Shialik (arabcha: شيعة guruh, tarafdorlar) islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi



Download 11,09 Kb.
Sana06.04.2022
Hajmi11,09 Kb.
#531378
Bog'liq
Shialik (arabch-WPS Office


Shialik (arabcha: شيعة — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi. Buning natijasida Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. shahrida musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad S.A.V avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron boʻlish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida oʻtadi. Imomlik paygʻambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Sh.ka koʻra, paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka Abu Bakr r.a tayinlanadi. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qurʼonni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin ularning ayrim oʻta reaksion ruhdagi vakillari xalifalar davrida Qurʼonning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari Qurʼonning mazmunini majoziy sharhlash orqali oʻz taʼlimotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan iborat toʻplam tuzilib, u axbor deb atalgan. shahrida 8 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi. Bular — tavhid (Allohning yagonaligini eʼtirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi), nubuvvat (paygʻambarlik), imomat (imomlik — imomlar hokimiyatini eʼtirof etish), Amri maʼruf (yaxshilikka buyurish), Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish), tavallo (Alloh doʻstlarini doʻst tutish), tabarro (Alloh dushmanlaridan uzoqlanish). shahrida Ali va uning avlodlaridan iborat oʻn ikki imom hokimiyati tan olinadi. 874—878 yillar orasida 7—9 yoshida bedarak yoʻqolgan 12imom Muhammad al-Mahdiyni shialar "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat oʻrnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). shahrida 12 imomlik (isnoashariya) Ali ibn Abu Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan boʻlgan oʻgʻillari Hasan va Husaynga oʻtadi va Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun shahridagi isnoashariylar firqasi "oʻn ikki imomni eʼtirof qiluvchilar", deb nomlangan. Isnoashariylarning baʼzilari Alini Paygʻambardan afzal deb eʼtiqod qiladilar hamda Ali va uning 11 avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ular ning fikricha, Ali va uning avlodlari Paygʻambardan keyingi Allohning hujjatlaridir. Ularning buyruqlari, taqiqlari Paygʻambarning buyrugʻi, taqiqidir, ularga itoat qilish — Paygʻambarga itoat qilishdir, ularga boʻysunmaslik — Paygʻambarga isyon qilishdir. Ularning jasadlari nuroniyliklari sababli qabrlarda chirimaydi yoki baʼzilarining eʼtiqodiga koʻra, osmonga koʻtariladi. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shahrilarida joylashgan Sh. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. shahrida 1 ta diniy-huquqiy mazhab — jaʼfariylik mavjud. Shialar imom Husaynga motam tutadi, "shaxseyvaxsey" deb nom olgan motam yurishlari oʻtkazadi va h.k. Oʻrta asrlarda Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada koʻp firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan, Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka eʼtiqod qiladi. Samarqand va Buxoroda shia bor.
Тарафдорликнинг бир неча даражалари бор. Али розияллоҳу анҳуни яхши кўрган ҳар-бир киши у зотнинг тарафдори ва эргашувчисидир. Мусулмонларнинг аксари шундай бўлишган. Бу нарса Али розияллоҳу анҳунинг Муовия розиёллоҳу анҳу билан қилган жангларида, Ҳусайн розияллоҳу анҳу билан Язид ўртасида бўлган жангда намоён бўлган эди. Умавийлар олдин фақат Димашқда ҳукм суришар эди. Масала Умавийларга етиб борганида ҳам шиа деган алоҳида гуруҳ йўқ эди. Али розияллоҳу анҳуни яхши кўрган кишиларни у зотни душман тутганлардан фарқлаш учун "Алининг тарафдорлари" дейишар эди.

Баъзилар Али розияллоҳу анҳуни ҳазрати Усмон розияллоҳу анҳудан устун қўйишади. Баъзилар эса бошқа барча саҳобалардан устун қўйишади. Баъзилар эса Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламдан сўнг халифаликка энг ҳақли зот Али розияллоҳу анҳу дейишади. Хуллас кишиларнинг ҳоли, турли фикрлаши туфайли бу масала ўшанда очиқ эди.

Ўша пайтда навосиблар бор эди. Улар Али розияллоҳу анҳуни ва у зотнинг аҳли байтларини ёмон кўришар эди. Улар у зотга гап билан, феъл билан азият беришар эди.

Ўша пайтда яна хаворижлар ҳам бор эди. Улар Али розияллоҳу анҳуга адоват қилишар, у зотни кофир дейишар эди.

Кўп инсонлар Али розияллоҳу анҳуни яхши кўришади. У зотни Абу Бакр, Умар ва Усмон розияллоҳу анҳумдан устун қўйишмайди.

Хаворижлар Али розияллоҳу анҳуни қатл қилишди. Навосиблар Ҳусайн розияллоҳу анҳуни қатл қилишди. Имом Ҳусайннинг ўғиллари бўлмиш Али Зайнул Обидин роҳимаҳуллоҳни заҳарлаб ўлдиришди.

Ҳижрий иккинчи аср келди. Али Зайнул Обидин роҳимаҳуллоҳнинг ўғли Зайд Куфада Умавийларга қарши қўзғалади. У зотга биз юқорида сифатлаган кўп кишилар эргашди. Ўшанда кўп фирқаларнинг номи йўқ эди. Абу Ҳанифа роҳимаҳуллоҳ ва кўп солиҳ инсонлар Зайд ибн Алини биринчилардан бўлиб қувватлашди. Зайд ибн Алидан бирга чиққанларнинг баъзиси Абу Бакр ва Умар розиёллоҳу анҳумо ҳақларида сўради. Зайд роҳимаҳуллоҳ уларни мақтаб Аллоҳдан уларга раҳм қилишини сўради. Шунда сўровчилар у зотдан юз ўгириб ажралишди. Зайд роҳимаҳуллоҳ уларга қараб "рофазтумуний-рофазтумуний" деди. Бунинг маъноси "мендан бош тортдингиз" эди. Шундан улар "рофизийлар" дея атала бошланди.

Шуни айтиб ўтиш керакки, ўша пайтдаги рофизийлар аҳли байт билан биргаликда Умавийларга ҳам, бошқаларга ҳам қарши чиқмади. Ваҳоланки, аҳли байт жуда кўп эди. Яна шуни таъкидлаш лозимки, рофизийлар иддао қиладиган имомлар ҳам Умавийларга ва бошқаларга қарши чиқишмаган. Шунинг учун рофизийлар Али ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳуга муҳаббат қилишда ҳаддан ошиб, Абу Бакр, Умар ва Усмон розияллоҳу анҳумни ёмон кўришади. Уларнинг ақидаси шу даражага етиб келдики, улар имоматга эътиқод қила бошлашди. Улар Али розияллоҳу анҳуни Аллоҳ томонидан қўйилган имом деб билишади. Сўнгра Ҳасан, сўнгра Ҳусайн розияллоҳу анҳумоларни. Худди шу каби 12 имомлари бор. Улар имомларни маъсум деб эътиқод қилишади. Саҳобаларнинг бир нечтасидан бошқа барини кофир дейишади. Мўъмина оналаримизни кофир дейишади. Уларда бузуқ эътиқод жуда кўп. Уларда ширк, аҳли байтнинг қабрларини табаррук қилишда ҳаддан ошиш каби ишлар жуда кўп.



Рофизийларнинг барчаси шиа. Шиаларнинг ҳаммаси ҳам рофизий эмас.
Download 11,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish