil topgan? *III asr

642. Qaysi davrdan boshlab Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o’zbeklar deb atala boshlangan? *XIV asrning 60-yillaridan

643. Qaysi davrdan boshlab mustamlakachilar Afrikada yashovchi aholini qulga aylantirib Amerikaga olib keta boshladi?*XVI asr o’rtalaridan

15


644. Qaysi davrdan boshlab Rossiya imperiyasining o’zbek xonliklari bilan bo’lgan munosabatlarida tazyiq o’tkazish ustunlik qila boshladi? XVIII asr

645. Qaysi davrdan boshlab Shayboniylarning taxtga hukmdorni o’tqazish borasidagi urf-odatiga rioya etilmay qo’yildi va taxtga vafot etgan xonning avlodlari bevosida o`tqaziladigan bo`ldi? XVI asrning 40 – yillaridan so`ng

646. Qaysi davrdan boshlab yevropaliklar tomonidan Afrika qit’asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish harakatlariboshlandi? XIX asrning 70 yillari

647. Qaysi davrga kelib Afrika qit’asi hududining 90 foizi mustamlakachilar qo’liga o’tdi? *XIX asr oxiriga kelib

648. Qaysi davrga kelib mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqeyiga ega bo’lib oldi? *XIX asrning 60-yillariga kelib

649. Qaysi davrga kelib Sin imperiyasining istilochilik qudrati zaiflashdi? *XVIII asr oxirida

650. Qaysi javobda davlat, tarixiy shaxs va yuz bergan tarixiy voqea to’g’ri moslashtirilgan? *Chig’atoy ulusi - Kebek - pul islohoti

651. Qaysi olimning kashfiyotlari yangi fan – genetikaning rivojlanishiga asos solgan? *G.Mendelning ba’zi irsiyat qonunlarini kashf etishi

652. Qaysi omil qoraqalpoqlarni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi? *Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi

653. Qaysi Qo’qon xoni davrida xonlikning siyosiy mavqeyi yanada kuchayib, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram, Rossiyaga boruvchi savdo karvon yo’llari bo’ysundirildi? *Olimbek

654. Qaysi shaharda 1997-yilda "Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi? *Toshkentda

660. Qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin inoqlik lavozimiga ko’tarilgan vaqtda Qo’qon xonligi taxtini boshqargan hukmdorni aniqlang. *Erdonabiy

661. Qo’qon shahrining Mo’yi muborak darvozasi bilan bog’liq javobni aniqlang. *uning orqasida qog’oz ishlab chiqaruvchi juvozxona joylashgan

663. Qo’qon xoni Olimxon davrida harbiy islohot o’tkazilgan bo’lib, unga ko’ra tuzilgan muntazam qo’shin nima deb atalgan? * askariya

664. Qo’qon xoni Olimxon davrida muntazam qo’shin tuzilishidan keyin ham nomuntazam qo’shindan foydalanish davom etgan va u nima deb atalgan? *qilquyruq

665. Qo’qon xoni Xudoyorxon Rossiyaga elchi yuborib, Raim istehkomi qurilganidan noroziligini bildirgan vaqtda Rus podshosi kim edi? *Nikolay I

666. Qo’qon xonligi qo’shinlarining ko’chmanchi qozoq va qirg’iz elatlariga qarshi muvaffaqiyatli yurishlari natijasida xonlikka bo’ysundirilgan hududlarni belgilang. *Katta va qisman Kichik juz o’rdalarini o’z ichiga oluvchi keng hududlar

667. Qo’qon xonligi saroy tarixchisi Muhammad Yunus tomonidan yozilgan asar nomini belgilang. *"Xudoyqul Anvar"

668. Qo’qon xonligida "qilquyruq" atamasi nimani anglatgan? *nomuntazam qo’shinni

669. Qo’qon xonligida hukmronlik qilgan xonlar to’g’ri xronologik ketma-ketlikda ko’rsatilgan javobni toping. *Erdonabiy ;Norbo’tabiy ;Olimxon; Umarxon

670. Qo’qon xonligida katta shaharlar hokimligiga kimlar tayinlanar edi? *xonning o’g’illari yoki yaqin

671. Qo’qon xonligida me’morchilik bo’yicha amalga oshirilgan ishlar qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? *Daxmayi Shohon maqbarasi XIX asrning I choragida qurilgan. Umarxon Turkiston va uning atroflarini Orolbo’yidan Yettisuvgacha egallab, Avliyoota, Pishpak, Oqmachit qal’alarini bunyod etdi.

672. Qo’qon xonligida oltin ma’dani qazib olingan joy nomi qaysi javobda to’g’ri berilgan? *Ko’krev daryosi

673. Qo’qon xonligida Yangiariq kanali nechanchi yillarda qazilgan? *1819-1822-yillar

674. Qo’qon xonligidagi mansablarga ta’rif berilgan “Tarixi Turkiston” asari qayerda nashr etilgan? * Toshkentda

675. Qo’qon xonligidagi mansablarga ta’rif berilgan qaysi asarda ta’kidlanishicha xonlikda xondan keyingi o’rinda mingboshi turgan? *“Tarixi Turkiston”

676. Qo’qondagi Madrasayi Mirda o’qib, keyinchalik qo’shinga sipohlik qilgan ijodkorni aniqlang. *Maxmur

677. Qo’qondagi Madrasayi Mirda o’qib, keyinchalik qo’shinga sipohlik qilgan ijodkorni aniqlang. * Maxmur


Qo’zg’olonni bostirish uchun Asfandiyorxon tomonidan yuborilgan 1000 nafarlik eng sara qo’shin qo’zg’olonchilar tomonidan tor-mor etilgan joyni toping.*Alieli va Toshhovuz o’rtasi

679. Qo’qon xoni Muhammad Alixon davri tarixiy voqealari batafsil yoritilgan asar nomini ko’rsating?*”Xudoyqul Anvar”

680. Qo’qon xonligida yer egaligi munosabatlariga oid ma’lumotlar orasidan to’g’rilarini toping?* Qo’qon xonligida yerga egalik qilishning 3 ta shakli bo’lgan; Xonlikda xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlarning soni 10 ming nafargacha yetar edi va ular mardikorlar deb atalardi;

681. Qoraqalpog’iston poytaxtini respublikamizning temir yo’l tarmog’i bilan bog’lagan Taxiatosh-Nukus yo’nalishi qachon ishga tushirilgan? *1975-yilda

682. Qoraqalpoq adabiyotida alohida o’rin tutgan “Qirq qiz” dostoni qaysi asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirilgan? *XVII-XVIII asrlardagi

683. Qoraqalpoq xalqi tomonidan bunyod etilgan qal’a shaklidagi shaharlarni aniqlang.*Oydo’stqal’a; Eshonqal’a; Janaqal’a, Ko’ko’zakqal’a.

684. Qoraqalpoq xalqining jiddiy tus olgan va qariyb o’n yil davom etgan qo’zg’oloni rahbarini aniqlang.*Bobo Go’klan

685. Qoraqalpoqlar Oydo’stbiy boshchiligida qo’zg’alon ko’targan vaqtda Qo’ng’irot hokimi kim edi?*Muhammad Yaqub

686. Qoraqalpoqlarning Eshmuhammad boshchiligida birlashgan davlati qaysi hududlar bilan chegaradosh bo’lgan? *Sirdaryoning quyi oqimi; Volga bo’ylari jung’orlari; Boshqird ulusi; Kichik juz qozoq xonliklari
687. Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari bo’lgan Qo’ng’irot va Chimboy shaharlari qachon barpo etilgan? *XVII asrning oxiri-XVIII asrning boshlarida

688. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga bo’ysundirilishi qaysi voqeadan keyin nihoyasiga yetkazildi? *1811-yilda Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar bo’ysundirilgach

689. Qudratli Xorazmshohlar sulolasi tarixi qaysi hukmdor vafoti bilan yakun topgan?* Jaloliddin

690. Qur’oni Karim tafsiriga oid bo’lgan Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub asarni aniqlang.*"Al-Kashshof"

691. Qutayba ibn Muslim, Xuroson noibi bo’lgach, harbiy yurishlarini qachon va qayerni zabt etishdan boshlaydi?*705-yilda Balx viloyati atroflarini

692. Quyi Amudaryo shahar va tumanlarini O’zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan bog’laydigan Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li qachon qurilgan?*XX asrning 50-yillarida

693. Quyida berilgan javoblardan tarixiy to’g’ri javobni toping.*1907-yilda Eron taxtiga Muhammad Alishoh o’tirdi.
694. Quyida berilgan qabilalar va ular yashagan hududlar to’g’ri juftlab ko’rsatilgan javobni toping. *1) massagetlar- Cho’llar va Amudaryo bo’ylarida ; 2) saka-tigraxauda- hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston ; 3) saka-xaumovarka-Pomir tog’li tumanlari va Farg’onada;; 4) saka-tiay-taradarayya-Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning quyi oqimi; .

695. Quyida berilgan tashkilotlar qaysi davlatlarda tuzilganligi mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping?*"Jangovor xochlar"- Fransiya; "Vatanparvarlik ittifoqi"- Ispaniya; "Sariq ko’ylaklilar- Janubiy Afrika ";

696. Quyida berilgan voqealardan bir yilda bo’lib o’tganlarini toping. *BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi. IV Butun Xorazm qurultoyida respublikaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

697. Quyida berilgan voqealardan bir yilda sodir bo’lganlarini aniqlang. *Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi. Buyuk Britaniyada haftasiga 54 soat ish vaqti belgilandi.

698. Quyida berilganlar orasidan bir yilda sodir bo’lgan tarixiy voqealarni aniqlang.* Ingliz monopolisti Reyter Eronda “Shahanshohbank”ni ochishga erishdi. Vilgelm II “Hazrati Iso qabrini ziyorat qilish” bahonasida Falastinga keldi.

699. Quyida berilganlar orasidan bir yilda sodir bo’lgan tarixiy voqealarni aniqlang. *Shovinistik tashkilot - “German Ittifoqi”ning tuzilishi; Fransiya-Rossiya o’rtasida ittifoq bitimining tuzilishi;

700. Quyida berilganlardan XIX asrda Afrikadagi eng muhim qul savdosi bazalarini aniqlang. *Angola; Mozambik;

701. Quyida keltirilgan davlatlarni ularni boshqargan sulolalar bilan moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang.* Yaponiya (1603-1867-yy.)- Tokugava Hindiston (1526-1858-yy.)- Boburiylar Xitoy (1644-1911-yy.)- Sin Eron (1796-1925-yy.)- Qojarlar

702. Quyida keltirilgan ibodatxonalar qaysi shaharda joylashganligi mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. * Amon-Ra ibodatxonasi -Geliopol (Baolbek; Osiris ibodatxonasi- Abido Parfenon ibodatxonasi -Afina (Akropol); Panteon ibodatxonasi -Rim;

703. Quyida keltirilgan shartnomalardan qaysi biri 1881-yilda imzolangan? *Buxoro amirligi bilan Eron o’rtasidagi chegaralarni belgilovchi maxfiy shartnoma

704. Quyida keltirilgan voqealardan aynan bir yilda sodir bo’lganlarini aniqlang. *Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Jazoirliklar yo’lboshchisi Abdulqodir qo’shini qurshab olindi va tor-mor etildi. Rossiya tomonidan Kopal istehkomi barpo etildi.

705. Quyida nomlari keltirilgan Qadimgi dunyo hukmdorlarining ular hukmronlik qilgan davlatlari bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni aniqlang*Ashoka, Chandragupta – Hindiston; Solon, Perikl, Drakont – Yunoniston; Sezar, Oktavian Avgust – Rim imperiyasi; Sin Shixuandi, U Di – Xitoy

706. Quyidagi Angliya qirollarining ular humronlik qilgan yillari bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping*Genrix II – 1154-1189 yy.; Ioan – 1199-1216-yy.; Richard II – 1377-1399-yy.

707. Quyidagi AQSh prezidentlarining prezidentlik davri bilan bog’liq voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.*G.Trumen- televizor ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi; D.Eyzenxauer-SSSRgabirinchi bo’lib yadro zarbasi berish maqsadini ko’zlovchi doktrina e’lon qilindi; L.Jonson- kam daromadli oilalarga yordam berish to’g’risida qonun qabul qilindi; R.Nikson- mamlakatga olib kelinadigan tovarlar uchun 10%lik boj to’lovi joriy qilindi;

708. Quyidagi asarlardan qaysi biri Mir Olim Buxoriy tomonidan yozilgan? *“Fathnomayi sultoniy”

709. Quyidagi asarlardan qaysi biri XV-XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan Toshkent tarixi, Qo’qon xonligi tarixi ilmiy nuqtai nazardan yozilgan qimmatli asar hisoblanadi? *Tarixi Jadidayi Toshkand”

710. Quyidagi atamalar nimani anglatishi to’g’ri juftlangan javobni toping.* 1) aqinak- xanjar; 2) sagaris- jangovar oybolta; 3) bargustivon- jangovar otlar ustiga va ko’kragiga yopiladigan yopinchiq;

711. Quyidagi atamalardan qaysi biri xalqaro shartnoma, bitim ma’nosini bildiradi? *traktat

712. Quyidagi badiiy asarlarni ular yaratilgan qadimgi davlatlar bilan moslab ko’rstilgan javobni aniqlang* “Gilgamesh haqida doston” – Mesopotamiya; “Iliada” – Yunoniston; “Ramayana” – Hindiston; “Isiada va Osiris haqida afsona” – Misr

713. Quyidagi berilgan voqealar orasidan boshqalariga nisbatan keyinroq sodir bo’lganini toping.*Amerika sivilizatsiyasining markazi Mayya davlatining Ispaniyaga to’la bo’ysundirilishi

714. Quyidagi davlat rahbarlaridan qaysi biriga 1933-yilda mamlakatni tashlab chiqib ketish uchun 48 soat muhlat berilgan edi? *X.Machado

715. Quyidagi davlatlar 1875-1900-yillarda chet ellarda joylashtirgan kapitalining o’sish darajasi kamayish tartibida joylashtirilgan javobni aniqlang. *3) Germaniya 2) Fransiya; 1) Buyuk Britaniya;

716. Quyidagi davlatlardan qaysi birida "Yosh zobitlar va yangi konsernlar ittifoqi" vujudga kelgan? *Yaponiyada

717. Quyidagi davlatlardan qaysi birining konstitutsiyasi 1924-yilning 20-aprelida qabul qilingan? *Turkiya Respublikasi

718. Quyidagi davlatlarning 1875-1900-yillar oralig’ida chet ellarda joylashtirgan kapitallarining o’sishi mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping?*1) Buyuk Britaniya-2 baravar; 2) Fransiya-2,25 baravar ; 3) Germaniya-7,5 baravar;

719. Quyidagi davlatlarning qaysi biri dunyoning birinchi industrial davlati hisoblanadi? *Buyuk Britaniya

720. Quyidagi davlatlarning qaysi birida kapitalistik jamiyatga xos xususiyatlar boshqa davlatlarga nisbatan ertaroq vujudga kelgan? *Italiya

721. Quyidagi fransuz qirollarining ular hukmronlik qilgan yillari bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. *1) Filipp IV-1285-1314-yy.; 2) Lyudovik XI-1461-1483-yy.; 3) Karl VII-1422-1461-yy; 4) Lyudovik VI-1108-1137-yy;

722. Quyidagi harbiy bloklar tashkil etilgan yillari bo’yicha to’g’ri xronologik tartibda joylashtirilgan javobni aniqlang.* ANZYUS; SEATO.; SENTO

723. Quyidagi hukmdorlardan qaysi birining davrida Qo’qon xonligi bilan Rossiya o’rtasida birinchi marta savdo aloqalari o’rnatilgan? *Olimxon

724. Quyidagi javoblar orasidan to’g’risini toping.*Shayboniylar temuriylar davrida yurtimizda yaratilgan yuksak rivojlangan madaniyatga munosib voris bo’la olmagan.

725. Quyidagi javoblardan qaysi biri to’g’ri? *XIX asr o’rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar palatasining 652 a’zosidan 489 tasi yer mulkdorlari edi.

726. Quyidagi javoblardan qaysi biri to’g’ri? *XX asr boshlarida “ishchi aristokratiyasi” Buyuk Britaniyada umumiy ishchilar sonining uchdan bir qismini tashkil etardi.

727. Quyidagi javoblarning qaysi biri 1814-yildagi Vena kongressi bilan umuman aloqador emas? *Rossiya Qora dengiz bo’yida harbiy flot qurish huquqini qo’lga kiritishi

728. Quyidagi kanallar ochilishi yillari bo’yicha to’g’ri joylashtirilgan javobi aniqlang?*1)Suvaysh 2)Panama 3)Katta Farg’ona

729. Quyidagi keltirilgan ma’lumotlardan to’risini aniqlang?* “Marshall rejasi”ga ko’ra AQSH 1948-1952-yillar oralig’ida G’arb davlatlarida 13 mlrd dollar miqdorida yordam ko’rsatdi; 1999-yilning dekabr oyida YHning a’zolari qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror qabul qildilar; XX asrning 20-40-yillarida totalilar taraqqiyot modelining mavqei kuchli bo’ldi

730. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlaridan qaysi biri 1816-yilda mustaqillikga erishgan?*Argentina

731. Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri? *1884-yilda Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi.

732. Quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri?*XVIII asrdan boshlab Buxoro amirligida hasharga keluvchilar oziq-ovqat, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishlari lozim bo’lgan; Buxoro amirligida tanobona, zakot, qo’sh puli soliqlari faqat pul shaklida olingan

733. Quyidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan olimni aniqlang. “Xiva shahri keng maydonda bog’-rog’ bilan o’ralgan. Atrofi devor bilan o’ralgan hamda Amudaryodan suv chiqarilgan. Xiva aholisi o’zining mashaqqatli mehnati bilan cho’l-u biyobonni hosildor o’lkaga aylantirgan”. *N.Muravyov


734. Quyidagi madaniyat arboblarining faoliyatiga oid faktlar to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1) I.Guttengberg- kitob bosish dastgohi ixtirochisi; 2) Marko Polo-venetsiyalik savdogar va sayyoh; 3) F.Petrarka-Yevropadagi ilk Uyg’onish davri va gumanizmning dastlabki vakili; 4) Robert de Sorbon-Parij universiteti asoschisi.

735. Quyidagi madrasalarni ular barpo etilgan yillar bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping.*1) Muhammad Aminxon-1851-1855-yilla; 2) Muhammad Rahimxon-1871-yil ; 3) Hazrati Kalon Sohibzoda-1862-yil; 4) Hokim Oyim-1869-1870-yillar; 5) Sulton Murodbek-1872-yil

736. Quyidagi mualliflardan qaysi biri o’z asarida o’zbeklarni “aql idrokli, suhbati yoqimli va o’tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg’on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar” deb ta’riflagan? *N.Muravyov

737. Quyidagi mustamlakachi davlatlarning Xitoy hududidagi ta’sir doiralari mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. *Germaniya- Shandun viloyati; Fransiya- Yunan viloyati; Rossiya- Port-Artur; Buyuk Britaniya- Yanszi daryosi havzasi; Yaponiya- Futsiyan viloyati;

738. Quyidagi o’rta asrlar davlatlari poytaxtlari bilan moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1) Chingizxon davlati- Qoraqurum; 2) Usmonlilar imperiyasi- Istanbul; 3) Yaponiya Kioto.

739. Quyidagi o’rta asrlarga oid me’moriy yodgorliklar qaysi uslubda yaratilganligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Al-Hamro saroyi-arab uslubi. ; Laax ibodatxonasi-roman uslubi; Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi-gotika uslubi; Avliyo Mark ibodatxonasi-vizantiya uslubi.

740. Quyidagi O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarini ochilgan yillari bilan to’g’ri moslashtirilgan javobni aniqlang. *Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti-2002-y.; Moskva davlat universiteti filiali- 2006-y; Moskva neft va gaz universiteti filiali- 2007-y; Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti-2008-y.

741. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti davriga kelib daromadning oshib borishiga qarab qo’shimcha soliq solinadigan bo’ldi? *V.Vilson

742. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti davriga kelib hukumat ishchilar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi mojarolarda hakamlik vazifasini bajara boshladi va trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etdi? *T.Ruzvelt

743. Quyidagi qaysi asarlar Qadimgi Yunonistonda yaratilgan? *"Iliada", "Odisseya""Shoh Edip", "Antigona"; "Arilar", "Qushlar", "Baqalar";

744. Quyidagi qaysi atama dastlab sudya, advokat, notarius,shifokorlarga nisbatan ishlatilgan? *burjuaziya

745. Quyidagi qaysi davlat mil.avv. II asrda barham topgan? *Yunon-Baqtriya

746. Quyidagi qaysi davlatda 1936-yil hukumat banklarning tadbirkorlarga eng arzon - 2 foiz miqdorida kredit berish tartibini joriy etgan? *Buyuk Britaniyada

747. Quyidagi qaysi davlatda protestant ruhoniylarni ko’chirish jarayonida 1989-yil 17-dekabrida g’alayonlar kelib chiqdi va ular qurol yordamida bostirildi? *Ruminiya

748. Quyidagi qaysi davlatlar armiyasi 1925-yilda Rif Respublikasiga qarshi hujum boshlagan? *Ispaniya va Fransiya

749. Quyidagi qaysi davlatlar Bolqon ittifoqiga birlashgan? *Bolgariya; Serbiya; Chernogoriya; Gretsiya

750. Quyidagi qaysi davlatlar Millatlar Ligasiga bir yilda qabul qilingan? *Turkiya; Iroq;

751. Quyidagi qaysi davlatlarning boshliqlari hozirgi kunda ham Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadi? *Kanada; Avstraliya; Yangi Zelandiya;

752. Quyidagi qaysi hudud Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa yurishlari davrida egallanmagan? *Xorazm

753. Quyidagi qaysi oliy o’quv yurtlari XX asrning 70-yillarida tashkil etilgan? *Nukus davlat universiteti va Toshkent avtomobil yo’llar instituti

754. Quyidagi qaysi shaharda 1947-yilda agronomlar tayyorlaydigan uch yillik maktab tashkil etilgan? *Toshkent

755. Quyidagi qaysi shaharda qoraqalpoq adabiyotining yirik vakillaridan biri Berdaqning byusti o’rnatilgan? * Toshkentda

756. Quyidagi qaysi shaharlar 1381-yilda Amir Temurga jangsiz taslim bo’lgan? *Saraxs; Jom; Qavsiya; Sabzavor;

757. Quyidagi qaysi shaxs boshchiligidagi harbiy guruh Orol dengizida Rossiya bayrog’ini ko’tarishi lozim edi? *I.Kirillov

758. Quyidagi qaysi tarixchi(lar) tomonidan Somoniylar davlatida boshqaruv, asosan, 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanganligi haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan?*Narshaxiy

759. Quyidagi qaysi voqea Farg’ona vodiysida aka-uka Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek, ulardan so’ng Islom Polvon va Rahmonqullar yetakchiligida sovetlarga qarshi kurash olib borilgan davrga to’g’ri keladi? *Vashington shahrida 9 ta davlat ishtirokida konferensiya o’tkazildi.

760. Quyidagi qaysi voqea Germaniyaning o’rta asrlar tarixida umuman imperator saylanmagan davrga to’g’ri keladi? *Xuloku Abbosiylar sulolasiga xotima berdi.

761. Quyidagi qaysi voqea Qo’qon xonligida Muhammad Alixon hukmronlik qilgan yillar oralig’ida sodir bo’lgan? *Lion to’qimachilari qo’zg’olon ko’tardilar.

762. Quyidagi qaysi voqea tufayli AQSH Yaponiyaga 147 mln dollarlik qurol-yarog’ yetkazib berdi?*Yaponiya tomonidan Manchjou-Go davlati tuzilishi, Jexe va Xebey viloyatlarining egallanishi

763. Quyidagi qaysi voqea Xivada shayboniylardan bo’lgan Asfandiyorxon hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi?*Li Szi-chen boshchiligidagi qo’zg’alonchilar harbiy kengashi Pekinga hujum boshlash to’g’risida qaror qabul qildi

764. Quyidagi qaysi voqeadan keyin Albaniya mustaqillikkaerishdi? *Birinchi Bolqon urushida Turkiyaning yengilishi natijasida

765. Quyidagi qaysi voqealar bir yilda sodir bo’lgan?*Toshkent elchilari Sankt-Peterburgga borib imperator Aleksandr I qabulida bo’ldilar, Toshkent hokimi Yunusxo’ja vafot etdi

766. Quyidagi qaysi voqealar orasida bir asrlik (100 yil) farq bor? *Braziliyaning kashf etilishi; “Ost-Indiya” kompaniyasining tuzilishi;

767. Quyidagi qaysi voqeaning sodir bo’lish vaqti Amir Temur va Amir Husayn o’rtasida bir necha bor o’zaro to’qnashuvlar bo’lgan davrga to’g’ri keladi? * Xitoyda Min imperiyasining tashkil topishi

768. Quyidagi qaysi voqeaning sodir bo’lish vaqti Movarounnahrda Nasr II hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi? *Chexiyada knyaz Vatslav hukmronlik qilishi

769. Quyidagi qaysi yozuvchining asarlarida ko’plab qirollar, kanslerlar, zodagonlar, amaldorlar, xalqqa xiyonat qilganlar, hatto imperator Vilgelm II ham tasvirlangan? *G.Mann

770. Quyidagi qo’zg’olonlarni ularning bo’lib o’tgan sanalari bilan mos ravishda keltirilgan javobni aniqlang*Boljuvon bekligidagi qo’zgolon-1885-yil; Ko’lob bekligidagi qo’zg’olon-1888-yil; Kalif bekligidagi qo’zg’olon-1889-yil; Matyoqub pishiq qo’zg’oloni-1902-yil; Yetimxon qo’zg’oloni-1878-yil

771. Quyidagi qurollar ilk bor qachon qo’llanilganligi sanasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *suv osti kemalari-1915-yil may; zaharli gaz (xlor)- 1915-yil aprel; tank-1916-yil iyul; ognemyot-1917-yil noyabr;

772. Quyidagi shayboniy hukmdorlardan qaysi biri 1512-yilda mamlakat viloyatlarini viloyatlarini qayta taqsimlagan shayboniylarning nufuzli vakili Jonibek Sultonning nabirasi hisoblanadi?*Abdullaxon II

773. Quyidagi siyosiy arboblarning faoliyatiga oid faktlar to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Lord Dafferin- Angliyaning Hindistondagi vitse-qiroli; Tilak- HMK so’l-radikal oqimi rahbari; Parnell-«Shinfeyn» partiyasi asoschisi; A.Griffit- Irlandiya uchun gomrul talab qilgan Angliya parlamenti a’zosi;.

774. Quyidagi siyosiy arboblarning faoliyatiga oid faktlar to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang*Lord Dafferin – Angliyaning Hindistondagi vitse-qiroli; Tilak – HMK so’l-radikal oqimi rahbari; Parnell – Irlandiya uchun gomrul talab qilgan Angliya parlamenti a’zosi; A.Griffit – “Shinfeyn” partiyasi a’zosi

775. Quyidagi sulolalarni hukmronlik yillari bilan to’g’ri joylashtiring.*Suy-589-618-yillar;Ummaviylar-661-750-yillar;U Day-907-960-yillar;Tan-618-907-yillar;Abbosiylar-750-1258-yillar ;un-960-1279-yillar;

776. Quyidagi ta’rif qaysi yozuvchi haqida ekanligini to’g’ri toping. “Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini ko’rsatishdan iborat edi. Asarlari esa burjuaziya jamiyatiga qarshi o’ziga xos aybnoma edi.” *O.Balzak

777. Quyidagi tarixiy asarlar mualliflari bilan mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping.*"Gulshan ul-mulk"- Muhammad Yaqub ibn Doniyolbiy;"Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro , Xo’qand va Qoshg’ar"- Mirzo Shams Buxoriy ;"Fathnomayi Sultoniy"- Mir Olim Buxoriy;"Yilnomalar to’plami"- Muhammad Hakimxon;

778. Quyidagi tarixiy asarlardan qaysi biri Munis Xorazmiyga tegishli bo’lib, uni Ogahiy nihoyasiga yetkazgan? *"Firdavs ul-iqbol"

779. Quyidagi tarixiy shaxslar orasidan Barakzaylar sulolasi vakillarini belgilang. *Do’st Muhammadxon; Fathxon;

780. Quyidagi tarixiy voqealar orasidan bir yilda yuz berganlarini aniqlang. *Buyuk Britaniya va Afg’oniston o’rtasida harbiy shartnoma imzolanishi; Buyuk Britaniya va Eron o’rtasida Parij Tinchliknshartnomasi imzolanishi;

781. Quyidagi tarixiy voqealardan bir yilda sodir bo’lganlarini toping* “Tunminxay” siyosiy tashkiloti tuzildi, “Minbao” gazetasi chiqarila boshlandi

782. Quyidagi tasviriy san’at ijodkorlaridan qaysi biri Nasrulloxon amirligi davrida qo’lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan?* Mirzo Sodiq Jondoriy

783. Quyidagi Uyg’onish davri vakillarining aytgan fikrlari to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni aniqlang.* M.Servantes-«Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek jonni xavfga qo’yish kerak»; Leonardo da Vinchi-«Rassomlik san’ati - san’atlar malikasi»; V.Shekspir-«Inson - tabiatning ajoyib mo’jizasi!».

784. Quyidagi voqealar orasidan bir yilda sodir bo’lganlarini aniqlang. *Rossiya va Shvetsiya o’rtasida hozirgi Ukraina hududida urush bo’lib, unda Rossiya g’alaba qozondi; Qandahor viloyatida Eron bosqinchilariga qarshi qo’zg’olon bo’ldi va unga Mir Vaisxon rahbarlik qildi;

785. Quyidagi voqealar to’g’ri xronologik tartibda joylashtirilgan javobni toping* G’arbiy Rim imperiyasining qulashi (476);Franklar davlatining tashkil topishi(486); Verden bo’linishi (843); Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi; (962)

786. Quyidagi voqealardan qaysilarining sodir bo’lish vaqti Chor Rossiyasining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlarining uchinchi bosqichi davriga to’g’ri keladi?*(1873-1879) Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasining qabul qilinishi; Qirolicha Viktoriya Hindiston imperatori deb e’lon qilinishi; San-Stefanoda Rossiya-Turkiya sulh shartnomasining imzolanishi

787. Quyidagi voqealarni bo’lib o’tgan yillari bilan muvofiqlashtiring. *"Uchlar Ittifoqi"ning vujudga kelishi-1882-y.; Germaniyaning imperiya deb e’lon qilinishi-1871-y; 3) Braziliyada qullarning ozod qilinishi-1888-y; 4) Fransiyada Uchinchi respublika Konstitutsiyasining qabul qilinishi-1875-y;

788. Quyidagi yirik davlatlarni XIX asr oxirida ular tomonidan bosib olingan mustamlakalarning yer maydoniga qarab kamayish tartibida (kattasidan kichigiga tomon) joylashtirilgan javobni aniqlang. *Buyuk Britaniya; Fransiya; Germaniya

789. Quyidagilar orasidan Afrikada mahalliy aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lgan golland, fransuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari tomonidan tuzilgan davlatlarni aniqlang. *Erkin Oranj; Transvaal;

790. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. *Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib oldi. Transvaal, Oranj, Natal, Kapni “Janubiy Afrika ittifoqi” nomi bilan birlashtirildi. Meksikada prezidentlik saylovi o’tkazildi.(1910)

791. Quyidagilardan Potsdam konferensiyasi qarorlariga muvofiq keladigan javobni toping. *Germaniyaning yaxlit davlat bo’lib qolishi

792. Quyidagilardan qaysi biri qirol Yonchjon davrida e’lon qilingan? *Dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligining bekor qilinishi; Qul ayolning nevarasi ozod inson bo’lishi haqidagi deklaratsiya;

793. Quyidagilardan qaysi biri XX asrning 30-yillari boshlarida ham konservator, ham diktator, ham liberal islohotchilar obro’sining xalq ommasi ko’z o’ngida birday to’kilishiga sabab bo’lgan? *jahon iqtisodiy inqirozining ta’siri

794. Raqiblarini sarosimaga solib qo’yuvchi "to’lg’ama" jang usuli qaysi lashkarboshi tomonidan qo’llangan? * Shayboniyxon

795. Reyn kafolat paktidan norozi bo’lgan sovet davlati quyidagi qaysi davlatlar bilan betaraflik to’g’risida shartnoma imzoladi?*Germaniya; Turkiya; Litva; Afg’oniston

796. Rim imperiyasiga 455-yilda hujum qilgan german qabilalarini aniqlang.* vandallar

797. Rim papasi tomonidan Koreya yepiskopligi e’lon qilingan yilni belgilang?*1831-yil

798. Rim qachon Alarix boshchiligidagi gotlar tomonidan talon-taroj qilingan? *410-yilda

799. RKP(b) MQ "Turkiston-Buxoro ishlari haqida" qaror qabul qilgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Vitvatersrandeda qurolli qo’zg’olon kelib chiqdi.

800. Roman uslubida barpo etilgan quyidagi inshootlardan qaysilari Fransiyaga joylashgan? *Puate; Klyune; Arl;

801. Rossiya imperatori Nikolay II taxtga o’tirgan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang*. Buganda Buyuk Britaniya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati tarkibiga kiritildi.

802. Rossiya imperatori tomonidan Bolgariya davlat boshlig’i sifatida taklif etilgan A.Battenberg taxtdan voz kechishga majbur qilinganidan keyin necha yil o’tib Rossiya-Bolgariya munosabatlari tiklandi? *10 yil

803. Rossiya O’rta Osiyoda bosib olgan hududlarda Turkiston general-gubernatorligini tashkil etgan yilda…*inglizlar Efiopiyaga qarshi urush olib borib, podsho Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi

804. Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlangan yilda. . . *Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasida deb tan oldi

805. Rossiya tarixida chuqur iz qoldirgan hukmdor Pyotr I hukmronligi nihoyasiga yetgan yilda . *Koreyada qirol Yonchjon hukmronligi boshlandi

806. Rossiya tarixiga doir quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. V.Plexanov rahbarligida "Mehnatni ozod qilish guruhi" tuzildi. 2. Peterburgda "Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi" tuzildi. 3. II Davlat dumasiga saylov o’tkazildi. 4. Rossiyadagi barcha sotsial-demokratik guruhlar "Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi" deb atalgan partiyaga birlashdi. *1, 2, 4, 3

807. Rossiyada dekabristlar qo’zg’oloni ko’tarilgan vaqtda Qo’qon xonligida hukmronlik qilib turgan shaxsni aniqlang.*Muhammad Alixon

808. Rossiyada Ivan IVni G’arbiy Yevropa qirollari bilan bir qatorga qo’ygan xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan voqea sodir bo’lgan yilni aniqlang.* 1547-yil

809. Rossiyada natural xo’jalik negizlariga zarba bergan omillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* hunarmandlarning bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o’tishi; g’allaning hamma yerda tovarga aylanishi; ayrim pomeshchiklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi bilan shug’ullana boshlashi; obrok mahsulot bilan emas, balki pul bilan olina boshlanishi;

810. Rossiyada samoderjavie va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshlagan Dekabristlar nechta maxfiy jamiyat tuzgan edi? *ikkita

811. Rossiyada samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash davrida vujudga kelgan “Shimoliy jamiyat”da konstitutsiya loyihasini kim tayyorlagan edi? *N.Muravyov

812. Rossiyaning Kavkazortida mustahkam o’rnashib olishiga imkon bergan Rus-Eron shatnomasi imzolangan yilni toping.*1813-yil

813. Rus hukmdori Boris Godunov vafot etgan yilda quyidagi hukmdorlardan qaysilarining hukmronligi tugagan edi? *Akbarshoh; Boqi Muhammad;

814. Rus podshosi Pyotr I tomonidan uyushtirilgan I.Buxgols ekspeditsiyasi Yorkentga yo’l olgan yilni aniqlang. *1715-yil

815. Rus podshosi tomonidan "Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom" tasdiqlanganidan yangi "Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom" tasdiqlangan yillar oralig’i to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1865-1886-yillar

816. Rus qo’shinlari Kattaqo’rg’onga hujum uyushtirishdan oldin Buxoro amirligining qaysi shahrida mahalliy aholining qarshiligiga duch kelgan? *Urgut

817. Rus qo’shinlari tomonidan qaysi qal’aning egallanishi ularga Toshkent shahri aholisini suv ta’minotidan uzib qo’yish imkonini berdi? *Niyozbek

818. Rus qo’shinlari Xo’jand qal’asini qamal qilib, egallagan yilda tarixda yana qanday voqea sodir bo’lgan? *Erjar qishlog’i yaqinida Buxoro amiri va chor Rossiyasi qo’shinlari o’rtasida jang bo’ldi.

819. Rus qo’shinlarining birinchi jahon urushidagi “Buyuk chekinishi” quyidagi qaysi davlatning urushga kirish masalasini hal etdi? *Bolgariyaning

820. Rus va fransuz qo’shinlari o’rtasidagi Moskva yaqinidagi Borodino qishlog’ida bo’lib o’tgan jangda rus qo’shinlariga qo’mondonlik qilgan sarkardani aniqlang. *Kutuzov

821. Ruslar Irtish daryosi sohilida 7 ta istehkom qurib bitkazgan davrda Xiva hukmdori kim bo’lgan? *Sherg’ozixon

822. Safaviylar sulolasi vakillaridan qaysi birining hukmronligi davrida yirik yer-mulk egalarining mustaqilligi tugatilib, davlat o’z qudratining cho’qqisiga erishdi? *Abbos I

823. Safaviylar xazinaga tushadigan daromadlar kamayishining oldini olish maqsadida XVIII asrdan boshlab qanday yo’l tutganliklarini aniqlang. *dehqonlar to’laydigan soliqlarni oshirish.

824. Salavkiylar davlatida strateg qanday vazifani bajargan?*davlat mudofaasi va qo’sinlarni tashkil etish

825. Samarqand yaqinida barpo etilgan Ulug’bek rasadxonasi etagidagi ikkita chorbog’ qanday atalgan? *Bog’i Maydon, Chinnixona

826. Samarqandda Amir Temur ko’rsatmasi bilan barpo etilgan bog’larning qaysi birida mehmonlar qabul qilinadigan oltin taxtli qarorgoh bo’lgan? *Bog’i Dilkusho

827. Samarqandda istilochilarga qarshi Rofe ibn Lays qo’zg’oloni yuz bergan paytda arab xalifasi bo’lgan shaxsni aniqlang?*Xorun ar-Rashid

828. Samarqandga dastlabki poyezd kelganidan temiryo’l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazilgan yillar oralig’i to’g’ri korsatilgan javobni toping. *1888-1899-yillar

829. Sardiniya qirolligi bosh vaziri K.Kovur qanday davlat tuzumi tarafdori edi? *konstitutsiyaviy monarxiya

830. Semekexon boshchiligidagi O’rta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o’tgan davrda Xiva xonligida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang. *Elbarsxon

831. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi – urbanizatsiya jarayonining avj olishi Germaniyada va AQShda qachon boshlandi? * XIX asrning 70-yillarida

832. Sharqiy Turkistonliklarning Sin imperiyasiga qarshi Jahongirxo’ja boshliq milliy ozodlik kurashi boshlangan yilni toping. *1825-yil

833. Sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qo’llab-quvatlagan o’rta osiyolik hukmdorni aniqlang*Muhammad Ali

834. Shayboniylar davrida Oqchob suv omborining qayerda qurilganligini aniqlang. *Nurota tog’ida

835. Shayboniylar hukmdori Abdullaxon II vafot etgan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.(1598) * Nant edikti imzolandi.

836. Shayboniylar tomonidan ta’limni rivojlantirish sohasida islohot o’tkazilishining sababini aniqlang. *barcha sohalar bo’yicha ilmli amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish

837. Shayboniylarga amakivachcha bo’lgan ashtarxoniylar qachondan boshlab Ashtarxon xonligida hukmronlik qila boshlagan? *XIV asrning 80-yillaridan

838. Shayboniyxon Farg’onani egallagach Axsi va Andijonni kimga tortiq etgan? *Jonibek Sultonga

839. Shayboniyxon o’limidan so’ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, balki amakisi Ko’chkunchi Sulton o’tqazilishi sababini aniqlang. *Shayboniylar urf-odatiga ko’ra, vafot etgan xon o’rniga taxtga yoshi katta shayboniy o’tqazilishi lozim bo’lgan

840. Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag’islangan asaryozgan mualliflarni aniqlang.*Muhammad Solih va Hofiz Tanish Buxoriy

841. Sho’royi Islomiyaning tashabbusi bilan Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirilgan vaqtda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Nivel qirg’ini yuz berdi.

842. Silla qirolligi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishgan asrni aniqlang. *VIII asr

843. Slovakiya Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilingan yil sodir bo’lgan voqeani aniqlang?*M.Karzay Afg’oniston Prezidenti qilib saylandi.

844. Soliqlarning haddan tashqari ko’pligidan norozi bo’lgan O’sh aholisi qo’zg’olon ko’targan vaqtda (1845-yil) Namangan hokimi bo’lib turgan shaxsni aniqlang. *Xudoyorxon

845. Somoniylar davrida markaziy boshqaruv idorasini bildirgan atamani aniqlang. *devon

846. Somoniylar hukmdori Nuh ibn Mansur G’azna noibi Sobuqteginni qaysi xizmatlari evaziga Xuroson noibi etib tayinlaydi? *qoraxoniylarga qarshi kurashda yigirma mingli qo’shin bilan kelib yordam berganligi

847. Sopollitepa manzilgohi qaysi davrga oid?*mil.avv. 2-mingyillikka

848. Sovet hokimiyati o’lka hayotiga biroz moslashib, tomir yozib olgach, o’zbek xalqi ma’naviy hayotining uzviy tarkibiy qismi bo’lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirgan vaqtni aniqlang. *XX asr 20-yillari o’rtalaridan

849. SSSRda "rivojlangan sotsializm" nazariyasi ilgari surilgan yilda. . . *Bangladesh Xalq Respublikasi tuzildi

850. Subhonqulixon hukmronligi davrida kinlarga qarshi kurash olib borganligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang*Balx viloyatida hukmronlik qilayotgan o’g’illariga qarshi; Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi; Xiva xoni Anushaxon qo’shinlariga qarshi

851. Surunkasiga 4 marotaba AQSh prezidentligiga saylangan F.Ruzvelt yashagan yillarni ko’rsating.*1882-1945-yillar

852. Tarixda aynan bir vaqtda sodir bo’lgan voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Xan imperiyasi uchga bo’linib ketdi. Kushon davlati inqirozga yuz tutdi. (III asr)

853. Tarixdan ma’lumki, 1592-yilda Yaponiya qo’shini Koreya hududiga bostirib kirib, dastlab Seul, keyinroq Pxenyanni egallagan edi. Oradan qancha vaqt o’tib Xitoy va Koreyaning birlashgan qo’shinlari ularni ozod qildi? *bir yil

854. Tarixdan ma’lumki, Chig’atoy xonlaridan Kebekxon davrida ma’muriy va pul islohotlari o’tkazilgan bo’lib, mamlakatda yagona pul joriy qilingan. Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan tanga pul qanday atalgan? *”kepaki”

855. Tarixdan ma’lumki, Rossiya 1877-yilda Turkiyaga qarshi urush e’lon qildi va katta talofot yetkazdi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Buyuk Britaniyani tashvishga solib qo’ydi va. . .*o’z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi; rus armiyasi Konstantinopolga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzishini ma’lum qildi;

856. Tarixdan ma’lumki, Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Buxoro taxtiga eng munosib nomzod Jonibek Sulton bo’lib qoladi. Lekin u kimning foydasiga taxtdan voz kechadi? *Din Muhammad

857. Tarixdan ma’lumki, Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy va G’arbiy turk xoqonliklariga bo’linib ketgan. Sharqiy turk xoqonligining poytaxti qaysi hududda qaror topgan?*Mo’g’ulistonda

858. Tarixga "Loy jangi" nomi bilan kirgan jang (1365-yil) qayerda bo’lgan? *Toshkent va Chinoz oralig’ida

859. Tarixga “Chartistlar harakati” nomi bilan kirgan harakat qanday maqsadda boshlanganligini toping. *barcha erkaklarga umumiy saylov huquqi birilishini so’rab

860. Taypinlar qo’zg’oloni 1850-yilda Xitoyning qaysi tomonida boshlangan edi? * janubida

861. Taypinlar qo’zg’oloni necha yil davom etgan? *14 yil

862. To’g’ri ma’lumot keltirilgan javobni toping. *1919-yil o’rtalariga kelib Skobelev, Marg’ilon, Andijon, Namangan va O’sh kabi hududlarda harakat qilayotgan taniqli rahnamolar, ularning jangchilari Madaminbekning yashil bayrog’i ostida birlashayotgan edi.

863. Tohiriylar davlatida Abul Abbos Abdulloh hukmronligi davrida yangi poytaxtga aylangan shaharni aniqlang. *Nishopur

864. Toshkent bekligida Yunusxo’ja huzurida tuzilgan xon kengashi tarkibiga kimlar kirgan? *4 daha mingboshilari

865. Toshkent hokimligi elchilari Sankt-Peterburgga borib, Imperator Aleksandr I qabulida bo’lgan yilda….* Toshkent hokimligi taxtiga Sultonxo’ja o’tirdi

866. Toshkent hokimligining Katta qozoq juzi ustidan nazoratni kuchaytirishi qaysi davlatning iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo’ydi? *Qo’qon xonligining

867. Toshkentda "Qo’shchi" uyushmalarining birinchi respublika qurultoyi bo’lib o’tgan vaqtda jahon sahnasida bo’lgan voqeani aniqlang. *Tinch okeanidagi qaram orollar va mulklar xavfsizligining kafolatlari to’g’risidagi "To’rtlar shartnomasi" imzolandi.

868. Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi va birinchi gimnaziya ochilgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping*1884-, 1896-yillar

869. Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston muzeyi tashkil etilgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?*1870, 1876 yillar

870. Tropik Afrika davlatlari tarkibiga kirmagan davlatni aniqlang.* Serra-Leone

871. Tropik Afrika hududlari Yevropa davlatlari tomonidan bosib olingan davr to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *XVII-XIX asrlar

872. Tropik Afrikada joylashgan Nyasalend qaysi davlat mustamlakasi bo’lgan?*Buyuk Britaniya

873. Turk sultoni Salim I nechanchi yilda Misr poytaxti Qohira shahrini egalladi?*1517-yilda

874. Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo’lgan siyosiy vaziyatni aniqlang*Eftallar bilan to’qnashuvning muqarrarligi

875. Turkiston general-gubernatori bosh qo’mondonlikdan tashqari yana qanday lavozimni egallagan? *bosh sudya

876. Turkiston jadidlarining fikricha mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda zarur hisoblangan choralarni aniqlang.?* 1) yer, suv, yerusti va yerosti boyliklarini Turkiston xalqining umumiy boyligi deb e’lon qilish; 3) barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash; 4) zavod va fabrikalar qurish, mahsulotlarni o’lkaning o’zida ishlab chiqarish;

877. Turkiston o’lkasining quyidagi viloyatlaridan Rossiyaga mardikorlikka olinganlarning soni mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping*Sirdaryo-87 ming; Samarqand-38 ming; Farg’ona-50 ming

878. Turkiston Sovetlarining qaysi syezdida o’lkada yer-suv islohoti masalasi ko’rib chiqilib, unda aholining boy qismi qo’lidagi katta yerlarni musodara qilish, ovrupolik aholi bilan yerli xalqlar o’rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlikka barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topilgan edi? *1920-yil sentabrdagi XI syezdida

879. Turkistonda dastlabki rus qishlog’i va Buxoro amirligi hududida birinchi rus qishlog’i paydo bo’lgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*1875, 1888-yillar

880. Turkistonda mustamlaka davrigacha boshlang’ich ta’limdan keyingi bosqichda o’quvchilarga o’qitilgan kitoblar ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni toping. *"Haftiyak", "Chor kitob", "Risolai aziza"

881. Turkistondagi milliy-ozodlik harakati yo’lboshchilari ichida noyob qobiliyati bilan ajralib turuvchi Madaminbek Ahmadbek o’g’li bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlar ko’rsatilgan javobni toping. *Uning o’z "boshqaruv apparati", "tribunali" va "genshtabi" bo’lgan; 1919-yil yanvarida Marg’ilon uning qo’shinlari tomonidan egallandi; 1919-yil aprelida uning qo’shinlari Namangan va Qo’qon shaharlari atrofidagi janglarda g’olib kelishdi.

882. Turkistondagi sovet hokimiyati rahbarlari tomonidan Amudaryo bo’limida Xiva xonligi tuzumiga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan harbiy dastalarga kimlar boshchilik qilgan?*N.A.Shaydakov va N.M.Sherbakov

883. Turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasiga Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek, sobiq Ittifoq tomonidan berilgan rasmiy nom qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? *Panturkizm

884. Turkiyada nechanchi yillarda harbiy to’ntarish bo’lib o’tgan? *1960-yil; 1971-yil;

885. Turklar Yoyiq va Itil bo’ylarini zabt etgan davrda Sosoniylar davlatini boshqargan hukmdorni aniqlang. *Aneshervon

886. Turkman qabilalari bilan bo’lgan jangda Mironshoh Mirzo halok bo’lgach (1408-yil), qaysi hududlar temuriylar tasarrufidan chiqib ketdi? *Ozarbayjon va Iroq

887. Tushpa shahri qaysi qadimgi davlatning poytaxti bo’lgan? *Urartu

888. Uesseks qiroli Buyuk Alfred vafot etgan yili. . . *butun Xuroson Somoniylar qo’l ostiga o’tdi

889. Ulug’bek rasadxonasining ulkan sekstanti o’rnatilishida qaysi olim boshchilik qilgan? *G’iyosiddin Jamshid Koshoniy

890. Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi qachon tashkil etilgan? *1920-yilda

891. Usmonli turklar davlati kuch-qudratga nimalar hisobiga erishganligini ko’rsating.* sultonlarning oqilona siyosati; mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilish; mustamlaka o’lkalardan tashib kelingan ulkan miqdordagi boyliklar;

892. V asr o’rtalariga kelib mamlakatimiz hududlaridagi ziroatkor vohalarda ekin yerlarining asosiy qismi kimlarning qaramog’ida edi? *qishloq jamoalari

893. Venetsiyalik sayyoh Marko Poloning Uzoq Sharq va Xitoyga qilgan safari davriga to’g’ri keluvchi voqeani aniqlang. *Movarounnahr noibi Ma’sudbek pul islohotini amalga oshirdi.

894. Vengriya hukumati tomonidan Xorvatiya Seymi tarqatib yuborilib, Konstitutsiyasi to’xtatib qo’yilgan yilda quyidagi qaysi voqea ro’y bergan?*Avstriya-Vengriyada og’ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi

895. Versal shahrida Germaniya bilan Antanta davlatlari o’rtasida shartnoma imzolangan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.* Andijon yaqinidagi Oyimqishloqda vodiylik qarshilik ko’rsatish harakati yo’lboshchilarining qurultoyi bo’lib o’tdi.

896. Versal tinchlik shartnomasiga ko’ra, Germaniya ixtiyorida 100 ming qo’shin saqlashi mumkin edi. V.Vilson fikricha, bu qo’shin Germaniyaga nima maqsadda zarur bo’lgan? *ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish

897. Vetnamda urush boshlangan va to’xtagan yillarda AQShda prezident bo’lib turgan shaxslarni aniqlang. *L.Jonson, R.Nikson

898. Veymar Konstitutsiyasiga ko’ra Germaniyada yalpi saylov huquqi necha yoshdan va kimlarga berilganligini aniqlang. * 20 yoshdan boshlab erkak va ayollarga

899. Vizantiya tarixchilari tomonidan “slavyanlar” atamasi qachondan boshlab ishlatilgan?*VI asrdan

900. Vizantiyada Yustinian I ning hukmronlik yillarini aniqlang.*527-565-yillar

901. Vudro Vilson davrida o’tkazilgan parlament islohotiga ko’ra… * oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo’ldi

902. X.Kolumb ochgan qit’aga “Yangi dunyo” deb nom bergan dengizchi qayerlik edi? *Italiyalik

903. Xalq qahramoni Juzeppe Garibaldi o’z harbiy kuchi bilan Sitsiliya oroliga kelib tushgan yilda bo’lib o’tgan voqeani belgilang. *Avraam Linkoln prezidentlikka saylovda g’alaba qozondi

904. Xalqlarning buyuk ko’chishlari jarayoni qaysi davrda bo’lib o’tgan? *IV-VI asrlar

905. Xan sulolasi davrida Xitoyda mavjud yerlar kimning mulki hisoblangan? *hukmdorning

906. XII asrda Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida "Faqihlar madrasasi" qurilgan asrga oid ma’lumotni aniqlang.* Yevropaning yirik shaharlarida oliy maktab - universitetlar ochila boshladi.
907. XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab bergan asarni aniqlang. *"Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"

908. XIII asr boshlarida Orolbo’yi qoraqalpoqlarining bir qismini Volga va Ural daryolari bo’ylariga, Sirdaryo vohalariga ko’chib ketishga majbur qilgan voqeani aniqlang. *Chingizxon tomonidan Amudaryo to’g’oni buzdirib tashlangach, Amudaryo o’zani o’zgarib, bu yerlarning suvsiz qolishi

909. Xitoy hududida ilk sivilizatsiya qachon va qayerda vujudga kelgan? *mil.avv. III-II mingyillikda Xuanxe va Yanszi daryolari bo’ylarida

910. Xitoy tarixchisi Syuan Szyan Hindistonda bo’lgan davrda tarixda yana qanday voqea sodir bo’lganligini aniqlang. *G’arbiy Turk hoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chirdi.

911. Xitoy tarixiga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq yuz berganini toping.*Xitoyning Shandun viloyati Germaniya ta’sir doirasiga o’tdi.

912. Xitoyda “Minbao” gazetasi chiqa boshlagan va “Yangi Xitoy konstitutsiyasi” qabul qilingan yillarni aniqlang?*1905, 1914-yy.

913. Xitoyda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi qaysi voqeadan boshlandi?*Gomindan va XKP o’rtasidagi umummilliy birlashgan frontning barham topishi

914. Xitoyda Gomindan va XKP o’rtasida a) umummilliy birlashgan inqilobiy fronti hamda b) yagona antiyapon milliy fronti vujudga kelgan yillarni toping.*a-1924-yil; b-1937-yil

915. Xitoyda katta yer egaligi qay tariqa tugatildi? *1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida

916. Xitoyda manjurlarning Sin sulolasi hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.*1644-1911-yillar

917. Xitoyda milliy buyuk inqilobdan keyin Gomindan partiyasi faoliyati bilan bog’liq holatlar to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish; xususiy mulkni himoya qilish; milliy bozor rivojiga g’ov bo’layotgan ichki boj to’siqlarini bekor qilish

918. Xitoyda milliy buyuk inqilobdan keyin Gomindan partiyasi faoliyati bilan bog’liq holatlar to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish;xususiy mulkni himoya qilish; milliy bozor rivojiga g’ov bo’layotgan ichki boj to’siqlarini bekor qilish

919. Xitoyda Min sulolasi boshqaruvi davrida qaysi davlat bilan munosabatlari buzilgan? (XV asr boshi)* Amir Temur saltanti bilan

920. Xitoyda mo’g’ullar zulmi barham topgandan keyin mamlakat xo’jaligini tiklash maqsadida o’tkazilgan tadbirlarni aniqlang. *hunarmand va savdogarlardan olinadigan to’lovlar kamaytirildi, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi

921. Xitoyda mo’g’ullarga qarshi xalq ozodlik harakatlari kuchaygan davrda yuz bergan voqeani aniqlang?*Germaniyaning shimolidagi shaharlar Ganza Ittifoqiga birlashdi.

922. Xitoyda shoyi gazlama ishlab chiqarila boshlanganidan qancha o’tib paxtadan mato tayyorlana boshlangan? *2 asr

923. Xitoyda Sin sulolasini ag’darib tashlash va demokratik milliy davlat tuzish uchun kurash olib borgan tashkilotni ko’rsating. * “Xitoy uyg’onish jamiyati” tashkiloti

924. Xitoyda to’rt asr davom etgan o’zaro urushlarga barham berilib, yagona davlatga birlashish qachon yuz bergan? *VI asrning II yarmida

925. Xitoyda yozuv uchun bambuk o’rnida shoyi matodan foydalanishga o’tilgan davrda Yunoniston tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. *Teatr dunyoga keldi.

926. Xitoyliklar selitradan porox olishni ixtiro qilgan asrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi? (X asr) *Buxoroda musulmonlarning ilk ilmgohi - Farjak madrasasi bunyod etildi.

927. Xitoyni XVIII asrda tashqi dunyodan ajratib qo’yish siyosati boshlangan yilni toping. *1757-y

928. Xitoyning Sin imperiyasi tomonidan Sharqiy Turkistonni o’ziga bo’ysundirish harakatlari olib borilgan yillarni ko’rsating. *1755-1759-yillar

929. XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay xonligi chegaralari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Volga daryosidan Irtish daryosigacha; Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha;

930. Xiva elchisi Xoja Nafas Astraxanga kelgan yil va Or qal’asi barpo etilgan yillar to’g’ri berilgan javobni toping.*1713, 1735-yillar

931. Xiva hududlarida Kaspiyorti temiryo’lining qurilishi va Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi yillari oralig’i to’g’ri berilgan javobni toping. *1885-1887-yillar

932. Xiva xonlari kutubxonalarida qachondan xattotlik, husnixat maktabi shakllandi?*XVIasrda

933. Xiva xonligi tarixi to’g’risidagi asarlar bilan bog’liq quyidagi ma’lumotlar orasidan to’g’rilarini belgilang. *“Firdavs-ul iqbol” asari Xivaning XVI asrdan 1812-yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olgan. Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixi Yusufbek Bayoniy tomonidan yaratilgan.

934. Xiva xonligida “Islohotlar loyihasi” qabul qilingan yilda tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.* Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib oldi.

935. Xiva xonligida faoliyat yuritgan Oliy Kengash majlislari qancha muddatda o’tkazilgan?*haftasiga bir marta

936. Xiva xonligida kimlar bevatan deb atlgan?*davlat yerlarini ijaraga oluvchilar

937. Xiva xonligida mamlakat miqyosida soliqlar yig’ilishiga javobgar bo’lgan amaldorlarni belgilang. *mehtar va qo’shbegi

938. Xiva xonligida Olloqulixon hukmronlik qilgan davrda jahon tarixida quyidagi qaysi voqea bo’lib o’tgan? *Karl X tomonidan Fransiya parlamenti tarqatib yuborildi.

939. Xiva xonligida tashkil etilgan Kichik Kengash tarkibiga qaysi amaldorlar kiritilgan? * xon; mehtar; qo’shbegi; naqib; devonbegi; shayxulislom;

940. Xiva xonligida XIX asr boshlarida barpo etilgan kanal nomini belgilang. *Lavzan

941. Xiva xonligida xonlik hayotiga oid kundalik masalalar….. tomonidan ko’rib chiqilgan. *Kichik Kengash

942. Xiva xonligida yerlarni ijaraga oluvchilar yer turiga qarab qanday atalgan?*davlat yerlarini ijaraga oluvchi-bevatan; xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar-koranda; vaqf yerlarni ijaraga oluvchilar-vaqfchi

943. XIX asr Afrikadagi eng muhim qul savdosi bazalari quyidagi qaysi davlatning mustamlakasi edi?*Portugaliya

944. XIX asr boshlarida Samarqand shahri baland devor bilan o’ralgan bo’lib, oltita darvozasi mvjud edi. Ushbu darvozalar nomlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.*Buxoro; Paykobod; Shohizinda; Qalandarxona; So’zangaron; Xo’ja Ahror;

945. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida faoliyat yuritgan amaldorlarning vazifalari mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. *devonbegi- moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishini boshqargan; mushrif- soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borish bilan shug’ullangan ; muhtasib- shariat qoidalarining bajarilishi va ularga amal qilinishi masalalari bilan shug’ullangan; mirzaboshi-amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul hisoblangan;

946. XIX asr o’rtalarida qaysi jarayon ishlab chiqarishda inqilobga teng ixtiro sanalganligini aniqlang. *mashinasozlikda turli xil dastgohlarning yaratilishi

947. XIX asr o’rtalarida Xivada rivoj topgan hunarmandchilik turlari sonini aniqlang* 50 dan ortiq

948. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Osiyo davlatlari tarixini eslang va quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. *Yaponiyada ikki palatali parlament joriy qilindi. "Xitoy uyushmalari ittifoqi" siyosiy tashkiloti tuzildi. Eronda Majlisga saylov o’tkazildi, Muzaffariddin Konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqladi. "Hindiston kengashlari haqida qonun" nomli hujjat qabul qilindi

949. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya tarixiga oid ma’lumotlardan to’g’rilarini toping. *Rossiyada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish ham o’sgan bo’lib, asosiy eksport mahsuloti g’alla edi. Rossiya neft qazib chiqarish bo’yicha dunyoda birirnchi o’ringa chiqib oldi.
950. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiya taraqqiyotining qaysi xususiyatlari jihatidan Rossiyaga o’xshab ketardi? *monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketganligi

951. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan necha barobar tezroq rivojlandi? *10 barobar

952. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping. *1888-yildagi konvensiyaga ko’ra Suvaysh kanalidan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik vaqtida bo’lsin, erkin foydalanish huquqini olishdi.

953. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligida dehqonlarning chiqishlari stixiyali isyonlar tarzida bo’lib, quyidagi qaysi holat bilan kechgan?*amaldorlarning uylarini vayron qilish; qarz tilxatlarini yirtib tashlash; soliq yig’uvchilarni quvib yuborish

954. XIX asr oxirida AQShda faoliyat yuritgan monopoliyalar sonini aniqlang. *185 ta

955. XIX asr oxirida quyidagilardan qaysi biri Buyuk Britaniya tomonidan ijaraga olingan? *Veyxayvey porti

956. XIX asr oxirida Rossiya podshosi hokimiyatining asosiy tayanchi ... *pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi

957. XIX asr oxirida tashkil etilgan Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi qaysi davlat monopoliyalari tomonidan tarqatib yuborildi? C) AQSh

958. XIX asr oxirlarida Germaniya qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va hosildorlikning ortishini ta’minlagan omillarni to’g’ri ko’rsating*. Yunkerlar xo’jalik yuritishda yollanma mehnatdan foydalanishga o’tdi.; Qishloq xo’jaligida qo’llash uchun yaratilgan texnikadan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.; Keng miqyosda mineral o’g’itlardan foydalanishga o’tildi.

959. XIX asr oxirlarida qaysi mamlakat hukmron doiralari “quyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishi” talabi bilan chiqdilar? *Germaniya

960. XIX asr oxirlarida Rossiya Buxoro amirligi hududlari orqali Afg’onistonga qanday buyumlarni katta miqdorda chiqarib turgan? *movut; chinni buyumlar; baxmal; chit; gugurt; kerosin;

961. XIX asr oxirlarida Shimoliy Afrikadagi fransuz mustamlakalari to’g’ri berilgan javobni toping. * Tunis, Jazoir

962. XIX asr oxirlarida Turkiya iqtisodining taraqiyyotiga to’siq bo’lgan sabablarni ko’rsating. *eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko’pligi

963. XIX asr oxirlariga kelib qaysi davlat Uzoq Sharqda Yaponiyaning asosiy raqobatchisiga aylandi? *Rossiya

964. XIX asrda Buyuk Britaniya tarixida bir yilda yuz bergan voqealarni toping.*Shaharda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida xonadonda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berilishi; Kanadaga dominion maqomi berilishi.

965. XIX asrda Janubiy Afrikada olmos (1)- *70-yillarda va oltin (2)- *80-yillarda konlari topilgan vaqtlarni belgilang.

966. XIX asrda qoraqalpoq hunarmandlari necha yoshli bolalarni shogirdlikga qabul qilib, ularga hunar sirlarini o’rgatgan? *12-13 yoshli

967. XIX asrda qoraqalpoqlarda boshlang’ich ma’muriy bo’g’in hisoblangan ovul hayotiga kim rahbarlik qilgan?* oqsoqollar kengashi

968. XIX asrda Xiva xonligida . . . obro’li oqsoqollar, qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan. * Masjid qavmlari

969. XIX asrlarga kelib Buxoroda ichki va shaharlararo savdo amalga oshilgan tim va chorsular soni nechta bo’lgan?*to’qqizta

970. XIX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyaga mustamlakalari ustidan hukmronlikni mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini bergan omilni ko’rsating.*Buyuk Britaniya sanoatining rivojlanish darajasi, savdoning ko’lami va dengizdagi qudrati

971. XIX asrning 70-yillarida quyidagi qaysi slavyan xalqining bir qismi Gabsburglar sulolasining, ikkinchi qismi Germaniyaning, uchinchi qismi esa Podsho Rossiyasining zulmidan azob chekardi? *polyak

972. XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Usmoniylar imperiyasida aholining ... boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan. *ruhoniylardan

973. XIX asrning 80-yillarida O.Bismark quyidagi qaysi davlatni o’z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo’lidagi asosiy g’ov deb bilardi? *Rossiyani

974. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyshmalari vujudga keldi?*Pitnak; Hazorasp; Yangi Urganch; Ko’hna Urganch;

975. XIX asrning 90-yillariga kelib Germaniya hukmron doiralari tomonidan Tinch okeanida qo’lga kiritilgan hududlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Karolina orollari; Mariana orollari; Samoa orolining bir qismi; Marshall orollari;

976. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi va Buxoro, Qo’qon, Afg’oniston, Eron, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy va elchilik munosabatlarining rivojlanishi sabablarini aniqlang.*Xiva xonligi hududining o’rtaosiyolik savdogarlar va haj safariga boruvchilar uchun Kaspiy dengizi orqali boshqa shaharlarga o’tish manzilgohiga aylanganligi; savdoning rivojlanishi davlat xazinasiga katta daromad keltirayotganligi;

977. XIX asrning boshlariga kelib, Eron xalqaro siyosatda muhim o’rin tuta boshladi, bunga sabab nima edi? *Buyuk Britaniya va Fransiyaning sharqda hukmronlikni o’z qo’llariga olish uchun boshlagan kurashlari hamda Rossiyaning Kavkazni qo’lga kiritishga urinayotgani

978. XIX asrning I yarmida Buyuk Britaniya Afg’onistonga qarshi harbiy harakat boshlagan yilda….*Rossiya Xiva xonligiga qarshi harbiy yurish boshladi

979. XIX asrning I yarmida Liberiya ozod davlati tuzilgan yilda….* Jazoirliklar yo’lboshchisi Abdulqodir qo’shini qurshab olindi va tor-mor etildi

980. XIX asrning I yarmida Toshkentda muhtasham me’moriy inshootlar qurilib, eskilarini ta’mirlash ishlari olib borildi. Mazkur ishlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? *Shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko’rinishda shakllantirildi; Zayniddin Bobo uchun yangi maqbara qad ko’tarildi; Baroqxon madrasasi qayta ta’mirlandi; Qo’qon O’rdasi bunyod etildi

981. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida mavjud bo’lgan uchta devon qanday sohalar bilan shug’ullangan?* xo’jalik; ijtimoiy-siyosiy ishlar; harbiy ishlar;

982. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida xon va uning qarindoshlari, oliy martabali amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning qancha qismiga egalik qilishardi?*deyarli yarmiga

983. XIX asrning I yarmida Xiva xonligining ichki va tashqi siyosatiga oid muhim masalalar qanday hal etilgan? *Oliy Kengash majlislarida

984. XIX asrning I yarmida Xivada xon safarda bo’lgan vaqtlarda xonlikni kim boshqargan? *mehtar

985. XIX asrning II yarmida chorvachilik bilan shug’ullanuvchi har bir oiladan olingan zakot miqdori qanchani tashkil etgan?*40 bosh qoramol uchun 9 so’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so’m 50 tiyin

986. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda mustamlaka tartibi qay tarzda o’rnatildi? *harbiy kuch, politsiya tizimi joriy etildi; temiryo’llar qurildi; paxta ekiladigan maydonlar kengaytirildi;

987. XIX asrning o’rtalarida qaysi davlatning ichki vaziyatidan kelib chiqib, missionerlardan biri o’z yashirin xabarida “Kichik bir uchqun shunday yong’in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini hatto hisobga olib ham bo’lmaydi” deb yozgan? *AKoreya

988. XIX asrning oxirida Fransiya Guamchjuvan ko’rfazini egalladi va quyidagi qaysi viloyatga hukmronlik ta’sirini o’tkaza boshladi? *Yunan

989. XIX asrning oxirida Yaponiya to’qimachilik sanoati juda tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining necha foizini tashkil etdi? *45

990. XIX asrning oxirlarida Xitoy-Fransiya munosabatlarining yomonlashuviga nima sabab bo’lganini toping.* Fransiya tomonidan Vyetnamning bosib olinishi

991. XIX asrning so’nggi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasining ilg’or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur’atlarining sekinlashuviga nima sabab bo’lgan edi? * mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolinganligi

992. XIX asrning so’nggi choragida Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sababi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? *Fransiyaning chetga ko’p kapital chiqarishi

993. Xlodvig vorislari Burgundiya va Provansni istilo qilgan davrda sosoniylar hukmdori kim bo’lgan? *Xusrav I Anushervon

994. Xorazm davlatining qaysi shahri mo’g’ullar istilosi davrida suvga bostirilgan? *Urganch
995. Xorazmda Afrig’iylar suloasi davrida qanday tasvirlar tushirilgan tangalar zarb etilgan? *old tarafiga shoh surati, orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar

996. Xorazmda afrig’iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar hukmronligi boshlangan yilni aniqlang. *995-yil

997. Xorazmda kim hukmron bo’lib turgan vaqtda Yevropada feodallarning II salib yurishlari yuz bergan? *Otsiz

998. Xorazmni bosqinchilardan himoya qilishga otlangan Sulton Jaloliddin G’aznaga yetib borguniga qadar qaysi shaharlarda mo’g’ullarga qaqshatqich zarbalar bergan? *Niso; Qandahor;

999. Xorazmshoh Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etgan davrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi?* Salohiddin Ayubiy salibchilardan Quddusni tortib oldi

1000. Xorazmshohlar davlatida qaysi amaldor harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora qilgan?* xo’jayi buzruk

1001. Xudoyorxon saroyi (xon o’rdasi) devorlaridagi xattotlik ishlarini bajargan shaxslarni aniqlang. *Turdi Ali va Mirzo Mahmud

1002. XVI asrda "Haq ish uchun" xalq partizan guruhlari tuzilgan mamlakat tarixida 1948-yil yuz bergan voqeani toping. *Respublika tuzumi o’rnatildi

1003. XVI asrda Koreyada markazlashgan mamlakat asta-sekin zaiflashib borayotganda, ayniqsa, janubdan qaysi davlatning xavfi kuchaydi?*Yaponiyaning

1004. XVI asrda Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo’jaligi, rivojlangan davlat bo’lsa ham qaysi davlatning mulkiga aylantirilgan edi?*Ispaniya

1005. XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga Yevropada ham mashur bo’lgan qaysi allomaning nomi berilgan?*Ahmad al-Farg’oniy

1006. XVI asrda Rossiya hududi bosqinchilik urushlari olib boorish hisobiga qaysi tomonga qarab kengayib bordi? *sharq va janubga

1007. XVI asrda vujudga kelgan “quloqlar qabristoni” (o’ldirilgan koreyslardan kesib olingan 30 mingta quloq va burun ko’milgan) qaysi xalqning bosqinchilikdagi vahshiylikning isboti hisoblanadi? *yapon

1008. XVI asrda yaponlarga o’qotar qurollar yasash san’atini o’rgatgan yevropalikni aniqlang. *Mendish Pintu

1009. XVII asr Angliya tarixiga oid voqea to’g’ri keltirilgan javobni belgilang. *1649-yilgi inqilobdan so’ng parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi.

1010. XVII asrda Fransiya viloyatlari ham o’z parlamentlariga ega edi. Mamlakat fuqarolariga bu parlamentlarga qanday masala yuzasidan shikoyat qilish huquqi berilgan?*viloyat sudlari hukmi ustidan

1011. XVII asrdagi Hindiston va Buxoro xonligi tarixiga oid ma’lumotlar ichidan bir yilda yuz berganlarini belgilang. *Hindistonda Akbarshoh hukmronligining tugashi; Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi vakillaridan Vali Muhammad hukmronligining boshlanishi

1012. XVIII asr oxirida Fransiyada asosan mayda va o’rta mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi partiyani toping. *Yakobinchilar

1013. XVIII asrda "Qonunlarning buyuk to’plami" yaratilgan mamlakatga qachon asos solingan deb hisoblanadi? *mil.avv. 2333-yil

1014. XVIII asrda Zarafshon daryosidan chiqarilgan (3-4 chaqirim uzunlikdagi) ariqlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? *Xurmo; Sarazm

1015. XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqalar o’rnatishiga intilishlari sabablarini aniqlang*jug’orlar bosqinlaridan himoyalanish; savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik

1016. XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqalar o’natishga intilishlari sabablarini aniqlang. jung’orlar bosqinlaridan himoyalanish; savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik;

1017. XVIII asrning I yarmida Sibirda istehkomlar barpo etgan harbiy guruh rahbarini aniqlang.*I.Kirillov

1018. XVIII asrning II yarmidan boshlab Rossiya savdo iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada ortib bordi. Bunga sabab nimada edi?* Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish; Hindistonda Buyuk Britaniya ta’sirining kuchayib borayotganligi;

1019. XX asr 30-yillari oxirlariga kelib Lotin Amerikasi davlatlari xo’jaligining qaysi tarmoqlari AQSH sarmoyasiga qaram bo’lib qolganligini toping* elektrostansiyalar; temir yo’llar; pochta-telegraf; port va tog’ sanoati

1020. XX asr 30-yillarida Buyuk Britaniya tashqi siyosatda duch kelgan ikki asosiy muammoni aniqlang. *fashistlar Germaniyasining Yevropadagi agressiv tashqi siyosati; imperiya mustamlakalarida kuchaygan milliy-ozodlik harakati muammolari

1021. XX asr 30-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida imzolangan o’zaro hujum qilmaslik va yarashuv to’g’risidagi shartnoma AQSh tomonidan ham imzolandi. Bu shartnoma tarixga qanday nom bilan kirdi? Savedro Lamas pakti

1022. XX asr 30-yillarida xalq fronti vujudga kelgan davlatlarni ko’rsating. *Ispaniya; Fransiya; Braziliya;

1023. XX asr 60-yillarida O’zbekistonning irrigatsiya mashinasozlik tarmog’i markaziga aylangan shaharni toping. * Andijon

1024. XX asr 80-yillari davomida Lotin Amerikasida harbiy diktatorlik hukumatlari birin-ketin tarix sahnasidan keta boshladi. Quyidagi davlatlarni harbiy-diktatorlar barham topgan yillariga ko’ra xronologik tartibda to’g’ri joylashtirilgan javobni toping. 1) Boliviya; 2) Argentina; 3) Gonduras; 4) Peru; 5) Salvador *4, 1, 2, 3, 5

1025. XX asr boshlarida "Yosh buxoroliklar" siyosiy harakat sifatida faoliyat ko’rsata boshlagan yilda jahon tarixida sodir bo’lgan voqeani toping. *Buenos-Ayresda IV Panamerika konferensiyasi o’tkazildi.

1026. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriyaga qaysi davlatlar banklari qarz berish, sanoatga mablag’lar yo’naltirish orqali mamlakatni o’z kapitallari bilan to’ldirib tashladilar? *Fransiya, Belgiya, Germaniya

1027. XX asr boshlarida Fransiya eksportida fransuz vinolari (1), jun (2), ip gazlama (3), shoyi gazlama (4) mahsulotlarining egallagan o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?* (1) - 4-o’rin; (2) - 1-o’rin; (3) - 2-o’rin; (4) - 3-o’rin

1028. XX asr boshlarida Ispaniyada mavjud yer maydonlarining uchdan ikki qismi kimlarga tegishli bo’lganligini ko’rsating. *yirik yer egalari va katolik cherkoviga

1029. XX asr boshlarida Italiya hukumatini boshqargan J.Jolitti davrida qanday qonunlar qabul qilinganligini toping. *Kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat etuvchi; Ish tashlash o’tkazilishiga ruxsat beruvchi; Tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik haqida; Saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida;

1030. XX asr boshlarida Yevropa mustamlakachilari Afrikadagi o’zlarining mustamlakalarida joriy qilgan boshqaruv haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang. *Buyuk Britaniya o’z mustamlakalarida mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o’z manfaatlariga bo’ysundirdi

1031. XX asr boshlariga kelib sanoat ishchilarining soni jihatdan birinchi o’rinni egallagan davlatni ko’rsating. *AQSh

1032. XX asrning 20-yillari o’rtasida Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakatlar boshlanishiga turtki bo’lgan voqeani aniqlang.* talabalar namoyishining ingliz politsiyasi tomonidan o’qqa tutilishi

1033. XX asrning 20-yillarida Kubada qaysi siyosiy guruhlar hokimiyat uchun kurash olib borgan? *liberallar va konservatorlar

1034. XX asrning 20-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiga xos xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping. *qishloqda latifundiyachilar zo’ravonligi; ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi; chet el kapitaliga qaramlik;

1035. XX asrning 20-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiga xos xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping.* qishloqda latifundiyachilar zo’ravonligi; ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi; ; chet el kapitaliga qaramlik;

1036. XX asrning 30-yillarida “Halol raqobat kodeksi” deb nomlamgan hujjat qaysi davlatda ishlab chiqilgan? *AQShda

1037. XX asrning 30-yillarida Germaniya sarmoyalari Lotin Amerikasining quyidagi qaysi davlatlari iqtisodiyotiga joylashtirilgan? *Argentina; Braziliya; Chili; Paragvay

1038. XX asrning 30-yillarida Ispaniyada fuqarolar urushini keltirib chiqargan isyon qaysi hududda boshlanganligini aniqlang. *Marokashda


1039. XX asrning 50-80-yillarida qurib ishga tushirilgan O’rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESi qaysi Respublika hududida joylashgan?* Tojikiston

1040. XX asrning 60-70-yillarida portret janrida ijod qilgan o’zbek rassomlarini aniqlang.*A) V.Kaydalov, M.Nabiyev

1041. XX asrning 60-yillarida Chexoslovakiya iqtisodiyotida bozor munosabatlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish rejasini e’lon qilgan siyosiy arbobni aniqlang. *A.Dubchek

1042. XX asrning I choragida Xiva xonligida dehqonlar g’alayonlari keng tus olgan davrda jahon tarixida qanday voqea yuz berdi? *Germaniya va Turkiya o’rtasida maxfiy suratda ittifoq shartnomasi imzolandi.

1043. Yangi tarix davrini eslang va quyidagi hukmdorlardan qaysilari turli sabablar tufayli o’z davlatini tashlab chet ellatrga ketishga majbur bo’lishgan edi. *Yakov II; Karl X; Lui Filipp;

1044. Yangi tarixning birinchi davrida Germaniya imperiyasida iqtisodiy tushkunlik boshlangan davrni aniqlang *XVI asrning ikkinchi yarmidan

1045. Yaponiya 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarishda …(1)dan o’zib ketib, …(2)ga yaqinlashdi.*(1)Italiya, (2)Fransiya

1046. Yaponiya floti Port-Arturga hujum uyushtirgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Fransiya va Buyuk Britniya o’rtasida bitim imzolandi.

1047. Yaponiya pul birligi - iyen qachon mamlakatning yagona pul birligiga aylandi?*Meydzi islohotlari davrida

1048. Yaponiya sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Italiyadan o’zib ketib, Fransiyaga yaqinlashgan yillarda sodir bo’lgan voqealarni ko’rsating. *Buyuk Britaniyada parlament islohoti o’tkazildi. Rossiyada agrar islohot o’tkazildi. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi.

1049. Yaponiya Seulda saroy to’ntarishi o’tkazgan va Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib olgan yillar to’g’ri berilgan javobni ko’rsating *1894, 1910-yy.

1050. Yaponiya Seulda saroy to’ntarishi o’tkazgan va Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib olgan yillar to’g’ri berilgan javobni ko’rsating. *1894, 1910-yy.

1051. Yaponiya Sovet davlati bilan betaraflik shartnomasini tuzgan yili.(1941).*Germaniya armiyasi Italiyaning Bolqon yarimorolidagi armiyasiga yordamga keldi

1052. Yaponiya tarixiga doir quyidagi ma’lumotlardan bir yilda sodir bo’lganlarini toping.*Simonoseki sulhi tuzildi.; 10 yillik qurollanish dasturi qabul qilindi.

1053. Yaponiyada aholining barcha tabaqalari - feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand, savdogarlar rasman teng huquqli deb e’lon qilingan yilda. . . *Avstriya-Vengriya imperiyasi poytaxti Vena shahrida ishchilarning demokratik erkinliklar berilishini talab qilgan ommaviy namoyishlari o’tkazildi

1054. Yaponiyada modernizatsiya davri boshlangan yilda Buyuk Britaniyada . . . *erkak aholining 50 foizi saylov huquqiga ega bo’ldi

1055. Yaponiyada qishloq xo’jaligi sohasida islohotlar o’tkazilib, yerni erkin oldi-sotti qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berilgan davrda quyidagi qaysi voqea sodir bo’ldi? *Ural kazaklari hozirgi Qoraqalpog’iston hududlariga surgun qilindi. AQSh Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to’g’risida qonun qabul qildi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.

1056. Yaponiyaga birinchi bo’lib Yevropaning qaysi davlati? savdogarlari qachon kirib kelganligini aniqlang. *XVI asrda portugallar

1057. Yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilingan yilda…*Buyuk Britaniya o’z qirolichasi Viktoriyani Hindiston imperatori deb e’lon qildi

1058. Yaponlarning Koreyada amalga oshirgan shafqatsizliklarining dalili bo’lgan "quloqlar qabristoni" joylashgan shaharni aniqlang. *Kioto

1059. Yassaviya tariqatining asoslari qaysi asarda bayon etilgan? *"Hikmat"

1060. Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati oqibatida Birma quyidagi qaysi davlatning mustamlakasiga aylangan edi? *Buyuk Britaniya

1061. Yevropa Kengashining oliy organlarini aniqlang. *Tashqi ishlar vazirlari Qo’mitasi va Parlament Assambleyasi

1062. Yevropada dastlabki banklar qachon va qayerda paydo bo’lgan?*XIV-XV asrlarda Italiyada

1063. Yevropada xristian dinining tarqalish davrini aniqlang. *IV asrdan boshlab XIV asrgacha

1064. Yevropadagi ilk uyg’onish va gumanizm davri vakillarini aniqlang. (XIV-XV asrlar) *Petrarka, Bokachcho, Salyutati

1065. Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurash davrida (XVI asr) quyidagi hududlarining qaysi birlari Ispaniya tomonidan keyinroq zabt etilgan? *Chili, Argentina

1066. Yevropaning kuchli mustamlakachi davlatlari tomonidan afrikaliklarni qullikka sotish qachongacha davom etgan? *XIX asr o’rtalarigacha

1067. Yozuvchi Daniel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” asari bosh qahramoni Robinzon obrazida qanday fikr aks etgan? *yangi shakllanayotgan tadbirkorlar qatlami vakilining uddaburonligi va sog’lom fikrlashi

1068. Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan Sin sulolasi taxtdan voz kechishga majbur bo’lgan yilda. . .*Eron 1907-yil




Download 113,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish